Hayvonlar haqida topishmoqlar toโplami. Topishmoqlar javobi bilan birga
Shildir-shildir suv kechar,
Oyogโi suvga tegmas.
(Tugโilmagan qulun)
Suvday chopadi,
Manzilga yetadi.
(Ot)
Toโrt oyoqli,
Temir tuyoqli.
(Ot)
Toโrt oy, yigirma toโrt yulduz.
(Otning taqasi, mixi)
Suvga tushsa mingta,
Suvdan chiqsa bitta.
(Otning dumi)
Quyon emas,
Uzun quloq,
Ot emas,
Toโrtta tuyoq.
(Eshak)
Katta takam besoqol.
(Eshak)
Tapir-tupir toโrtovlon,
Hangragani birovlon.
(Eshak)
Oyogโi popik,
Ogโzi koโpik.
(Tuya)
Ogโzi qulqulum,
Uzun oyogโu kalta dum.
(Tuya)
Tavsiya etamiz :
- Qiziqarli topishmoqlar toโplami
- Oziq ovqatlar haqida topishmoqlar
- Barcha turdagi topishmoqlarย
- Kitob haqida topishmoqlar
- Odam va uning tana azolari topishmoqlar
- Barcha turdagi topishmoqlarย
- Uy joy haqida topishmoqlar
- Uy xoโjalik asboblari haqida topishmoqlar
- Mehnat va ish qurollari topishmoqlar
- Oโsimliklar topishmoqlar
- Hasharotlar haqida topishmoqlar
ย
Hayvonlar topishmoqlar
Bu yoqqa oโtdi lop-lop,
U yoqqa oโtdi lop-lop.
ยซShoโraยป dedi, qoโymadi,
Yutaverdi soplab.
(Tuya)
Oโzi katta,
Dumi kalta.
(Tuya)
Momom ketib borayotir,
Kulchasi qolib borayotir.
(Tuya oyogโining izi)
Boraveradi, boraveradi,
Boโyraday yerni olib yotadi.
(Sigir)
Ikki tortar,
Bir yirtar.
(Hoโkiz, omoch)
Yamogโi boru
Yirtigโi yoโq.
(Sigirning olasi)
Koโprik tagida toโrtta qoziq.
(Sigir yelini)
Toโshak osti toโrt boโgโirsoq.
(Sigir yelini)
Toโrt mergan
Bir quduqqa oโq otar.
(Sigir sogโish)
Tomga tayoq suyovli.
(Mol dumi)
Boโpon-boโpon,
Yengi yamoq,
Eski chopon.
Dardi tomoq.
(Tuya)
Kichkintoygina boโyi bor,
Aylantirgan toโni bor.
(Quy)
Buyuk togโning boshida
Bukri qoโchqor oโynaydi.
(Olqor)
Soqoli bor,
Moโylovi yoโq.
(Echki)
Soqoli bor,
Aqli yoโq.
(Echki)
Chorva ichida shayton,
Soqoli uzun sulton.
(Taka)
Hamma yotsa ham
Hasan-Avaz yotmaydi.
(Echki shoxi)
Olis yerdan chang chiqar.
(Koโpkari)
Yerda yuradi,
Osmonni koโrmaydi.
(Choโchqa)
Ketaveradi, ketaveradi,
Savatdek yerni oladi.
(It)
Soyada yotar,
Ming qoโy boqar.
(It)
El yotsa ham,
Shalpangquloq yotmaydi.
(It)
Kichkinagina qumgโon,
Oโtirib koโzini yumgโon.
(Mushuk)
Moโylovi bor,
Soqoli yoโq.
(Mushuk)
Uyday joyni olar,
Sichqondan qoโrqar.
(Fil)
Tuya desam, kattakon,
Usti keng, bir makon.
(Fil)
Yoโl-yoโl toโni bor,
Odam qoโrqar turqi bor.
(Yoโlbars)
Kelganda toโrt oyoq,
Ketganda ikki oyoq.
(Ayiq)
Dalama-dala qidiradi,
Qoโy bilan echki oh uradi.
(Boโri)
Goโng tepada oโt yonar.
(Buri)
Qashqir mingan,
Eshak oโngargan,
Echki haydagan,
Tuya yetaklagan.
(Tulki)
Kechasi ovda,
Kunduzi uyda.
(Tulki)
Shoxlari bor, qoโchqordek,
Boโyi misli daraxtdek.
(Kiyik)
Oโzi yoโrtiq,
Labi tirtiq.
(Quyon)
Soy ichida sariq echki.
(Quyon)
Jar boโyida jar qilich.
(Jayra)
Yer tagida qubba igna.
(Tipratikan)
Yerdan chiqadi qoziq,
Isi juda sassiq.
(Yumronqozsh)
Tokchama-tokcha,
Azamat xoโja.
(Sichqon)
Yer tagida yeznam oti kishnaydi.
(Sichqon)
Bir kulrang buzogโim bor,
Uydagilar undan bezor,
Bozorga olib borsam,
Topilmaydi xaridor.
(Sichqon)
Xuddiboy choโloq goโr qazir,
Goโr qazisa ham yoโl qazir.
(Sichqon)
Tirik kelib, oโlikdan osh soโradi,
Oโlik turib, tirikni boโgโib oldi.
(Sichqon, qopqon)
Qanotli, sut beradi.
(Koโrshapalak)
Suvda tugโdi,
Yerda oโldi.
(Baliq)
Qanoti bor uchmaydi,
Quruqlikda yurmaydi.
(Baliq)
Qishda bir joyda,
Yozda ming joyda.
(Baliq)
Suv tagida oltin baldoq.
(Baliq)
Qamish tagi qaltirar.
(Baliq)
Joni bor jondan,
Suv ichar qoโldan.
Koโzlari nurdan,
Terisi puldan.
(Baliq)
Boshi boru sochi yoโq,
Koโzi boru qoshi yoโq.
Tangasi bor, puli yoโq,
Qanoti bor, uchuvi yoโq.
(Baliq)
Sassiq koโlda it hurar.
(Baqa)
Uzoq soyda it hurar.
(Baqa)
Hovuz yonida Sultonboyvachcha oโtiradi.
(Baqa)
Suv boโyida pochcham oti kishnaydi.
(Baqa)
Qiya-qiya yerlarda,
Qiyma sulton oโtirar.
Tirnoqlari kumushdan,
Hofiz juvon oโtirar.
(Baqa)
Tavsiya etamiz :
- Barcha turdagi topishmoqlarย
- Uy joy haqida topishmoqlar
- Uy xoโjalik asboblari haqida topishmoqlar
- Mehnat va ish qurollari topishmoqlar
- Oโsimliklar topishmoqlar
- Hasharotlar haqida topishmoqlar
Hayvonlar topishmoqlar
Osti tosh, usti tosh,
Oโrtasida chandir bosh.
(Toshbaqa)
Togโu toshlarda toshtovoq,
Ichi toโla goโshtu yogโ.
(Toshbaqa)
Ikki toboq,
Orasida qashqaldoq.
(Toshbaqa)
Janzak bobo tuyasi,
Jar yoqalab oโtlaydi.
(Toshbaqa)
Emaklagan toshni koโrdim,
Toshdan chiqqan boshni koโrdim:
(Toshbaqa)
Yer ustida oโrmalar,
Chopay desa chopolmas.
(Toshbaqa)
Yer tagida hoโl gavron.
(Ilon)
Yer tagida yogโli qamchi.
(Ilon)
Koโprik ostida yogโli hasip.
(Ilon)
Uzun ichak,
Uchi tugunchak.
Tanasi chipor,
Oโrmondan chiqar.
(Ilon)
Ola qamchi uradi,
Chumchuqlarni suvradi.
(Ilon)
Uzun-uzun iz qolgan,
Zar kokilli qiz borgan.
Boshi qaltiroq,
Koโzi gโilayroq.
(Ilon)
Qoragina popish,
Devolga yopish.
(Kaltakesak)
Yer tagida qizil ximich.
(Chuvolchang)
Tavsiya etamiz :