Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Archa haqida bolalar uchun she’rlar to’plami

Archa haqida bolalar uchun she’rlar to’plami

by nafisa nafisa

Archa haqida bolalar uchun she'rlar to'plami

Archa haqida she’rlar

Ushbu sahifamiz orqali siz Yangi yil bayramiga,qorboboga,archa haqida  she’rlar to’plami bilan tanishingiz mumkin.

Yangi yil archasiga- Erkin Vohidov

Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.

Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.

Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.

Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!

Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.

Tavsiya etamiz: Yangi yil tadbir ssenariylar

Tavsiya etamiz: Qorbobo-qorqiz haqida she’rlar

Mustaqillik archasi — Zahro Hasanova

Archa rasmlari

Yurtimning xushsuratiga
Ko’rk bergan baland archa,
Har yilgidan chiroyliroq
Bezangansan ayt, buncha?
Bo’yi-basting xo’p kelishgan,
Yarashibsan maydonga.
Katta-kichik tartib ushlashib,
Oshiqar sen tomonga.
Kamalakrang chiroqlardan
Munchoq taqib oldingmi?
Senga intilganlarni
Ko’p hayratga soldingmi?
Qo’sh laylaklar qanot qoqib
Bayram bilan olqishlar.
Seni ko’rmoq uchun ketmayman,
Qishlab qolganmi qushlar?
O’yin-kulgu avjga mingan,
Chehralarda tabassum.
Ot o’yinu arg’imchoqlar
Bolalar bilan gavjum.
Mo’jizalar o’lkasida
Sehrli go’sha misol,
Qalblarga quvonch ulashib,
Mayli, ertak bo’lib qol.

Archa haqida — Dilshod Rajab

Archa haqida bolalar uchun she'rlar to'plami

Archa ko’klamni quchib —
Mahkam olgandir ushlab.
Ko’klam ketolmas chiqib
Undan yoz-u kuz, qishlar.
Ko’klam archaga bandi,
Qila olar nima ham?
Axir u o’ralgandir
Sonsiz ninalar bilan!

Tavsiya etamiz: Bayram haqida boshqa she’rlar

Yangi yil archasiga

Archa haqida bolalar uchun

Bo`ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.
Yangi yil bayramida
Qorboboni kutamiz
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.

Jon archa

Archa, archa, jon archa,
Yaproqlaring ninacha.
Atrofingda aylanib,
Qo’shiq aytadi barcha.

Prezident archasi

Archa haqida bolalar uchun she'rlar

Davraga bizni to’plab,
Birlashtirar har yili.
Barchani o’rtoq qilib,
Sirlashtirar har yili.
Salom, salom yangi yil,
Yangi zamon belgisi.
Yangizafar, yangi shod
Yangi hayot belgisi.
Prezident archasi,
Istiqlol tumorchasi.
Quvonchlarim bir jahon,
Yuragimiz parchasi.

Tavsiya etamiz: Yangi yil haqida she’rlar, ssenariylar, qo’shiqlar to’plami.

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x