Hayvonlar va qushlar haqida maqollar

Hayvonlar va qushlar haqida maqollar

Hayvonlar va qushlar haqida maqollar
Hayvonlar va qushlar haqida maqollar

Bedana tezotar bo’lsa,
O’z boshini o’zi yer.

Bedananing «vit» degani — qochgani.

Bo’ri bo’ronda quturar.

Bo’rining ozig’i — burnida.

Zag’izg’on sog’ligidan o’lmas, suqligidan o’lar.

Zag’izg’on chaqib to’q bo’lmas.

Zag’cha sigirdan qo’rqmas.

Itda jiyan yo’q,
Baqada — qayin.

Tavsiya etamiz : 

Halollik va tekinxo’rlik haqida maqollar
To’g’rilik va egrilik haqida maqollar
Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar

Itdan suyak ortmas,
Mushukdan — bez.

Ot — yigitning yo’ldoshi.

Ot — yigitning qanoti.

Ot olsang, ho’kiz qorindan ol,
Ho’kiz olsang, ot qorindan ol.

Tishini ko’rguncha, ishini ko’r.

Toy otga yetkazar,
Ot — murodga.

Toy otga ergashar,
Qo’y — serkaga.

Toyni toy deb xo’rlama,
Erta-indin ot bo’lar.

Tog’ bo’risiz bo’lmas,
To’qay arslonsiz bo’lmas.

Tog’iga qarab quloni,
Suviga qarab — iloni.

Tuya silkinsa, eshakka yuk chiqar.

Tuya to’pig’i ham to’piq,
Qo’y to’pig’i ham to’piq.

To’ng’izni botqoqda bos.

Chopqir ot — o’tkir pichoq.

Cho’pon bo’lsang, qo’yni boq,
Moyi toshsin choradan.

Hayvonlar va qushlar haqida maqollar

It boqqanda sirtlon boq,
Qo’y oldirmas qo’radan.

El tinsa ham, it tinmas.

El qo’nmay, it tinmas.

Etik kiysang, er bo’lasan,
Otga minsang, sher bo’lasan.

Etning yaxshisi — qazi,
Itning yaxshisi — tozi.

Echki bo’lsa, qo’yga yo’l ochilar.

Echki qo’y bo’lmas,
Eshak — toy.

Eshak minganning oyog’i tinmas.

Eshak urgan bilan ot bo’lmas.

Eshakka pashmakdan xashak yaxshi.

Yuvvosh it hurmay tishlar.

Tavsiya etamiz : 

Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar
Jamoatchilik va xudbinlik haqida maqollar
Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar

Yuvvosh otning tepkisi qattiq.

Yuvvosh tuya yumushga yaxshi.

Yaxshi ot yod qoldirar,
Yomon ot lat qoldirar.

Yaxshi ot jonga sherik,
Yomon ot — molga.

Yaxshi ot — ko’pniki.

Yaxshi ot oyog’idan ozar.

Yaxshi ot to’rvasini orttirar,
Yomon ot — qamchisini.

Qalmoqi ot qoqilmas,
Qoqilsa ham, yiqilmas.

Qarg’a keldi — qish keldi.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami 

Manba

Baho bering
Do'stlar bilan ulashing
ilmlar mega portali
Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments
Texnikum Ruxsatnoma
Natijalari
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x