Bosh sahifa » Tadbir senariysi » Hosil (Mehrjon) bayrami tadbiri ssenariysi.Kuz fasli haqida she’rlar

Hosil (Mehrjon) bayrami tadbiri ssenariysi.Kuz fasli haqida she’rlar

by nafisa nafisa

Hosil (Mehrjon) bayrami tadbiri ssenariysi

Mehrjon bayrami

Boshlang’ich sinflar uchun “Mehrjon bayrami” tadbiri ssenariysi.“Hosil bayrami”ni xalqimiz qadim zamonlardan beri kuz faslida yig’im-terim ishlari paytida o’tkazib kelganlar. Bu bayramda dehqonlar, bog’bonlar, chorvadorlar, miroblar, cho’ponlar bilan birga usta hunarmandlar, kosiblar, kulollar hattoki savdogarlar, ilmu fan ulamolari ham ishtirok etganlar. Chunki, yillik hosilning mo’l-ko’l bo’lishi barchaning dasturxoni to’kin, ro’zg’ori but, kasbu korida qut-baraka bo’lishining muhim omili sanalgan.

Oradan qancha vaqt o’tishiga qaramay bu bayram tobora sayqallanib, hanuz nishonlanib kelinadi. Barcha davrlarda ham tabiat ne’matlariga shukronalik, xalqimiz dasturxonining to’kin bo’lishini ta’minlaydigan mirishkor bog’bonu zahmatkash bobodehqonlarga hurmat bu bayramda o’z aksini topgan.

Umumta’lim maktablarida biologiya fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda II-chorak boshida bu bayramni barcha sinflar o’rtasida tashkillab o’tkazish o’quvchilarning bu fanga qiziqishlarini orttirish, tabiatni sevish va oqilona munosabatda bo’lishga o’rgatish bilan birga diyorimizda yetishtirilayotgan shirin-shakar meva va sabzavotlarni xususiyatlari, salomatlikka ta’siri, sog’lom turmush tarzini tadbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’lkamizda oltin Kuz mavzusida insho. Kuz fasli haqida.

“Hosil bayrami”ga tayyorgarlik ko’rish uchun barcha sinflarda o’quvchilar ijodiy ishlari- devoriy gazeta, fotorasmlar albomi, referatlar shuningdek,yurtimizda kuz faslida yetishtiriladigan mevalar, sabzavot va poliz ekinlari, donli va dukkakli ekinlardan namunalar aks etgan ko’rgazmalar tashkil etiladi. Bayram tadbirini o’quvchilar tomonidan tashkil etilgan kuy va qo’shiqlar, she’rlar, qiziqarli viktorina savollari asosida tashkil etish mumkin.

1-Boshlovchi:
Assalomu-alaykum, aziz ustozlar, muhtaram o’quvchilar! Har yili an’anaviy o’tkaziladigan “Hosil bayramiga” xush kelibsiz!

2-Boshlovchi:
Jannatmakon yurtimiz, betakror tabiatga ega ona zaminimiz turfa  ne’matlaridan tashkil topgan bugungi  yarmarkani ochiq deb e’lon qilamiz!

1-Boshlovchi:
Zavqi baland azamat paxtakoru dehqonim,
Mo’l hosildan to’kindir dasturxonda but nonim,
Seni jahon tanidi, qadding rostla Turonim,
Kulib boqqin olamga ozod O’zbekistonim!

2-Boshlovchi:
Darhaqiqat, jannatmonand vatanimiz, tuprog’I zar, suvi gavhar ona zaminimiz bag’ridan rango-rang nozu-ne’matlar undirayotgan dasturxonlarimizni rizqu ro’zga to’ldirgan bobodahqonlarga ming tasanno, ming ofarin!

1-Boshlovchi:
Davraga kechamiz qahramoni Dehqonboboni taklif etamiz!
(Davraga qo’lida savat to’la mevalar bilan Dehqonbobo kirib keladi)

Dehqonbobo:
Assalomu alaykum, mening aziz bolajonlarim! Barchangizga “Hosil bayrami” muborak bo’lsin! Bugungi bayram kechangizga taklif qilganingizdan minnatdorman. Aziz nabiralarim, sizlar aqlli dono, zukko bolalarsiz. Yonib turgan ko’zlaringiz, jo’shqin shijoatingiz buni yaqqol aytib turibdi. Qani bugungi bayram tadbiriga qanday tayyorlandingiz, yurtimiz tabiati, shifobaxsh ne’matlari haqida nimalarni bilasiz?

Kuz fasli haqida eng yangi she’rlar. Bolalar uchun she’rlar

 2-Boshlovchi:
Bobojon, bizning bolajonlarimiz bugungi bayram tadbiriga ajoyib sher va qo’shiqlar, raqslar tayyorlaganlar. Marhamat, kechamizning mehmoni bo’lib bunga o’zingiz guvoh bo’ling!

(O’quvchilar tomonidan kuy va qo’shiqlar ijro etiladi)

1-Boshlovchi:
Aziz o’quvchilar,tabiat nematlari haqida nimalarni bilasiz?

2-Boshlovchi:
Hozir sizga mevalar tilga kirib o’z hususiyatlari haqida ma’lumot beradilar. Marhamat, tinglang!

O’RIK:
Meni derlar qand o’rik,
Vitaminga liq to’liq,
Rangim sariq, zarg’aldoq,
Olxo’riga men o’rtoq.
Gullarim  xushbo’y, ko’rkam
Siylagan meni ko’klam,
Pishgach asalga  to’lay,
Yurakka quvvat bo’lay!

 OLMA:
Men sizlarni olmangiz,
Xomligimda olmangiz!
Nortojiga o’xshab so’ng
Voy qornim! deb qolmangiz!
Bog’larga chiroymanda,
Vitaminga boymanda!
Pishganimda emasangiz,
Qolasizda armonda!

GILOS:
Go’zal qizlar labidek
Yal-yal yonar yanog’im
Tabiatga ko’rk bergan
Har bir gulu-yaprog’im.

NOK:
Mevam o’xshar olmaga,
Xa, biroz qarindoshmiz,
Ra’nodoshlar oilasining
Madaniylariga boshmiz
Nihollarim  nozikroq,
Kech kiraman hosilga.
Lekin  parvarish bo’lsa,
Dehqonni ko’ngli to’lsa
Sharbatlarga to’laman,
Rosa quvvat bo’laman!

YONG’OQ:
Yog’och qobiq ichida
Moyga to’lganman juda
Quvvatsizga darmonman
Vitaminlarga konman.
Iltimosim bir faqat
Pishgunimcha qil toqat!
Yetilib pishib olay,
Tanangga quvvat bo’lay!

KO’KSULTON:
Bolajonlar joniman
Ko’k meva sultoniman,
Maza qilib yesangiz
Vatanimning koniman.

tadbir senariylar to’plami

1-Boshlovchi:
Aziz bolajonlar, mana mevalar haqida qancha ma’lumotlarga ega bo’lib oldik. O’ylaymanki, ularning so’zlariga amal qilib, dov-daraxtlarga ozor bermaysiz, mevalarni pishmasdan avval uzmaysiz!

2-Boshlovchi:
Bizning o’quvchilarimiz aqlli, dono, mehnatkash bolalar. Ular bog’va tomorqalarda, maktab yer uchastkasida mehnat qilib hosilning mo’l bo’lishida dehqonlarimizga, bog’bonlarimizga shuningdek, o’z ota-onalariga yordam beradilar. Hozir ular ishtirokida meva, sazavot va poliz ekinlarining hususiyatlari haqida ma’lumotlarni tinglaymiz.

(O’quvchilar ishtirokida meva va sabzavotlar haqida, ularning ahamiyati, o’sish sharoiti, tabiatdagi va insonlar hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar aytiladi)

-Bog’larimizdan keng o’rin olgan shirin shakar mevalar zahmatkash dehqonu mirishkor bog’bonlarimizning mashaqqatli mehnatlari bilan yetishtiriladi. Har bir daraxtning o’ziga xos shoxlanishi tufayli bir-birlariga soya solishi mumkin. Shuning uchun bog’bonlarimiz daraxtlarga muayyan shakl berish orqali shoxlarini qisqartirib, ildizdan kelayotgan suv va oziq moddalarni kerakli yo’nalishga solishadi. Daraxtlarga shakl berish asosan kech kuzda yoki erta bahorda o’simliklarda  shira harakati boshlanmasdan oldin o’tkaziladi.

– Tabiatda keng tarqalgan tabiiy holda o’sadigan yovvoyi olma, olcha, nok,do’lana kabi daraxtlardan, na’matak, malina, qorag’at kabi butalardan payvandlash uchun bog’bonlarimiz foydalanadilar. Chunki, ular issiq-sovuqqa va  kasalliklarga chidamli, serhosil bo’lganlari uchun yangi navlar yaratishda keng  qo’llaniladi.

– Tuproq unumdorligini oshirishda ayniqsa dukkakli o’simliklar, xususan burchoiqdoshlar oilasining vakillarining ahamiyati katta. Chunki ularning ildizida tugunak bakteriyalar yashaydi. Bu bakteriyalar esa havodagi erkin azotni o’zlashtirib, tuproqni azot birikmalariga boyitadi. Burchoqdoshlar oilasiga mansub beda, loviya, mosh kabi o’simliklar ekilgandan so’ng tuproq unumdorligi ortib hosil mo’l bo’ladi. Shuning uchun yerga ishlov berishda, ayniqsa almashlab ekishni joriy qilish zarur, chunki har yili tuproqqa bir xil ekin ekish hosildorlikni va tuproq unumdorligini pasaytiradi.

– O’simliklar gullab changlangandan so’ng ulardan meva hosil bo’ladi. Hamma o’simliklar ham meva tugavermaydi. Faqatgina changlangan gullargina hosil beradi. Gullarning changlanishida hashorotlarning ayniqsa, asalarilarning ahamiyati katta. Bir gramm asal yig’ish uchun asalari yuzlab gulga qo’nadi. Bir guldan ikkinchi gulga qo’nganda gul changini ham olib o’tib gullarni yaxshi changlantiradi. Shuning uchun bog’bonlarimiz o’simliklar gullagan paytda asalari qutilarini bog’larga olib chiqadilar. Bu esa ham mo’l hosil ham sifatli asal olish imkonini beradi.

Dehqonbobo:
Barakalla, bolalarim, siz dov-daraxtlar, meva va urug’lar hattoki gullarning changlanishini ham yaxshi bilar ekansiz. Shuning uchun sizlarga sovg’a tayyorlab kelganman.

1-Boshlovchi:
Rahmat, dehqonbobo,lekin bolajonlarimizdan kimlar bu sovg’alarga munosib ekanligini hozirgi o’tkaziladigan viktorina savollari orqali bilib olamiz.

2-Boshlovchi:
Mevali viktorina savollariga javob bergan o’quvchilar dehqonbobodan bittadan  mevani qo’lga kiritadi. Eng ko’p mevani qo’lga kiritgan sinf g’olib deb topilib dehqonboboning sovg’alarini qo’lga kiritadilar.

Mevali Viktorina
1. Qaysi meva tarkibida odam bosh miya faoliyatini yaxshilovchi darmondorilar ko’p bo’ladi?
2. Qaysi mevalar kasalliklarni davolashda, vitamin yetishmaganda ko’p qo’llaniladi?
3. Yovvoyi olchaga qaysi mevali o’simliklar payvand qilinadi?
4. Qaysi mevalar tarkibida yod mikroelementi ko’p bo’ladi?
5. Bir daraxt bor o’tmishdan, Mevasi oltin kumushdan?
6. Yum-yumaloq, oy emas, Sap-sarig’u-moy emas, Dumi boru, toy emas…
7. O’zi pillaga o’xshar, Ichi tillaga o’xshar.
8. Bir nechtadan ko’zi bor, Olma kabi yuzi bor.
9. Yashab yetmish yetti kun, Kiyar yetmish yetti to’n,
Kuzda uzib olinar, Ovqatlarga solinar.
10. Qizil rang tuguncha, Ichi to’la kulcha.
11. Yotar yumshoq ko’rpada Qator o’sar har safda
Barglari ham yam-yashil, Tusi tillarang asil
12. Shoxlarda qip-qizil mevalar pishdi, Ikkiga ajratsam, munchoqlar tushdi.

(Viktorina savollariga javob bergan o’quvchilar har bir to’g’ri javob uchun bittadan meva bilan taqdirlanib boradi. Viktorina tugaganidan so’ng har bir sinfning to’plagan mevalari savatlarga solib sanaladi va g’oliblar aniqlanadi. Dehqonbobo g’olib sinf o’quvchilarini taqdirlaydi)

Dehqonbobo:
Aziz bolajonlarim, sizlarning bugungi ishtirokingizni ko’rib, juda xursand bo’ldim. Barchamiz shu aziz vatanning, shu ona zaminning farzandlarimiz. Biz qancha uni ardoqlasak, tuprog’ini e’zozlasak, har ungan o’simlik-niholni parvarish qilsak tabiat o’z ne’matlari bilan bizni mukofotlaydi. Shuning uchun biz doim tabiatga oqilona munosabatda bo’lishimiz lozim.

1-Boshlovchi:
Rahmat, dehqonbobo! Hirmoningizga Baraka bersin! Salomat bo’ling!

2-Boshlovchi:
Aziz o’quvchilar, shuning bilan bugungi tadbirimizni yakunlaymiz. O’ylaymizki, bugungi tadbir orqali barchangiz tabiat ne’matlarini asrab-avaylaysiz!

1-Boshlovchi:
Tabiat haqida bilimlaringizni hamisha boyitib boring! Tabiiy fanlarni o’qib o’rganib mamlakatimiz qishloq xo’jaligini rivojlanishiga, bog’bon va dehqonlarimiz mehnatlarini yengillashtirishga hissa qo’shing!Hosil (Mehrjon) bayrami

2-Boshlovchi:
E’tiboringiz uchun rahmat!

 she’rlar to’plami

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
1 Fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
tsdoniyor2009@gmail.com

Not •ultra300k

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
1
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x