Qiziqarli topishmoqlar. Topishmoqlar javobi bilan. Topishmoqlar

Topishmoqlar javoblari bilan
O`zimizda qator soqchi,
Ko`zimizga qarab boq-chi?!
(Kiprik)
Qizigan bir kemam bor,
To`xtovsiz borib kelar.
Borib – kelgani sari
To`lqinlarni tekislar.
(Dazmol)
Kelib ketar bir yilda,
To`rt og`ayni har xilda
(Fasllar)
Odam azolari haqida topishmoqlar
Ko`kda ko`rdim ko`prik,
Rangi – yeti turlik.
(Kamalak)
Cho`zilib yotar Narvon,
Undan o`tar uy- karvon.
(Poyezd yo`li)
Yuk ko`tarar burnida
Uy qurish bor bo`ynida.
(Quruvchi kran)
Uzoqdan boqdim: bir qora tosh,
Yoniga borsam, to`rt oyoq, bir bosh.
(Toshbaqa)
Hech ham tinim bilmaydi,
Lek joyidan jilmaydi.
(Soat)
Yorug`i bor, dovrug`i bor,
Izi yo`q, ovozi bor.
(Momaqaldiroq)
Safda o`n ikki askar,
Bo`yu basti barobar.
Yo`nsang yog`och po`stini,
Rasmlarga rang berar.
(Qalamlar)
Borar bir, kelar bir,
Baribir qo`shig`i: “g`ir – g`ir…”
(Arra)
O`rtog`im – ruchka, qalam,
Bir chiziq, katak – dalam.
(Daftar)
Boylasam yuradi,
Yechsam to`xtaydi.
(Poyafzal)
Oziq ovqatlar haqida topishmoqlar
Oqdir dalasi, qoradir urug`i,
Qo`l bilan ekiladi, ko`z bilan o`riladi.
(Daftar va yozuv)
Qo`shig`i asli “qu – qu”,
Tongni qarshi olar u.
Ko`zdan qochsin deb uyqu,
Jar soluvchi so`zi shu.
(Xo`roz)
Qat – qat to`nli bu polvon,
Artib yig`ladi Javlon.
(Piyoz)
Daraxtlarning barglari,
Rang olar oltin misol.
Qay faslda, ayt, Muslim,
Yuz beradi shunday hol?!
(Kuz)
Xavf bo`lsa, koptok bo`lib,
Igna ko`rpa yopadi.
Zumda ko`z ochib turib,
Ilgarilab chopadi.
(Tipratikan)
Pishirsang, osh bo`lur,
Pishirmasang, qush bo`lur.
(Tuxum)
Ko`zlarimga qilib zo`rlik,
Tongda ketdi charchab, sho`rlik.
(Uyqu)
Dumi bor-u, ot emas,
Qanoti bor, qush emas.
(Baliq)
To`rt faslda bir xil libos –
Kiyib yashnar, mevasiz.
Aytsam, bog`ning ko`rki deysiz,
Siz ham uni sevasiz.
(Archa)
Bozordan oldim bir dona,
Ochib ko`rsam, ming dona.
(Anor)
Qishin – yozin bir xil libosda.
(Archa)
Yumshoq, lekin paxta emas,
G`irchillaydi, taxta emas.
Daraxtlarni kiyintirar,
Oppoqqina, yaxtak emas.
(Qor)
Hovuzga qopqoq bo`lar,
Ayni qish chog`i.
Bahor nafasi yelgach,
So`nar chirog`i.
(Muz)
Choyga solsam erib ketar,
Lazzatini berib ketar.
(Shakar)
Yozib umrin tugatar,
Serharakat shu qadar.
(Ruchka)
- Kitob haqida topishmoqlar
- Odam va uning tana azolari topishmoqlar
- Barcha turdagi topishmoqlar
- Uy joy haqida topishmoqlar
- Uy xo’jalik asboblari haqida topishmoqlar
- Mehnat va ish qurollari topishmoqlar
- O’simliklar topishmoqlar
- Hasharotlar haqida topishmoqlar
Yaxshiyu kop chiroyli mas lekin kotta rahman
Asslomu alaykum yaxshmsizlar zor ekan gap bolish mumkun emas gap you
Zoʻrrr
Bu juda zor ekan menga juda yoqdi
Gap yőq juda zőr ekan va qiziqarli topishmoqlar ekan men bunda uy vazifasi uchun foydalandim
Raxmat zoʻr ekan foydasi tegdi ishilga omad
maqul
Juda ham yaxshi kuraman topishmoqlarni
Bir tuyam bor guldiroq, hamma yeri yaltiroq
Dilobar