Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Mustaqillik va O’zbekiston,Vatan haqida saralangan she’rlar

Mustaqillik va O’zbekiston,Vatan haqida saralangan she’rlar

Maktab o’quvchilari,bog’cha tarbiyalanuvchilari uchun mustaqillik va Vatan haqida saralangan she’rlar to’plamini taqdim etamiz.

Mustaqillik va O'zbekiston,Vatan haqida saralangan she'rlar

Mustaqillik haqida she’rlar.

Vatanimiz  O‘zbekiston Respublikasi  o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga bag’shlangan yod olish uchun oson bo’lgan ma’noli she’rlar to’plami.O’zbekistonimizga bag’ishlangan she’rlar guldastasi.

O‘zbekiston.

Yurtim ado bo'lmas

Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o’z yurtin butun —
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o’lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Tinch bo‘lsin osmonimiz.

Tinch bo‘lsin osmonimiz,

Sergakmizu hushyormiz,
Yurt ishiga tayyormiz.
Har ishda madadkormiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,

Biz Vatan posbonimiz.
Bizni kutar baxt-iqbol,
Porloq bo‘lar istiqbol.
Mangu bo‘lsin istiqlol –

Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Vatan –ko‘z qarog‘imiz,
Muqaddas tuprog‘imiz.

Yovga shay yarog‘imiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Avlodlari baxtga yor,

Ajdodlari madadkor.
Kelajagi ulug‘vor –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.

Men tug’ilgan guliston.

Mening yurtim O’zbekiston
O’lkalar ichra doston
Har yeri bog’-u bo’ston
Men tug’ilgan guliston

Sendir mening vatanim
O’zbekiston gulshanim
Senda barcha tinch-omon
Yaqin yo’lolmas yomon

Sensan millat oshyoni
Kezib topmadim dunyoni
Seningdek go’zal bo’ston
Men tug’ilgan guliston

Chor taraf chaman bog’lar
O’ragan azim tog’lar
Go’zallikda yagona
Har kuni shodiyona
Buyuk yurt O’zbekiston
Men yaralgan guliston

Vatan haqida she’r 3

Mustaqil O’zbekiston.

Kindik qonim to’kilgan tuproq
Tuprog’ida o’sajak yaproq
Ona xalqim ko’ngli buncha oq
Ona yurtim O’zbekistonim

Ko’ksimiz tog’ ko’nglimiz bog’
Zabonim bor hayotimiz chog’
Shukur deyman ota-onam sog’
Ona yurtim O’zbekistonim

Senga deyman shukurlar shukur
Hizr nazar solgan bu Vatan
Xalqimga xos ezgulik g’urur
Ona yurtim O’zbekistonim

Yolg’izimsan go’zalim onam
Sen men uchun yakka-yagona
Dunyo ichra dur-u durdonam
Ona yurtim O’zbekistonim

Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston

Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo‘qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Tuprog‘ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko‘zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

O‘zbek elim, nuri diydam, qarog‘imsan,
O‘zbek elim, osmonimu tuprog‘imsan,
Ham quvonchim, ham baxtimu firog‘imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Sohibqiron qo‘llarida qalqon bo‘lding,
Ulug‘bekning nigohida osmon bo‘lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo‘lding,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Qo‘li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko‘ksi yurtga doim balogardon elim,
O‘z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

O’zbekiston, Vatanim manim.

Abdulla Oripov she’ri

Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O’tirmasman ertaklar so’zlab,
Musallo deb yo’nmasman qalam.
Ko’klamingdan olib sururni,
Dovrug’ soldi ustoz Olimjon,
G’afur G’ulom tuygan g’ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tarix qadamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilg’ay olmas barchasin ko’zim.
Maqtamasman moziyni biroq,
O’tmishingni o’ylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi mag’rur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O’zbekiston, Vatanim manim.

Mustaqillik haqida she’rlar 

Bobolardan so’z ketsa zinhor,
Bir kalom bor gap avvalida.
Osmon ilmi tug’ilgan ilk bor
Ko’ragoniy jadvallarida.
Qotil qo’li qilich soldi mast,
Quyosh bo’lib uchdi tilla bosh.
Do’stlar, ko’kda yulduzlar emas,
U, Ulug’bek ko’zidagi yosh.
Yerda qolgan, o, tanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Ko’z oldimdan kechar asrlar,
Ko’z-ko’z etib nuqsu chiroyin.
Sarson o’tgan necha nasllar,
Topolmasdan tug’ilgan joyin.
Amerika — sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali,
Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
Beruniyning aql mash’ali.
Kolumbda bor alamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Ko’p jahongir ko’rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh er osti.
Lekin, do’stlar, she’r ahli aro
Jahongiri kam bo’lar, rosti.
Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she’r.
Temur tig’i etmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo’ldi chamanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Bobolardan so’zladim, ammo
Bir zot borkim, baridan suyuk:
Buyuklarga baxsh etgan daho,
Ona xalqim, o’zingsan buyuk.
Sen o’zingsan, eng so’nggi nonin
O’zi emay o’g’liga tutgan.
Sen o’zingsan, farzandlar shonin
Asrlardan opichlab o’tgan.
Ona xalqim, jon-tanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Bosh ustingdan o’tdi ko’p zamon,
O’tdi Budda, o’tdi Zardushti.
Har uchragan nokasu nodon,
Ona xalqim, yoqangdan tutdi.
Seni Chingiz g’azabga to’lib
Yo’qotmoqchi bo’ldi dunyodan.
Jaloliddin samani bo’lib
Sakrab o’tding Amudaryodan.
Sensan o’shal samanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

 

Toleingda bor ekan yashash,
Goh qon ichding, gohida sharob.
Etmoq bo’lib yurtim xomtalash,
Bosh ustingga keldi inqilob.
Chora istab jang maydonidan
Samolarga uchdi unlaring,
Shahidlarning qirmiz qonidan
Alvon bo’ldi qora tunlaring.
Qonga to’lgan kafanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Lekin oftob poyimol o’lmas,
Kavaklarda qolmas oy nuri,
Odil hakam — haq bor, beg’araz,
Mazlumlarning buyuk g’amxo’ri.
Qilich serpab tole tongida
O’zligingni tanib qolding sen.
O’g’lonlarning qatra qonida
O’zbekiston nomin olding sen.
Nomi qutlug’ gulshanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Mustaqillik bayrami shiori.

Tinch turarmi bu ko’hna olam,
Tinch turarmi dog’uli zamon.
Oromingni buzdi sening ham
Fashist degan vahshiy olomon.
Qonim oqdi Dantsigda manim,
Sobir Rahim yiqilgan chog’da.
Lekin, yurtim, kezolmas g’anim.
O’zbekiston atalgan bog’da.
Sensan nomus va sha’nim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Kech kuz edi, men seni ko’rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto’sh, yayov.
— Tashqarida izillar yomg’ir,
Kir, bobojon, yayragil bir oz.
Deding: — Paxtam, qoldi-ku axir,
Yig’ishtiray kelmasdan ayoz.
Ketding, umri mahzanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Sen ketarsan balki yiroqqa,
Farg’onada balki, balqarsan.
Balki chiqib oqargan toqqa,
Cho’pon bo’lib gulxan yoqarsan.
Balki ustoz Oybekdek to’lib
Yozajaksan yangi bir doston.
Balki Habib Abdulla bo’lib,
Sahrolarda ochajakson kon.
Tuprog’i zar, ma’danim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo,
Fazolarga qo’ysang ham qadam,
O’zligingni unutma aslo,
Unutma hech, onajon o’lkam.
Bir o’g’lingdek men ham bu zamon
Kechmishingni qildim tomosha.
Iqbolingni ko’roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho’x-shanim manim.
O’zbekiston, Vatanim manim.

Zavol ko’rma hech qachon, o’lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo’l, g’olib bo’l, o’ktam,
Do’stu yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug’ bashar oilasida
Mangu yorug’ peshonang sening.
Mangu yorug’ maskanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Ey aziz Vatanim,jonajon o’lkam.

Ey aziz Vatanim,jonajon o’lkam.

Kimlar sening uchun qonlar yutmadi
Kimlar sening uchun jonlar tutmadi
Qay kimsa senga zor bo’lib o’tmagan
Ey aziz Vatanim,jonajon o’lkam

Kimlar seni xazon qilmoqchi edi
Tuhmat balosini solmoqchi edi
Boshingda hukmron bo’lmoqchi edi
Ey aziz Vatanim jonajon o’lkam

Ammo sen yovlarga taslim bo’lmading
Mag’rur turib yovni pisand qilmading
Gullading yashnading ammo so’lmading
Ey aziz Vatanim jonajon o’lkam

Dono ajdodlarim bosgan iziman
Mustaqil yurtimning porloq yuziman
Shu ulug’ Vatanning erka qiriman
Ey go’zal Vatanim jonajon o’lkam

Xurshid Davron Vatan haqida she’rlar

Поздравляю, что живешь.

Поздравляю, что живешь

Независимость – это свобода,
Независимость – это как вдох.
С этим праздником я поздравляю тебя,
Пусть хранит тебя ангел и Бог!

Чтоб жилось тебе сладко, свободно,
Чтоб хотелось творить и любить…
Независимость – сладкая штука,
Ее нужно беречь и ценить!

Поздравляю, что живешь
В независимой стране.
Этот праздник тем хорош,
Что свободу дал тебе.

Волен думать, выбирать,
Если в здравом ты уме,
За кого голосовать,
Чтоб в счастливой жить стране!

manba.

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top