Mundarija
Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari haqida.Jahon sivilizatsiyasining qadimiy o‘choqlaridan biri, yer yuzining sayqali nomini olgan Samarqand mustaqil O‘zbekistonning yirik iqtisodiy va ilmiy-madaniy markazlaridan biri hisoblanadi.
Samarqand tarixi.
Ko‘pchilik Sharq mualliflari «Samarqand» so‘zining birinchi qismi, ya’ni «Samar» so‘zi shu shaharda asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishi nomi bilan bog‘laydilar. Ayrim yevropalik olimlar, bu qadimdan qolgan, sanskritcha «Samaria»ga yaqin, ya’ni «yig‘ilish, yig‘in» so‘zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik davr manbalarida shahar «Marakanda» deb atalgan. Bu balkim «Samarakanda»ning yunoncha aytilishidir. X – XI asrlarda yashagan olimlar Abu Rayhon Beruniy va Mahmud qoshgariy shahar nomining kelib chiqishini «Semizkent», ya’ni «semiz, boy qishloq, shahar» so‘zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.
Samarqand jahon shaharsozligi tarixida chuqur iz qoldirgan qadimiy maskanlardan biri hisoblanadi. Miloddan oldingi 1-ming yillikning o‘rtalaridan Samarqand Sug‘dning ma’muriy markazi bo‘lgan. Ko‘hna shaharning qoldiqlari Afrosiyob xarobalarida saqlanib qolgan. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf (1 asr) ning yozishicha Samarqand qal’asi devorining aylanasi taxminan 10,5 km bo‘lgan
Qadimgi Sug‘d, jumladan Samarqand xalqi o‘z tarixi davomida bir necha marta chet el bosqinchilarga qarshi o‘z mustaqilligini saqlab qolish maqsadida mardonavor kurashib kelgan. 329-327 (m.o) yillarda Samarqand aholisi Spitamen boshchiligida Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qarshi kurash olib borgan.
Samarqanddagi Registon maydoni tarixi va rasmlari
Samarqand orqali Sharq va G‘arb savdosi amalga oshirilgan. Buyuk ipak yo‘lida Samaraqand muhim bo‘g‘in hisoblanar edi. Shahar savdogarlari Xitoy, Eron, Misr, Suriya, hindiston, Vizantiya bilan savdo sotiq qilar edilar. Aynan Samarqandda sharq va g‘arb madaniyatlari o‘zaro to‘qnashgan va bir-birini boyitgan. Shu bois sharqda keng tarqalgan maqolalardan birida «g‘arbda Rim, Sharqda Samarqand» deyilgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak Samarqand va Rim insoniyat taqdirdagi buyuk xizmatlarni nazarda tutib «Boqiy» shaharlar nomni olganlar.
1370 yilda Amir Temurning Movarounnahr hukmdori deb e’tirof etilishi Samarqand tarixi uchun yangi sahifa ochib berdi. Temur va temuriylar hukmronligi davrida Samarqand davlat poytaxti sifatida XIV asrning oxirlari XV –asrlarda Sharqning eng go‘zal shahri, Markaziy Osiyoning yirik iqtisodiy, siyosiy, madaniy markaziga aylandi. Bu davrda Samarqandda o‘nlab binolar, g‘arbiy qismida esa shahar qal’asi (34 ga ) barpo etildi.
Uning ichida ikkita qasr – Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy, hunarmandchilik ustaxonalari, savdo rastalari, karvonsaroylar, hammomlar, shifoxonalar va boshqa madaniy – maishiy binolar qurildi. Amir va amirzodalar qal’adan tashqari Bog‘i Naqshi Jahon, Bog‘i Bihisht, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Shamol, Bog‘i Maydon, Bog‘i Zog‘on, Bog‘i Nav, Bog‘i Feruza, Davlatobod, Bog‘i Baland kabi bog‘lar bunyod etganlar.
Shahar ichkarisi va tashqarisida Bibixonim Jome masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shoxi Zinda majmuasi, Ulug‘bek madrasasi, rasadxonasi kabi ko‘plab mashhur me’moriy obidalar yaratildi. Samarqand zamonasining yirik ilmiy markazlaridan biriga aylandi. Jahon mumtoz adabiyotining yirik namoyondalari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham Samarqandda ta’lim olganlar.
Samarqand XVI asrda shayboniylar davlatining poytaxti bo‘lganda ham, Buxoro xonligi davrida ham muhim iqtisodiy va madaniy markaz bo‘lib qolaverdi. Yalangto‘sh Bahodir hokimligi davrida Registon maydonida Sherdor (1619-1636), Tillakori (1646-1660) madrasalari, Xo‘ja Axrori Vale qabri oldida Nodir devonbegi madrasasi va boshqa binolar qurildi.Samarqand tarixiy yodgorliklari
2007 yil Samarqand shahrining 2750 yilligitantanali nishonlandi. Sharq durdonasi bo‘lmish shaharning yana bir bora bo‘y-basti bilan jahon sahnasiga chiqardi.
Samarqand – O‘bekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. O‘zbekistonning janubi-g‘arbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Darg‘om va Siyob kanallari orasida) joylashgan. O‘rtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent-Dushanbe, Toshkent-Turkmanboshi, Toshkent-Uchquduq-Qo‘ng‘irot temir o‘llari, Katta O‘zbek trakti (Toshkent-Termiz yo‘li) o‘tadi. Shahar aholisi va xo‘jaliklari Shovdor, Bog‘ishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning o‘rtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40-42°, yanvar o‘rtacha harorati 0,2°, eng past harorat -26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519600 ming kishi (2016); 1975-yil 299000, 1970-yil 267000, 1959-yil 196000, 1939-yil 136000, 1897-yil 55000, 1865-yil 26000. Samarqand shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.
Tarixiy arxitektura yodgorliklari.
Samarqand tarixiy yodgorlilkari va muzeylari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.Matn ustiga bosish orqali kerakli yodgorlik haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lasiz>>
- Ulugʻbek rasadxonasi (1428-1429)
- Shohi Zinda arxitektura ansambli
- Hazrati Xizr masjidi (XIX asr oʻrtalari)
- Bibixonim masjidi (1399-1404)
- Ulugʻbek madrasasi (1417-1420)
- Sherdor madrasasi (1619-1635/36)
- Tilla Kori madrasasi (1647-1659/66)
- Siyob bozori
- Bibixonim maqbarasi
- Ruhobod maqbarasi (1380-yillar)
- Oqsaroy maqbarasi (1470)
- Goʻri Amir (1404)
- Omon qo’ton g’ori
- Ishratxona maqbarasi (1464)
- Xoʻja Ahror ansambli (15-20 asrlar)
- Choʻpon Ota maqbarasi (1430-1440)
- Xoʻja Abdu Darun qabristoni (15-19 asrlar)
- Registon Maydoni
- Doniyor (Daniel, Daniil) paygʻambar Maqbarasi
- Imom al-Buxoriy Maqbarasi
- Imom al-Moturudiy Maqbarasi
- Xo’ja Nisbatdor maqbarasi
- Afrosiyob qadimgi xarobasi
- Chor chinor ziyoratgohi
- Samarqand darvozasi
Samarqandning muzeylari.
- Afrosiyob Samarqand muzeyi
- Tinchlik va birdamlik muzeyi
- O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi
- o’lkashunoslik muzeyi
- Valentina Romanenko ijod uyi va atelesi
- Sadriddin Ayniy uy muzeyi.
Samarqand shahri rasmlari.
Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari