Bosh sahifa » Maqol » Yo’l va yo’ldosh haqida maqollar

Yo’l va yo’ldosh haqida maqollar

by administrator

Yo’l va yo’ldosh haqida maqollar

Yo'l yo'ldosh maqollar

Yo’l va yo’ldosh haqida maqollari

Guli yo’q bo’stondan, yaproq yaxshi,
Foydasi yo’q yo’ldoshdan, tayoq yaxshi.

Do’st safarda sinalar.

Yomon yo’ldosh yov bo’lar,
Ravon yo’lda g’ov bo’lar.

Yomon yo’ldoshdan bir chekim nos yaxshi.

Yomon yo’ldoshdan yomon tayoq yaxshi.

Yigitni yo’l boqar.

Yo’l azobi — go’r azobi.

Yo’l bilmasang, yo’lchiga boq.

Yo’l odami yo’lga yaxshi,
Uy odami — uyga.

Yo’l so’ramay, yo’lga tushma.

Tavsiya etamiz : 

Yaxshi so’z va yomon so’z haqida maqollar
Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar
Do’stlik va dushmanlik haqida maqollar

Yo’l tani, yo’lga chiqsang, do’st tani.

Yo’l topguncha, yo’ldosh top.

Yo’l uzoq bo’lsa, yo’ldoshingdan ko’r.

Yo’l yurganga qisqarar.

Yo’l yursang, sinab yur,
Sinab yurmasang, o’lchab yur.

Yo’l o’g’risi bo’lsang ham,
Yo’ldosh o’g’risi bo’lma.

Yo’lga chiqsang, yo’ldoshli chiq.

Yo’lga chiqsang, yaroqli chiq,
Yolg’iz chiqmay, hamrohli chiq.

Yo’lga chiqqan yo’ldan topar.

Yo’lda yurgan yo’l tanir,
Cho’lda yurgan cho’l tanir.

Yo’ldosh aybini yo’l ochar.

Yo’ldoshi borning qo’ldoshi bor.

Yo’ldoshi yomonni yov olar.

Yo’l va yo’ldosh haqida maqollar.

Yo’ldoshiga qaramagan yo’lda o’lar.

Yo’ldoshing olaqarg’a bo’lsa,
Yemishing go’ng bo’lar.

Yo’ldoshini tashlagan yo’lda qolar.

Yo’lni yo’lchi yengar.

Yo’lni karvondan so’ra,
So’zni soyirdan so’ra.

Yo’lovchining ozig’i yo’lida.

Yo’lchi yo’lini bilar,
Tegirmonchi — do’lini.

Yo’rtib yursang, yo’l unar.

Yo’rtoq yo’rg’aga yo’ldosh bo’lmas,
Burgut qarg’aga sirdosh bo’lmas.

Yo’rg’a mingan yo’ldoshiga qaramas.

Yo’rg’a mingan, yo’ldoshidan ayrilar,
Ko’p yashagan, qurdoshidan ayrilar.

Yo’rg’a minsang ham, yo’ldoshli bo’l.

Olis yo’l otni sinar,
Og’ir yo’l mardni sinar.

Sipohi bilan do’st bo’lma,
Yomon bilan — yo’ldosh.

Yurgan — daryo, o’tirgan — bo’yra.

Yurgan yo’l kezar,
O’tirgan yer chizar.

Yurgan yo’ldan topadi,
O’tirgan qaydan topadi.

Yurgan oyoq yo’l topar.
Yurgan oyoqqa yo’rg’a yo’liqar.

Yurganning yo’li ko’payar,
O’tirganning — o’yi.

Yurganning yo’li o’tar,
O’tirganning kuni o’tar.

Yurardan avval yo’l axtar.

Yaxshi yo’lda yo’ldosh ko’p.

Tavsiya etamiz : 

Tinchlik va notinchlik haqida maqollar
Botirlik va qo’rqoqlik haqida maqollar
Mardlik va nomardlik haqida maqollar

Yaxshi yo’ldosh yo’lga boshlar,
Yomon yo’ldosh yovga tashlar.

Yaxshi libos — oroyish,
Yaxshi yo’ldosh — osoyish.

Ham sayohat, ham tijorat.

Aziz aqchasiz ketmas,
Qizlar — bo’g’chasiz.

Asad yo rasad, yo narasad.

Asad kirsa, suv oqarar.

Asad — rasamat.

Asad suvi — asal suvi.

Asad, ekinlarni yasat.

Asad, g’o’zangni yasat.

Asadda oralab ye,
Sunbulada — saralab.

Ayamajuz olti kun,
Olti oy qishdan qattiq kun.

Aqrab kelar hayqirib,
Bola-chaqasini chaqirib.

Hunar bilgan och qolmas,
Yo’l tanigan kech qolmas.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami 

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x