Mundarija
Sahifamizdan 21-oktabr til bayramiga atalgan MMT tarbiyalanuvchilari va maktab o’quvchilari uchun mo’ljalangan ona tilim, ona tili haqida she’rlar to’plami.Qo’shiqlar, audio she’rlar va bolajonlar tomonidan kuylangan qo’shiqlarni ham topishingiz mumkin.Til bayrami uchun she’rlar to’plami.
Til bayrami.
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi.ona tili haqida.
Ona tili haqida.
Alla bo’lib jaranglagan,
Ona-tilim – jon-u dilim.
Unga, axir, payvastadir
Qadr-u qimmat, mehr, bilim
Buyuk Temur jahon bo’ylab
Dovrug’ini solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo’lib qolgan tilim.
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va ohang olgan tilim.
Ona-tilim – jon-u dilim.
Ona tilim. (Qo’shiq matni )
Tilim chiqqa so’zing bilan
Dilim ravshan o’zing bilan
Faxr etadi xalqim, elim
Ona tilim, ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
Onam aytgan allalaring
To’y bayramda yallalaring
Eshitganim ertak naql
Ona tilim ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
Mexring to’la quchog’imda
Jaranglaysan qulog’imda
Sen tufayli to’ldi aqlim
Ona tilim ona tilim
Juda qadim sharqonasan
Asl zoting turkonasan
Hikmatlaring yodlar ahling
Ona tilim ona tilim
Naqorat
Yagonasan Vatan misol
Sendan topdim baxt iqbol
Xazinangdir qalbim dilim
Ona tilim ona tilim
o’zbek tili bayrami uchun ssenariylar
O’zbek tilim.
Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan.
Navoiy tuzgan navo,
Bobur gavharlar tergan.
“Til – xalqning shavkat-shoni”,
-Bu bobolar kalomi.
Ona tilim unvoni
-Davlat tili maqomi!
Ona tilimga
Ona tilim – jon-u dilimsan,
Menga buyuk, suyuk ilmsan
Navoiyning yangragan so’zi
Sen nurafshon, nurli yo’limsan
Yaxshilikni yaratgan so’zing,
Yomonlikdan yiroqda o’zing
Ezgulikka hamisha yorsan,
Ming bor shukur, dunyoda borsan!
Ona tili.
O‘rgilayin,
Ona tilim,
O‘zginangdan.
Tillarimga
Bol keladir
So‘zginangdan.
Tilim, yana
Bo‘lavergin
Burro-burro.
Oh, naqadar
Ohangdorsan,
Yana a’lo.
Ona tilim,
Mening uchun
Yagonasan.
Aslida sen
Sharqonasan,
Turkonasan.
So‘zlaganda
Namoyondir
O‘zbekligim.
Namoyondir
Yaxshilarga
Ko‘zdekligim.
Uzoq-uzoq
Tarixlarga
Asosimsan.
Ulug‘-ulug‘
Allomalar
Navoiyimsan.
Me’rosimdan,
Ilm-u fandan
To‘l mazmunga.
Dunyolarga
Tanilaver
Kundan-kunga.
Ona tilim sheri audio– Muhammad Yusuf
Aziz ona tilimsan!(Qasida)
O, sen qadim oʼzbegimning goʼzallikka boy tili,
Qarluq, qipchoq, oʼgʼizimning serzavq, serchiroy tili,
Goh “turkiy til” atalganim, goho “chigʼatoy tili”,
Ming asrlar osha kelgan qadim ona tilimsan,
Mehri dilga jondek ingan aziz ona tilimsan!
Togʼu toshlar bagʼriga ilk bitig boʼlib tushding sen,
Soʼng sopolu yogʼochlarni misli guldek quchding sen,
“Аvesto”dek soʼng teri-yu, qogʼozlarga koʼchding sen,
Massagetu saklar suygan sugʼdiyona tilimsan,
Qoshgʼariylar mehr qoʼygan aziz ona tilimsan!
Saodatga yoʼllagaydir ul “Qudatgʼu bilig”ing,
Ul “Devonu lugʼatit turk” birla toʼqdir iliging,
Ham “Hibatul haqoyiq”dir – Haq yoʼlida suluging,
Rabgʼuziylar qissa bitgan sof, xalqona tilimsan,
Haqiqat deb Haqqa yetgan, aziz ona tilimsan!
Donging ketmish Bosfordan to Oltoy, Hindistongacha,
Аhli Kushon, Eftalitu to Turki Hoqongacha,
Kezib Oʼrxun-Enasoydan mulki Xurosongacha –
Toʼmarisdek koʼksin kergan chin mardona tilimsan,
Shiroqlarga shuur bergan aziz ona tilimsan!
Oromiyu soʼgʼd, pahlaviy, runiy, uygʼur xatingda,
Goh arabcha, goh krillcha, goh yozilding lotinda,
Bir kun sirtga chiqmay qolmas ne dard boʼlsa botinda,
Goh yombidek pinhon yotgan bir durdona tilimsan,
Goh bulbuldek xandon otgan aziz ona tilimsan.
Sen – Lutfiy va Аtoiylar lutfida koʼz ochgan nur,
Mir Аlisher qalamida qayta sayqal topgan dur,
Mirzo Bobur bobom senga shohona toʼn yopgandur,
Shohlari ham shohbayt bitgan chin shohona tilimsan,
Peshonamga Olloh bitgan aziz ona tilimsan.
Ogahiydek ogoh etding elni yovning qahridan,
Otash boʼlib otilding sen shoh Mashrabning qalbidan,
Muqimiyu Furqat boʼlib soʼz ochding el dardidan,
Gulxaniydan nur taralgan baxshiyona tilimsan,
“Zarbulmasal”lar yaralgan aziz ona tilimsan!
Til haqida eng chiroyli she’rlar 2
Behbudi-yu Аvloniylar kechdi sen deb jonidan,
Choʼlponlaring tushdi sen deb hatto oʼz osmonidan,
Sening-da boʼldi bagʼring qon Qodiriyning qonidan,
“Vo bolam!” deb faryod chekkan, bagʼri tilim-tilimsan,
Tilkalanib koʼz yosh toʼkkan, aziz ona tilimsan!
Baʼzan sendan ayirmoqchi boʼldi bizni nokaslar,
Oʼz onasin ham unutgan manqurt, benavo kaslar,
Lek oʼzlari yoʼqlik sari uchdi oʼshal xor-xaslar,
Zafar quchib kulib turgan, gʼolibona tilimsan,
Boshiga baxt qushi qoʼngan aziz ona tilimsan!
Endi davlat tilidirsan, duru hikmat tilisan,
Istiqloldan baxti kulgan, buyuk millat tilisan,
Bosh Qomusda qadr topgan, shonu shavkat tilisan,
Elimning jon dilidirsan, mening-da jon dilimsan,
Dilimning jon gulidirsan, aziz ona tilimsan!
Sen shundayin bir bogʼsanki, soʼlmagaysan to abad,
Quyosh kabi porloqdirsan, soʼnmagaysan to abad,
Jonim tilim, oʼlmagaysan, oʼlmagaysan to abad,
Kelajagu ertasi bor, sen yakdona tilimsan,
Manguliklarga daxldor, aziz ona tilimsan.
Аziz Vatan quchogʼida yuksak erur parvozing,
Jahon ayvonlari uzra yangragay hur ovozing,
Zikrillongga ham neʼmatdir bergan yangroq bu sozing,
Qaddi baland, qadri baland, chin sharqona tilimsan,
Baxti quyoshdek sarbaland, aziz ona tilimsan!
Jonu dilim- ona tili haqida
Ona tilim,
Jonu dilim,
Sening bilan
Biyron tilim.
Ona tilim,
Bobo tilim,
Seni sevar
Yurti elim.
Ona tilim,
Koni ilm,
Sen-la olay
Chuqur bilim.
Ona tilim,
Momo tilim,
Sen borsan-ki,
Yorug’ yo’lim!
Mustaqillik va O’zbekiston,Vatan haqida saralangan she’rlar
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Muhammad Yusuf she’ri.
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni Oʼzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’qdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’qda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar to’plami
Ona tilim, ona xalqim she’ri
Ulug‘ Turkistonim, oltin dalalar,
Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib,
U sening tilingda aytar allalar,
Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim.
Navoiy baytiga o‘xshaydi yo‘llar,
Bu toshlar Hamzaning qotili, hayhot!
Nahotki umrbod o‘rtasa o‘ylar,
Umrbod zanjirband etsa xotirot?
Zanjirbandman, ona tilim Ona so‘zingga,
Kundayin so‘larman, oydek to‘larman,
Mil kabi tortarman seni ko‘zimga.
Men g‘arib bandangman. Bir so‘z tilarman,
Boshimni qo‘yarman sening izingga,
Qudsiya anfosin aytib o‘larman.
Ona tilim.
Mirtemir she’ri
Ona tilim -onajonim tili bu,
Beshikdanoq singan jonu quloqqa.
El-yurtim, qonimonim tili bu,
Qadimlikdan oxshar ona tuproqqa
Bobolardan bizga me’ros ezgu til,
Avlodlarga xazinayu bebaxo.
Qalbimizga, ruhimizga kozgu til,
Bu dunyoga bagishlaymiz ne daho.
Yovonlarning cheksizligi,
Ham samimiy ham hovuri,
Onjonlar allasidan,
Koz yoshidan, oq sutdan,
Togaylarning tengsizligi,
Jilgalarning shox hovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yogrilgan til-ona tilim.
Cholponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Goroglining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan,
Tugilgan til-ona tilim.
So‘ylasin tilim – ona tili haqida
Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Armoni yo‘q inson bo‘lay dunyoda,
Dilim quvonchini so‘ylasin tilim.
Ona tilim obro‘sin ko‘taray ko‘kka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.
O‘zbek tili – mening ona tilimdir,
Har bir kuy-g‘azali g‘uncha – gulimdir,
O‘z ona tilimni chin dildan sevmoq,
Bilaman, men tutgan to‘g‘ri yo‘limdir.
Ona tili haqida qo’shiqlar va audio she’rlar.
Ona tilim tomosha guruhi qo’shiq karaoki