Mundarija
Xotira va qadrlash.
Hayotdan koโz yumgan jigarlarimizning xotirasi doim qalbimizda!
Shahidlar yodi
Ularโฆ minglab, balki milyon edilar,
Yashashga tugโilgan inson edilar,
Shirin jon edilar, iymon edilar,
Hali ushalmagan armon edilar.
Nogoh, changal urib dahshatli balo,
Ularni shu kunga etdi mubtalo,
Sirti xoโp yaltiroq, asli ajdaho,
Sochdi gโazabini-yovuz va yuhoโฆ
Ayblarin bilmasdan hayron edilar.
Ayblari emish xalqiga dushman,
Ularga yot emish shu yurt, shu gulshan,
Qalb-u fikrlari emish chirk, tuban
Vatanni toโntarib tashlashga tuban
Ahd etgan, goโyokim nodon edilar.
Dillarni titratur jaxoniy olam,
Ruhlar chirqirashin tinglaymiz har dam,
Bu dardni yozganda toqatsiz qalam-
Shaharim, qishlogโim, chamanim, dalam-
Ular Qodiriy va Choโlpon edilar.
Vale, bu dunyoda oliy hakam bor,
Oโshal qudrat erur mangu ustuvor,
Shahidlar bong urib har shomu shahar,
Bizni ogoh etar, boโling deb xushyor,
Ular xalqimizga qalqon edilar,
Abadiy barhayot vijdon edilar.
Tong otar.
Ularni otishdi tong pallasidaโฆ
Otasin qoโlini ushlagan goโdak.
Miltiqlarga qarab sekin soโradi,
Soโradi: ยซOโq tegsa ogโrirmi, dada?ยป
Uning ovozini bosdi guldurakโฆ
Bahorda jarlikni qoplar oโt-oโlan,
Oโtlar uzra suzib oโtar oq bulut.
Va shunda bir chechak achchiq dard bilan,
Tinmasdan shivirlar: ยซOgโrirkan, dada!ยป
Bu nola hech qachon boโlmaydi unutโฆ
Xotirlamoq uchun fursat.
Taqdirim shu ekan ey azizlarim,
Boshqa-boshqa yoโllar tutdi umrimiz,
Ayro ekan endi taqdir yoโlimiz,
Jon omonot ekan, peshona ekan.
Xotirlamoq uchun fursat ajrating,
Yodingizdan mutloq koโtarilmayin,
Yoddan chiqarsangiz zahmat yutaman,
Eslasangiz quvonay azizlarim deb.
Farzandlarim boshin silang oโtinchim,
Toki mening oโrnim sezdirmangizlar,
Bilaman Otasiz; boโlmoq azobin,
Yakka yagona bir aytar faryodim.
Ayolim yuragi ming tilka pora,
Kimlar fursat poylab, nafsla ovora,
Xiyonat aylasa ishonganlarim,
Mayli vijdoniga boโlsin xavola.
Biling Egam barin koโrib turubdi,
Barchasiga guvox boโlib turubdi,
Ammo tekin oshdur yetimning xaqqi,
Tegar lanat toshi, lek tegmas nafi.
Jigarlarim oโqiting, bilim olishsin,
Topsin oโrnin erta, yetuk boโlishsin,
Sizlar qatorida men ham shodlanib,
Quvonayin bular izdoshlarim deb.
Sheโrga izox etdim bayonlarimni,
Eslab hayol ila oโsha onlarni,
Mendan rozi boโling boโlsam ham yomon,
Gina-kudrat unut qiling batamom!
9-may bayram senariylar toโplami
Jonin bergan jigarlarim.
Vatan uchun jonin bergan jigarlarim,
Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim,
Xoinlarni itday qirgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Volidangiz: ยซFarzandimdan rozimanยป โ der,
Rizoligin aytar sizga shu ona yer,
Ey, Boburjon, ey, Ulugโbek, ey Alisher,
Nomingizni unutmaydi ona Vatan.
Ortingizda oโzbek degan millat qoldi,
Oโzbekiston degan ulugโ davlat qoldi,
Sizdan meros jasoratu shiddat qoldi,
Sizni aslo unutmaydi ona Vatan.
Siz tufayli uyim tinchdur, baxtim omon,
Siz tufayli kunlar kelar dorilomon,
Ey Gโafurjon, ey Mahmudjon, ey Elomon,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.
Sadoqatni jo aylab siz dilingizga,
Belbogโ boylab shijoatdan belingizga,
Koโkragingiz qalqon boโldi elingizga,
Sizni abad unutmaydi ona Vatan.
Toki oโzbek, Oโzbekiston dunyoda bor โ
Sizlar ila qilar faxr va iftixor,
Ey Qahramon, ey Maโrufjon, ey Sayyor,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.
Haqqingizga duo aytar Temur bobo,
Duo aytar Toโmarisdek qutlugโ momo,
Duo aytar qoningizni ichgan giyoh,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Endi sizga Alpomishlar yoโldoshu yor,
Endi sizga abadiyat aytar alyor,
Ey Yunusbek, Abduxalil, ey Doniyor,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.
Vatan uchun shahid ketgan jigarlarim,
Or-nomusni baland tutgan jigarlarim,
Abadiyat sari ketgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Mustaqillik haqida chiroyli sheโrlar toโplami
Yurtim, ado boโlmasโฆ
Yurtim, ado boโlmas armonlaring bor,
Toshlarni yigโlatgan dostonlaring bor.
Oโtmishingni oโylab yigโlaydi jonim,
Koโksing toโla shahid oโgโlonlaring bor.
Bagโrim oโrtar bir uy bahor ayyomlar,
Oy borgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzulladek mardi-maydonlaring borโฆ
Yurtim, koโnglimdek keng osmonlaring bor.
Yulduzni yigโlatgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydoringa zor,
Jayrondek termulgan Choโlponlaring borโฆ
Qoโling qadogโiga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, ogโir olma soโzimni,
Qayinbarglar yopib qaro koโzini,
Olislarda qolgan Usmonlaring borโฆ
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir boโlganlar-
Mehrobingdan chaqqan chayonlaring borโฆ
Qurboning boโlayin, ey onajonim,
Sening faryodlaring, mening figโonim.
Oโtmishingni oโylab oโrtanar jonim.
Aytsam ado boโlmas dostonlaring borโฆ
Xurshid DAVRON Vatan haqida sheโrlar
Xotira maydoni.
Serzarda zamonlar oโtdilar qator,
Oโtdilar yillaru oylar rang-barang.
Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,
Boโlmaganda, xalqim, sening xotirang.
Sen oโzing naqsh etding hayot qissasin,
Sen oโzing soโng uni aylading bayon.
Olis bobolarning bosgan har izin,
Oโzing avlodlarga etding namoyon.
Dillardan zulmatni quvay deb yongan,
Navoiy qalamin yoritgan chiroq.
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan,
Koโchib, fikrlarni yoritgan chaqmoq.
Ona Toโmarisning shonli qismati,
Jaloliddin tigโi taratgan jarang.
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Boโlmaganda, xalqim, sening xotirang.
Imom Buxoriyning shaffof imoni,
Ulugโbek fikrida balqigan yulduz.
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni,
Sening xotirangda saqlanar hanuz.
Shu bois nomingni yoโq etay deya,
Yovlaring xotirang buzmoqchi boโldi.
Yolgโonu tuhmatlar, uydirma ila,
Tarixing qaytadan tuzmoqchi boโldi.
Seni johil dedi, savodsiz dedi,
Aldamoqchi boโlib butun dunyoni.
Dunyo bilar edi โ unga sen berding,
Buyuk Xorazmi-yu ulugโ Sinoni.
Istiqlol bayrogโi yuksaldi baland,
Yana nasib boโldi ozod istiqbol.
Uch ming yillik koโhna tarixingni ham,
Bagโringga qaytardi shonli istiqlol.
Istiqlol qadimiy oโzbek nomini,
Qaytadan kashf etdi ahli jahonga.
Qadrlab har mudom oโzbek shonini,
Dunyoni qaratdi Oโzbekistonga.
Dilda Xotirani imondek saqlang,
Dilda boโlsin ota- onaning yodi.
Chechakday koโkarsin qalblar bogโida,
Olis ajdodlarning soโngan hayoti.
Unutmang, yashamay yigit yoshini,
Boโsa mazasini bilolmay hatto.
Necha erlar yerga qoโydi boshini,
Jonini yurtiga qilgancha fido.
Ularning yodini eโzozlab yashang,
Safda yurganlarni qadrlang mudom.
Xotira maydonin lavhalarida,
Bitilsin har bitta unitilgan nom.
Bolalar uchun Vatan haqida sheโrlar
Motamsaro Ona qoshiga boring,
Yashirmay koโzlardan oqqan yoshingiz.
Shahidlar yodini eslab, bir lahza,
Oyogโi ostiga qoโying boshingiz.
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir gโurur.
Xotira โ elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira โ ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi โ nurga intilmoq.
Koโkarsa โ ikkiga boโlib tashlaydi,
Yoโlining ustida tursa hatto togโ.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolgโiz sen haqli!
Zamonlar oโtajak quyun singari,
Necha yulduz soโnib, tamom etajak.
Sening yoding borki, yorugโ kunlarga,
Bizning koโzlar ila boqar kelajak.
Ishonaman, oโsha olis ertada โ
Fasli novbahorning masโum pallasi.
Xotira bogโiga kelib bosh egar,
Olis kelajakning erka bolasi.
Uning koโzlarida yongan shuurda,
Navoiy hikmatin nuri koโringay.
Uning yuragida joโshgan gโururda,
Bobolar yuragin qoโri koโringay!
Xotira bor ekanโฆ
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir gโurur.
Xotira โ elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira โ ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi โ nurga intilmoq.
Koโkarsa โ ikkiga boโlib tashlaydi,
Yoโlining ustida tursa hatto togโ.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolgโiz sen haqli!
Askarlar haqida sheโrlar toโplami
Nomaโlum askarga maktub
Mushtipar onangni, boshlari sarak,
Qalbini tigโlaydi sogโinch tugโyoni,
Koโp yil boโldi axir sendan yoโq darak,
Qachon uyga qaytasan oโzbek oโgโloni.
Sogโmisan esonmi? Bormisan hali?
Yoki qolib ketdingmi Volga boโyida,
Nogahon oโq tegib janglar mahali,
Qoldingmi yiqilib Kursk yoyida.
Eshitdim fashistga qarshi chiqibsan,
Bir paytlar Chingizga chiqqandek zamon,
Janglarda mardu mardon turibsan,
Nomsiz tepalikda oโn bir qahramon.
Frontda bormikan dardingni tinglar,
Yiqilsang qoโlinga qoโlini tutib,
Yotganda izgโirin qahraton tunlar,
Janoning oโrniga shneling quchib.
Doโsting ham yaxshimi, sen bilan ketgan,
Yurgandir frontda yerlarni tepib,
Doโppisin oโrniga pilotka kiygan,
Marshaldan gโururli, chapani yigit!
Ismlaring kim edi Qodir? Pirimqul?
Berlin darvozasiga yozganmidingiz?
Qishloqqa qaytsangiz hanuz oโsha yoโl,
Yoโlni eslatsam balki kelarmidingiz.
Sogโ omon chiqqanding ota uyidan,
Endi qayerlarda qolding sen inim,
Onang hanuz kutar soyning boโyidan,
Qoโylarni boqib, qaytar deb oโgโlim.
Qayerlarga ketding yurtingdan nari,
Qaytgin qoโllaringa ketmoningni ol,
Unutma yurtingni boylik Gavhari,
Otangdan qolgan dalalaring bor.
Ey oโzbek shu kunlar bormi boshingda,
Kecha-yu kunduzda paxtalar terib,
Minglab yetimlarni boqding uyingda,
Oโzingni bolangni frontga berib.
Nomi oโchsin, oโsha laโnati urush,
Hanuz kechalari oโylayman biroq,
Yetmayman oโyimga boโlaman xomush,
Kerakmidi senga shu qizil Bayroq.
Necha oโgโlon, necha pahlavon,
Ketdingiz bedarak na nom na nishon,
Atashar sizlarni nomalum askar,
Nomaโlum? Demak yashaysiz hamon.
Bobo deymi, ota? Nima deb atay,
Axir yosh edinglar, bormaydi tilim,
Mayli hammangizni ogโa deb atay,
Ogโalar sizlarni rosa sogโindim.
25-may soโnggi qoโngโiroq sheโr va ssenariylar