Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar. Maqollar toโplami
Vatan haqida maqollar:
Aylanasi ovuli,
Toโgaragi toโrkuni.
Ayrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan.
Badqavm boโlsang boโl,
Beqavm boโlma.
Baliq suv bilan tirik,
Odam โ el bilan.
Begona tuproq โ devona tuproq.
Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.
Birovning yurtida bek boโlguncha,
Oโzingning yurtingda it boโl.
Bulbul chamanni sevar,
Odam โ Vatanni.
Tavsiya etamiz :ย
Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar |
Jamoatchilik va xudbinlik haqida maqollar |
Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik haqida maqollar |
Halollik va tekinxoโrlik haqida maqollar |
ย
Bulbulga bogโ yaxshi,
Kaklikka โ togโ.
Vatan gadosi โ kafan gadosi.
Vatan uchun oโlmoq ham sharaf.
Vatan qadrini bilmagan oโz qadrini bilmas.
Vatanga kelgan โ imonga kelar.
Vatanga falokat โ oโzingga halokat.
Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar
Vatangado boโlguncha,
Kafangado boโl.
Vatandan yiroqlashgan โ nomusdan oโlar.
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning โ taxti.
Vataning tinch โ sen tinch.
Vatanni sotgan er boโlmas.
Vatanning vayronasi โ Umrning gโamxonasi.
Vatanning vayronasi โ Umrning hayronasi.
Vatansiz inson โ kuysiz bulbul.
Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.
Dushmanga nafrati boโlmaganning Vatanga muhabbati boโlmas.
Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
Yoridan ayrilgan yetti yil yigโlar, Yurtidan ayrilgan oโlguncha yigโlar.
Yoringni gul orasidan izla, Erkingni โ el orasidan.
Yigit gโami elida, Elning gโami dilida.
Vatan haqida maqollar:
Kiymoqqa katan yaxshi, Turmoqqa vatan yaxshi.
Kishi yerida sulton boโlguncha,
Oโz elingda choโpon boโl.
Kishi yurtida sulton boโlguncha,
Oโz yurtingda ulton boโl.
Kishi yurtida shoh boโlguncha,
Oโz yurtingda gado boโl.
Koโlning otini baligโi chiqarar.
Koโrpang qayerda boโlsa, Koโngling shu yerda.
Non gadosi boโlsang ham, Yurt gadosi boโlma.
Ona yerning tuprogโi โ ona sutidan aziz.
Ona yurting โ oltin beshiging.
Ona yurting omon boโlsa,
Rangi roโying somon boโlmas.
Sigirning suti โ tilida,
Erning quti โ elida.
Sovuq urgandan qolar,
Tuproq surgandan qolmas.
Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.
Tovushqonga tugโilgan tepasi aziz.
Tuqqan yerda tugโing tik.
Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.
Tugโilgan yerdan koโngil uzilmas,
Yurt qoโriganning yurti buzilmas.
Tugโilgan yering โ Vataning,
Vataning โ nomusing.
Toโygan yerdan tuqqan yer yaxshi.
Ursa ham, el yaxshi,
Soโksa ham, el yaxshi.
Fil tushida Hindistonni koโrar.
Changal ham oโz joyida gurillar.
Ekin yerida koโkarar,
Er โ elida.
Tavsiya etamiz :ย
Toโgโrilik va egrilik haqida maqollar |
Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar |
Yaxshi soโz va yomon soโz haqida maqollar |
Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar |
ย
El bor boโlsa, er xor boโlmas,
Er bor boโlsa, el xor boโlmas.
El boshiga kun tushsa,
El yaratgan er kelar.
El boshiga tushgani โ
Er boshiga tushgani.
El ishini er qilur,
Er qadrini el bilur.
El-kunim boโlmasa,
Oy-kunim tugโmasin.
El kuyunganda kuyungan โ botir,
El suyunganda suyungan โ botir.
El tilagin tilagin,
Siniq koโnglin siylagin.
El egasiz boโlmas,
Toโn โ yoqasiz.
El qudrati โ chin qudrat,
Vatan tuprogโi โ qimmat.
El qurimasa, yer qurimas.
El โ qoโngan yerda,
Ot โ toโygan yerda.
El qoโngan yerni bilar,
Ot toโygan yerda tinar.
El gโamini bilgan elda doston.
Elga manzur โ erga manzur.
Elga xizmat โ oliy himmat.
Elga qoโshilgan moy yutar,
Eldan ayrilgan qon yutar.
Elga qoโshilganning koโngli toโq,
Eldan ajralganning beti yoโq.
Elga qoโshilsang, er boโlasan,
Eldan ajralsang, yer boโlasan.
Elda bori โ senda bori.
Eldan ayrilguncha, jondan ayril.
Eliga vafo qilgan
Yoviga jafo qilar.
Elidan bezgan er oโngmas,
Koโlidan bezgan gโoz oโngmas.
Elim boshqa degan, el boโlmas.
Eling senga choโzsa qoโl,
Unga doim sodiq boโl.
Eling-yurting boโlmasa,
Oying-kuning boโlmasin.
Elli yer โ bozor,
Elsiz yer โ mozor.
Ellik yilda el yangi.
Elning baxti โ erning baxti.
Elning ichi โ oltin beshik.
Elning yirtigโiga yamoq boโl,
Uzuniga uloq boโl.
Elning egasi boโl,
Tobutning chegasi boโl.
Elning gโami โ erning gโami.
Er bolasi โ el bolasi.
Er davlati โ elida.
Er yigit elga tortar.
Er yigit oโzi uchun tugโilar,
Eli uchun oโlar.
Eringdan bezsang ham,
Elingdan bezma.
Erning ishi โ elning boโynida,
Elning ishi โ erning boโynida.
Erning moli โ elning moli.
Yurt boshiga ish tushsa,
Er yigit hozir.
Yurt egasi yoโlbarsdir,
Oldirgani qoโymasdir.
Yurt qoโri, eling oโsar,
Qoโrimasang, uying toโzar.
Yurt qoโrisang, oโsarsan,
Qoโrimasang, toโzarsan.
Yurtda odam boโlmasa,
Toโngโiz tepaga chiqar.
Yurtdan ayrilganni yov chopar.
Yurtdan ketgan, yurtmonda.
Oโtar hasrat, armonda.
Yurti boyning oโzi boy.
Yurtim โ koโksim,
Elim โ iligim.
Yurting omon โ oโzing omon.
Yurtni dedim, yuzga kirdim.
Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.
Oโz uyim โ oโlan toโshagim.
Oโz yurtingning qadri
Oโzga yurtda bilinar.
Oโz yurting โ oโlan toโshaging,
Oโzga yurt boโlmas beshiging.
Oโzbek iskab boโlsa ham, elini topar.
Oโzga yurtning qozisi boโlgandan,
Oโz elingning tozisi boโl.
Oโzga yurtning boshi boโlgancha,
Oโz yurtingning toshi boโl.
Oโzga yurtning gulidan,
Oโz yurtingning choโli yaxshi.
Oโlsang oโl,
Vataningda boโl.
Oโpkadan urgan yel yomon,
Elidan ayrilgan er yomon.
Qorongโi qolgan yurtda
Qorashaqshaq podsho boโlur.
Qurigan yurtga qul oqsoqol.
Qush butaga sigโinar,
Odam โ Vatanga.
Qush ham ketsa keladi,
Oโz elini sevadi.
Har gul oโz butasida aziz.
Har gulning oโz isi bor,
Har elning oโz tusi bor.
Tavsiya etamiz :ย
Doโstlik va dushmanlik haqida maqollar |
Tinchlik va notinchlik haqida maqollar |
Botirlik va qoโrqoqlik haqida maqollar |
Mardlik va nomardlik haqida maqollar |
ย
Har kim โ eliga,
Oโrdak โ koโliga.
Har kimning oโz eli โ oโziga shirin.
Har koโkatning oโz suygan tuprogโi bor.
Har toycha oโzi suv ichgan bulogโini maqtar.
Har elning โ oโz irimi.
Har shaharning havosi boshqa.
Har qush oโz uyasiga qarab uchar.
Himmatli er,
Oโz elini der.
Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar
Tavsiya etamiz : Topishmoqlar toโplamiย