Sahifamizda Qushlar haqida sherlar. Qushlar haqida ma’lumotlar to’plami bor.
Qushlar haqida malumot.
Qushlar — umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Qushlarning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq — arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli. ayrim morfologik belgilar (orqa oyoqlardagi muguz tangachalar, muguz tumshuq va boshqalar) hamda fiziologik xususiyatlari (tuxum qoʻyishi)ga koʻra Qushlar sudralib yuruvchilarga oʻxshaydi, lekin tanasi pat bilan qoplanganligi tufayli ulardan farq qiladi.
Patlar qushlar tanasida issiqlikni saqlaydi; uchishda havo qarshiligini kamay-tirib, havoda koʻtarish yuzasini hosil qiladi (qanot, dum). Uchish va har xil harakatlanish (yugurish, suzish, shoʻn-gʻish)ga moslanish Qushlar tayanch-harakat sistemasining oʻziga xos tuzilishiga sabab boʻlgan. Qanotlarning paydo boʻlishi bilan oldingi oyoqlar, yelka kamari suyaklari va muskullari shakllangan (koʻkrak toj suyagi rivojlangan, uchish muskullari tana vaznining 25% ini tashkil etgan); yerda 2 oyoqda yurganida murakkab yaxlit tuzilgan dumgʻaza va orqa oyoqlari muskullari qayta muvozanat saqlash vazifasini bajaradi.
Tavsiya etamiz: Parranda va qushlar haqida topishmoqlar javobi bilan
Qushlar haqida sherlar.
Qushlar,qushlar,qushlarjon,
Chumchuq,qarg’a,zag’izg’on.
Patlari turli rangda,
Sayrashi roxatijon.
Qushlarning ko’p turlari,
Yashash joy-makonlari.
Chumchuq,kakku va oqqush,
Burgut,lochin va boyqush.
Mittigina kalmarlar,
Juda ulkan tuyaqush.
Navoga boy bulbullar,
Xammasi umumiy-qush.
Kuz kelganda ko’p qushlar,
Uchishadi janubga.
Qishlovchi qushlar uchun,
Yasadik bizlar uycha.
Qushlar
Hoy qushlàrjon qushlàrjon
Bizlar sizni sog’indek
Uchib kelasiz qachon
Sizlarga uycha qurdik
Dumi qaychi qaldirg’och
Uchib kelar dimog’ cho’g’
Qorinchasi qolmasin och
Tezroq ularga don soch
Beozorim musicha
Chiroylisan sen buncha
Sen uchib kelguncha
Havo isiydi ancha
Biz qushlarni asraymiz
Aslo ozor bermaymiz
Ular bizga qushiq aytar
Dilllarimiz hushnud etar
Mavsumiy qushlar.
Kuz kelganda qushlar,
Uchib ketar janubga,
Chunki sezadi ular,
Yaqin qolganin qishga.
Laylak,turna,qaldirg’och,
Yana yovvoyi o’rdak,
Issiq ulkàga uchar,
Ular mavsumiy qushlar.
Xayr qushlar,qushlarjon,
Bizlar seni kutamiz,
Yig’ib quydim sizga don,
Kelsang qushiq aytamiz.
Qushlarjon.
Osmon to‘la turfa qush,
Qanot qoqib yayraydi.
Bir-biriga gal bermay,
Chax-chaxlashib sayraydi.
Chax-chaxlari yoqimli,
Shodlanar ko‘zlar, dillar.
Ozod yurt osmonining
Egasi axir ular.
Qushlar
Qushlar yayrab ucharlar,
Qushlar quvnab ucharlar,
Ular qanotin yozib.
Tog‘dan oshib kelarlar.
To’tiqush haqida sher.
To’tiqush mening nomim,
Turolmayman bir zum jim.
Ko’p so’zlarni bilaman,
Faqat taqlid qilaman.
Tavsiya etamiz: Hayvonlar va qushlar haqida maqollar
Turnalar
Kuz keldi, o’xshagancha
Mayin, dilxush navoga.
Turnalarning “qur-quri”
Taralmoqda havoga.
Ana, ular to’planib
Ketmoq uchun janubga,
Marvarid munchoqlarday
Tizildilar bir ipga.
Qushlar issiq o’lkani
Ko’zlab yo’lga shaylanar.
Ammo dilgir, betoqat,
Davra yasab aylanar.
Men qushlarga tikilib
Ilg’ab oldim bir ma’ni:
Yurt mehri turnalarni
Qo’yvormasdi ketgani
Tovus.
Tovusdir mening otim,
Chiroyli par-qanotim.
Tovlanaman turlicha,
Oliftaman-da picha…
Turna.
Meni derlar Turnaxon,
Ta’rifimdir bir jahon.
Ko’kda solib arg’imchoq,
Uchib ketamiz uzoq.
Laylak.
Meni deydilar Laylak,
Tumshug’u bo’ynim sumak
In qurib minoraga,
O’ynayman nog’oraga.
Qarg’a.
Meni deydilar Qarg’a,
Qahraton qishu qorga —
Qaramasdan yayrayman,
Qar, qar qilib sayrayman.
Burgut.
Mening nomimdir Burgut,
Ikki ko’zi misli o’t.
Ov qilaman gohi men,
Parrandalar shohiman
Tuyaqush.
Meni derlar Tuyaqush,
Bo’yni xuddi tuya qush.
Yuguraman lo’killab,
Yurmang yana yuk yuklab
O’rdak.
Mening nomimdir O’rdak,
Suzaman daryo, ko’lda,
Og’zim tinmaydi g’aq, g’aq,
Qornim yemishga ilhaq.
G’oz.
Meni-chi, G’oz deydilar,
Bo’yni daroz deydilar.
Savlatim bor anchayin,
Qoching cho’qib olmayin!
Oqqush haqida.
Oqqush deydilar meni,
Soz qush deydilar meni,
Kelishganman, chiroyli,
Qushmisan, qush kiroyi
Oqqushim.
Oq qushim, oppoq qushim,
Qanot qoqib uchasan.
Bulutlardan balandlab,
Samolarni quchasan.
Chirildoqlar qo’shig’i.
Quyosh kulgan chogiarda
Olam toiar ovozga:
Shovqin-suron, qiyqiriq,
Sho‘x qushlar chalgan sozga.
Qo’shiq aytib kunduzi
Obro’ topib boimas hech,
Shuning uchun kuylaymiz
Tusha boshlaganda kech.
Yarim kechaga qadar
«Lapar»imiz tinmaydi.
Eng muhimi, bizlarga
Hech kim halal bermaydi.
Unimizni eshitar
Ko‘kda kezib yurgan oy.
To’xtab qolgandek bo’lar
Hatto oqayotgan soy.
Dilni yayratar bahor,
Dilni yayratar o’tloq,
Zerikmas quloq solib
Qo’shig’jmizga qishloq…
Qarg’aning nasihati.
Qarg’asanmi qarg’aday
Tutgin doim o’zingni.
Bilib boplab cho’qigin
O’zga qushlar ko’zini.
Tovuqlarni qiyratsang,
Birontasi ko’rmasin.
Aslo qarg’a zotidan
Gumon qilib yurmasin.
Qushlar qo’shig’i.
Daryo bo‘yidan
Qo‘shiq taralur.
Voham orzusin
Eshib taralur.
Kim kuylamoqda
Muncha umidvor?
Ko‘nglim ochilar,
Hoy, ayting, kim bor?
Hech kim yo‘q ekan,
Mundoq qarasam.
Daryo betida
Titroq, qarasam.
To‘lqin bu, to‘lqin,
Kuylarkan, ana.
Qushlar qilmoqda
Ko‘kda tantana.
Qo‘shiq aytmoqda
Sofdil qushlarim.
Turfa kuylarga
To‘lmoqda bag‘rim!
Qaldirg’och.
Chug’ur-chug’ur qaldirg’och,
Eshigingni tezroq och.
Mana boshoq, mana don
Manziling shu xonadon.
Tavsiya etamiz: Hayvonlar. Noyob hayvonlar haqida malumot