Topishmoqlar. Topishmoq. Odam va uning xislatlari haqida topishmoq. Javoblari bilan.
Avval boshdan ishim bor,
Ustalarda kumushim bor,
Ochilmagan sandiqda
Ko`zi bog`li qushim bor.
(Ona, tug`ilmagan bola)
Chaqa-chaqa chaqaloq,
Ichida bor baqaloq.
Eshikdamisan merjon,
Uydamisan merjon,
Oyoq qo`ling bog`lovli,
Azobdamisan merjon.
(Bola, beshik)
Tom boshida yaprog`i,
Shovdiraydi mevasi,
Soyasida hamrohi.
(Beshik, bola, ona)
To`rtida tariqday,
O`ttizida ayiqday,
To`qsonida tovuqday.
( Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi)
Qatordagi qopa nor,
Yetakdagi jir moya.
(Ota, ona)
O`zi bitta,
Kallasi ikkita,
Dumi bitta,
Oyogi oltita.
(Ot mingan odam)
Qizil chiyning ostida
Qizil kiygan o`tirar.
(Kelin)
Bir tubada yetti teshik.
(Bosh,og`iz,burun, ko`z va quloq)
Tog` ustida o`rmon bor.
(Soch)
Jarga ilon yopishgan.
(Son o`rimi)
Qarag`ay nayza butoqsiz,
Bog`langan ko`zi suyaksiz.
(Soch, ko`krak)
Uy ustida sari yoy.
(Qosh)
Tavsiya etamiz :
Qarichdan yaqin,
Osmondan uzoq.
(Ko`z)
Oynam usti qopqoqli,
Atroflari chachaqli.
(Ko`z bilan kiprik)
Kunduzi tayoqlashar
Kechasi quchoqlashar
(Kipriklar)
Ustida ikki darcha,
O`rtasida bir kunda.
(Ko`z Burun)
Uzun chuqur,
Cho`zilib yotur.
(Burun)
Chelak,
Chelak ustida mo`ri.
(Og`iz, burun)
U yoqqa qarasangiz ko`rmaysiz,
Bu yoqqa qarasangiz ko`rmaysiz,
Boshingizga qarasangiz ko`rmaysiz.
Soyangizga qarasangiz ko`rinadi.
(Quloq)
Eshitadi, ko`rmaydi,
Ko`radi, eshitmaydi.
(Quloq, ko`z)
Tirikka kerak.
(Og`iz)
Qizil buzog`imni og`ildan haydasam, chiqmaydi.
(Til)
Kel-kel desam, kelmaydi,
Kelma desam, keladi.
(Lab)
Shov tegirmonning toshi,
Oltin egarning qoshi,
Shuni topgan yigitning,
Yuz yigirma ikki yoshi.
(Tish)
Bir uyin bor tuynuksiz
Ichi to`la yulduz
(Og`iz tish)
U yog`i arra,bu yog`i arra
O`rtasida go`shti barra.
(Tish,til)
Bes hog`ayni yosh edi,
Ichida biri bosh edi.
(Barmoqlar)
Kasov,kasov boshi egov.
(Qo`l va barmoqlar)
Beshta botir,
Orqasi yaltir,
(Tirnoq)
Tursang turar,
Yetsang yotar.
(Oyoq)
Otam bergan obi qilich,
Ming yilda ham chirimas.
(Ism)
Bir nafasda olam kezar.
(Fikr)
BU qiziq
- Barcha turdagi topishmoqlar
- Kitob haqida topishmoqlar
- Odam va uning tana azolari topishmoqlar
- Barcha turdagi topishmoqlar
- Uy joy haqida topishmoqlar
- Uy xo’jalik asboblari haqida topishmoqlar
- Mehnat va ish qurollari topishmoqlar
- O’simliklar topishmoqlar
- Hasharotlar haqida topishmoqlar
- Odam azolari haqida topishmoqlar
- Tabiat haqida topishmoqlar
Oʻzbekistonda bor chet elda yoʻq chet elda bor Oʻzbekistonda yoʻq