Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Qish fasli, qor haqida yangi she’rlar to’plami.Qorbobo va qorqiz haqida

Qish fasli, qor haqida yangi she’rlar to’plami.Qorbobo va qorqiz haqida

by nafisa nafisa

Qish toʻrt fasldan biri boʻlib, kuz va bahor fasllarining orasida joylashgan eng sovuq fasldir. Qish fasli 3 oydan iboratdir. Shimoliy yarimsharda: dekabr, yanvar va fevraldan, Janubiy yarimsharda esa: iyun, iyul va avgustdan. Bu faslda iqlim darajasi minusga qarab tusha boshlaydi. Shu sababli sovuq yogʻingarchiliklar orta boshlaydi.

Qish fasli,Qorbobo va Qorqiz haqida yangi she'rlar to'plami

Qish haqida she’rlar

Qish fasli,Qorbobo va Qorqiz haqida yangi she’rlar to’plami.Bog’cha bolalari va maktab o’quvchilari uchun yangi yil,Archa haqida she’rlar guldastasi.

Qish fasli

qish fasli

To’rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib.
Zamin oppoq o’ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.

Ko’cha to’la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari zir qizil,
Lek yonmoqda qizib dil

Olam naqadar go’zal,
Ertakdaman shu maxal.
Osmonlardan yog’ar qor,
Atrofga sochib chiroy.

Tarnovda to’p sumalak,
Qator-qator bir talak.
Mo’ri, pechdan bo’rillab,
Tutqun o’ynar tarallab.

Mo’jaz,sirlarga boysan,
Erka, to’lingan oysan.
Kuch olar uxlab borliq,
Tanga bag’ishlab hordiq.

Archa haqida she’rlar

Qish haqida she’r

Barglarini to‘kkanda daraxt,
Xashoratlar bo‘lganda karaxt,

Pechkalarda yonganda o‘tin,
Mo‘rilardan chiqqanda tutun,

Dala, bog‘ni qoplaganda qor,
Muzlaganda arig‘u-anxor,

Sovuq xukm surganda xar dam,
Qalin kiyim kiyganda odam,

Dalalarda susayganda ish,
O‘lkamizda demak «kumush qish»!

Keldi qish

Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bo’lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg’alari bor bobo.

Uyda bezog’lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.

Qor yog’ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo’lmas sira ham.

Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.

Qish haqida she’r

Qish fasli rasmlari

Quyonga dedi Ayiq:

Buncha shoshasan, qiziq?
Qish kelar qilich qayrab,

Qandoq o‘tiray qarab?
Qish g‘amini yeyapman.

To‘xta, nima deyapsan?
Qish degani bir kecha…

Unday emasdir hecham.
Bir uxlab tursang, bahor!
Bahorgacha ko‘p gap bor…

Qishli qirovli kunda
Ovqat so‘rayman kimdan?

Qanaqa qish, ey ahmoq?
Darg‘azab bo‘lar maymoq.

Qishdan qo‘rqmaysiz, demak…
Gap qaytarma tirmizak.

Bolalar uchun she’rlar to’plami

Qor

Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek,
Oppoq undek.

Shakar undek,
Shakar, desam.
Agar yesam,
Og’rir tishim.

Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek.

Archa haqida boshqa she’rlar

Archa

Archa ko’klamni quchib
Mahkam olgandir ushlab.
Ko’klam ketolmas chiqib
Undan yoz-u kuz, qishlar.

Ko’klam archaga bandi,
Qila olar nima ham?
Axir u o’ralgandir
Sonsiz ninalar bilan!

Rosa mazza qish

Qorbobo rasm

Rosa mazza qish,
Qorlari — kumush.

Oq kiygan atrof.
Qish havosi sof.

Konki uchamiz,
Hech charchamay biz.

Goho qorbo‘ron
O‘ynab kim chaqqon? —

Bilib olamiz,
Qoyil qolamiz.

Qish kelmoqda

Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.

Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga,
Qo‘shiq bo‘lib taralar.

Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin,
Hech kim yo‘lda charxpalak.

Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan,
Qo‘rqoqni izlasharmi?

Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq,
Qishning qahrin yengadi.

Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.

Archa haqida bolalar uchun she’rlar to’plami

O’tib ketti kuz

O‘tib ketdi kuz chog‘i,
Yetib keldi qish yana.
Kengdir muzlik quchog‘i,
Bolalar tortar chana.

G‘izillashib o‘tishar
O‘g‘il-qizlar quvnashib.
Konki otib uchishar,
Bir-birlarin quvlashib.

Dam olib o‘tkazadi,
Bo‘sh vaqtlarin bolalar.
Oq to‘nga o‘raladi,
Butun atrof, dalalar.

Qish ham rohat bizlarga –
Ish qilib, olamiz dam.
To‘lar o‘g‘il-qizlarga,
Qorli tepalar har dam.

Yangi yil bayrami boshqa she’rlar

Qor parchalar

qor haqida she'rlar

Qor parchalar, parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir, adirlar, qo‘ralar
Oq kiyimga o‘ralar.

Uyga kirdi oq odam,
Qarasam, mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.

Yoqalarin tuzatdim,
Issiq to‘nni uzatdim.

Qormomom ham bor mening

Qorbobom bilan kelsam,
Quvonasiz chindan.
Qormomong ham bormi, deb
So‘ramaysiz mendan.

Qormomom ham bor mening,
U tog‘larda yuradi.
Yo‘limiz oq bo‘lsin deb,
Qor yog‘dirib turadi.

Qorbobo haqida she’rlar

Qor yog’ayotgan oqshom

(Rauf Parfi she’riga nazira)

Qor yog’ayotgan oqshom
Shaharni kezsang,
G’ira-shira ko’chalarni kezsang,
qo’llaringni cho’ntakka tiqib,
Qor esa erisa lablaringda jim.

O’ylasang, olislarda qolgan kimnidir,
Shu qorni o’ylasang, qalbing entiksa.
Ayniqsa, o’zing sevgan qizni o’ylasang,
Ayniqsa, o’ylasang onangni…

Qor esa tinmasa,
Tinmasa qadaming.
O’zing ham bir qor uchquniday
Singib ketsang tunning bag’riga.

Kimgadir yo’l bersang, kimgadir salom,
Ammo o’zing bilmasang buni.
Qor esa bo’ralab yog’aversa jim,
Adashsang-da, sezmasang adashganingni…

Derazaning raxidan qorni…

yangi yil 2023

Derazaning raxidan qorni
kuzatadi tuvakdagi gul.
Tashqarida yoqqanida qor,
uyda kitob o’qigan ma’qul.

Tashqarida yoqqanida qor,
bu o’y surib ingramak demak
va chiroqni o’chirib qo’yib,
oppoq shamni yondirmoq kerak.

Qanday yaxshi, ma’yus, baxtiyor
qiz tashrifin o’tirsang poylab,
tashqarida yoqqanida qor
ko’chadagi chiroqda porlab.

Qanday yaxshi kuzatmoq to’yib
tashqarida yoqqan oq qorni,
hech bo’lmasa oldingga qo’yib
o’tkir sharob, bir burda nonni.

Biroq, nega chidamas yurak,
kiyinaman asta, bemador –
qiyin ekan uyda yashamak
tashqarida yoqqanida qor.

Qorbobo va qorqiz haqida she’rlar

So’nggi xat

Qor kechib, bog’chani kezaman,
Ko’zimni yashirib yorug’dan.
Men balki qochishni istayman,
Yurakda uyg’ongan og’riqdan.

Bog’chaga ochilgan deraza
Taratar navoni – yog’duni.
Men esa tushaman larzaga,
Yo’qotib qadrdon tuyg’uni.

Qo’limda sen yozgan so’nggi xat,
Vujudda kezadi qaltiroq.
Maktubing shu qadar qisqaki,
Og’riqning azobi uzunroq…

Qorning o’yini

Oqshomda boshlanar
Qorning o’yini.
Havo ham top-toza,
Yurakda viqor.
Qop-qorayib yotgan bog’lar qo’ynini
Oppoq sukunatga
Ko’mib tashlar qor.

Qor tinar
Va sovuq pichoqlarini
Oyga tutar, atrof ketar yaraqlab.
Yig’ishtirib olar oyoqlarini
Yalang’och,
Ho’mraygan bujur daraxtlar.

Kimdir shoshib borar
Pastqam ko’chada,
Kimdir eringancha mudrab bosh qashir.
Kimdir derazadan termilar o’ychan,
Kimdir
Qor ustiga
Yoza boshlar she’r.

Qor yoqqan kun!

qor haqida

Qandayin so‘z topay tasvirlash uchun
Maysalar rangini qor yoqqan kuni,
Qordan chiqib turgan maysalar uchin,
Yulduzlar sovuqdan muzlagan tunni.

Oy bilan sayr etib yurgan chog‘imda
Yo‘lakdagi muzning qisir-qisirin,
Ko‘rpaga o‘rangan tungi bog‘imda
Qari daraxtlarning mahzun  shivirin.

Sirg‘adek osilgan alvon do‘lana
Yulduzdek yonadi yo‘lak chetida,
Qorning uchqunlari go‘yo parvona
Qo‘naru eriydi bo‘sh hovuchimda

Qor yog‘ar…
Hayajon misli shamchiroq
Yoritib turadi yuragim ichin,
Barchasin sirini bilaman, biroq
So‘z topa olmayman tasvirlash uchun…

Yangi yil bayramiga eng yangi ssenariylar to’plami

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x