Bolalar uchun kuz fasli haqida eng yangi she’rlar to’plami.Bog’cha yoshidagi va maktab o’quvchilari uchun yil fasllari haqida ajoyib she’rlar.
Kuz fasli.
O’lkamizda mana Kuz … Naqadar go’zal va serjilo fasl … Har bir faslning o’z chiroyi bo’lganidek, bu faslning ham o’zgacha, hech qaysi faslnikiga o’xshamagan husn-tarovati bor. Shoir hamda yozuvchilarimiz aytganidek, bu fasl “Hazon” barglari bilan ajralib turadi … Kuz fasli kirib kelganda tabiat manzaralariga e’tibor bersangiz ona tabiatimiz oltin libosga burkanadi.
Oltin kuz.
Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,
O‘lkamizga kuz fasli keldi.
Ona yerning saxovatini
Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.
Kuzning qaynoq nafasi dastlab
Dalalarda, bog‘da sezilar.
Tolning sarg‘ish yaproqchalari
Bandlaridan chirt-chirt uzilar.
Egilibdi anor shoxlari
Ko‘tarolmay o‘z hosilini.
Uchratasiz ko‘rkam bog‘larda
Mevalarning eng asilini.
Paxtazorlar oppoq libosda
Qamashtirar boqsam ko‘zimni.
Qo‘shiq qilib kuylayman bugun
Ona yurtim oltin kuzini.
O’lkamizda oltin Kuz mavzusida insho. Kuz fasli haqida.
Kuz fasli.
Koʼz oʼngimda bepoyon bogʼlar,
Yaproqlarda tilla rang gʼubor.
Yaqinlashib qolgandek togʼlar,
Havo shunday tiniq, begʼubor.
Shitirlagan kechki yomgʼir, ham
Tumanlarni quchoqlagan tong,
Qop-qoraygan dalayu qir ham,
Bari menga tanish, qadrdon.
Daraxtlarda lovillar gulxan,
Yuragimda uning tafti bor.
Bogʼchadagi xazonlar bilan
Uchib yurar kechagi bahor.
Meni tashlab ketmoqchi doʼstni
Toʼxtatmoqchi boʼlganday, shu on
Men jimgina qoʼlim choʼzaman
Yonayotgan gulxanlar tomon.
So’nggi kuz.
Mezon oqshomlari quyilgach tunga,
qayg’ular uyg’onar ko’ksimda nogoh.
Boqaman, daraxtlar singar osmonga,
anglayman: yashamoq oniy bir nigoh.
Kun kelar, qushlarning to’dasi uzoq
aylanar osmonda va o’char sasi –
bahor – tashna qushlar intilgan tuzoq,
kuzak – sindirilgan qushlar qafasi.
Ketarlar qushchalar parvoz bilan mast,
qaytarlar uvillab qora shamollar.
…Erkaklar qonida yig’lar musallas,
yig’lab kuzatadi qushlarni chollar.
Hosil (Mehrjon) bayrami tadbiri ssenariysi
Kuz
derazadan boqqanda – faqat
bo’zrang tuman aralash yuksak
tog’ cho’qqisi ko’zga tashlanar.Sen o’zingni qo’yarga ham joy
topolmaysan… Beshafqatdir kuz!
Ko’kka boqsang… Ko’rinmaydi oy,
Seni yodga soladi yulduz.Uyqusiz tun – qorong’i xatar
aro ko’kka boqasan… Tongda
sen g’ijimlab tashlagan xatlar –
oq bulutlar suzar osmonda.
Yo’qotish.
Daraxtlar barglari sargʼayar birdan.
Ularga bahona kuzning quyoshi,
Unib chiqsa hamki ildizi yerdan,
Kuz kelib yoʼqoldi uning sirdoshi.
Sirdoshdan ayrilsa koʼpayadi gʼam,
Shodlikni oʼrnini bosar mahzunlik,
Har qanday janzotni yengarkan alam.
Sodiq oshnasidan boʼlsa mahrumlik…
21-oktabr til bayramiga bolalar uchun she’rlar va qo’shiqlar
Kuz manzaralari.
Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bogʼlarda hazonlar yonadi lov-lov.
Doʼstlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan toʼkilgan olov.
Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim.
Doʼstlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan, soʼngsiz oʼylarim.
Quyosh ham falakda bamisli roʼyo,
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Doʼstlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.
Kech kuz.
Tilla bandli yaproqlar
Dov-daraxt-la xushlashar.
Bargixazon fasl bu-
Kuz qish bilan duchlashar.
Yuklaridan bo’shanib,
Yastangandir dalalar.
Quchog’ida yayraydi
Qirmiz yuzli bolalar.
Oltin fasl kuz fasli.
Davra qurib turnalar,
Boshimizda aylanar.
Budir kuz fasli bazmi,
Ona yerga ta’zimi.
Oltin fasl – kuz fasli,
Zarshunoslikdir asli.
Undan qirlar, tog‘ – oltin,
Undan yerlar, bog‘ – oltin.
Mevalar ham mo‘l-u ko‘l,
Ne yesang ham bol yeysan,
Kuzga: «Ofarin», – deysan.
Bunday oltinligin ham,
Tengsiz totliligin ham,
Aytsam bitmas siri bor:
Unda mehnat teri bor.
Hosil (Mehrjon) bayrami tadbiri ssenariysi
Yana xazonrezgilik.
Yana xazonrezgilik,
Bog’lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.
Oq yaktakli qayinlar,
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.
Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tanghalar.