Qiziqarli topishmoqlar javoblari bilan. Sara topishmoqlar toโplami
Aqlli temir olam kezar.
(Yer suniy yoโldoshi)
Shoxi bor, hoโkiz emas,
Egari bor, ot emas,
Xohlagan manzilingga
Yetkazadi, minsang bas.
(Raketa)
Poโlat qushim uchdi-ketdi.
Bir zum oโtmay Oyga yetdi.
(Raketa)
Shamolday uchqur,
Yoโq oyogโi va qoโli.
Koโzga koโrinmas,
Charogโon yurgan yoโli.
(Elektr toki)
Suv emas, simda oqar,
Oโt emas, chiroq yoqar.
(Elektr toki)
Oโzi qator joylangan,
Bir-biriga boylangan.
Bir-birini kuzatar,
Behisob nur uzatar.
(Elektr stolbasi, tok)
Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Hazil soโz oโyini haqida topishmoq >>
Tavsiya etamiz : Oโyin va oโyinchoqlar haqida >>
Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>
Oโzi turar oโrnida,
Qoโli ketgan har yoqqa.
(Elektr stolbasi, tok simi)
Kechasi oftobdek,
Kunduzi koptokdek.
(Lampochka)
Uyga osdik bitta nok,
Yop-yorugโ boโldi har yoq.
(Lampochka)
Gโildiraksiz parovoz,
Parovozki juda soz.
Dengizlarda suzadi,
Baliqlardan oโzadi.
(Paroxod)
Choโzilib yotar narvon,
Undan oโtar uy-karvon.
(Temir yoโl, poezd)
Kichik temir ustida,
Shamoldek yelib yurar.
Egalarim kelsin, deb
Har doim kutib turar.
(Tramvay)
Koโzi yaltiraydi,
Ichi qaltiraydi.
(Avtomashina)
Yozda toycha,
Qishda xurjun.
(Velosiped)
Baland temir uy yurar,
Burni togโlarni surar.
(Ekskavator)
Sen ichida tursang tikka,
Olib chiqar yuksaklikka.
(Lift)
Bir uy bor:
Koโr boโlib kirasan,
Koโzli boโlib chiqasan.
(Maktab)
Uyimiz nurdan,
Oโrganish bizdan,
Oโrgatish sizdan.
(Maktab, oโquvchi, oโqituvchi)
Sandiq toโla pista-bodom,
Ochib koโr, boโlsang odam.
Xosiyati koโp, olam-olam,
Terib ol uni har dam.
(Kitob)
Qoโl bilan ekiladi,
Koโz bilan teriladi,
Ogโiz bilan oโriladi.
(Daftar, yozuv)
Rangi har xil,
Nomi bir xil.
(Rangli qalam)
Tili poโlat shovvoz,
Soโzlay olmas beqogโoz.
(Ruchka)
Xuddi bir ayri u,
Qaysi harf ekan bu.
(ยซShยป harfi)
Olmasang yarim nafas,
Yoโldan oโtgani qoโymas.
(Vergul)
Tim qora kichkina xol,
Toโxtatar yoโlda darhol.
(Nuqta)
Shakli oโxshar oโroqqa,
Doim tutar soโroqqa.
(Soโroq belgisi)
Xuddi oโxshar mirza terakka,
Yoโlda doim turar tikka.
(Undov belgisi)
Shahari bor, odami yoโq,
Daryosi bor, suvi yoโq.
(Karta)
Tilla yozuvli daftar,
Ichida gavhar gaplar.
(Diplom)
Qoโli yoโq, likop ushlar,
Qoโshigโi dilni xushlar.
(Patefon)
Patnisi bor, noni yoโq,
Ashulachi, joni yoโq.
(Patefon)
Bir vaqtda oladi,
Koโlankangiz qoladi.
(Fotoapparat)
Tarvuzim bor urugโsiz,
Pichoq bilan kesilmas.
Kesganingda ham uni
Maza qilib yeb boโlmas.
(Koptok)
Ukamga oโxshar oโzi,
Aslo yumilmas koโzi.
(Qoโgโirchoq)
Toyim bor, kishnamaydi,
Yez chogโi ishlamaydi.
(Chana)
Suv ostida turar poylab,
Oโljaga nayzasin shaylab.
(Qarmoq)
Suvga solsam botmaydi,
Baliqlar ham yutmaydi.
(Qarmoq poโkagi)
Tepamda koโk dasturxon,
Dasturxonda shirmoy non.
Shirmoy non bir donadir,
Sindirilmas hech qachon.
(Osmon, oy)
Kunduz kuni oโchirib,
Tunda yoqa olmaysan.
(Quyosh)
Olamni kezib bir-birini izlar,
Ularni yulduzlar kuzatar.
(Quyosh, oy)
Koโkda qilich yarqiraydi,
Suvda aksi yaltiraydi.
(Oy)
Toโntarilgan koโk qozonda
Oltin tanga qaynaydi.
(Osmon, yulduz)
Kunduzi koโrpa yopar,
Kechasi ochiq yotar.
(Yulduz)
Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Hazil soโz oโyini haqida topishmoq >>
Tavsiya etamiz : Oโyin va oโyinchoqlar haqida >>
Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>
Tunda chiqar onasi,
Necha minglab bolasi.
Bekinishar qoโrqqandan
Kelib qolsa otasi.
(Oy, yulduz, quyosh)
Oyogโi yoโq, qoโli yoโq,
Shoshib chopib chiqar u.
Ulkan zamin bagโridan,
Salom olib chiqar u.
(Buloq)
Oppoq sochli boshlari,
Daryo boโlar yoshlari.
(Qorli togโ)
Qiziqarli topishmoqlar
Bola kelar, bola kelar,
Ilk mehr ola kelar,
Silab-siylab daraxtlarga,
Guldan marjon taqa kelar.
(Bahor)
Qishda oq gul,
Bahorda suv sochadi.
Yel esganda,
Tumtaraqay qochadi.
(Bulut)
Osmon chirogโi
Yondi-yu oโchdi.
(Chaqmoq)
Chirmandasi osmonda,
Raqsi yerda, har yonda.
(Momaqaldiroq, yomgโir)
Paqiri yoโq, suv separ,
Tut qoqqanday duv separ.
(Bulut, yomgโir)
Yerga tushsa loy qilar,
Dehqonlarni boy qilar.
(Yomgโir)
Katta chelak teshildi,
Undan koโp suv toโkildi.
(Yomgโir)
Beqasamdan yoโli bor,
Osmon-falakda chiqar.
(Kamalak)
Yozib kumush poyondoz,
Sovuqda elar shakar.
Sharbatsiz yasar novvot,
Toping siz bermay shahar.
(Qor)
Yanvar bobo novvot sotdi,
Olgan edim qoโlim qotdi.
(Muz)
Mehmon boโlib bogโima,
Hid purkar dimogโima.
(Shamol)
Joโshib kuylar akasi,
Raqsga tushar ukasi.
(Shamol, oโsimlik)
Mening bitta oshnam bor:
Toโrtta oโgโli bor,
Un ikkita nevarasi bor,
Har qaysisining nomlari bor.
(Bir yil, toโrt fasl, 12 oy)
Bir shahar, shaharda oโn ikki minora,
Minorada oโttiz deraza,
Har derazadan yigirma toโrt oโq uziladi.
Bu nima?
(Bir yil. 12 oy. 30 kun. 24 soat)
Kelib ketar bir yilda,
Toโrt ogโayni har xilda.
(Toโrt fasl)
Koโrinishi yoysimon,
Ostida sonsiz tikan,
Juda nozik chashmaga,
Shu tikan erur posbon.
(Qosh, kiprik)
Ikki qoโshni, ikki doโst,
Yonma-yon turishadi.
Yigโlashsa birga yigโlab,
Baravar kulishadi.
(Koโz)
ยซOยป โ desam, ochiladi,
ยซBยป โ desam, berkiladi.
(Lab)
Aqlga doโst tutsang, aโlo soโzlar,
Yoโqsa u suyaksiz balo soโzlar.
(Til)
Biri soโzlar, biri eshitar,
Biri uni ipday pishitar.
(Ogโiz, quloq, miya)
Asal emas, yoqadi,
Ari emas, chaqadi.
(Gap, soโz)
Minglab ignani koโrdim,
Teshigi yoโq hech birin.
(Kirpitikan)
Koโrinishi kalta arqon,
Qoโl-oyoqsiz chopar chaqqon.
(Ilon)
Kiygan koโylagi oโziga foydasiz.
(Ipak qurti)
Qoโshnimnikiga kirsam,
Ikki ming ishchisi ishlayapti.
(Asalari)
Ikki yaproq bir tanda,
Kezar yozda chamanda.
(Kapalak)
Sochning tolidan ham ingichka,
Ipning ustida yurar.
(Oโrgimchak)
Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Hazil soโz oโyini haqida topishmoq >>
Tavsiya etamiz : Oโyin va oโyinchoqlar haqida >>
Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>
Qishda uxlab yalangโoch,
Bahor qoโyar yashil soch.
(Tol daraxti)
Bir daraxt bor, bargi kumushdan,
Mevasi oltindan.
Bu nima?
(Jiyda)
Daraxtda toโq-qizil,
Bir olma pishdi.
Ikkiga ajratsam,
Munchoqlar tushdi.
(Anor)
Qip-qizilu, anormas,
Choโgโga oโxshar, yonolmas.
Moโralaydi egatdan,
Joy oladi savatdan.
(Qulupnay)
Oltin kosada toshib turar,
Dala husnin ochib turar.
(Paxta)
Onasidan kiyim-boshim,
Bolasidan yogโli oshim.
(Paxta)
Birini yerga tiqdim,
Bir xovuch boโlib chiqdi.
(Bugโdoy)
Qiziqarli topishmoqlar
Yoโrgaklangan malikam,
Tilla sochi bir tutam.
(Makkajoโxori)
Boshida bor kokili,
Belidadir hosili.
(Makkajoโxori)
Kiyik koโzli, qalam qosh,
Undan boโlar shirin osh.
(Loviya)
Cheti gulli patir non,
Ichi toโla gโij-gโij don.
(Kungaboqar)
Oโzi pillaga oโxshar,
Ichi tillaga oโxshar.
(Yer yongโoq)
Oyogโini yerdan uzmay chiqar tomga,
Karnaylari tebranadi har maqomga.
(Karnaygul)
Son-sanoqsiz qilichli,
Uzun boโyli bahodir.
Yetar uzala tushib,
Shovillab bexavotir.
(Qamish)
Yotar yumshoq koโrpada,
Qator oโsar har safda.
Barglari ham yam-yashil.
Tusi tilladan asil.
(Sabzi)
Toโni silliq, tuki yoโq.
Ichi qizil, koโki yoโq.
Uni choโqolmas chumchuq.
(Tarvuz)
Bir nechtadan koโzi bor,
Olma kabi yuzi bor.
(Kartoshka)
Makonidir dalalar,
Yer tagida bolalar.
(Kartoshka)
Qiziqarli topishmoqlar
Yum-yumaloq, oy emas,
Sap-sarigโu โ moy emas.
Dumi ham bor, toy emas.
(Sholgโom)
Yashab yetmish yetti kun,
Kiyar yetmish yetti tun,
Kuzda uzib olinar,
Ovqatlarga solinar.
(Karam)
Qizil rangda tuguncha,
Ichi toโla kulchacha.
(Pomidor)
Xoโroz desam qand,
Qand desam xoโroz.
(Xoโrozkqand)
Toโrt yonida toโrtta oy,
Boshimga berar chiroy.
(Doโppi)
Bogโlab qoโysang โ yuradi,
Yechib qoโysang โ turadi.
(Botinka)
Birlashtirib kiyimni,
Issiq tutadi bizni.
(Tugma)
Vaqti bilan soch tishlar,
Oynaga qarab ishlar.
(Taroq)
Ogโzi yoโgโu tishi bor,
Boshimizda ishi bor.
(Taroq)
Bir tishi bor tishlaydi,
Tishlaganda kishnaydi.
Kishnab-kishnab ishlaydi,
Ishlab koโnglin xushlaydi.
(Tikish mashinasi)
Usti berk, tagi berk, atrofi devor,
Qishda ham, yozda ham odamni yutar.
(Uy)
Qishin-yozin bir yoโldan yurgani-yurgan,
Lekin xonaga xatlab kira olmaydi.
(Eshik)
Kelsangiz ham, ketsangiz ham har zamonda,
Qoโl berishni, yoโl berishni qilmas kanda.
(Eshik)
Bir soqchi bor, turadi ostonada,
Bir qoโli koโchada, bir qoโli xonada.
(Eshik tutqichi)
Qumdan yasalgan muzim,
Uyimni issiq tutar.
(Deraza oynasi)
Oโzi oriq,
Qorni yoriq.
(Tarnov)
Posbonidir u uyning,
Koโzi, tili yoโq uning.
(Qulf)
Mixlangan qulogโidan,
Suv quyar oyogโidan.
(Umivalnik)
Yelkasi bor, boshi yoโq,
Oyogโi bor, qoโli yoโq.
(Stul)
Yer tagida yoโli bor,
Ustida poโlat toโni bor,
Shamoldan tez yeladi,
Buxorodan keladi.
(Gaz)
Katta koโlning oโrtasida
Oโt yonar.
(Samovar)
Kosaga shoโngโib qaytadi,
Ogโizga borib yetadi.
(Qoshiq)
Hammomi bor oโrtasida,
Burnida bir teshikcha.
Boshida bor tugmasi,
Bir qoโli bor yonboshida.
(Choynak)
Beixtiyor lab yalar,
Kishi chanqogโi qonar.
(Piyola)
Borishda qorni och,
Qoโshiq aytar.
Kelishda qorni toโq,
Yigโlab qaytar.
(Paqir)
Ikki oโrim sochi bor,
Qotma, qingโir qanoti.
Yukni yengil qilar,
Yelka minish odati.
(Obkash)
Oz qoโysangiz: ยซSolยปโdeydi,
Koโp qoโysangiz: ยซOl!ยปโ deydi.
(Tarozi)
Ahil boโlib yashar doim yetmish mard,
Tani yonib, elga qiladi xizmat.
(Gugurt)
Qiziqarli topishmoqlar:
Tavsiya etamiz : Kitob haqida topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Hazil soโz oโyini haqida topishmoq >>
Tavsiya etamiz : Oโyin va oโyinchoqlar haqida >>
Tavsiya etamiz : Odam va uning xislatlari topishmoqlar >>
Tavsiya etamiz : Turli xildagi topishmoqlar >>