tabiat-haqida-topishmoqlar-toplami
Bosh sahifa » Topishmoq » Tabiat hodisasi haqida topishmoqlar to’plami

Tabiat hodisasi haqida topishmoqlar to’plami

Tabiat hodisasi haqida topishmoqlar to’plami

 tabiat-haqida-topishmoqlar-toplami

Tabiat hodisasi topishmoqlar

Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
(Osmon)

Ko‘k kosani to‘ntardim.
(Osmon)

Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim.
(Osmop, yulduzlar)

Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.
(Osmon, quyosh)

Qiziqarli topishmoqlar to’plami

Uzoq tog‘da o‘t yonar.
(Quyosh)

Suvda yotar — suv ichmas,
Yurganini odam bilmas.
(Quyosh)

Oltin kelganda, kumush ketar,
Kumush kelganda, oltin ketar.
(Quyosh, Oy)

Bir parcha patir,
Olamga tatir.
(Oy)

Kecha tomda bir patir ko‘rdim,
Erta qarasam — yo‘q.
(Oy)

Oziq ovqatlar haqida topishmoqlar

Tom ustida bir anor,
Hadding bo‘lsa, ushlab ol.
(Oy)

Onasi bitta.
Bolasi mingta.
(Oy va yulduzlar)

Kechasi uchakka jo‘xori sepdim,
Azonda qarasam yitibdi.
(Osmon, yulduzlar)

Mildir-mildir munchoq,
Erta tursam biri yo‘q.
(Osmon, yulduzlar)

Og‘a-ini ming botir,
Ko‘m-ko‘k gilamda yotir.
(Osmon, yulduzlar)

Barcha turdagi topishmoqlar

Qora uyda ming chiroq,
Uyni yoritmas.
(Osmon, yulduzlar)

Kichkinadir o‘zi,
Yiltir-yiltir ko‘zi.
(Yulduz)

Bir otasi, bir onasi,
Necha yuz ming bolasi.
(Quyosh, oy, yulduzlar)

Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko‘taray desam, og‘ir gilam.
(Yer)

Bir palosim bor,
Hech yig‘olmayman.
(Yer)

Yedirib, yedirib, o‘zi yer.
(Yer)

Kitob haqida topishmoqlar

Tabiat hodisasi topishmoqlar

Qishda yaxlamaydi,
Yozda yaxlaydi.
(Sho‘r yer)

Oyim ko‘rpa berdi, ko‘tarmadim,
Dadam pul berdi, sanamadim.
(Yer va yulduzlar)

Og‘ir gilamni qoqolmadim,
Mayda toshni terolmadim.
(Yer va yulduzlar)

Odam va uning tana azolari topishmoqlar

Ketaveradi, ketaveradi,
Orqasiga qaramaydi.
(Suv, ariq)

O‘yib oldim,
Izi yo‘q.
(Suv)

Qilich urdim,
O‘rni yo‘q.
(Suv)

Uzun terak,
Soyasi yo‘q.
(Suv)

Uzun-uzun iz kelar,
Uzun bo‘yli qiz kelar,
Qoshginasi qaltirab,
Ko‘zginasi yaltirab.
(Suv, ariq)

Otasi egri-bugri,
Onasi silliq juvon,
O‘g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.
(Ariq, suv, baqa, baliq)

Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin-yozin tinmaydi.
(Buloq)

Uy joy haqida topishmoqlar

Jonon kosa, ko‘zi o‘ynar,
Sochlari jilva-jilva.
(Buloq)

Ko‘zga ko‘rinmas,
Qo‘lga tutilmas.
(Havo)

Oyog‘i yo‘q, qochadi,
Qanoti yo‘q, uchadi.
(Bulut)

Qora biyam qalt etdi,
Qovurg‘asi yalt etdi.
(Bulut, yashin)

Ship etdi,
Shivirg‘on ketdi.
(Yashin)

Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo‘yli qiz ketdi.
Toqqa borib taq etdi,
Sirg‘alari yarq etdi.
(Yashin)

Yorug‘i bor,
O‘zi yo‘q,
Dovrug‘i bor,
Ovozi bor.
(Yashin, momaqaldiroq)

O’simliklar topishmoqlar

Novcha yigit tom teshar.
(Yomg‘ir)

Saman otim soy yoqalab keladi.
(Sel)

Qora tuyam qochyapti,
Qumalog‘in sochyapti.
(Bulut, do‘l)

Tomdan tuxum irg‘itdim.
(Do‘l)

Gilam ustida oq bodroq.
(Do‘l)

Oppoqqina dasturxon,
Yer yuzini qoplagan.
(Qor)

Oq tovuq,
Katagi sovuq.
(Qor)

Odam azolari haqida topishmoqlar

Oqqina tovuq xirmon sochar.
(Qor)

Oq sigir turib ketdi,
Qora sigir yotib qoldi.
(Qor, yer)

Qo‘lsiz, oyoqsiz gul soladi.
(Sovuq, deraza qirovi)

Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuk,
(Qish, yoz)

Ariqdan oyna oldim.
(Muz)

Oqsoq jo‘ja yer qazir.
(Tomchi)

Tumshuqsiz chumchuq muz teshar.
(Tomchi)

Jingila sichqon yer qazir.
(Tomchi)

Chiq-chiq etdi,
Uydan chiq, dedi.
(Chakka o‘tishi)

Hasharotlar haqida topishmoqlar

Qo‘lim bilan ushlay olmayman,
Cho‘ntagimga sola olmayman.
(Tuman)

Igna uchi yaltiroq.
(Shudripg)

Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
(Shamol)

So‘ramay-netmay eshik ochar.
(Shamol)

Mehnat va ish qurollari topishmoqlar

Tabiat hodisasi topishmoqlar

Suvsiz cho‘lda tozi o‘ynar.
(Quyun)

Tebranadi, joni yo‘q.
(Zilzila)

Bundan otgan qilichim,
Zangar borib ochildi.
(Tong yorishi)

Bir palakda o‘n ikki xamak.
(Yil, o‘n ikki oy)

Bir lochin o‘n ikki tuxum tug‘di.
(Yil, o‘n ikki oy)

Bir yaproqda o‘ttiz kelin soch taraydi.
(Oy, o‘ttiz kun)

Zarga sotilmas,
Zo‘rga topilmas.
(Vaqt)

Bir tup katta terak,
Tubi bir, shoxi o‘n ikki,
Yaprog‘i uch yuz oltmish,
Yaprog‘ining bir tomoni oq,
Ikkinchi tomoni qora.
(Yil, o‘n ikki oy, kunlar, kecha, kunduz)

Otlari har xil,
Yoshlari bir xil.
(Haftaning kunlari)

Chopsa, chopilmas,
Kessa, kesilmas.
(Soya)

Chopsa, changi yo‘q.
Yo‘nsa, qoni yo‘q.
(Soya)

Esonboy akamning kissasin
El yig‘ilib tikolmas.
(Yer yorig‘i)

Uy xo’jalik asboblari haqida topishmoqlar

Ikki yo‘rg‘a kecha-kunduz yuradi, changi yo‘q.
(Quyosh, oy)

Ikki yo‘rg‘a yiroqda,
Biri kunda, biri tunda.
(Quyosh, oy)

Bir oyoq katiq,
Olamga tatiq.
(Oy)

Keragida korson quyruq,
Kesa bersa ado bo‘lmaydi.
(Oy)

Chinni, chinni, chinni qiz,
Chin tepaga chiqdi qiz.
Bolalarin iyartib,
Tomoshaga chiqdi qiz.
(Oy va yulduzlar)

Ko‘msa, ko‘milmaydi.
(Soya)

Tagi tog‘ora,
Usti nog‘ora.
Yuz ming chechak,
Bir guli lola.
(Yer, osmon, yulduzlar, oy)

Tog‘dan kelar toshday,
Arillagan otday.
(Suv)

Ketar, ketar izi yo‘q,
Tayanmoqqa tizi yo‘q.
(Suv)

Otasi egri,
Bolasi chopqir yo‘rg‘a.
(Ariq, daryo)

Bor-bor otim, bor otim,
Borganingcha bor otim,
Ajriq ko‘rsang tishlama,
Ayg‘ir ko‘rsang kishnama.
(Suv, ariq)

Oppoq qushim qaqillar,
Qanotlari shaqillar.
(Sharshara)

Ko‘pirim ding-ding etadi,
Ostidan beklar o‘tadi.
(Suv, oqim)

Bir qushim bor hangi,
Bog‘dan chiqadi changi.
(Yashin)

Meni so‘raydilar,
Ko‘rinsam qochadilar.
(Yomg‘ir)

Qoqron yerda qo‘zi o‘ynaydi,
Toqron yerda tozi o‘ynaydi.
(Do‘l)

Olamda to‘rtta narsa yo‘q.
(Osmonning ustuni, hovuzning qopqog‘i, ko‘rpaning yengi, oshpichoqning qini)

Ajab bir gumbazlik uy ko‘rdim,
Na eshigi bor, na teshigi.
(Yomg‘ir ko‘pigi)

Uchib kelar g‘oz kabi,
O‘rin olar muz kabi.
G‘ijirlar saxtiyon kabi,
Achchiq bo‘lar, tuz kabi.
(Qor, ayoz)

Bir bo‘ri to‘qqiz qulonni yeb turur,
Terisin oftobga yoymay kiyib turur.
(Qish, yoz)

Miltiq otdim,
Zarafshon ketdi.
(Muz)

Bultur ketgan bo‘z otim
Bu yil kelarmikan-da,
Oyog‘ida qirq kishan
Kishnab kelarmikan-da,
Ajriq, qamish ko‘rganda,
Tishlab kelarmikan-da.
(Qor, yomg‘irning sovuq shamol bilan kelishi)

Hakkam cho‘loq yer teshar.
(Tomchi)

Cho‘loq otasiga go‘r qazir.
(Tomchi)

O‘tmas pichoq yer kavlar.
(Tomchi)

Bir kosa sut,
Olamga dud.
(Tuman)

Yopilsa, ochilmaydi,
Ochilsa, yopilmaydi,
Nusxasi topilmaydi.
(Tun, kun)

Ismi bor,
Jismi yo‘q.
(Shamol)

Oyog‘i yo‘q, qo‘li yo‘q,
Yo‘lda turib yo‘l boshlar.
(Shamol)

U yoqqa o‘tdim, bildingmi?
Bu yoqqa o‘tdim, bildingmi?
Oq quvrayning boshini,
Chertib o‘tdim, bildingmi?
(Shamol)

Qamish boshi qaltiroq,
Jilg‘a tubi jaltiroq.
(Shamol, suv)

U yog‘i alan, bu yog‘i alan,
O‘rtasi ola to‘polon.
(Chang)

Adrasman tubida
Ola sichqon o‘ynaydi.
(Quyun)

Ajoyib topishmoqlar

Kelar-ketar, izi yo‘q,
Qaragali ko‘zi yo‘q.
(Shamol)

Bir tol o‘sdi to ko‘kka qadar,
Bu tolning o‘n ikki shoxi bor.
Har shoxida to‘rttadan uya bor,
Har uyada yettitadan tuxum bor,
Har tuxumning yarmi qoradir ko‘rsang,
Yarmi oppoqdir, topgan bo‘lsang.
(Yil, o‘n ikki oy, hafta, kun, kecha-kunduz)

To‘qqiz jondorni uch jondor yegan.
(To‘qqiz oy ishlaysiz, uch oy yeysiz — qish)

Hayvonlar haqida topishmoqlar

Bir palak,
Bir palakda
O‘n ikki handalak,
Bu handalakning o‘n birini yeb,
Bittasini yeya olmadik.
(Yil, o‘n ikki oy, bir oy ro‘za)

Tavsiya etamiz :

  1. Qiziqarli topishmoqlar to’plami
  2. Oziq ovqatlar haqida topishmoqlar
  3. Barcha turdagi topishmoqlar 
  4. Kitob haqida topishmoqlar
  5. Odam va uning tana azolari topishmoqlar
  6. Barcha turdagi topishmoqlar 
  7. Uy joy haqida topishmoqlar
  8. Uy xo’jalik asboblari haqida topishmoqlar
  9. Mehnat va ish qurollari topishmoqlar
  10. O’simliklar topishmoqlar
  11. Hasharotlar haqida topishmoqlar
  12. Odam azolari haqida topishmoqlar

Manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top