Foyda va zarar haqida maqollar
Araq ichgan,
Oโziga kafan bichgan.
Aroqxoโr,
Oโziga qonxoโr.
Achchiq โ dushman, aql โ doโst.
Baliq chuqur soyni,
Odam yaxshi joyni istar.
Barimtadan qoโrqqan mol yigโmas,
Chigirtkadan qoโrqqan ekin ekmas.
Bekorga mushuk oftobga chiqmas.
Befoyda soโzni aytma,
Foydali soโzdan qaytma.
Befoyda oโgโirdan boโsh kunda yaxshi.
Bir anor ming bemorga davo.
Bir balosi boโlmasa,
Shudgorda quyruq na qilur.
Bir miri โ hayon,
Uch miri โ ziyon.
Bir qoโyning boshi ketguncha,
Necha qoโchqorning boshi ketar.
Biya oโlsa, qulun โ bosh,
Qulun oโlsa, koโzing โ yosh.
Bozorga kech bor, erta qayt.
Boylik oโzingga dushman.
Bordan yuqar, boldan tomar.
Borib olsang โ foyda,
Keltirib berish qayda.
Buromad boโlmasa, daromad boโlmas.
Boโyoqning yaxshisi โ boโzchining boyligi.
Gapirib pushaymon yegandan,
Gapirmay dogโda qol.
Giyranda kulib yigโlar,
Toy bersang, erib yigโlar.
Tavsiya etamiz :
Yaxshi soโz va yomon soโz haqida maqollar |
Adolat, insof va insofsizlik haqida maqollar |
Doโstlik va dushmanlik haqida maqollar |
Goโsht shirinligini tashlasa,
Oโgโri oโgโriligini tashlar.
Daryo toshsa, quduqqa zarar.
Daryodan โ bir tomchi,
Toโngโizdan โ bir tuk.
Daromadga qarab buromad.
Dorining achchigโi yaxshi.
Yegan bilmas, yedirgan bilar.
Yeganning yarasi tez bitar.
Yedirganga yem berar,
Yedirmaganga ne berar.
Yedirsang, yeyarsan,
Kiydirsang, kiyarsan.
Yomonga el boโlguncha,
Yaxshiga bel boโl.
Yomonga el boโlguncha,
Yagโir otga bel boโl.
Yomondan naf kelsa,
Keyinidan zarb kelar.
Yomonning oshiga borguncha,
Yaxshining ishiga bor.
Yomonning oshnasi koโp,
Joniga foydasi yoโq.
Yomonning toโrida boโlguncha,
Yaxshining goโrida boโl.
Yomonning toโrida yotguncha,
Yaxshining boโsagโasida yot.
Yomonning oโyini yomon,
Buqaning โ boโyni.
Yomonning oโgโli boโlguncha,
Yaxshining quli boโl.
Yomonning xizmatini qilguncha,
Yaxshining qurboni boโl.
Yomonning qoโliga berguncha,
Yaxshining yoโliga ber.
Yoshligingda eksang terak,
Ulgโayganda oโzingga kerak.
Jagโlikka jagโ boโlguncha,
Aqllikka qui boโl.
Jinchiroq ostiga yogโdu bermas.
Irimchi irim etar,
Irimi qirin ketar.
Itni oโldirganning oโzi koโmar.
Ishlaganing โ menga,
Oโrganganing โ oโzingga.
Yoโqolib topilgan mol โ oโlja,
Ogโrib sogโaygan jon โ oโlja.
Kabob seli bilan.
Karvon oโtar, izi qolar.
Kasalni mayiz emas,
Achchiq dori tuzatar.
Katta-katta gapiiguncha,
Katta burda non tishla.
Keksa qassob tushiga
Tunda mingta qoโy kirar.
Kengashda kenglik koโp.
Kengashli el kamimas.
Ketar kishiga yoโl yaxshi.
Kirimiga qarab chiqimi.
Kishini ish ovutar,
Kasalni โ dori.
Kulchali bola suyumh kelar.
Koโz koโradi-yu, qosh sezmas.
Koโlning otini baligโi chiqarar.
Koโngil uchun koโz ber,
Yaxshilarga soโz ber.
Koโp gap eshakka yuk.
Koโp gapirgan bozor,
Koโp yugurgan ozar.
Koโp koโrganning kuni ortiq.
Koโp soโzlagan oz oโrganar.
Koโrga kecha-kunduz barobar.
Koโrganning koโzidan ketmas.
Koโrpa toโn boโlmas,
Oโynash er boโlmas.
Tavsiya etamiz :
Botirlik va qoโrqoqlik haqida maqollar |
Mardlik va nomardlik haqida maqollar |
Tenglik va tengsizlik haqida maqollar |
Foyda va zarar haqida maqollar
Koโchada koโp kishi,
Kim bilan kimning ishi.
Loโlining eshagini sugโor, puhni ol.
Maraz boโlsang yongโoq ye,
Qusungโa boโlsang โ qalampir.
Maโarakada teng boโlmasa, tarakada teng boโlar.
Mol achchigโi โ jon achchigโi.
Mol semirsa โ foyda,
Odam semirsa โ ziyon.
Moli yoโq deb erdan kechma,
Choโpi yoโq deb โ yerdan.
Molni choโpon tashlasa ham, egasi tashlamas.
Nari borsam, hoโkiz oโlar,
Beri kelsam, arava sinar.
Nortuya โ tuyalarning nori,
Vaqti kelsa, garmdori ham dori.
Obroโni izlashdan ish koโrsatgan afzal.
Oz boโlsin, soz boโlsin,
Bedana boโlsin, yogโ boโlsin.
Oz yeganga bor davo,
Koโp yeganga ne davo.
Oz-oz yegan mazadur,
Koโp-koโp yegan ozadur.
Oy yorugโi oโgโriga yoqmas.
Olam olma, odam ol.
Olagโon qoโlim โ beragโon.
Olgan bir yozugโlik,
Oldirgan ming yozugโlik.
Ortiqcha davlat bosh yormas.
Ortiqcha maqtov โ ishlashga gโov.
Ota moli โ bolaga uyutqi.
Ota-ona duosi,
Oโtga, suvga botirmas.
Ota rozi โ xudo rozi.
Otadan oltov boโlguncha,
Onadan ikkov boโl.
Otang qarisa, qui olma,
Onang qarisa โ choโri.
Otaning duosidan ustozning faxri yaxshi.
Otaning ochgan yoโli bor,
Onaning bichgan toโni bor.
Otasini ogโritgan
El ichida xor boโlar,
Onasini ogโritgan
Parcha nonga zor boโlar.
Tavsiya etamiz :
Donolik va nodonlik haqida maqollar |
Ilm, kasb-hunar va ilmsizlik haqida maqollar |
Tarbiya va odat haqida maqollar |
Oti chiqmagan yigitdan teva yaxshi.
Oxirini otangga berma.
Och tovuq omborga yugurar.
Oqsoqdan โ hazar, koโrdan โ ofat.
Ogโiz ogโizdan yel olar.
Ogโiz qoโlni tanir.
Pul pulni topar,
Yoโl yoโlni topar.
Pul โ qoโlning kiri.
Puling boโlsa, yer ol.
Pulni bersang pulliga ber, puling kuymas.
Savdo koโp yerda gโavgโo koโp.
Savdo โ soqol siypaguncha.
Savdo gโavgโosiz boโlmas.
Salomda boโshlik yoโq,
Savdoda โ doโstlik.
Sovrilgan sayohatdan
Tuhmatli jarohat yaxshi.
Suyuq osh ichdim, qornim toโq,
Oโrnimdan tursam, hech narsa yoโq.
Soโz bergan bilan boโlma,
Boโz bergan bilan boโl.
Taka boโlsin, suti boโlsin,
Quyon boโlsin, eti boโlsin.
Tiyin,
Tiyinning ishi qiyin.
Tozining oshnasi koโp,
Boshiga foydasi yoโq.
Tuya ham sovgโa,
Tugma ham sovgโa.
Tuyada yukim yoโq,
Yiqilsa, gโamim yoโq.
Toโngโizdan bir tuk uzgan naf.
Uyquning ozi ham chaksa,
Koโpi ham chaksa.
Foyda bilan zarar bir xurjinning koโzida.
Foydadan foyda chiqmasa,
Qora sigir qayda.
Foydang qursin zarariga yetmagan,
Tuyang qursin piyodadan oโtmagan.
Foydasi yoโq boydan qoch,
Panasi yoโq soydan qoch.
Foydasi yoโq farishtadan
Oshno dev yaxshi.
Foydasiz odamdan
Xizmatkor eshak afzal.
Foydasiz tulpordan toy yaxshi,
Foydasiz shunqordan โ turumtoy.
Xoโroz hamma yerda bir xil qichqirar.
Chamanda โ gul, otasi โ pul.
Chiqadigan chiqmasdan,
Kiradigan kirmaydi.
Oโlik arslondan tirik sichqon afzal.
Oโrik yeb ogโrigandan, olma yeb oโlgan yaxshi.
Oโtniki โ oโtga, suvniki โ suvga,
Qoldi qatiqning puli.
Oโgโriga otashkurak ham mol.
Qamishdan choโgโ tushmas.
Qarz ol-da, xotin ol,
Qarzdor qarzin olar,
Xotin yoningga qolar.
Qassobga oq qoโy ham bir,
Qora qoโy ham bir.
Qiz boqquncha, qisir sigir boq.
Qiz ortib ketar,
Oโgโil โ tortib.
Qimordan kelgan qimorga ketar.
Qoโy egasi bilan choโponning sanogโi toโgโri kelmas.
Qoโlga olganning ogโiri yoโq.
Qoโling bilan berasan,
Oyogโing bilan yurasan.
Har ziyon โ bir pand.
Har kallada ming xayol.
Har kim oโz uyiga qarab tortar.
Har chinordan bir yaproq.
Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar
Tavsiya etamiz : Topishmoqlar toโplamiย