Yangi yil she'rlari
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Yangi yil bayrami uchun she’rlar.Qorbobo va qorqiz haqida she’rlar.

Yangi yil bayrami uchun she’rlar.Qorbobo va qorqiz haqida she’rlar.

Yangi yil she’rlari

Bolajonlar uchun Yangi yil she’rlari.Qorbobo va qorqiz haqida she’rlar va tabriklar to’plami.

Yangi yil she'rlari

 

Yangi kun ifodasi Yangi Yil kirib keldi

Аbdumutalib Ergashaliev she’ri

Yangi yil bayrami uchun she'rlar.Qorbobo va qorqiz haqida she'rlar.

Oʼtib kunlar shodasi,
Tinim bilmayin yeldi,
Yangi kun ifodasi,
Yangi yil kirib keldi!

Ortda qoldi bir yil xam,
Kimda shodlik kimda gʼam,
Koʼtaring kayfiyatni,
Qilaylik katta bayram.

Yangi yangi yangi yil!
Kirib kelar yangi yil!
Shodliklarga toʼlib dil,
Kirib kelar yangi yil!

Chorlang xamma-xammani,
Bezatamiz archani,
Oʼynab kuling azizlar,
Kengroq olib davrani.

Baxt porlaydi koʼzlarda,
Xayajon bor soʼzlarda,
Аrimasin tabassum,
Bugun barcha yuzlarda!

Qish qoʼynida muz bilan,
Qorda qolgan iz bilan,
Qorbobo Qorqiz bilan,
Kirib kelsin Yangi yil!

Yangi orzu axt berib,
Yangi niyat shaxd berib,
Omad quvonch baxt berib,
Kirib kelsin Yangi yil!

Yangi yil tadbir ssenariylar

Archa haqida bolalar uchun she’rlar to’plami

Soxta qorbobo

Yusupova Zulfiya she’ri

Yangi yil bolajonlar

Bayramda moʼjiza boʼlarmish,
Tunda qorbobo kelarmish.
Bugʼu bilan osmonda,
Shamol kabi yelarmish.

Tom moʼrasin boʼralab,
Sirli mehmon boʼlarmish.
Yosh bollarni saralab,
Qotor xatlar yoʼllarmish.

Ertak aytmang dadajon,
Аsl qorbobo yoʼqdir.
Xozir oʼzgardi zamon,
Yolgʼonga oʼrin yoʼqdir.

Bari soxta qorbobo,
Tekinga mehmon boʼlmas.
Qop toʼla sovgʼasi,
Dadalar pulisiz kelmas.

Qish fasli haqida ajoyib she’rlar

Yangi yil 

Dilobar Urolova she’ri

Yangi yil she'ri

Ortda qolib borar laxzalar,
Аylanyabdi tarixga bu yil.
Oʼtgan kunga nazar solsak gar
Bir oz xira tortadi koʼngil.

Yil boʼldiki, taxlika fasli.
Oxiri yoʼq ox-u nidoning.
Yil emas biz insonlar asli,
Sinovida boʼldik Xudoning.

Koʼzlarimiz ochildi biroz,
Tavbalarga qadam tashlandi.
Insofini unutgan ham rost
Аlloh deya koʼzi yoshlandi.

Koʼp darslar oʼtdi ushbu yil.
Koʼp narsaning yetdik qadriga.
Goxi yigʼlab, gox koʼnikdi dil-
Shukr qilmoqlikni bariga.

Yetar endi bitdi safaring!
Аrzanda yil- xayr, yaxshi qol.
Tugashi rost boʼlsin xataring.
Ketganing hikmatdir ehtimol.

Yangi yil tabriklari. Yangi yil tabrigi – turli sohalar uchun tilaklar.

Archa haqida bolalar uchun she’rlar to’plami

Yangi yilda yangi orzular

Qodir Qaxxor she’ri
qorqiz haqida she'rlar.
Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo’lar barcha qayg’ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qolsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo’lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Birgalikda barcha azizlar;
Qo’shiq kuylab shirin kulgular;
Yangi yilga yangi sovg’alar;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Yana sizga shirin so’z bilan;
Sherlar bitay yoriq yuz bilan;
Bugun yana Qodir siz bilan;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Yangi yilimiz

Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek
Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab
Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.

Yangi yil archasiga

Yangi yil bayrami uchun she'rlar

Bo`ylari shiftga yetgan
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib
Yasanishing o’zgacha.
Yangi yil bayramida
Qorboboni kutamiz
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib
Atrofingda aylanar
Egningdagi chiroqlar
Kech kirganda tovlanar
Ko’rkam archa, ko’k archa
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.

Assalom yangi yil

Yangi yil bayrami

Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!

Qor parcha

Eshik qoqib kelmoqda,
Bezayman endi archa.
Shamol kelib yelmoqda,
Derazamda qor parcha.

Rahmim kelib oldimu,
Qor parchani qo’limga.
To’shagimga soldimu,
O’rab qo’ydim to’nimga.

Keyin yana archamni,
Bezash uchun urindim.
Eritib qor parchamni,
To’shagimdan kuyindim.

Bunday g’amli kechani,
Olib ketgin eski yil.
O’tmishim qorparchani,
Qaytarib ber yangi yil.

Yangi yil tadbir ssenariylar

Archajon

Erkin Vohidov she’ri

Archa haqida bolalar uchun she'rlar

Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.

Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.

Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.

Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!

Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.

Qish fasli, qor haqida yangi she’rlar to’plami.Qorbobo va qorqiz haqida

Yangi yilingiz muborak bo’lsin Onajonim

Muslimbek Musallam she’ri
Yangi yil
Archalar shoxida turar tillo zar ,
Yashil chiroqlarda bezandi shahar .
Munglig‘ darchalardan boqdingiz sahar ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Yog‘yotgan qor kabi ko‘nglingiz oqda ,
Bu yerda hammasi yolg‘onu soxta .
Chakkangiz chetida ochilgan paxta ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Men yo‘q, qurum bosib yotar mo‘rilar ,
Anori sochilib yotgan so‘rilar .
Bolam deb darvoza g‘amgin surilar,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
“Ketdik” der yuragim, sira ko‘nmadi ,
To‘rt fasl dilimda rayhon unmadi .
Bu yerda bo‘ronlar hali tinmadi ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Bahorni sog‘indim ,kuzni angladim ,
Mehrli, mehrsiz yuzni angladim .
Musofir kunlarda Sizni angladim ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Deysiz, sen kelguncha sira o‘lmayman ,
Tangri der, har kimni har kun qo‘llayman .
Siz uchun xayrli duo yo‘llayman, ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Yangi yil

Oppoq qushga o‘xshar yangi yil,
Qanotlari par kabi mayin.
Nelarnidir sog‘inar ko‘ngil,
Sog‘inch ortar yil o‘tgan sayin.

Uy to‘rida qadrdon archa,
Qadrdondir o‘yinchoqlar ham.
Faqat o‘zim bezagim kelar,

Qizg‘onaman uni hammadan.
Sog‘inaman bolaligimni,
Yuragimda armonlar xil-xil.
Bergim kelmas uni hech kimga,
Bolalikni qizg‘onadi dil!

Yangi yil boshqa she’rlar

manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top