Qiziqarli topishmoqlar. Topishmoq javoblari bilan.
Toyib bor, kishnamaydi,
Yozning kuni ishlamaydi.
(Chana)
Kichkina mitti,
Qo`limga olsam,
Qovurg`asi sinib ketdi.
(Chumoli)
Qorday oppoq,
Yungday yumshoq.
Odam va tana azolari haqida topishmoq
(Paxta)
Tunda ko`rib, cho`g` deysan,
Tongda ko`rib, yo`q deysan.
(Yulduz)
Gul emas-u, bog`langan qilib dasta,
Yerni gulga aylantirar birpasda.
(Supurgi)
O`xshar qovun-tarvuzga,
Sip-silliq kiygan to`ni.
Ichi olov zar rangda,
Pishirib yeysan uni.
(Qovoq)
Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal qishlaydi
(Pechka)
Hasharotlar haqida topishmoqlar
Tunukani chertadi,
Kesaklarni kertadi.
Biroz sho`xlik qilgach u,
Yerga singib ketadi.
(Do`l)
Qish chog`i kapalaklar,
Uchib yurar osmonda.
Qiziq, yo`qolib qolar,
Asvaltga qo`ngan onda.
(Qorparcha)
Yungi igna,
Burni tugma.
Ko`zi munchoq,
Bag`ri yumshoq.
Hayvonlar haqida boshqa topishmoqlar
(Tipratikan)
O`rkach-o`rkach tuyalar,
Bir biriga suyalar.
Qimir etmas yil, asr,
Bag`rida xazina, sir.
(Tog`lar)
Oyna emas jimirlar,
Tek turolmas, qimirlar.
(Soylar)
Qat-qat qatlama,
Aqling bo`lsa tashlama.
(Kitob)
Tikuvchiga o`rtoq o`zi,
Bittagina jajji ko`zi.
(Igna)
Yoz, kuz bo`yi chirqillab,
Don tashiydi pirillab
(Chumchuq)
Poliz ekinlari haqida ajoyib topishmoqlar
Aytsalar oyim bizga,
Uyqu keladi ko`zga.
(Alla)
Na boshi bor, na tani,
Na joni, na vatani.
Eshitsa biror ovoz,
Javob qaytarar shovvoz.
(Aks-sado)
Oq sandig`im ochildi,
Olamga nur sochildi.
(Quyosh)
Dum-dumaloq barkash non,
Ko`k yuzida suzadi.
(Oy)
Cholgโu asboblari haqida topishmoqlar
Tinmay o`qisang agar,
Ko`p narsani o`rgatar.
Bilsang uka, o`ylab top,
Bilim koni u โ โฆ..
(Kitob)
Ikki ajib qulog`i bor,
Biri tinglar, biri so`zlar.
(Telefon)
Rangi har xil,
Nomi bir xil.
(Qalam)
Suvdan bo`lgan, qotsa
Qani suvga botsa.
(Muz)
โChiq-chiqโ der yo`q to`xtovi,
Vaqtning aniq o`lchovi.
(Soat)
Oziq ovqatlar haqida topishmoqlar
Toping-chi uning nomin,
Sichqonning berar dodin.
(Mushuk)
O`sar ko`kka bo`y cho`zib,
Qulochday bargin yozib.
Xipcha bel, zarrin soqol,
Tishlari zich, dur misol.
(Makkajo`hori)
Oqmas suvda o`zingni ko`r.
(Ko`zgu)
Kichkina dekcha-
Ichi to`la mixcha.
(Anor)
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo`lar oziq.
(Sabzi)
Pishsa bemaza,
Pishmasa maza.
(Bodring)
Dum-dumaloq bo`yi bor,
Palovda obro`yi bor.
(Behi)
Bir onadan yuz bola,
Yuzovi ham bo`z bola.
(Uzum)
Qiziqarli topishmoqlar toโplami
To`ni silliq, tuki yo`q,
Ichi qizil, ko`ki yo`q.
(Tarvuz)
Yomg`irdan so`ng chiqadi,
Cho`tir qalpoq kiyadi.
Quyoshni yoqtirmaydi,
Shamolni chaqirmaydi.
(Qo`ziqorin)
Ajib ishlar bo`ladi,
Uxlaganlar ko`radi.
(Tush)
Chopsa chopilmas,
Bo`lsa bo`linmas.
Kessa kesilmas,
Ko`msa ko`milmas.
(Soya)
To`rt o`rtoq bor: zo`r ishi โ
Odam, olm tashvishi.
Har biri xursand etar,
Izma-iz kelib ketar.
Ish qurollari haqida topishmoqlar
(Yil fasllari)
Loy va jundan tanasi,
Xovlimizda xonasi.
Yemishi olov, xamir,
Beradi shirmoy, patir.
(Tandir)
Palak ostida
Yotar talay tosh.
Uni pishirsang,
Bo`lar shirin osh.
(Kartoshka)
Oq samanim osmonga chopar,
Yag`rinlari quyoshni yopar.
(Bulut)
- Barcha turdagiย
- Kitob haqidaย
- Odam va uning tana azolariย
- Barcha turdagi topishmoqlarย
- Uy joy haqida topishmoqlar
- Uy xoโjalik asboblari haqida topishmoqlar
- Mehnat va ish qurollari topishmoqlar
Manga vapshe yoqdi lekin osmon jismlari haqida kere edide.