Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar to’plami

Sizlarga bolalar uchun Vatan haqida saralangan she’rlar to’plamini taqdim etamiz. Bolajonlar vatan haqida she’rlarni o’rganadilar.

Bolajonlar uchun vatan haqida she'rlarVatan haqida saralangan she’rlar MADHIYAM

So‘z mulkining ra’nosi,
Tengsiz mazmun-ma’nosi.
Shod dillarning sadosi –
Iftixorim madhiyam,

Hur diyorim madhiyam.
Tenglar ichra teng bo‘lgan,
Baxtu iqboli kulgan.
Jannat bog‘ida gulshan –

Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Yurt dong‘ini taratgan,
Tilimizni sayratgan.

Saroylarni yangratgan –
Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Xalqim asriy orzusi,
Istiqlolim ko‘zgusi.
Har bir yurak yog‘dusi –
Iftixorim madhiyam, Hur diyorim madhiyam.

BU QIZIQ : VATAN HIMOYACHILARI HAQIDA SHE’RLAR

TAVSIYA ETAMIZ : XURSHID DAVRON VATAN HAQIDA SHE’RLAR

HUMO QUSHIM she'ri

HUMO QUSHIM

Nigohlari jur’atkor,
Parvozlari shiddatkor,
Ozod elga najotkor
Humo qushim – hur qushim,

Samo qushim – nur qushim!
Qanot qoqib uchadi,
Ufqlarni quchadi,
Baxt eshigin ochadi

Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
Quyosh kabi ziyosi,
Chaqmoq kabi qiyosi,

Xalqim mehrigiyosi
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
Ezgu niyat jarchisi,

Orzu umid elchisi,
Istiqlol xabarchisi
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!

BU QIZIQ : VATAN HIMOYACHILARI HAQIDA SHE’RLAR

TAVSIYA ETAMIZ : ASKARLAR HAQIDA SHE’RLAR

TINCH BO‘LSIN OSMONIMIZ

TINCH BO‘LSIN OSMONIMIZ

Sergakmizu hushyormiz,
Yurt ishiga tayyormiz.
Har ishda madadkormiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,

Biz Vatan posbonimiz.
Bizni kutar baxt-iqbol,
Porloq bo‘lar istiqbol.
Mangu bo‘lsin istiqlol –

Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Vatan –ko‘z qarog‘imiz,
Muqaddas tuprog‘imiz.

Yovga shay yarog‘imiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Avlodlari baxtga yor,

Ajdodlari madadkor.
Kelajagi ulug‘vor –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.

O'ZBEKISTON BAYROG‘I she'rlar

O’ZBEKISTON BAYROG‘I

Porlagan yurt charog‘i,
El baxti, ko‘z qarog‘i.
Iftixori, ardog‘i –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Ajdodlarning orzusi,
Istiqlolning qomusi.
Hur millat or-nomusi –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Allomalar naslimiz,
Ozod yurtda baxtlimiz.
o‘ururimiz, faxrimiz –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Quchog‘i bog‘-u bo‘ston,
Giyohi tanga darmon.
Jumla-jahonga doston
O‘zbekiston bayrog‘i!

ONA DIYOR

O‘ynab-kulib, yayraymiz,

Bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!
Sportchimiz, bardammiz,
o‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!

O’ZBEKISTON QOMUSI she'rlar to'plami

O’ZBEKISTON QOMUSI

O‘zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog‘dusi –
O‘zbekiston qomusi.
Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati
–O‘zbekiston qomusi.
Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo‘rg‘on,
Safarga chiqqan karvon –
O‘zbekiston qomusi.
Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o‘g‘il-qizi,
Tarixda cho‘ng ildizi –
O‘zbekiston qomusi.
Madhiyasi, bayrog‘i,
Humosi ko‘z qarog‘i,
Har xonadon charog‘i –
O‘zbekiston qomusi.
Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –
O‘zbekiston qomusi.
Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O‘zbekiston qomusi!

Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar yoqqan bo’lsa fikringizni bildiring:

Boshqa she’rlar to’plami >>

Manba

Baho bering
Do'stlar bilan ulashing
ilmlar mega portali
Subscribe
Notify of
guest
3 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
abror

zo’r/gap yo’q

Soliha

Hzhjdjd

PS umar

sherlari juda kam va uzun ekan
2/10

Ish rejalar
Choraklik testlar
Darsliklar
Attestatsiya
3
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x