Bosh sahifa » Maqol » Mas’uliyat va mas’uliyatsizlik haqida maqollar to’plami.

Mas’uliyat va mas’uliyatsizlik haqida maqollar to’plami.

by administrator

Mas’uliyat va mas’uliyatsizlik haqida maqollar

Mas'uliyat va mas'uliyatsizlik haqida maqollar

Mas’uliyat va mas’uliyatsizlik haqida maqollar

Bekor otning boshi o’tlar,
Bog’liq bo’lsa, yaxshi o’tlar.

Bekor o’tirguncha, bekor ishla.

Beparvo do’stdan yog’och yaxshi.

Bir nafaslik muhabbat,
Boshga keltirar ofat.

Bolaga ish buyur,
Orqasidan o’zing yugur.

Boshliq bo’lish oson,
Boshlamoq qiyin.

Boq otingni arpa bilan,
Boqar qazi-qarta bilan.

Bugun oyog’ing to’rtta bo’lsa,
Ertaga tuzli xalta yelkangda.

Tavsiya etamiz :

Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar
Jamoatchilik va xudbinlik haqida maqollar
Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar

Bo’lar-bo’lmasga urinma,
Oxirida surinma.

Dunyoda bir ko’ngilchak o’lar,
Bir — erinchak.

Dutorchi dutorchini ko’rsa, qo’li qaltirar.

Do’sting do’st bo’lsin,
Hisobing durust bo’lsin.

Yemakning qusmog’i bor.

Yengil oyoq uzoqqa qo’shar,
Yengil bosh tuzoqqa tushar.

Yetim yurib yetilgan o’zar.

Intizomli lashkar yengilmas.

Yo’li olis tinim bilmas.

Katta boshning og’rig’i ham katta.

Kissasida puli yo’q,
Kisavurdan g’ami yo’q.

Kishi to’ni — kirchil,
Kishi oti — terchil.

Ko’z — tarozi,
Ko’ngil — qozi.

Ko’zi yo’qning o’zi yo’q.

Ko’nmasga ko’p bersang, ko’nadi.

Maydonga kirgan manglayini qashir.

Mastlik — rostlik.

Mendan ayb o’tmas,
Tilim toyib ketmas.

Narvonga chiqsang, shoshmay chiq,
O’z haddingdan oshmay chiq.

Notiq mahmadana bo’lsa,
Majlisning burdi ketar.

Omonat ish ovora qilar.

Omonat, omonatga qilma xiyonat.

Osilsang, baland dorga osil,
Yiqilsang, maydonga yiqil.

Oson yerda osh qayda.

Oson ishning ohi bor.

Ot mingan olisni ko’zlar.

Otni sinash oson,
Odamni sinash qiyin.

Oqma quloqqa aytsang, oqib ketar,
Quyma quloqqa aytsang, quyib olar.

Og’iz — bir, quloq — ikki,
Bir so’zlab, tingla qirq ikki.

Ur, deganga zo’r kelmas,
Urganga zo’r kelar.

Qassobga oq qo’y ham bir,
Qora qo’y ham bir.

Qiz boqquncha, qisir sigir boq.

Qiz ortib ketar,
O’g’il — tortib.

Qimordan kelgan qimorga ketar.

Qo’y egasi bilan cho’ponning sanog’i to’g’ri kelmas.

Qo’lga olganning og’iri yo’q.

Qo’ling bilan berasan,

Oyog’ing bilan yurasan.

Har ziyon — bir pand.

Har kallada ming xayol.

Har kim o’z uyiga qarab tortar.

Har chinordan bir yaproq.

Chiqadigan chiqmasdan,
Kiradigan kirmaydi.

Tavsiya etamiz :

Halollik va tekinxo’rlik haqida maqollar
To’g’rilik va egrilik haqida maqollar
Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar

O’lik arslondan tirik sichqon afzal.

O’rik yeb og’rigandan, olma yeb o’lgan yaxshi.

O’tniki — o’tga, suvniki — suvga,
Qoldi qatiqning puli.

O’g’riga otashkurak ham mol.

Qamishdan cho’g’ tushmas.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami 

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x