Hayvonlar haqida.
Uy hayvonlari bizning hayotimizning ajralmas qismi bo’lib qolganiga juda ko’p vaqt bo’lgan. Ular bizlarni tabiatga yaqinroq qiladilar va yolg’izlikdan himoyalaydilar. Bunga qaramay uy hayvonlari aqida juda ko’p tarqalgan afsonalar mavjud bo’lib, undan tashqari hamma uy hayvonlarining egalari ham bilavermaydigan faktlar mavjud.
Olimlar hayvonot dunyosi, tabiatni o‘rganish bilan muttasil shug‘ullanishlari natijasida yangiliklar tobora ko‘payib bormoqda. Eng qizig‘i, ular haqidagi yangiliklarni hali ko‘pchilik bilmaydi, bexabar. Ushbu maqolada tabiatning ajralmas qismi, hayvonot olami haqida qiziqarli ma’lumotlarni berib o‘tamiz. Ular bilan tanishib chiqsangiz, o‘zingiz bilmagan ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
1970-yildan 2018-yilgacha bo‘lgan davrda sayyoradagi yovvoyi hayvonlar soni 69 foizga qisqargan. Bu haqda Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF — World Wildlife Fund)ning “Jonli sayyora — 2022” ma’ruzasida aytiladi. O‘rmon daraxtlarining kesib tashlanishi, okeanlarning ifloslanishi va iqlim o‘zgarishi — buning asosiy sabablari. Kelajakda bioxilma-xillikning kamayishi yanada kuchayib boraveradi, degan fikrda ma’ruza mualliflari.
Har xil sutemizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar va baliqlarning 32 mingta turi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi WWF jonli sayyora indeksi ularning soni butun dunyo bo‘ylab pasayishda tezlashayotganini ko‘rsatmoqda. Aniqlik kiritilishicha, ikki yil avval yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlar ulushi 68 foizni, 2018-yilda — 60 foizni tashkil qilgan.
Shu bilan birga, 48 yil mobaynida eng ko‘p Lotin Amerikasi va Karib havzasida yovvoyi hayvonlar soni qisqargan, shu jumladan, Amazonkada kamayish 94 foizni tashkil etgan. WWF’ning Buyuk Britaniya bo‘linmasi ijrochi direktori Tani Stilning fikricha, buning asosiy sababi Amazonkani mashhur qilgan tropik o‘rmonlarning kesilishidir.
Tadqiqotchilar hayvonlar yer usti landshaftlari bo‘ylab harajatlanish chog‘ida duch kelayotgan qiyinchiliklar ko‘payganiga e’tibor qaratdi. Gap jonivorlarning erkin ko‘chib yurishiga to‘sqinlik qilayotgan katta sonli infratuzilma obyektlari haqida bormoqda.
Sayyoraning eng qiziqarli jonivorlari hayotini kuzatish — har doim maroqli. Ayniqsa, hayvonot bog‘idagi qafasda emas, tabiat bag‘ridagi jonli tomoshalarga hech narsa yetmaydi.
Tavsiya etamiz: Hayvonlar haqida topishmoqlar to’plami. Topishmoqlar javobi bilan birga
Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar ro’yxati.
- alqor(tog’ qo’yi)
- baqra baliq
- burgut
- buxoro bug’usi(xongul)
- echkemar
- ilvirs
- itolg’i
- jayron
- kapcha
- ilon
- ko’k sug’ur
- lochin
- mo’ylovdor baliq
- qirg’iy
- qizilqum qo’yi
- qo’ng’ir ayiq
- qoplon
- qora laylak
- qumchumchuq
- shalpanquloq
- shomshapalak
- silovsin
- sirtlon
- soxta kurakburun baliq
- turna
- tuvaloq
- yo’rg’a tuvaloq
- yomg’ir chuvalchangi(11tur)
Yovvoyi hayvonlar rasmlari.
Tavsiya etamiz: Hayvonlar haqida eng sara va yangi she’rlar.