Mundarija
Alisher Navoiy tomonidan yozilgan G’azallari va ruboiylar to’plamini sizlarga havola etamiz. Undan tashqari 9-fevral Alisher Navoiy tug’ilgan kuni uchun saralangan ssenariylar to’plami ham mavjud. Alisher Navoiy G’azallari sizlarga manzur bo’ladi degan umidlarimiz bor.
G’azallar.
Gulruxi ra’noqadim
Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib,
Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib.
Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon,
O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.
Sovug‘ ohimdin yorug‘liq oz, vale ko‘p tiyralik,
Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib.
Zaf’ vaqti ko‘yidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen horib.
Tutmadim bo‘g‘zim sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.
Soqiyo, lab tashnamen, andoqki, ko‘k jomi to‘la,
Boda tutsang, sarnigun aylarmen ani sipqorib.
Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini,
Lutf qilding, jonni andan, ani jondin qutqorib.
Ko‘z qonidin dema
Ko‘z qonidin dema, etagim lolavordur,
Kim, ko‘hi darning etagi lolazordir.
Har lola bir axgar erur, lek siynaso‘z,
Qay ko‘hi dard aro bu sifat lola bordur.
Bir gul yuzi firoqida xunobi ashk ila,
Yuz za’faroni ichra ko‘zim lolakordur.
El poymol etarlar uzub dasht-u tog‘ aro,
Baskim, yuzing guli qoshida lola xordur.
Qon ichra g‘arq bag‘rim aro dog‘-u dasht uza,
Bekasligim chog‘ida manga lola yordur.
Soqiy, ketur surohiy ila lolagun qadah,
Xossa bu damki, subh yeli lolabordur.
Tegramda ohdinki erur, ey Navoiy, o‘t,
Ko‘z qonidin dema etagim lolavordur.
Meni ishqdin man etar soda shayx
Meni ishqdin man etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim loda shayx.
May ustidagi xascha qilma hisob,
Agar su uza solsa sajjoda shayx.
Yorug‘liq emas mumkin andinki, bor,
Zalolat tariqida uftoda shayx.
Riyo bahri ichra ta’ma zavraqin,
Solubdur asodin tutib xoda shayx.
Yoyar domi tazvir el saydig‘a,
Qilib subhadin dona omoda shayx.
G‘azabda sabu, shahvat ichra bahim,
Agarchi erur odamiyzoda shayx.
Kirar odamiy sonig‘a qilsa no‘sh,
Fano dayrida bir qadah boda shayx.
Irodattin o‘lg‘ay edim bandasi,
Agar topsam erdi bir ozoda shayx.
Eranlardin o‘zni tutar, garchi bor,
O‘kush zeb-u ziynat bila moda shayx.
Navoiy tilar soda yuzlug yigit,
Ne g‘am gar aning man etar soda shayx.
Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Tarjimai hol. Asarlari haqida
Ochmag’ay erding jamoli
Ochmag’ay erding jamoli olamoro koshki,
Solmag’ay erding bori olamda g’avg’o koshki.
Chun jamoling jilvasi olamg’a soldi rustaxez,
Qilmag’ay erdi ko‘zum ani tomosho koshki.
Bo‘lmag’ay erdi ko‘zum o‘tlug’ yuzung ko‘rgan zamon,
Ishqing o‘ti shu’lasi ko‘nglimda paydo koshki.
Aylagach ishqing balosi zor ko‘nglimni hazin,
Qilmag’ay erding meni mahzung’a parvo koshki.
Tushmag’ay erdi firibomez lutfung bilmayin,
Notavon ko‘nglumga vaslingdin tamanno koshki.
Lutf ila ko‘nglumni vaslingdin talabgor aylabon,
Qilmag’ay erding yana zulm oshkoro koshki.
Bevafolig’ aylag’ach ishqingni ko‘nglum tark etib,
Qilmag’ay erdi o‘zin olamda rasvo koshki.
Emdikim devona-yu rasvoyi olam bo‘lmisham,
Vasl chun mumkin yo‘q o‘lturgay bu savdo koshki.
Ey Navoiy, bevafodur yor, bas, ne foyda,
Nechakim desang agar yoxud magar yo koshki.
Sho‘x ikki g‘izolingni
Sho‘x ikki g‘izolingni noz uyqusidin uyg‘at,
To uyqulari ketsun, gulzor ichida o‘ynar.
Tishlabki, soching o‘rdung, ochkanda parishon qil,
Ofoq savodinda jon royihasin butrat.
Kulbamga xayafshon kel zulfung qilib oshufta,
Anjum sipahin sindur, ofoq ulusin qo‘zg‘at.
Oraz quyoshin ochib, ashki qurug‘an ko‘zni,
Ko‘p hajrda yig‘latding, bir vaslda ham yig‘lat.
Bir oh ila kul bo‘ldum, ey charx, tilab topib,
Farhod ila Majnung‘a oshiqlik ishin o‘rgat.
Xoro tubig‘a yotkung, yo‘q sud agar yuz yil,
Ko‘k atlasi ustida jismingni yotib ag‘nat.
Bazm ichra Navoiy ko‘p yig‘lar esa, ey soqiy,
Hush eltkuvchi doru jomig‘a aning chayqat.
Alisher Navoiy G’azallari :
Xolu xating xayolidin, ey, sarvi guluzor,
Goho ko’zumga xol tushuptur, gahe g’ubor.
Yuzungda xol safhada tomg’an kibi qora,
Xoling malohati tuz erurkim qorada bor.
O’t shu’lasida ayla gumon bir o’chuk sharor.
YO kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor?
Bilgay birovki, yori erur sho’xu xoldor.
Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor?
Boqsang ne bo’ldi surati holig’a, ey, nigor?
Qaro ko‘zum, kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il
To seningdek qotili xunxoraye bordur manga
Jon aro bilsang ne otashporaye bordur manga.
Necha bagʻrim toʻlsa qon, boqmas dame dildor anga,
Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh,