Eng qiyin topishmoqlar javoblari bilan
Bosh sahifa » Topishmoqlar » Eng qiyin topishmoqlar javoblari bilan

Eng qiyin topishmoqlar javoblari bilan

Eng qiyin topishmoqlar javoblari bilan. She’riy topishmoqlar. Darsda foydalanish uchun qiziqarli topishmoqlar.

Topishmoq — bu o‘yin yoki san’at turi bo‘lib, unda ma’lum bir predmet, hodisa yoki tushuncha yashirin shaklda berilib, javobni topish uchun mantiqiy fikrlash va tasavvur kuchi talab etiladi. Topishmoqlar nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham qiziqarli va foydali o‘yin hisoblanadi. Ular, asosan, so‘z o‘yinlari bo‘lib, fikrni tezda ishlatish, diqqatni jamlash va ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Eng qiyin topishmoqlar javoblari bilan.

  1. Geografiya otasi,
    Ilk xaritani tuzgan.
    Bizdan ancha ilgari
    Yerni tasvirlab bergan.
    Uning xaritasida
    Bor Janubiy Yevropa,
    Hatto G‘arbiy Osiyo,
    Ham Shimoliy Afrika.
    U yerning kattaligin,
    Ancha aniq o‘lchagan,
    Nahot, topmoqlik qiyin
    Bu olim- ___________
  2. Geografiya otasi,
    Ilk xaritani tuzgan.
    Bizdan ancha ilgari
    Yerni tasvirlab bergan.
    Uning xaritasida
    Bor Janubiy Yevropa,
    Hatto G‘arbiy Osiyo,
    Ham Shimoliy Afrika.
    U yerning kattaligin,
    Ancha aniq o‘lchagan,
    Nahot, topmoqlik qiyin
    Bu olim- ___________
  3. Go‘zal yurt jannatmakon,
    Boylikka kon Hindiston.
    Beruniy taxminiga
    Tayangan u begumon.
    Amerikani kashf qilib,
    Hindiston deb o‘ylagan.
    Ne bo‘lsa ham u g‘olib,
    Bu sayyoh nomi – ________
  4. Bir ming besh yuz o‘n to‘qqiz-
    Ispaniya qirg‘og‘i.
    Suzib borar bir kema,
    Hilpiratib bayrog‘in.
    Yerning sharsimonligin,
    Amalda isbotlagan.
    Deydi:Yerning eng katta
    Qismini suv qoplagan.
    Sayohati vaqtida,
    Okeanga nom bergan.
    Bu sayyohni albatta,
    Derlar-Fernan_______
  5. U yerning tabiiy yo‘ldoshi,
    Ba’zida yorug‘u, ba’zan qorong‘i.
    To‘lin bo‘lganida ochadi chiroy,
    Husnu latofatga boydir bizning- ________
  6. Shimoliy-janubiy yarimsharlarga,
    Ajratib turar u – yerning belbog‘i.
    Uning atrofida yog‘mas aslo qor,
    Nolinchi gradus budir- __________
  7. Bobo quyosh atrofidan aylanadi Yer,
    Uch yuz oltmish besh kun, olti soatda.
    Bu olti soatlar to‘rt yil yig‘ilsa,
    Shu yili bo‘ladi albat-__________
  8. Ba’zan boqsak keng maydonga,
    Osmon ko‘rinar gumbazdek.
    Mana shunday tutash chiziq,
    Fanimizda bo‘lar-____________
  9. Uning 3 xil ko‘rinishi,
    Bordir fanda: sonli, nomli,
    Yana biri chiziqlidir,
    U aslida kasrlidir.
    U bir joyning aynan qancha,
    Kichrayganini ko‘rsatar.
    Yolg‘on bo‘lsa ko‘ring o‘lchab,
    Deysiz bu qanday ____________

    Topishmoq javoblari.

1. Eratosfen.

2. Beruniy

3. Kolumb

4. Magellan

5. Oy

6. Ekvator

7. Kabisa

8. Ufq

9. Masshtab

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top