Bosh sahifa » Insholar » 9-May Xotira va qadrlash kuni haqida insho.

9-May Xotira va qadrlash kuni haqida insho.

by nafisa nafisa

Sahifamiz orqali 9-may Xotira va qadrlash kuni bayramiga atalgan  insho va matnlarni topishingiz mumkin.

9-May Xotira va qadrlash kuni haqida insho.

Xotira va qadrlash kuni bayramiga insho.

Reja:

  1. Xotira qadr  tushunchalarining ma’nosi nima?
  2. Xotira bor ekan – millat barhayot.
  3. Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatgan jasorati.

  Xotira, qadr  tushunchalarining ma’nosi nima?

 Xotira-idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takroriy qobiliyatida namoyon boʻladi.

Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira bor ekan – millat barhayot.

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ`ibiga bag`ishlangan buyuk milliy ma`naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.

Tavsiya etamiz: 9-may Xotira va qadrlash kuni haqida she’rlar

9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

Hozirgi paytda oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. Yildan yilga ular kamayib bormoqda.  O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.

Fashizm balosi ustidan qozonilgan g‘alabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir.

 Qadriyat-voqelikdagi muayyan hodisalarning umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy maʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi.

Demak bu xotira va qadrlash so’zlari bir-biri bilan chambarchas bog’langan.Ularning ma’nolari biz uchun katta ahamiyatga ega.

Xotira bor ekan – millat barhayot.

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir.

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ`ibiga bag`ishlangan buyuk milliy ma`naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.

9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada xalqimizning ham mardonavor va salmoqli hissasi unutilmas haqiqatdir.

Tavsiya etamiz: 9-may xotira kuniga atab chiroyli she’rlar

9 may – Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Muxtasar qilib aytganda, ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o‘tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o‘zgalarga samimiyatda bo‘lib, hurmat-ehtirom ko‘rsatsa, o‘zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo‘ladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.

Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatgan jasorati.

O‘zbekistonda 1999 yildan beri 9 may – Ikkinchi jahon urushida Germaniya fashizmi bosqinchilari mag‘lub etilgan va G‘arbiy frontda urush tugagan kunda Xotira va qadrlash kuni nishonlab kelinadi. Bu kunni shunday nomlash tashabbusi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovdir.

1941-1945 yillarda bashariyat boshiga misliz kulfatlar yog`dirgan Ikkinchi jahon urushi frontlarida O`zbekistonlik jangchilar o`zlarining botir, mard, qo`rqmas, jasurlik xislatlarini namoyon qilib qahramonlik namunalarini ko`rsatdilar.

O`zbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini ta`minlashda oldingi saflarda turib, nimaiki zarur bo`lsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamg`armasiga 649,9 mln. so`m naqd pul, 4 mlrd. 226 mln. so`m zayom puli, 52,9 kg. oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 ta gimnastyorka, 2 636 700 ta paxtalik, 2 221 200 ta etik va qo`njli botinka yuborildi. Engil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 so`mlik mahsulot jo`natilgan.

Qiyinchilik va xomashyo etishmasligiga qaramasdan, Toshkent to`qimachilik kombinati front uchun 410 mln metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, ko`p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari jo`natildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna g`alla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va ho`l mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941 yilning ikkinchi yarmida 59 ming bosh ot frontga olib ketildi.

Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani hamda ayrim shaxslar jangchilarga yordam qo`llarini cho`zdilar. Masalan, 1942 yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qo`lqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 po`stin, 18,5 ming litr vino, quruq mevalar olindi. 1943 yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bug`doy, 5496 kilo yorma bug`doy, 1160 kilo guruch, 418 bosh qo`y, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpog`istondan 224916 so`m naqd pul, 21614 kilo bug`doy, 5819 kilo go`sht, 3700 kilo guruch jo`natildi.

Qoraqalpog`istondagi Mo`ynoq baliq kombinatidan 20 mln. banka go`sht va baliq konservasi olingan edi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham jangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942 yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yog`, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943 yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 mln. so`m naqd pul, 330 tonna go`sht va yog`, 530 tonna bug`doy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi.

Tavsiya etamiz: 9-may bayram senariylar to’plami

Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga jo`natib turganlar. Shuningdek, hukumat vakillari tomonidan vagonlarda katta miqdorda sovg`alar olib ketilganligi haqida ma`lumotlar mavjud. Masalan, 1942 yili bir guruh vakillar Leningradga 600 vagon un va go`sht, 100 vagon guruch, 60 vagon quruq meva olib borganlar.

Ikkinchi Jahon urushining to`rt yili davomida O`zbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna g`alla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va ho`l meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna go`sht, 5 286 000 dona teri topshirgani ma`lum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida O`zbekiston aholisi mudofaa jamg`armasiga jami 649 900 000 so`m naqd pul o`tkazib bergan.

Xalqimiz harbiy xizmatchilarning oilalariga ham katta yordam bergan. Chunonchi, 1943 yili ularga 13 858 500 so`m pul, 1 308 400 kilo oziq-ovqat, 20 750 kiyim-bosh, 40 000 kubometr yoqilg`i, 73 500 pud g`alla, 10 000 bosh qo`y, 2000 bosh qoramol topshirilgan.

Shuningdek, o`zbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan ko`chirib keltirilgan o`n minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va g`amxo`rlik namunalarini ko`rsatdi. Jang bo`layotgan hududlardan ko`chirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta`minlandi. Minglab etim bolalarni o`zbek oilalari o`z qaramog`lariga oldilar, farzandlaridan kam ko`rmay tarbiyaladilar. Bunga misol deb Toshkentda gi Shomahmaduvlar oilasi insonparvarlikning yuksak namunasini koʻrsatib bergan oiladir. Ikkinchi jahon urushi davrida Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov (1891—1970) va uning xotini Bahri Akramova (1903—1987) turli millatning qarovsiz va yetim qolgan bolalarini farzandlikka olib, taʼlim-tarbiya bergan. Toshkent shahri ayollarining Oʻzbekiston ayollariga qarata qardosh xalqlarning yetim qolgan va evakuatsiya qilingan bolalarni tarbiyaga olish haqidagi 1942-yil yanvar murojaati ularni  Toshkent shahardagi №17-bolalar uyiga olib keldi. Ular boshpanasiz qolgan, turli millat vakillari boʻlgan 13 bola va urushdan so’ng yana 3 bolani oʻz tarbiyalariga olishgan. Urush vaqtida bunday insonparvarlikning yuksak namunasini ko’rsatgan oilalar bizning sevimli va azia yurtimiz O’zbekistonda ko’p bo’lgan.  O`zbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. Davlatimiz 113 ta harbiy kasalxona-gospitalni ham otaliqqa oldi.

Xulosa qilib aytganda, urush yillarida mashaqqatli mehnat va azob-uqubatdan boshqa narsani ko`rmagan odamlarning ko`pchiligi qayg`u-alam girdobida jon berdilar. Shunga o`xshash urush qatnashchilarining talay qismi yorug` kunlarni ko`rmadi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, ota-bobolarimiz misli ko`rilmagan azob-uqubatlar va talofatlar hisobiga butun insoniyat boshiga tushgan ofatni bartaraf qilishga ulkan hissa qo`shib, jahon tarixida o`chmas iz qoldirishdi.

Bu ma`lumotlar botir jangchilarimiz, sabrli xalqimiz Ikkinchi jahon urushida yuksak jasorat ko`rsatganligidan dalolat beradi. Ajdodlarimiz jasorati va matonati- fidoyilik, qahramonlik namunasidir. Biz ularning vatanparvarliligi, mardligi, sabrliligi va  ko’rsatgan ulug’ jasoratini doimo eslab turushimiz hamda unutmasligimiz kerak. Ularni doimo xotirlab va qadrlab turishimiz kerak!

Xotira va qadrlash kuni insho

Tavsiya etamiz: Mening bobom va buvim – qahramon. Mening qahramonim insho.

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar