Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sherlar to’plami. Bolalar uchun oylar haqida sherlar.
Bolalar uchun oylar haqida sherlar.
O’n ikkita oy o’rtoq,
To’rt faslga bo’lingan.
O’ynashib quvlashmachoq,
O’ynashib quvlashmachoq,
Bir yilga saf terilgan
Mart.
Mart-bahoroyning boshi,
Mo’ralaydi quuyoshi.
Haydar sovuq, qorni ham,
Dala dasht-yashil gilam.
Aprel.
Aprel-boshlanar ishlar,
Ekin- tikin yumushlar.
Daraxtlar kiyar libos,
Gullaydi o’ziga xos.
May.
May-tugaydi maktab ham,
Tabiat go’zal biram.
Pisha boshlar mevalar,
Sayrar qumri,savalar.
Iyun.
Iyun-ta’tilning boshi,
Ko’kda porlar quyoshi.
Bug’doy yig’ib olinar,
Bug’doy yig’ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Iyul.
Iyul-yozning chillasi,
Naq qizigan pallasi.
Anhor to’lib oqadi,
Anhor to’lib oqadi,
Tanga juda yoqadi.
Avgust.
Avgustda kelar asad,
Derlar: “Ekining yasat”.
Dalayu,bog’lar go’zal,
Serviqor tog’lar go’zal.
Sentabr.
Sentabr– maktab tomon,
Yo’l oladi bolajon.
Kuz fasli sahovati,
Kuz fasli sahovati,
Go’yo ochil dasturxon.
Oktabr.
Mana keldi oktabr,
Tez-tez yo’g’adi yomg’ir.
Dalalarda hosil mo’l,
Dalalarda hosil mo’l,
Kechikmasdan yig’ib ol.
Noyabr.
Noyabr kuzning so’nggi
Tunda qushlar gurungi.
Janub tomon uchadi
Manzilini quchadi.
Dekabr.
Qishning birinchi oyi,
Bayramlarga xo’p boyi.
Dekabr yilning so’ngi,
Dekabr yilning so’ngi,
Kechroq yorishar tongi.
Yanvar.
Yanvar-yaxlar
hammayoq,
hammayoq,
Ko’chayu,tomlar oppoq.
Daraxtlar tin oladi,
Ona yer dam oladi.
Fevral.
Fevral eng qisqa oydir,
Mo’jizalarga boydir,
Sovuqni haydab solar,
Bahorni kutib olar.
Tavsiya etamiz: Tabiat hodisasi haqida topishmoqlar to’plami