Donolik va nodonlik haqida maqollar toโplami.
Donolik nodonlik maqollar
Adashgan aqldan ozar.
Adashmagan til,
Toyrilmagan tuyoq yoโq.
Ayolning husni pardozda emas, aqlida.
Aybini yashirmoq nodonlar ishi.
Aynlining bolasi qargโaning tilini bilar.
Ayron osh boโlmas,
Nodon โ bosh.
Aytguvchi nodon boโlsa,
Tinglovchi dono kerak.
Amalga qarama, aqlga qara.
Anqov oโyin buzar,
Tentak โ uyin.
Achchigโing oldin yursa,
Aqling keynidan oshib kelsin.
Achchigโing chiqsa ham, aqling qochmasin.
Aql aynimas, oltin chirimas.
Aql aqldan quvvat olar.
Aql bilan odob egizak.
Aql bozorda sotilmas.
Tavsiya etamiz :
Sabab, bahona va natija haqida maqollar |
Rizq-nasiba va benasiblik haqida maqollar |
Tejamkorlik va isrofgarchilik haqida maqollar |
Naqd va nasiya haqida maqollar |
Aql โ boshda,
Gโayrat โ yoshda,
Asl โ toshda.
Aql boshdan chiqadi,
Asl โ toshdan.
Aql boshlaydi,
Oyoq tashlaydi.
Aql boshlovchi,
Tana ishlovchi.
Aql boโy bilan oโlchanmas.
Aql boโyda emas, oโyda.
Aql yoshdan,
Odob โ boshdan.
Aql ozmaydi,
Ten toโzmaydi.
Aql toshi โ inson boshi.
Aql-farosat โ nisbi karomat.
Aql oโlchovi โ soโz,
Soโz oโlchovi โ naql.
Aql oโrgatguncha, naql oโrgat,
Aql โ Hasan, odob โ Husan.
Aqlga yondosh, Jahldan qoch.
Aqldan ortiq boylik yoโq.
Aqldor boโlsa yigitning xotini,
Yaxshilikka chiqarar yigitning otini.
Aqli kalta pand yeydi,
Aqli teran โ qand.
Aqli kaltaning till uzun.
Aqli kamning azobi koโp.
Aqli kirmagan qaridan,
Ziyrak tugโilgan bola yaxshi.
Aqling borida er tani,
Kuching borida yer tani.
Aqling boโlsa, oqilga ergash,
Aqling boโlmasa โ naqlga.
Aqling koโr boโlsa, koโzdan ne foyda.
Aqling pesh โ ishing besh,
Aqling kech โ ishing hech.
Aqllingga aql qoโsh,
Jahlingga โ sabr.
Aqllashsang, aql topasan.
Aqlli aqlliga yoโldosh,
Yomon yomonga qoโldosh.
Aqlli baxt topar,
Baxt bilan taxt topar.
Aqlli bolaga mol na kerak.
Aqlli boshda soch turmas.
Aqlli desang ahmoqni,
Boshga urar toโqmoqni.
Aqlli doโst โ rohat,
Aqlsiz doโst โ ofat.
Aqlli ish sevar,
Aqlsiz โ soโz.
Aqlli ish โ qanotli qush.
Aqlli ishiga ishonar,
Aqlsiz โ tushiga.
Aqlli kengash qilar,
Ahmoq โ urush.
Aqlli naqllab soโzlar,
Aqlsiz laqillab soโzlar.
Aqlli otini maqtar,
Ahmoq โ xotinini.
Aqlli pakana ahmoq darozdan yaxshi.
Aqlli uzoqni koโzlar,
Ahmoq โ yaqinni.
Aqlli oโzini ayblar,
Aqlsiz โ doโstini.
Aqlli oโylanguncha, tentak suvdan oโtar.
Aqlli qariya โ oqib turgan daryo.
Aqlli qizni yigโlatish ham qiyin,
Kuldirish ham.
Aqlliga aytdim, angladi-bildi,
Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi.
Aqlliga aytsang, biladi,
Aqlsizga aytsang, kuladi.
AqlMga bir soโz bas,
Aqlsizga ming soโz oz.
Aqlliga โ hurmat, aqlsizga โ kaltak.
Aqllidan el rozi,
Ahmoqdan dil norozi.
Aqllining oti ham horimas,
Toโni ham toโzimas.
Aqllining qadri ahmoqning oldida bilinar.
Aqlni beaqldan oโrgan.
Aqlning koโzi โ uzoqning koโzi.
Aqlning tagi โ naql,
Naqlning tagi โ aql.
Aqlning oโlchovi โ idrok.
Aqlsiz bosh โ nursiz chiroq.
Aqlsiz gap tashir,
Oqibatda bosh qashir.
Aqlsiz dushmandan bir saqlan,
Aqlsiz doโstdan ming saqlan.
Aqlsiz doโstga kular,
Aqlli doโstni suyar.
Aqlsiz โjahlli,
Jahlsiz โ aqlli.
Aqlsiz ogโzidagini oldirar.
Aqlsiz xotin husnini koโz-koโz qilar,
Aqlli xotin โ aqlini.
Aqlsiz qoโshnidan bitta himmat yaxshi.
Aqlsizga ogโa boโlgandan,
Aqllining olovini yoqqan afzal.
Ahmoq aql oโrgatar.
Ahmoq ahmoq emas,
Ahmoqni alimoq qilgan ahmoq.
Ahmoq ahmoqni topar.
Ahmoq boshdan aql chiqmas,
Aql chiqsa ham, maโqul chiqmas.
Ahmoq doโst yovdan yomon.
Donolik nodonlik maqollar
Ahmoq kalla oyoq ogโritar.
Ahmoq oyogโidan horiydi.
Ahmoq otdan tushsa ham,
Egardan tushmas.
Ahmoq ogโasini tanimas,
Toโqmoq togโasini tanimas.
Ahmoq soโzlar, aqlli tinglar.
Ahmoq toโqmoq yigโar.
Tavsiya etamiz :
Ehtiyoj va zaruriyat haqida maqollar |
Reja va rejasizlik haqida maqollar |
Meโyor va meโyorsizlik haqida maqollar |
Qudrat va ojizlik haqida maqollar |
Ahmoq elchi ikki tarafni buzar.
Ahmoq oโz oyogโidan horiydi.
Ahmoq oโzi bilmas,
Bilganning soโziga kirmas.
Ahmoq oโzi soโzlab, oโzi kular.
Ahmoq oโzin bildirar,
Toโgaragin kuldirar.
Ahmoq oโzini maqtar,
Tentak โ qizini.
Ahmoq โ oโynashda,
Yaxshi โ oโylashda.
Ahmoq horimas,
Koโsa qarimas.
Ahmoqda or boโlmas,
Dengizda โ guzar.
Ahmoqdan soโrama, oโzi aytar.
Ahmoqdan โ chaqmoq.
Ahmoqlarga bosh boโlguncha,
Donolarga yosh boโl.
Ahmoqni urma, soโkma โ gapga sol.
Ahmoqniki โ ogโzida,
Podshoniki โ gโaznada.
Ahmoqning aqli tushdan keyin kirar.
Ahmoqning aqli โ toโpigโida.
Ahmoqning ahmoqligi ham bosh ogโritadi, ham oyoq.
Ahmoqning javobi โ sukut.
Ahmoqning joni azobda.
Ahmoqning katta-kichigi boโlmas.
Ahmoqning oldingi tishi qimirlar.
Ahmoqning orqasida bir dasta yantogโi boโlmas.
Ahmoqning sirini och,
Urishsa, qoch.
Ahmoqning shox-u butogโi boโlmas.
Ahmoqning oโz bilgani,
Gapirmasa, oโlgani.
Ahmoqning oโzi bilmas,
Oโzgani koโzga ilmas.
Ahmoqqa aytgan bilan gap uqmas,
Xarsangga qoqqan bilan mix oโtmas.
Ahmoqqa โ kaltak, donoga โ ishorat.
Ahmoqqa salom berdim,
Besh tanga tovon berdim.
Ahmoqqa son tegmas,
Sepdan ishton kiyar.
Ahmoqqa Toโytepa bir tosh.
Ahmoqqa โ toโqmoq.
Ahmoqqa Quva bir tosh.
Beaqlning ohi yoโq,
Bogโlamoqqa shoxi yoโq.
Belgi boโlsa yoโldan adashmas,
Aql boโlsa โ soโzdan.
Besalom odam โ toโng,
Beaql odam โ gung.
Betamizda uyat yoโq,
Ahmoqda โ niyat.
Bilgan soโzni ayt,
Bilmas soโzdan qayt.
Bilgan topib gapirar,
Bilmagan โ qopib.
Birovning holiga kulmagin zinhor,
Sening ham holingga kulguvchilar bor.
Botirdan yaxshi ish qolar,
Donodan โ soโz.
Bosh boโlmasa, gavda โ losh.
Boshda aql boโlmasa, oyoqda tinim yoโq.
Boshi yoโqning oshi yoโq.
Boshliq boโlsang, boshli boโl.
Boqqa bulbul yarashar,
Odamga โ aql.
Burgaga achchiq qilib, koโrpaga oโt qoโyma.
Burgani deb, poโstinni olovga tashlama.
Buloqning suvi tiniq,
Dononing โ suhbati.
Boโyga boqma, oโyga boq.
Boโyimday boโy topilsa ham,
Oโyimday oโy topilmas.
Boโying tengi bilan yurma,
Aqling tengi bilan yur.
Boโlar bola oโn beshida
Boshman, deydi.
Boโlmagโuri oโttizida
Yoshman, deydi.
Boโlmaganga boโlishma,
Bolaning oโrtasiga tushma.
Vaysaqi โ elga dushman.
Gapni gapir uqqanga,
Jonni jonga suqqanga.
Gapni gapirib netasan,
Onasi bemahal tuqqanga.
Daryoni mehnat toโsar,
Odam aqldan oโsar.
Devor bino boโlmas,
Qari boโlgan bilan dono boโlmas.
Dono aytsa, el aytgani,
Elning gโamin yeb aytgani.
Dono aql soโrab hormas,
Nodon nozin qilib bormas.
Dono aqli dor emas,
Nodon aqli yor emas.
Tavsiya etamiz :
Foyda va zarar haqida maqollar |
Masโuliyat va masโuliyatsizlik haqida maqollar |
Taqdir va tadbir haqida maqollar |
Vaqt va fursat qadri haqida maqollar |
Dono bajarar ishni,
Nodon sindirar tishni.
Dono bilan nodon bir buloqdan suv ichmas.
Dono bilan yursang, dono boโlasan,
Ahmoq bilan yursang, rasvo boโlasan.
Dono โ donoga yor,
Ahmoq โ doโstga zor.
Dono durdan aโlo.
Dono ming yashar,
Nodon bir yashar.
Dono naqli โ hayot aqli.
Dono soโziga bino qoโyar
Nodon โ oโziga.
Dono soโzini tergar,
Nodon โ koโzini.
Dono oโylab aytar,
Nodon โ oโynab.
Dono qarisa ham, donoligi qarimas.
Dono hikmat keltirar,
Nodon โ kulfat.
Donoga ilm โ ilm,
Nodonga essiz ilm.
Donoga ish โ shon-u shuhrat,
Nodonga ish โ gโam-u kulfat.
Donoga ergashgan dovondan oshar.
Donoda mehr boโladi,
Nodonda โ zahr.
Donolikning cheki yoโq.
Dononing gapi โ tegadi nafi.
Dononing soโziga boq,
Yaxshining โ oโziga.
Dononing soโzidan ham qolma,
Yurgan izidan ham.
Dononing oโzini olmasang ham, soโzini ol.
Yo kattaning gapiga kir, yo kichikning.
Yomonni yaxshi qilish โ dononing ishi,
Yaxshini yomon qilish โ nodonning ishi.
Yorim bor deb yorilma,
Haqiqiy yor boโlmasa.
Qizim bor deb kerilma,
Esli-xushli boโlmasa.
Javob oltin boโlsa, savol โ kumush.
Johil ulfat โ boshingga kulfat.
Johilda kuch koโp boโlar,
Kuchim degan tez oโlar.
Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar
Tavsiya etamiz : Topishmoqlar toโplamiย