Bosh sahifa ยป Maqol ยป Qudrat va ojizlik haqida maqollar

Qudrat va ojizlik haqida maqollar

by administrator

Qudrat va ojizlik haqida maqollar

Qudrat va ojizlik haqida maqollar

Qudrat va ojizlik haqida maqollar

Armondan qolsang ham, darmondan qolma.

Arpasiz ot dovon osholmas.

Arslon xuruji sherda,
Sher xuruji erda.

Arslonning boโ€™kirgani โ€” toโ€™ngโ€™izning oโ€™lgani.

Bagโ€™ridagini oldirgan ogโ€™zidagini oldirar.

Birov soโ€™rab yeydi,
Birov burab yeydi.

Boyning iti huragโ€™on,
Oti yuragโ€™on boโ€™lar.

Boyning ishi farmon bilan,
Yoโ€™qning ishi armon bilan.

Bor yetti pushtini qoโ€™llar.

Borida โ€” boโ€™ri,
Yoโ€™gโ€™ida โ€” shoโ€™ri.

Borning kosasi qirga qarab yumalar.

Buiganing koโ€™ziga igna xari boโ€™lib,
Chumoli fil boโ€™lib koโ€™rinar.

Tavsiya etamiz :ย 

Odob va odobsizlik haqida maqollar
Mehmon va mehmondoโ€™stlik haqida maqollar
Saxiylik va baxillik haqida maqollar

Boโ€™ri ovi โ€” oโ€™rtada,
Quzgโ€™un ovi โ€” tepada.

Boโ€™ri qarisa ham bitta qoโ€™yga kuchi yetar.

Boโ€™sh yogโ€™ochni quit yer.

Boโ€™sh kelganni boโ€™ri bosar.

Boโ€™sh omborning qulfi boโ€™lak.

Boโ€™sh qop tik turmas.

Daraxtning yumshogโ€™ini qurt yer.

Devorda ungan giyohning
Bir shamollik hoh bor.

Yotaversang yov olar,
Indamasang โ€” dov.

Yotgan yovga yoqar.

Yosh zehn โ€” qaynar buloq.

Jalada qolgan yomgโ€™irdan qoโ€™rqmas.

Jin koโ€™ziga chirmanda โ€” chorvoq.

Joโ€™mard yoโ€™qligini bildirmas,
Tulpor โ€” ochligini.

Zargarning ming urgani โ€”
Chilangarning bir urgani.

Zari borning zoโ€™ri bor.

Zarli zariga ishonar,
Zarsiz โ€” kuchiga.

Zoโ€™r zoโ€™rni koโ€™rganda boโ€™ynini qisar.

Zoโ€™r ovchi sher otar.

Zoโ€™rdan zoโ€™r chiqsa, zoโ€™r dumini qisar.

Zoโ€™ring boโ€™lsa, uy qurib koโ€™r,
Zaring boโ€™lsa, toโ€™y qilib koโ€™r.

Zoโ€™rning kuchi tegirmon yuritar.

Zoโ€™rning toshi qirga yumalar.

Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kirar.

Ignachining ming urgani โ€”
Temirchining bir urgani.

Ikki nor urishsa,
Oโ€™rtada chivin oโ€™lar.

Ikki tuygโ€™un yoprilsa, gโ€™ozning shoโ€™ri.

Iliging qurisa ham, yoโ€™ldan qolma.

Ilon yuz yil yashasa โ€” ajdaho,
Ming yil yashasa โ€” yuho.

Inson qilolmaydigan ish yoโ€™q.

Insonning joni โ€” toshdan qattiq,
Koโ€™ngli โ€” guldan nozik.

Ip ingichka yeridan uzilar.

Ipni ipga qoโ€™shsang, arqon boโ€™lar.

It yengganini talar.

It egasiga suyanib huradi.

It hursa ham, oy seskanmas.

Yigit qoโ€™lin tengi yoโ€™q.

Tavsiya etamiz :ย 

Goโ€™zallik va xunuklik haqida maqollar
Kamtarlik va manmanlik haqida maqollar
Baxt, omad va baxtsizlik haqida maqollar

Yigitga yo zar kerak, yo โ€” zoโ€™r.

Yigitning zoโ€™ri yer ochar.

Yoโ€™lbars qirqqa kirsa ham, yeyishi โ€” ang,
Qargโ€™a mingga kirsa ham, yeyishi โ€” goโ€™ng.

Kalit qulfdan kuchli.

Katta daraxtning soyasi ham katta.

Kemali kelsa, qayiqli qochar.

Kuchi yetmagan toโ€™gโ€™anoq solar.

Kuchi yoโ€™q kurak sindirar.

Koโ€™z yetmagan joyga soโ€™z yetar.

Koโ€™z yoshi toshni eritar.

Koโ€™ngil qanoti osmondan katta.

Koโ€™p botirdan yov ketar,
Koโ€™p chechandan dov ketar.

Ming daraxtning boshini bir bolta chopar.

Ming qargโ€™aga bir kesak.

Misgarning ming urgani,
Bosqonchining bir urgani.

Moli borning holi bor.

Molsiz kishi โ€” jonsiz kishi.

Odam toshdan qattiq,
Paxtadan โ€” yumshoq.

Ozman hoโ€™kiz oโ€™zidan qoโ€™rqib novvosga ergashar.

Oy yorugโ€™i โ€” olamcha,
Sham yorugโ€™i โ€” ayvoncha.

Oyni etak bilan yopib boโ€™lmas.

Ola koโ€™zdan olgโ€™ir boโ€™lsa ham, arslon boโ€™lolmas.

Ola toโ€™gโ€™anoq olgโ€™ir boโ€™lsa ham, qarchigโ€™ay boโ€™lmas.

Olomondan qochgan qutulmas.

Oriq otga qamchi ham yuk.

Ot boโ€™lari qulunligidan belgili,
Er boโ€™lari loโ€™laligidan belgili.

Ota qargโ€™ishi โ€” oโ€™q,
Ona qargโ€™ishi โ€” doโ€™q.

Otang bilan maqtanma,
Oting bilan maqtan.

Otang erdir,
Sen ham erdek qiliq qil.

Otdan otning chopishi ortiq,
Er yigitning topishi ortiq.

Oti yoโ€™q toy qoโ€™shar,
Quroli yoโ€™q asir tushar.

Otning odimi katta,
Tuyaning โ€” tovoni.

Tavsiya etamiz :ย 

Epchillik va noshudlik haqida maqollar
Toโ€™gโ€™ri soโ€™z va yolgโ€™onchilik haqida maqollar
Sabr-qanoat va sabrsizlik haqida maqollar

Oftobni qoโ€™l bilan yashirib boโ€™lmas.

Pul โ€” belga quvvat, boshga โ€” toj.

Pul zamburning nishini qaytarar.

Sichqon nazarida mushukdan zoโ€™r maxluq yoโ€™q.

Sichqonga mushuk arslon boโ€™lib koโ€™rinar.

Sichqonning qargโ€™ishi mushukka oโ€™tmas.

Terak terakni yiqar.

Til bilan tikan tortib boโ€™lmas.

Tirnogโ€™i boโ€™lmasa, yoโ€™lbars ham ojiz.

Tovuqning uchgani tomgacha.

Tomchi tosh teshar.

Tosh tushgan yerida ogโ€™ir.

Togโ€™ni zanjir ocholmas,
Dengizni qayiq buzolmas.

Tuya choโ€™ksa, tuki qolar,
Agar oโ€™lsa, yuki qolar.

Tuyani shamol uchirsa,
Echkini osmonda koโ€™r.

Toโ€™qmoq kuchli boโ€™lsa,
Yung qoziq yerga kirar.

Uyqu arslonni ham yiqitar.

Uyqu oโ€™lim bilan teng.

Uyqu uyquning sherigi.

Uyurni shamol uchirsa,
Doโ€™ppingni osmonda koโ€™r.

Chayon choโ€™qqa tushsa,
Oโ€™z nishini oโ€™ziga sanchar.

Chimxoโ€™r hoโ€™kiz ochdan oโ€™lar.

Elning kuchi โ€” ellik botmon.

Er bor yerda zoโ€™r bor.

Er yigitning quvvati โ€” el quvvati.

Echkiga jon qaygโ€™usi,
Qassobga โ€” moy.

Eshakning yugurigi โ€” otning oqsogโ€™i.

Yuk ogโ€™irini nor koโ€™tarar.

Oโ€™z joyida laycha ham sher.

Oโ€™lar toโ€™ngโ€™iz qaynoq suvdan tap tortmas.

Oโ€™lar hoโ€™kiz boltadan qaytmas.

Qaynab turgan buloqni
Kuch bilan toโ€™sib boโ€™lmas.

Qalam kuchi farmon bilan,
Qilich kuchi darmon bilan.

Qalam qihchdan oโ€™tkir.

Qalamning ishini qilich qilolmas.

Qalamning uchi โ€” qihchning kuchi.

Qirq igna bir juvoldiz boโ€™lmas.

Qurolda qirq kishining kuchi bor.

Qurol-yarogโ€™siz sarboz โ€”
Dumsiz, oyoqsiz gโ€™oz.

Qoโ€™y qargโ€™ishi boโ€™riga oโ€™tmas.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar toโ€™plamiย 

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x