Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Til haqida eng chiroyli she’rlar to’plami

Til haqida eng chiroyli she’rlar to’plami

by nafisa nafisa

Til haqida eng chiroyli she'rlar to'plami

Til haqida she’rlar

 

Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson oʻz onasini koʻrmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.

1989-yil 21-oktyabr… Aynan shu kunda oʻzbek tilining haqiqiy jozibasini anglashni boshlashga imkoniyat berildi. Oʻzbek millati uchun dunyoga tuynuk ochildi. 

Bu qiziq…O’zbek tili bayrami uchun ssenariylar

Til haqida eng chiroyli she’rlar to’plami:

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Muhammad Yusuf she’ri

ONA TILIM / Muhammad Yusuf Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim, She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim. Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim, Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim, Parovozni hansiratgan bug‘doylarim, Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Kimlar uchun biz edik bir badaviylar, O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar, Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar, Topganimiz handalakdek tilim-tilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta, Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto, Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda, Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar, Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar, Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar, Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Bir qarasam har shevangda ming jilolar Har novdangda, har mevangda ming jilolar. Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar, Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim, Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim. ONA TILIM / Xurshid Davron Kelib ketdi necha dunyolar, Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim. Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar, Ular ketdi, sen qolding, tilim. Belanchaging uzra Koshg‘ariy Kuylab o‘tdi qadim navoni Va navqiron yaproqlaringga Dil qonini berdi Navoiy. Samarqanddan Bobur ketarkan Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini, Olib ketdi ona yurtidan, Turkiy tilim, birgina seni. Mashrabmas, sen osilding dorga, Nodiramas, sensan so‘yilgan Hoziqningmas, sening, ey tilim, Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan. Ammo dushman o‘ldirgan botir Tirilgandek yana qasosga, Mangu borsan va mangu qodir To‘ldirmoqqa yerni ovozga. Vatan uchun baxsh etib jonni, Kechib olov, kirib daryoga, Farzandlaring to‘kkan har qonni Shimirding sen o‘xshab giyohga. Ona tilim, omon bo‘l mangu, Sen borsan-ki men ham o‘lmayman, Tildan qolsam, seni Oybekday Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman. ONA TILIM / Abdulla Oripov Ming yillarkim bulbul kalomi O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho‘rlik to‘tining holi O‘zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman! ONA TILIM O‘LMAYDI / Erkin Vohidov Notiq dedi: «Taqdir shul, Bu jahoniy iroda. Tillar yo‘qolur butkul, Bir til qolur dunyoda». «Ey voiz, pastga tushgin, Bu gap chiqdi qayerdan!» Navoiy bilan Pushkin Turib keldi qabrdan. Kim darg‘azab, Kim hayron, Chiqib keldilar qator: Dante, Shiller va Bayron, Firdavsiy, Balzak, Tagor. «Va’zingni qo‘y, birodar, Sen aytganing bo‘lmaydi». Barcha dedi barobar: «Ona tilim o‘lmaydi». — Hey, bu qanday aqida! — Qo‘lida tabarruk jom, Go‘zal forsiy haqida Ruboiy aytdi Xayyom. Ehtirosli, otashdil Beranje so‘rdi nolon: — Nahotki, farangi til Yo‘qolgusi bir zamon! Neruda, Lorka turdi Servantesning yoniga: — Kim qasd etib tig‘ urdi Ona tilim joniga! Fuzuliy yondi: — Ozar Tili guldek so‘lmaydi. Barcha dedi barobar: «Ona tilimo‘lmaydi». Kamalakdek rango-rang Bo‘lsin deb san’at, tillar, Asrlarcha qildik jang, Armon qildik ming yillar. Beqadr bo‘lsa, nahot, Tillardagi tarovat! Yo‘qoldi bu kun, hayhot, Qabrlarda halovat! «Faust» yondi gurillab, «Xamsa» o‘tga tutashdi. Bir sado jahon bo‘ylab Taraldi, tog‘lar oshdi. Bu sado yangrar hamon, Sira ado bo‘lmaydi. Olam aytar: Hech qachon Ona tilim o‘lmaydi!

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

Ona tili – milat ruhi mavzusidagi rejali insho

ONA TILIM haqida

Iroda Umarova she’ri
Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang.

Ona tilim – necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar
Suyib o‘tgan turkiy zabonim.

Ona tilim – do‘ppi kiygan So‘z,
Doim yangi yo‘lcha-atlasi.
Bir satriga tashlasangiz ko‘z,
Tovlanadi ming-ming qirrasi.

Ona tilim – asalchoy ta’mli,
Bulbultalqin, muhabbatsheva.
Lablarimga ko‘chirgum doim
Talaffuzin men seva-seva.

Ona tilim – yurak qatimdan
Mehr bo‘lib sochilgan jarang.
Qulog‘imga go‘dak paytimdan
Alla bo‘lib singigan ohang…

Boshqalar o’qimoqda>>Vatan haqida chiroyli she’rlar

ONA TILIM jonu dilim

Xurshid Davron she’ri

Xurshid Davron til
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy
Kuylab o‘tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

 

ONA TILIM   

Abdulla Oripov she’ri

ONA TILIM / Muhammad Yusuf Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim, She’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim. Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim, Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim, Parovozni hansiratgan bug‘doylarim, Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Kimlar uchun biz edik bir badaviylar, O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar, Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar, Topganimiz handalakdek tilim-tilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta, Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto, Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda, Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she’rlar, Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar, Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar, Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Bir qarasam har shevangda ming jilolar Har novdangda, har mevangda ming jilolar. Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar, Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim, Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim. ONA TILIM / Xurshid Davron Kelib ketdi necha dunyolar, Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim. Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar, Ular ketdi, sen qolding, tilim. Belanchaging uzra Koshg‘ariy Kuylab o‘tdi qadim navoni Va navqiron yaproqlaringga Dil qonini berdi Navoiy. Samarqanddan Bobur ketarkan Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini, Olib ketdi ona yurtidan, Turkiy tilim, birgina seni. Mashrabmas, sen osilding dorga, Nodiramas, sensan so‘yilgan Hoziqningmas, sening, ey tilim, Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan. Ammo dushman o‘ldirgan botir Tirilgandek yana qasosga, Mangu borsan va mangu qodir To‘ldirmoqqa yerni ovozga. Vatan uchun baxsh etib jonni, Kechib olov, kirib daryoga, Farzandlaring to‘kkan har qonni Shimirding sen o‘xshab giyohga. Ona tilim, omon bo‘l mangu, Sen borsan-ki men ham o‘lmayman, Tildan qolsam, seni Oybekday Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman. ONA TILIM / Abdulla Oripov Ming yillarkim bulbul kalomi O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho‘rlik to‘tining holi O‘zgalarga taqlid hamisha. Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman! ONA TILIM O‘LMAYDI / Erkin Vohidov Notiq dedi: «Taqdir shul, Bu jahoniy iroda. Tillar yo‘qolur butkul, Bir til qolur dunyoda». «Ey voiz, pastga tushgin, Bu gap chiqdi qayerdan!» Navoiy bilan Pushkin Turib keldi qabrdan. Kim darg‘azab, Kim hayron, Chiqib keldilar qator: Dante, Shiller va Bayron, Firdavsiy, Balzak, Tagor. «Va’zingni qo‘y, birodar, Sen aytganing bo‘lmaydi». Barcha dedi barobar: «Ona tilim o‘lmaydi». — Hey, bu qanday aqida! — Qo‘lida tabarruk jom, Go‘zal forsiy haqida Ruboiy aytdi Xayyom. Ehtirosli, otashdil Beranje so‘rdi nolon: — Nahotki, farangi til Yo‘qolgusi bir zamon! Neruda, Lorka turdi Servantesning yoniga: — Kim qasd etib tig‘ urdi Ona tilim joniga! Fuzuliy yondi: — Ozar Tili guldek so‘lmaydi. Barcha dedi barobar: «Ona tilimo‘lmaydi». Kamalakdek rango-rang Bo‘lsin deb san’at, tillar, Asrlarcha qildik jang, Armon qildik ming yillar. Beqadr bo‘lsa, nahot, Tillardagi tarovat! Yo‘qoldi bu kun, hayhot, Qabrlarda halovat! «Faust» yondi gurillab, «Xamsa» o‘tga tutashdi. Bir sado jahon bo‘ylab Taraldi, tog‘lar oshdi. Bu sado yangrar hamon, Sira ado bo‘lmaydi. Olam aytar: Hech qachon Ona tilim o‘lmaydi!
Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

Bu qiziq…Oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi

ONA TILIM O‘LMAYDI   

Erkin Vohidov she’ri

Notiq dedi:
«Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda».

«Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!»
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.

Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.

«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

— Hey, bu qanday aqida! —
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
— Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
— Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga!

Fuzuliy yondi:
— Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
«Ona tilimo‘lmaydi».

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb san’at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

«Faust» yondi gurillab,
«Xamsa» o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Ona tilim 

Rauf Parfi she’ri

Abut-Turk tarixdan balki bir hikmat,
Biroq sen borsan-ku Turon elinda.
Shoir, so‘z aytmakka sen shoshma faqat,
Ulug‘ Alisherning qutlug‘ tilinda.

Ul olis quyoshdir kuyinib yonar,
Olis xotirotlar o‘chmas falakda.
Haqdan, Haqiqatdan ko‘ring, kim tonar?
Dunyoviy alamning tiyg‘i yurakda.

Vatan deb atalgan beshik, onajon,
Men uchun yopilgan eshik, onajon,
Men sokin sollanib ilg‘ab borarman.
Vatan deb atalgan tobut qo‘ynida.

Chuvalgan bulutni qordek qorarman,
Ruhimning panjasi chaqmoq bo‘ynida.

Ona tilim, ruhimning qoni she’ri

Hech zot uza bilmas uzilgan jonni,
Haqiqatni uza bilmas hech qachon.
Elim, ona tilim, ruhimning qoni,
Bir imdod so‘rayman sendan, onajon.

Chayonzor yo‘lidir borar yo‘llarim,
Tanim yonmaktadir ishqsiz ochunda,
Ko‘klarga to‘qinar so‘ngak qo‘llarim,
Oyoqlarim mening tuproq ichinda.

Barchaning boshida birdek beomon,
Manxus zamonlarning o‘lik shamoli, —
Buzg‘un yigirmanchi asr a’moli…

Mening ona tilim, munis, mehribon,
Sen Turkiy dunyoning g‘olib xayoli —
Seni yozajakman, tirilgan jahon.

Ona tilim – a’lo tilim she’ri

O’tmishi bor tarixga boy,
Navoiydan olgan chiroy.
Orzu havas bunda talay,
Ona tilim – a’lo tilim.

Yana qayta tug’ilgansan,
Baxt – iqbolga yog’rilgansan.
O’lkamizga nur bo’lgansan
Ona tilim — a’lo tilim.

Ona tilim jonu dilim she’ri

Bobolardan me’ros qolgan,
Butun olam e’zoz qilgan.
Bu dunyoda yagonamsan,
Ona tilim-jonu dilim.

Sen ancha vaqt orzu bo’lding,
Rus so’zidan juda to’yding.
Oxir o’zni tiklab olding,
Ona tilim-jonu dilim.

Hozir juda go’zaldirsan,
Hamma tildan o’zing zo’rsan.
Zulmatdagi nurimdirsan,
Ona tilim-jonu dilim.

Men sen ila o’zbekdurman,
Sensiz men ham qul bo’lurman.
Allalar tinglagan tilim,
Ona tilim-jonu dilim.

O‘zbek tili – mening ona tilimdir she’ri

Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Armoni yo‘q inson bo‘lay dunyoda,
Dilim quvonchini so‘ylasin tilim.

Ona tilim obro‘sin ko‘taray ko‘kka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.

O‘zbek tili – mening ona tilimdir,
Har bir kuy-g‘azali g‘uncha – gulimdir,
O‘z ona tilimni chin dildan sevmoq,
Bilaman, men tutgan to‘g‘ri yo‘limdir.

Ona tilim, ona xalqim she’ri

Ulug‘ Turkistonim, oltin dalalar,
Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib,
U sening tilingda aytar allalar,
Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim.

Navoiy baytiga o‘xshaydi yo‘llar,
Bu toshlar Hamzaning qotili, hayhot!
Nahotki umrbod o‘rtasa o‘ylar,
Umrbod zanjirband etsa xotirot?

Zanjirbandman, ona tilim Ona so‘zingga,
Kundayin so‘larman, oydek to‘larman,
Mil kabi tortarman seni ko‘zimga.

Men g‘arib bandangman. Bir so‘z tilarman,
Boshimni qo‘yarman sening izingga,
Qudsiya anfosin aytib o‘larman.

Boshqalar o’qimoqda>> Ona haqida chiroyli she’rlar

Ona tilimsan  H. Nuriy she’ri

Navoiy g’azalin har bir satrida,
Nafosat, go’zallik sharh tilga xosdir.
Shunchalar qudrat bor so’zning atrida,
Har bir durdona yoki olmosdir.

Tongotar fayzini nay navosini,
Dalalar shukuhin ob-havosini.
Visol chog’larini, dil sadosini,
Odamning jamiki muddaosini.

Barini, barini kuylamoq mumkin,
Odamda ni bo’lsa o’ylamoq mumkin.
Shu qadar serma’no ona tilimsan,
Tarjimon, eng dono ona tilimsan.

“Paxta” degan oddiy bitta so’zingda,
Jahonga arzirlik ulug’ ma’no bor.
Nega maqtamayin men ona tilim? –
Dilrabo so’zlari o’ynatsa dilim.

Ona tilim 

Orif To‘xtash she’ri

orif to'xtash

Alla bo’lib qulog’imga kirgan tilim,
G’azal bo’lib sabog’imga inggan tilim.
Gullab-yashnab ko’z-ko’z etding jamolingni,
Dilim yayrar ko’rib yuksak kamolingni.

Bobur mirzo sog’inchida yig’ladingmu,
Amir Temur ag’yorlarin tig’ladingmu?
Ona tilim, boqiy tilim, jon tilim,
Yillar osha yashnab turgan xon tilim.

Seni asrab-ardoqlayin shirin so’zlab,
Xazinangga yo’l axtargum durlar izlab.
Ona tilim, go’zal tilim, jon tilim,
Har lutfida bir siri bor xon tilim.

 Tavsiya etamiz : 21-oktabr o’zbek tili bayrami uchun ssenariylar

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x