Hayvonlar haqida eng sara va yangi she'rlar.
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Hayvonlar haqida eng sara va yangi she’rlar.

Hayvonlar haqida eng sara va yangi she’rlar.

Hayvonlar haqida eng sara va yangi she’rlar.Maktabgacha tarbiyalanuvchilar va maktab o’quvchilari uchun hayvonlar haqida eng qiziqarli she’rlar jamlangan.

Hayvonlar haqida eng sara va yangi she'rlar.

Hayvonlar haqida.

Hayvonlar xulq-atvori va xatti-harakatlari hayvonlarning boshqa organizmlar va muhit bilan oʻzaro munosabatlarining barcha koʻrinishlarini oʻz ichiga oladi.Hayvonlar haqida she’rlar.

Mening ayyor ko’zli kuchukcham

Mening ayyor ko'zli kuchukcham

Jun panjalari… Bu biz yedik,
Yangi shippakmi?
Ko’zlarimda men javobni ko’raman:
Yo’q, bu men emas, yo’q, yo’q!
Og’zingizga shippak tushdi
Va tasodifan parchalanib ketdi …

Yil fasllar haqida eng yangi she’rlar.Fasllar haqida she’r.

Oq mushukcha.

Biz bilan deyarli beshikdan birga yashaydi.
Ovqatlanish va o’yinni yaxshi ko’radigan
Mo’ynali kiyimlarni yalashni yaxshi ko’radigan.

Echki.

Hammaga ma’lumdir echkining fe’li,
Qozonga tushguncha tinch tura olmas.
Doim egri bo‘lgay tanlagan yo‘li,
Hunar ko‘rsatmasa jim yura olmas.

Goho nihollarni g‘ajiydi obdon,
Cho‘pon tayog‘iga teginar goho.
Suruvni jarlikka boshlar nogahon,
O’zi chetlab o‘tar xatarni ammo.

Bir kuni echkining g‘ayrati qo‘zib,
Baland bir qoyaning uchiga chiqdi.
Boqdi bulutlarga ko‘zini suzib,
Yuksaklik zavqini surdi, miriqdi.

Tog‘larga to‘shaldi qorayib oqshom,
Endi qaytib tushmoq kerak-ku axir.
Izg‘irin boshlandi, yo‘qoldi orom,
Na giyoh, na suv bor, qoya tap-taqir.

Qandoq chiqdi u yon, o‘zi ham bilmas,
Qaytib tushmoqlikka topmadi chora.
Eng yuksak qoyaning ustida xullas,
Mung‘ayib bir o‘zi qoldi bechora.

Endi madad so‘rab ma’ray boshladi,
Osmonu falakni ko‘tarib boshga.
Bizning tilda aytsak, ko‘zin yoshladi,
Omad boshqa dedi, falokat boshqa.

Tongda nazar soldi qoyaga cho‘pon,
Echki haykal yanglig‘ qotgancha turar.
Yurakni ezgudek ma’raydi nolon,
O’ziga beto‘xtov himoya so‘rar.

Cho‘pon ham chiqolmas bundoq qoyaga,
U ham noilojdan boshin qashladi.
Fursatni ketkazmay deya zoega,
Qutqazish yo‘lini izlay boshladi.

Bir bora qaynaydi har holda qozon,
Suruv ro‘yxatidan uni o‘chirdi,
Darhol o‘qladi-yu miltig‘in cho‘pon,
Echkini qoyadan urib tushirdi.

Hosil (Mehrjon) bayrami tadbiri ssenariysi

Hayvonot bog’i.

Hayvonot bog’ida jayronni ko’rdim,
Tutqunlikda dili vayronni ko’rdim.
Ko’rdim, quruq shoxda sayrar to’tilar,
Yig’lamsirab tovush qayrar to’tilar.

Qanotdan ayrilib, qilar pardozlar,
Osmonida endi ucholmas g’ozlar.
Burgutlarning boshi egilgan yerga,
Bulbullarning yoshi to’kilgan yerga.

Kaklikning to’shi qon, tumshuqlari qon,
Qumrilarning ma’yus ko’zlari – doston …
Bu dunyo aslida hayvonot bo’gi,
Mushtoq – zorlikka kon boshdan-oyog’i.

Bir-bir barin sanab netarman, bas-da,
Neki go’zal bo’lsa, bari qafasda!..

Bo’rining degani.

– Yurardim Bo‘riman deb,
O‘rmonning zo‘riman, deb.
Bugun esa ochman, hoy,
Madorim yo‘q butunlay.

Do‘st-u yor boqar zimdan,
Madad so‘rayman kimdan?
Xiralashgan ko‘zlarim,
Og‘riydi oyoqlarim.

Holim yo‘q, rangim – somon,
Shu qishdan chiqsam omon,
Bosh olib ketar edim,
Qishi yo‘q yurtlar tomon.

Ohujon.

Muncha chiroyli o‘zing,
Ohujon.
Qop-qora shahlo ko‘zing,
Ohujon.
Yaqin borsam hurkasan,
Ohujon.
Sen nimadan qo‘rqasan,
Ohujon.
Bu yerlarda ovchi yo‘q,
Yo‘q xatar.
Biz holingdan doimo,
Boxabar.
To‘dang bilan sen yayrab,
O‘tlayver.
Qir-u adrda sakrab,
O‘ynayver.
Muncha chiroyli ko‘zing,
Ohujon.
Sahro suluvi o‘zing,
Ohujon.

Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami

Qora mushukcha.

Oyi, qora mushukchaga
Popuk taqib qo‘yaylik.
Oyi, qora mushukchani
Oppoq rangga bo‘yaylik.
Shunda qora mushukchani
Quvmas daydi bolalar.
“Falokatning belgisi” deb
Atamaydi xolalar.
Hamma uni ko‘rgan oni
Deydi: “Buncha chiroylik!”
Oyi, qora mushukchani
Oppoq rangga bo‘yaylik.

Kichik uyda yashovchilar.

Mushuk bilan kuchuk
Va bir bedana,
Yashardilar kichik
Uyda jamuljam.
Ular bilan birga
Yashardi yana,
Egni-boshi xoll-xol
Bir xonqizi ham.
Bir kuni shu uyda
Yashovchi kishi,
Xuddi qolmaganday
Bironta ishi,
Yuzlanib bedana
Hamda kuchukka,
Yuzlanib mo‘ylovdor,
Baroq mushukka:
– Men aytsam noqulay,
Siz ayting, o‘zi
Kerakmikin, – dedi, –
Bizga xonqizi?
– Bizga kerak emas
Bashang xonqizi, –
Deya miyovladi
G‘iybatchi mushuk, –
Xoll-xol ipak ko‘ylak
Kiyadi o‘zi,
Bizni o‘ylamaydi
Hech vaqt bu shumshuk.
Shunda uy egasi
Oynakni ochib,
Dedi xonqiziga:
– Xayr, mitticham!
Bizga seni asrash
Emas-ku vojib,
Bizga xoll-xol ko‘ylak
Tikmaysan sen ham.
Va-vaqlab bedana
Dedi: – Pitpildiq!
Shuyam ish bo‘ldimi?
Bu qanday qiliq?
Ezilib kuchukning
Kattakon boshi,
Ko‘zlaridan oqdi
Injuday yoshi.
Xonqizi-ku ketdi
Beshovqin, bejang.
Ammo bir yil o‘tgach
Qurib polizi
Uy egasin holi
Yomon bo‘ldi tang:
Kul tushib, em bo‘ldi
Karam va sabzi.
Xonqizini chorlab
Uyning egasi
Har yoqqa yugurdi
Ming holga tushib.
Eshitilmas edi
Xonqizi sasi,
Qaylarga ketdiykin
Bechora uchib.
Shunda uy egasi
Pichirlab sekin,
Hasrat qildi birdan
Sodiq kuchukka:
– Bu uyda hammaga
Ishonish mumkin,
Ishonib bo‘lmaydi
Faqat mushukka.

Opa – singil haqida she’rlar.Onajonlar haqida tabrik she’rlar.

Ayiq.

O‘rmonda bo‘lganmisiz?
Ayiqni ko‘rganmisiz?
Ustida po‘stini bor,
Pisand emas unga qor.
Men uning naslidanman,
Ayiqning aslidanman.
Otamdan qoldi po‘stin,
O‘sha po‘stin menga to‘n.
Farqim shu: men qo‘g‘irchoq,
Bolalarga o‘yinchoq!

O’rmondagi e’lon.

Yovvoyi hayvonlar

“Yaqindan boshlab sport –
Seksiyasi ish boshlar.
Trener – quzg‘un, uni
Taniydi qari-yoshlar.
Xohlagan olib kelsin
Bolasini o‘qishga.
O‘rgatilar raqibni
Bunda qanday cho‘qishga”.
Misi chiqdi
– Bedovni yuvib, o‘g‘lim,
Yag‘rinin qashladingmi?
– Ha, dada!
– Keyin uning oldiga
Barra o‘t tashladingmi?
– Ha, dada!
– Ish chiqdi, tez egar bos
O‘sha qorabayirga.
– Hm… Qiziq… ana xolos,
Otning o‘zi qayerda?
“Usta”
– Qarasangiz-chi, oyi, –
Suyunchi so‘rar Salim, –
Ko‘p urinib, oxiri
Qiziq g‘ijjak yasadim!
– Nimadan qilding uni?
– Har qalay boridan-da.
Nimadan bo‘lar edi,
Dadam dutoridan-da…
Sabab
– Nimaga titrab labi,
Xafa turibdi Nabi?
– “Ye”, – deb akasi G‘ani
Muzqaymoq berib ketdi.
Soyada turmagandi –
Yeguncha erib ketdi.

Bolalar haqida she’rlar to’plami

manba.

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top