Sayyoralar haqida she’rlar bolalar uchun. 22-aprel “Yer sayyorasi kuni” munosabati bilan Sayyoralar haqida eng sara she’rlar to’plamini taqdim etamiz.
Sayyoralar haqida she’rlar.
O’rtada quyosh bobo
Atrofda sayyoralar,
Sirli samo sahniga
Qilaylik sayohatlar.
Mana issiq Merkuriy
Quyoshga eng yaqin u.
Kunduz uyg’oq, samimiy
Tunda esa sokin u.
Zuhro yulduz-Venera
Yorqin hamda sevimli.
Tuprog’i bor deb aytgan
Asli Ulug’bek bobom.
Eng ko’hna sayyoradir,
Yer-u zamin onamiz.
Tog’lar, bog’lar, daryolar,
Elatlar hamxonamiz.
Pushti sayyora Marsda,
Kechda muz, kunduz issiq
Shamol, bo’roni jo’shqin
Hanuz hammaga qiziq.
Eng katta Yupiterni
Mushtariy deb ataymiz,
Belida belbog’i bor
Tez aylanar, yorqindir.
Saturinning yuzida
Xalqa-xalqa belgi bor
Bisyor yo’ldoshlari bor,
Har kim ko’rmoq orzular.
Uranning uzuklari
Zeb beradi doimo.
Pildiroqdek yonboshlab,
Tez aylanar tasanno.
Neptun sovuq shamolli,
Borolmaymiz bekorga.
Bo’roni ham suronli
Eng kenja u qatorda.
Mo’jizali falakni
Bezar sakkiz sayyora,
Ammo Oy va Quyoshni
Eslashim shart bir bora.
Quyosh ko’kdagi chiroq,
Nuridir bizga malham.
Yerdan ulkan mo’ysafid
Mehribon do’stdir har dam.
Oymomo kosmos yuzi
Yerning tabiiy yo’ldoshi.
Parvoz etish orzuyim
Bo’lay oyning sirdoshi.
Yulduz mitti bo’lsa ham
Quyoshdan katta asli.
O’z joyi bor mustahkam
Osmon ularla naqshli.
Mana do’stim teleskop
Zavqlan, go’zal koinot.
Ilm ol, ixtiro top
Ular bo’ladi qanot.
Merkuriy.
Merkuriy derlar meni
Quyoshga eng yaqinman
Taftim juda issiqdir
Hayot yo’qdir shu sabab
Venera.
Men venera bo’laman
Yerdan oldin turaman
Ikkinchi nomim Zuhro
Ular ichra tanhoman
Yer.
Bizning ona zaminimiz
Turar uchunchi bo’lib
Sayyoralar ichra tanho
Hayot mavjud, bebaho
Tavsiya etamiz: Koinot haqida qiziqarli malumotlar.
Mars.
To’rtinchi men o’zimman
Deb turar Mars qizarib
Katta olimp vulqonin
To’lib bag’riga olib
Yupiter.
Beshinchi safni olgan
Men Yupiter bo’laman
Eng og’iri ham o’zim
Va hammadan kattaman
Saturn.
Turaman men Saturn
Olti raqamin aytib
O’ziga xos tomonim
Bir ajoyib halqam bor
Uran.
Meni Uran deydilar
Rangim samoga o’xshar
Turaman yettinchida
Eng yorug’I o’zimman
Neptun.
Sayyoralar ichida
Eng uzoqda turaman
Taftim juda sovuqdir
Chunki eng uzoqdaman.
Tavsiya etamiz: 9-may Xotira va qadrlash kuni haqida she’rlar
Sayyoralar haqida ma’lumot.
Sayyoralar – bu Quyosh atrofida aylanayotgan, o’z og’irligi tufayli sferik shaklga ega, tabiiy jismonlardir. Quyosh tizimida sakkizta asosiy sayyora mavjud bo’lib, ularning ketma-ketligi Quyoshdan uzoqligiga qarab quyidagicha tartibda joylashgan:
-
Merkuriy (Merkuri)
-
Quyoshga eng yaqin sayyora.
-
Merkuriy kichik va eng issiq sayyoradir. Uning atmosferasi juda ingichka, shuning uchun u Quyoshdan keladigan kuchli issiqlikdan himoya qilinmaydi.
-
Yuzasida harorat kunduzi 430°C, tunlari esa -180°C ga tushadi.
-
-
Venus (Venera)
-
Merkuriydan keyingi sayyora.
-
Venus – Quyosh tizimida yerga eng o’xshash sayyora, ammo uning atmosferasi juda zich va asosan karbonat angidrid gazidan iborat. Bu sayyoraning yuzasida harorat 460°C gacha yetadi, bu esa uni eng issiq sayyora qiladi.
-
Venusda kuchli yomg’irlar, vodorod sulfid bulutlari mavjud.
-
-
Yer (Earth)
-
Sayyoralar o’rtasida hayot mavjud bo’lgan yagona sayyora.
-
Yerda atmosferaning tarkibi va harorati hayot uchun eng mos bo’lib, suyuq suv va atmosferadagi kislorod hamda azot hayotga imkon beradi.
-
Yerda turli xil iqlim zonalari va ekosistemalar mavjud.
-
-
Mars (Mars)
-
Yerning “qizil qo‘shnisi.”
-
Marsning yuzasi zanglagan temir oksidi (temir rudasi) bilan qoplangan, shuning uchun uning rangini qizil qilib ko‘rish mumkin. Marsda juda nozik atmosferaga ega bo’lib, asosan karbonat angidriddan iborat.
-
Sayyorada o’tmishda suyuq suv mavjud bo’lgan izlar bor, ammo hozirda u juda sovuq va arid.
-
-
Yupiter (Jupiter)
-
Sayyoralar orasida eng katta va eng og’ir.
-
Yupiter gaz gigantidir va asosan vodorod va geliydan tashkil topgan. Uda eng kuchli magnit maydoni mavjud. Yupiterning ko’plab yo’ldoshlaridan eng mashhuri “Io,” “Europa,” “Ganymede” va “Callisto”dir.
-
Sayyoraning atmosferasi ko’plab turli rangdagi bulutlardan iborat bo’lib, ulardan eng mashhuri “Qizil dog'” hisoblanadi.
-
-
Saturn (Saturn)
-
Tavorli halqalari bilan mashhur.
-
Saturn gaz gigantidir va uning eng mashhur xususiyati halqalari hisoblanadi. Bu halqalar asosan muz va toshlardan iborat. Saturnning atmosferasi vodorod va geliydan tashkil topgan va sayyorada juda kuchli shamollar esadi.
-
Saturnning ko’plab yo’ldoshlari mavjud, ularning eng kattasi Titan bo’lib, u o’z atmosferasiga ega.
-
-
Uran (Uran)
-
Sayyoralar orasida birinchi “tomon o‘zgargan” sayyora.
-
Uran g’arbga qarab aylanishi bilan ajralib turadi, bu sayyorani noyob qiladi. U gaz gigantidir va uning atmosferasi asosan vodorod, geliy va metan gazlaridan iborat.
-
Uranning juda sovuq va kuchli shamollar mavjud.
-
-
Neptun (Neptune)
-
Sayyoralar orasida eng uzoq.
-
Neptun ham Uran kabi gaz gigantidir va asosan vodorod, geliy va metan gazlaridan iborat. Bu sayyorada kuchli shiddatli shamollar va “Great Dark Spot” deb nomlangan katta bo’shliq mavjud.
-
Neptunning yo’ldoshi Triton juda qiziqarli, chunki u o’z yo’li bo’yicha qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi.
-
Tavsiya etamiz: Muhammad Yusuf tavalludiga atab tadbir ssenariylar to’plami