Bosh sahifa » Topishmoqlar » Topishmoqlar. Kitob haqida topishmoqlar. Topishmoqlar javoblari bilan

Topishmoqlar. Kitob haqida topishmoqlar. Topishmoqlar javoblari bilan

by administrator

Topishmoqlar. Kitob haqida topishmoqlar. Topishmoqlar javoblari bilan.

kitob haqida topishmoqlar

Kitob haqida topishmoq

Ushbu sahifada siz kitob haqida topishmoqlar keltirilgan. Kitob haqida Topishmoqlarni maktab darslarinida, uyda va maktabgacha ta’lim muassalarida ishlatish mumkin. Javoblari bilan birga.

Daraxt emas, yaproqli,
Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi.
(Kitob)

Qiziqarli topishmoqlar to’plami

Ustida qopqoq,
Tagida qopqoq,
Ichinda yaproq.
(Kitob)

 

Tilsiz, aql o‘rgatar.
(Kitob)

Bodomcha bodomcha bilan,
Yetti kalit tom bilan.
Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor,
So‘ylashadi odam bilan.
(Kitob)

Oq yer ochdim,
Qora bug‘doy sochdim.
(Qog‘oz, yozuv)

Qo‘l bilan ekilar,
Og‘iz bilan yig‘ilar.
(Yozish, o‘qish)

Oziq ovqatlar haqida topishmoqlar

Tog‘dan tayladim sinmadi,
Suvga tayladim sindi.
(Qog‘oz)

Sirti tayoq,
Ichi bo‘yoq
(Qalam)

Uzun bo‘yli,
Yo‘rma to‘nli.
(Qamish qalam)

Ertakli topishmoqlar to’plami

To‘rda turgan to‘rt yigit,
To‘rtovi ham mard yigit.
(Cho‘p savag‘ich)

Bizning uyda to‘rt kampir,
To‘rtovi ham mard kampir.
(Savag‘ich)

Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi.
(Cho‘p savagich)

Biznikida bitta kishi,
Og‘zida qirqta tishi.
(Jun tarog‘i)

O’yinchoqlar haqida topishmoqlar

Oqqina kuchuk xov-xov etdi,
Qorni to‘yib ag‘nab ketdi.
(Urchuq)

To‘rt oy, yigirma to‘rt yulduz.
(Otning taqasi, mixi)

Suvga tushsa mingta,
Suvdan chiqsa bitta.
(Otning dumi)

Parrandalar haqida topishmoqlar

Quyon emas,
Uzun quloq,
Ot emas,
To‘rtta tuyoq.
(Eshak)

Katta takam besoqol.
(Eshak)

Tapir-tupir to‘rtovlon,
Hangragani birovlon.
(Eshak)

Hazil topishmoqlar

Oyog‘i popik,
Og‘zi ko‘pik.
(Tuya)

Odam va uning tana a’zolari haqida topishmoqlar >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
1 Fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Maxsudbek

Zoʻr

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
1
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x