Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Shohi Zinda maqbarasi.Samarqand tarixiy yodgorliklari haqida.

Shohi Zinda maqbarasi.Samarqand tarixiy yodgorliklari haqida.

by nafisa nafisa

Shohi Zinda maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik 11—20-asrlar; Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambil.

Shohi Zinda maqbarasi.Samarqand tarixiy yodgorliklari haqida.

Shohi Zinda maqbarasi.

Eng qadimiy maqbarasi  Qusam ibn Abbos maqbarasi boʻlib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulugʻbek oʻgʻli nomidan qurdirgan Abdulaziz chortogʻi (1434—35), unga shim. dan Davlat qushbegi madrasasi (1812—13) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan. 40 bosqichli tik zinapoya oʻrtaligʻining chap tomonida ziyoratxona va goʻrxonadan iborat qoʻshgumbazli maqbara (15-asr) joylashgan.

Oʻrta guruhdagi binolar: Amirzoda maqbarasi, Tugʻlu Tekin maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi, uning qarshisida Temurning boshqa singlisi Turkan ogʻo maqbarasi, 8 qirrali maqbara, Ali Nasafiy maqbarasi kabilar.

Yuqori guruhdagi binolar: Ziyoratxona, uch qismdan iborat masjid, Xoja Ahmad maqbarasi, 1360—61 yillarda qurilgan maqbara, Tuman ogʻo majmuasi (1405—06), 2 ta nomsiz maqbara (14asr oxiri)ning kiraverish devorigina saqlangan. Shuningdek, Tamgʻoch Bugʻroxon madrasasi (11-asr), Amir Burunduq maqbarasi (14-asr oxiri) kabilardir.

Ansambl tarkibidagi 20 dan ortiq inshootlar davlat muhofazasiga olingan. 19—20-asrlarda ansamblning yana bir necha binolari barpo etilgan. 18-asrda vayron boʻlgan zina oʻrnida 40 pogʻonali gʻishtin yangi zina qurilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 16 iyul qaroriga asosan Shohizinda yodgorlik majmuasida katta koʻlamdagi taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Markaziy Osiyo me’morchiligi tarixida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan Shohizinda haqida yuz marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan ma’qulroq deb o‘ylaymiz. Qadrli sayyoh, Shohizinda zinapoyalariga ohista qadam qo‘yib bu yerdagi sukunatga quloq tuting. Bu muqaddas tuproqda Buyuk Turonning ne-ne ulug‘lari abadiy o‘yquda yotibdilar.

Mirzo Ulug‘bek zamonasidan buyon bu maydon Samarqand ahli uchun Bosh maydon hisoblanadi. Samarqand hukmdorlarining farmonlari shu yerdan e’lon qilinadi. Yovga qarshi erk jangiga otlangan jasur lashkarlar, aynan, shu maydonda qasamyod qilishib keksalardan duo-fotiha olganlar… Registon maydonida olib borilgan arxeologik qazishmalarning ko‘rsatishicha, ibtidoiy jamoa davrida bu yerda ulkan changalzor bo‘lib eng qadimgi ovchilar changalzorda har xil yovvoyi hayvonlarni ovlaganlar.

Samarqanddagi Registon maydoni tarixi va rasmlari

Qazishmalar paytida Registon maydonining eng pastki qatlamlaridan ibtidoiy odamlarning ov qurollari topilgandir. Antik davrda esa hozirgi Registon maydonidan Afrosiyob shaharchasi tomonga katta ariq o‘tkazilgan ekan. VIII-X asrlarda Registon maydoni o‘rnida juda ko‘plab imoratlar paydo bo‘la boshlaydi, chunki, Samarqandni istilo qilgan arablar Afrosiyobdan bir necha minglab mahaliy aholini majburlab ko‘chirgan edilar. Aynan shu davrlarda bu yerda xunarmandlarning ustaxonalari, savdo rastalari bunyod etiladi.

XI-XII asrlarda hozirgi Registon maydoni o‘rni va atrofidagi mahallalar tashqi mudofaa devori bilan o‘ralib “tashqi shahar” nomi bilan atala boshlaydi. 1220 yili Afrosiyob Chingizxon tomonidan vayron qilingach, bu yerda yashashni iloji qolmaydi, tirik qolgan xalq hozirgi eski shahar tomonga, ya’ni, Registon maydoni atrofiga ko‘chib o‘tadi. Bu yerdan oqib o‘tuvchi kanal ancha kengayib sayozlasha boshlaydi.

Shundan so‘ng, kanal uchun yangi o‘zan qazilib jilovlanadi. Kanalning eski o‘zanida juda ko‘p qum to‘planganligi uchun bu joy Registon, ya’ni, “qumloq joy” deb atala boshlandi. Sohibqiron Amir Temur davrida Registon maydoni o‘rnida markaziy bozor joylashgan edi, shuningdek, bu yerda jahongirning xotini Tuman og‘a tomonidan barpo qilingan usti yopiq savdo timi-rastalar qurilgan edi.

Registon maydonining me’moriy tomondan shakllanishi Mirzo Ulug‘bek hukumronligi davridan boshlangan. Samarqandga 40 yil (1409-1449 y.) huqmronlik qilgan ulug‘ munajjim Mirzo Ulug‘bek bu shaharning obodonchiligi borasida hyech narsani ayamadi. Mirzo Ulug‘bekning farmoni bilan Tuman og‘a timining g‘arbiy tomonida hashamatli madrasa qurish boshlanadi.

Shohi Zinda rasmlari.

Shohi Zinda maqbarasi.Samarqand tarixiy yodgorliklari haqida.

Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari haqida.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x