To’y va motam haqida maqollar

Atala bo’lsa ham to’y bo’lsin.
Yomg’ir yog’sa, to’ning ho’l bo’lar,
Otang o’lsa, uying cho’l bo’lar.
Kafan kiygan ketar,
Kebanak kiygan kelar.
Kelinning keldisi yaxshi,
To’yning bo’ldisi yaxshi.
Ketgan kelar,
Ketmonlangan kelmas.
Mozorga tushgan tirik chiqmas.
Og’rigandan uzilgan yomon.
Siyrak elak kunda kerak,
Paxta elak to’yda kerak.
To’y va motam haqida maqollar.
Tirikligida siylamasang, o’lganida yig’lama.
To’y ginasiz bo’lmas.
To’y siltovi bilan to’n bitar.
To’y — to’nliniki.
Tavsiya etamiz :
Tenglik va tengsizlik haqida maqollar |
Donolik va nodonlik haqida maqollar |
Ilm, kasb-hunar va ilmsizlik haqida maqollar |
To’yga borsang, burun bor,
Burun borsang, o’rin bor.
To’yga borsang, to’yib bor,
Yomonliging qo’yib bor.
To’yga borsang, to’yib bor,
To’y to’ningni kiyib bor.
To’yga — qo’shiq,
Azaga — yig’i.
To’yganga — to’y, to’ymaganga — tomosha.
To’ylikning to’ycha tashvishi bor,
Uylikning uycha tashvishi bor.
To’yning bo’ldi-bo’ldisi qiziq.
Uyquning tinchi yaxshi,
O’limning — kechi.
Urishsiz uy yo’q,
Azobsiz — go’r.
O’zakli jonda o’lim bor.
O’lgan kelmas, o’chgan yonmas.
O’lganiga chidasang, qo’y qil,
Yeganiga chidasang, to’y qil.
O’lim borning molini sochar,
Yo’qning sirini ochar.
O’lim shoh-u gadoga barobar.
O’lim qosh bilan qovoqning orasida.
O’lim — haq, meros — halol.
O’limdan achchiq narsa yo’q,
Shodlikdan ortiq boylik yo’q.
O’limdan qochib bo’lmas.
O’lmak, o’lmakning ishi — ko’mmak.
O’lsang go’ring keng bo’lsin,
Tiriklikda — fe’ling.
O’tganni qaytarib bo’lmas,
O’lganni — turg’izib.
O’tgusiz daryo bo’lmas,
O’limsiz dunyo bo’lmas.
O’g’ilning to’yi — o’yin,
Qizning to’yi — qiyin.
Qazosi yetsa qozi o’lar.
Qari o’lsa — davlat,
Yosh o’lsa — qiyomat.
Qari qiz er tanlamas,
O’lgan odam yer tanlamas.
Qo’y semizi — qo’ychidan,
To’y tamizi — to’ychidan.
Har kim to’ygan to’yini maqtar.
Avval — bahor, oxir — xazon.
Tavsiya etamiz :
Tarbiya va odat haqida maqollar |
Odob va odobsizlik haqida maqollar |
Mehmon va mehmondo’stlik haqida maqollar |
Ayolning o’ttizga kirgani —
O’tin bo’lgani.
Aldashga bola yaxshi,
Xudo ursin momoni.
Arslon qarisa, quyrug’ini o’ynar.
Beshik bolasi — bek bolasi.
Beshikdagi besh turlanar,
Qayoqqa bursang, shunga o’rganar.
Bir bolani katta qilguncha,
Bir shahar paydo bo’lar.
Bir shaharni bir bola buzar.
Bola — shirinlikning adoyi,
Qariya — shirin so’zning gadoyi.
Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar
Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami