Sahifamizda Yangi yil haqida eng chiroyli sherlar bolalar uchun. Bog’cha bolalari uchun 4 qator yangi yil haqida sherlar.yangi yil haqida qisqa sherlar.
Yangi yil haqida sherlar.
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!
Qorbobo qopi
Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!
Yangi yilimiz- Yangi yil haqida sherlar.
Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.
Yangi yil muborak!
Abdulla Murodulla
Mana yana kelmoqda sog‘ingan damlar
Ko‘chada bezatilgan yashil archalar
Archani yonida go‘zal qizchalar
Qarasam ularga hayolim olar
Bugun mana hamma bahtli yuribdi
Dillarga to’lgandir shirin orzular
Vatanim yanada go’zal bo‘libdi
Har yerda yangi yil shukuhi kezar
Umrimizning o’tibdi yana bir yili
O’ynaylik kulaylik yangi yil kuni
Yilda bir marta bo’lar axir bu damlar|
Yangi yil muborak aziz odamlar
Barchaga olib kelsin baht va omad
Hammani ishida bo’lsin daromat
Dildagi orzular bari ushalsin
Yangi yil yangi kun muborak bo‘lsin
Yangi yil haqida 4 qator sher
Pok qalbli insonni qutlab – e’zozlab,
Baxtli tong otmoqda – YANGI YIL tongi.
Kelajak mexri-la dillarni sozlab,
Xusunkor yangraydi xayot oxangi.
Yangi yilni kutamiz
Sizni kutadi Vatan,
Kutar yorug’ Istiqlol.
Bolalar ochib dilni
Kitaylik Yangi yilni.
Yangi yilni qutlaymiz
Yangi yilning sovg’asi,
Bezatilgan archasi.
Biz ashula aytamiz,
Yangi yilni qutlaymiz.
Lay-lum, la-la-lum,
Yangi yilim – yaxshi yilim
Xush kelibsan Yangi yilim.
Yildan-yilga Yaxshi yilim.
Maktabimda O’z safimda
Quvnab-quvnab Oldim bilim.
Bayram to’ying Qo’shiq kuying,
Ochar doim Bahri dilim.
Yangi yilim -Yaxshi yilim.
Tavsiya etamiz: Yangi yil bayrami uchun she’rlar.Qorbobo va qorqiz haqida she’rlar.
Qor parcha.
Eshik qoqib kelmoqda,
Bezayman endi archa.
Shamol kelib yelmoqda,
Derazamda qor parcha.
Rahmim kelib oldimu,
Qor parchani qo’limga.
To’shagimga soldimu,
O’rab qo’ydim to’nimga.
Keyin yana archamni,
Bezash uchun urindim.
Eritib qor parchamni,
To’shagimdan kuyindim.
Bunday g’amli kechani,
Olib ketgin eski yil.
O’tmishim qorparchani,
Qaytarib ber yangi yil.
Yangi yil haqida sher.
Keldi yangi yil
Keldi mana yangi yil,
Sog’intirib dillarni,
Doim bahtga to’ldiring,
Sog’ingan ko’ngillarni.
Yuzingizdan tabassum,
Arimasin sira ham,
Qutlayman chin qalbimdan,
Bayramingiz bilan man.
Bir chetga surib g’amni,
Quving dildan alamni,
Sizni tabriklay deya,
Qo’lga oldim qalamni.
Tavsiya etamiz: Yangi yil haqida she’rlar, ssenariylar, qo’shiqlar to’plami.