Bosh sahifa » Insholar » Mening bobom va buvim – qahramon. Mening qahramonim insho.

Mening bobom va buvim – qahramon. Mening qahramonim insho.

by nafisa nafisa

Mening bobom va buvim – qahramon. Mening qahramonim insho.

Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri.

Reja:
1.Keksalar – yurt tayanchi.
2.Vatanimiz ichidagi mo’jaz Vatan.
3.Mening qahramonim bobom va buvim.

Keksalar – yurt tayanchi.

Mahalla – ma’naviyat va tarbiya maskani. Keksalar – yurt tayanchi. Keksalik – insonning hayoti davomida azob-u uqubatlar, yaxshi kunlar, dunyoning har bir kunlaridagi har bir insonga atalgan sinovlarni ya’ni yaxshi va yomon kunlarni boshidan kechirgan, hayotning past-u balandini, dunyo sirlarining mohiyatii tushunib yetgan, ammo kuch-quvvatdan qolga dami. Yurtimizda qadimdan keksa nuroniylarimizning o’rinlari beqiyos hisoblanib keladi.

Asosan, keksa nuroniylarimizning biz yosh avlodni milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz hamda an’analarimiz ruhida tarbiyalashda hissalari alohida ma’no- mazmun kasb etadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, keksa bobo –buvilarimiz oila va jamiyatda ko’p asrlik qadriyatlarimizni o’z milliyligini saqlagan holda kelajak  avlodga yetkazib berish, atrofdaglarga esa o’zligimizni, buyuk ajdodlarimiz merosini singdirishda  muhim ahamiyatga ega.

Keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish jamiyatimizning o’ziga xos madaniy va ma’naviy belgisidir. Bizning o’zbek xalqiga azaldan xos bo’lgan  bunday yuksak fazilatlar istiqlolimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Davlatimiz rahbarining shu yilgi qarori bilan “Keksalarni e’zozlash yili” deb belgilandi va ko’pgina hayrli ishlar amalgam oshirildi.

Tavsiya etamiz: Qarindosh-urug’chilik va begonalik haqida maqollar

Vatanimiz ichidagi mo’jaz Vatan.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, keksa bobo- buvilarimizning yurtimiz, jamiyatimiz va albatta mahallamiz hayotida xizmatlari beqiyos desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa, Vatanimiz ichidagi mo’jaz Vatan hisoblangan mahalla yurtimizning ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega. Mahallaning har tomonlama ma’naviy yetuklikka erishishi, har bir oila, xonadoning ma’naviy        qadr-qimmatiga bog’liq. Oilaning gullab yashnashi, to’la –to’kis shakllanishi, avvalo, xonadon kattalari kattalari bobo-buvilarimiz qo’lida. Bizning oilamizda bobom hamda otam o’qituvchi bo’lganligi sabab, biz farzandlari bilan ilmiy va hayotiy bilimlarini o’rtoqlashishadi hamda kelajakda komil inson  bo’lib yetishishimizda beminnat yordam ko’rsatishadi. Buvim hamda onajonim esa oilamiz tayanchi, mehr buloq singari barchaga mehr-muhabbat  ulashishadi. Shu bois ham buvijonimni har bir taomlarida shukronalik, mehr- muhabbat singari tuyg’ular taom bilan uyg’unlashib, sirli ta’m bag’ishlaydi. Oilamizda bu zotlarning o’rni o’zgacha deb bilaman.

Bobom hamda buvim bilan uyimiz, xonadonimiz charog’on va nurga to’la. Ularning bizga aytgan har bir tanbehning o’zagida o’zgacha his tuyg’ular aks etadi. Bobomning ta’kidlashlaricha, oilani bir-biriga yaqinlashtiradigan tuyg’u bu mehr- muhabbat, ishonch va sadoqatdir. Mana shu uch tuyg’u asosida oila shakllanadi hamda ma’naviy va madaniy yetuklikka erishadi. Bobom har birimizning tug’ilgan kunimizda faqat kitob sovg’a qiladilar.

Mana shu ham ularning bizga ko’rsatgan g’amxo’rligidir. Bobom ham otajonim ham ko’p aytadilar: “Kitob – insonning yo’ldosh do’sti, dunyodagi eng ajoyib sovg’a, hamda eng katta boylik” deb. Bobom va buvijonimni mahalladagilarning barchasi o’z bobo-buvisidek ko’radi va hurmat qiladi. Mahallamiz asosan yosh oilalardan tashkil topganligi sabab, ularning ko’pchiligi bobomning qo’lida tahsil olgan. Shu bois am mahallada uyushtiralidigan xashar, to’y, ma’rakalar bobom va buvimsiz o’tkazilmaydi. Yaqinda bobom boshchiligida mamlakatimizda sport maydonchasi barpo etldi.

Tavsiya etamiz: 9-may Xotira va qadrlash kuni haqida she’rlar

Bobom xozirda nafaqada bo’lsalarda yanada ko’proq yurtimizga naf keltirishga, uni gullab- yashnashiga hissa qo’shib kelmoqdalar. Ba’zida mahalla bolalari bilan yangi qurilgan maydonchada futbol ham o’ynab turadilar. Shuning uchun ham mahallamiz bolalari bobomni o’z bobolaridek ko’rib, hurmat qilishadi. Bobomni mahallamizda hamma “Katta bobo” deb chaqiradi.

Mening qahramonim bobom va buvim.

Mening qahramonim bobom va buvim bo’ladilar . Sababi ular doimo menga tóğri yólni tanlashimga yordam beradilar . Ota -bobolarimiz aytganidek «qari bilganni pari bilmas». Ushbu sóz bejizga aytilmagan deb óylayman . Sababi doim biror bir ishni boshlashimdan oldin bobomdan maslahat sórayman agarda bobom bu ishni qilmagin desalar va buning oxiri yaxshi bólmasligini aytsalar albatta shunday bóladilar. Qilgin degan ishini qilsam eng yaxshi yutuqlarga erishaman . Buvimlarni esa órgatgan ishlarini qilsam har doim raxmatlar eshitaman. Va albatta har doim men uchun foydali bóladi. Yana bobomlarni qahramon deyishimga sabab ikkinchi urushda qatnashib xozirgi tinchligimizga xissa qóshgan qahramonlardan bittasi desam mubolağa bólmaydi. Buvimlar esa front orqasida turib urushdagi insonlar uchun xizmat qilgan qahramon . Ular men uchun , siz uchun va biz uchun qahramonlik qilgan eng yaxshi insonlardir . Biroq buvijonim hozirgi kunda mahallamizning eng faol nuroniylaridan biri . Mahallamizdagi qizlarga hozirda xunarmandchilik sirlarini órgatmoqdalar.

Buvijonim yoshliklarida oily o’quv yurtlarida ta’lim olmagan bo’lsalarda, xalq amaliy bezak san’ati bo’yicha anchagina malakaga egalar. Shuning uchun ham mahalladagi barcha  qizlarga milliy qadriyatlarimiz hisoblngan zardo’zlik, gilamchilik, kashtachilik, kandakorlik hamda tikuvchilikdan saboq beradilar. Buvim bu milliy qadriyatlarimizni biz yosh avlodlarga yetkazib berishda qo’ldan kelgancha harakat qilmoqdalar. Chunki biz o’zbek xalqining bu milliy qadriyatlari-yu an’analari, uning kelajagi barqarorligiga alohida ta’sir ko’rsatadi va uning istiqbolini belgilab beradi desam adashmayman. Shu bois ham xalqimizda:”Qarisi bor uyning, parisi bor” degan naql bor.

Davlatimiz hech qachon xizmat qilganlarni, yurti yo’lida jon kuydirganlarni nazardan chetda qoldirmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Chumki, ular yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, Vatanimiz har tomonlama yuksalishiga katta hissa qo’shgan bizning arboblarimizdir.

Keksalarmizga hurmat ko’rsatish yurtimizning, xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri sanaladi. Yurtimizda amalgam oshirilayotgan barcha hayrli ishlar albatta mana shu keksa nuroniylarimizning duo-yu, fotihalari sharofatlari bilan. Bu duogo’y zotlarimiz yurtimiz farishtalari, boshimizdagi toj, ko’ksimizdagi  quvonchdir.

Hech ikkilanmay mening bobom va buvim mahallamiz faxri deb ayta olaman:

Keksalarning ko’ngli osmondek tiniq,
Farzandlar mehriga doimo intiq.
Hayot sabog’ini nabiralariga,
Qo’lidan kelganch o’rgatar to’liq.
Bobolarning hech ham ochmaydi yodi,
Konglimizda har on mangu merosdir.
Doimo yodimizda nurli ovozi,
Keksalarning sehri bor bunda…

Tavsiya etamiz: Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar to’plami

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar