Muhammad Bobur
Bosh sahifa » Sherlar » Zahriddin Muhammad Bobur g’azallari. Bobur she’rlari

Zahriddin Muhammad Bobur g’azallari. Bobur she’rlari

Muhammad Bobur
Muhammad Bobur g’azallari

Zahriddin Muhammad Bobur g’azallari to’plami. Bobur Eng sara g’azallar to’plami. Bobur g’azallari ni yod oling.

“Yaxshilig‘” radifli g’azal

Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.

Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.

Boburxonlik ssenariylari, bukletlar

***

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,
Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r, yorsizki, men,
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

* * *

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G’uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur.

Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza og’nar, magar, ul ikkining davronidur.

O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay,
Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur.

Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur!
Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg’onidur!

Lojaram bo‘lg’ay parishon-u havoyi men kibi,
Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur.

Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur.
Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.

Bobur g'azallari

***

Kim ko’rar xurshidni, ul mohsiymo bo’lmasa,
Kim so’rar shakkarni, ul la’li shakarxo bo’lmasa.

Gul tikandur ko’zlarimga ul yuzi guldin yiroq,
Sarv o’qdur bag’rima ul sarv bolo bo’lmasa.

Jannatu-l-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,
Istaram ko’yidin o’zga manga ma’vo bo’lmasa.

Tiymag’il devona ko’nglumniki, rasvo bo’lma deb,
Oshiq o’lg’aymu edi ul telba rasvo bo’lmasa.

Gar boshingni kessalar ishqida, ey Bobur, sening,
Yordin ko’nglung kerakkim o’zga qat’o bo’lmasa.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy va Bobur tavalludiga she’rlar, ssenariylar va insholar.

****

Jonima o’t soldi ul ruxsorayi zebo yana,
Ko’ngluma ul zulf bo’ldi moyayi savdo yana.

Ko’rsatib ruxsoru zulfin ul pariy paykar manga,
Jonu ko’nglumni qilibdur volavu shaydo yana.

Yor ko’yindagi tom sensen manga pushti panoh,
Soyayi lutfungni sol, chun sanga keldim to yana.

Shodliqniyu farog’atni qo’yub oshiq bo’lib,
Mehnatu g’amni qilibmen o’zuma paydo yana.

Yorg’a qulmen degach Boburni rasvo ayladi,
Tengri mendek bandasini qilmasun rasvo yana.

***

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, so’zung mul, menging meynon.
Meynon menging, so’zing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur ko’zum, ko’nglum qilurlar magar bordur,
Ko’zunga ko’ngul vola, yuzunga ko’zum hayron.
Hayron ko’zum yuzunga, vola ko’ngul ko’zunga,
Bordur magar, qilurlar ko’nglum, ko’zum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni ko’rdum emassen magan inson.
Inson magar emassen, ko’rdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

****

Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,
Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga.

Netkaymen, ul rafiq bilakim, qilur base
Mehru vafo raqibg’a javru jafo manga.

Begona bo’lsa aql meni telbadin, ne tong,
Chun bo’ldi ul pariy sifatim oshno manga.

Ohu yoshimdin ortadurur za’f, ey tabib,
Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.

Dardim ko’rub mu’olajada zoyi’ etma umr
Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.

To yor kimni istaru ko’nglina kim yoqar,
Tashvishi bejihatdurur oxir sanga, manga.

Bobur bo’lubturur iki ko’zum yo’lida to’rt,
Kelsa ne bo’ldi qoshima bir-bir manga-manga.

***

Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.

Bu shaklu shamoyil bila xud huru pariy sen
Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag’yor ko’z ollidaku ul yor ayon yo’q,
G’amxore ko’ngul ichrayu g’amxor topilmas.

Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida
Ko’zni yumub ochquncha bu gulzor topilmas.

Bobur, seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,
Olamda kishiga yo’q esa yor topilmas.

***

Ne xush bo’lg’ayki, bir kun uyquluq baxtimni uyg’otsam,
Kechalar tori mo’yidek belig’a chirmashib yotsam.

Gahi guldek yuzini ul shakar so’zlukni islasam,
Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam.

Qani Shirin bila Layliki sendin noz o’rgansa,
Qani Farhodu Majnunkim, alarg’a ishq o’rgatsam.

Yoruq kunduz,qorong’u kechada anjum kibi bo’lgay,
Chekib gar oh dudini ko’ngul o’tini tutratsam.

Ko’zum ravshanlig’ida bo’lg’ay,Bobur,base kamliq,
Agar qoshi bila yuzun hilolu kunga o’xshatsam.

***

9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

Bir pariy men telbani husnig’a moyil qilg’udek,
Ko’zum ichra yer tutub ko’nglumda manzil qilg’udek.

Ko’nglumizga javr behad qildi ul nomehribon,
Jonima yuz ming g’amu mehnatni hosil qilg’udek.

Notavon ko’nglumga ishqi qayg’uni kelturgudek,
Ayshu ishratni ko’nguldin qayg’urur el qilg’udek.

Qilmadi Farhodu Majnun o’zni rasvo men kibi
Kim, bu nav’ ish ish emasdur hech oqil qilg’udek.

Ul pariy ishqida Bobur jon berib, ey ahli ishq,
Ishq atvorini ishq ahlig’a mushkil qilg’udek.

***

G’urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur,
Hijron bila g’urbat manga ta’sir qilibtur.

Maqdur boricha qiluram sayi visoling,
To Tengrini bilmonki, ne taqdir qilibtur.

Taqdirdur ul yon-u bu yon solg’uchi, yo‘qsa,
Kimga havasi Sanbal-u Tatyir qilibtur.

Bu Hind yeri hosilidin ko‘p ko‘ngul oldim,
Ne sudki, bu yer meni dilgir qilibtur.

Sendin bu qadar qoldi yiroq, o‘lmadi Bobur,
Ma’zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur.

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo‘ldi ro‘zg’orim ul qaro qoshdin yana.

Men xud ul tifli parivashg’a ko‘ngul berdim, vale,
Xonumonim nogahon buzulmag’ay boshdin yana.

Yuz yomonliq ko‘rub ondin telba bo‘ldung, ey ko‘ngul,
Yaxshilig’ni ko‘z turarsen ul parivashdin yana.

Tosh urar atfol mani, uyida forig‘ ul pari,
Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.

Oyog’im yetgancha Boburdek ketar erdim, netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.

* * *

Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma ermish qaro balo soching.

Muyassar o‘ldi junun mulki, ey junun ahli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.

Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar,
Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.

Ochildi ko‘ngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilband-u dilkusho soching.

* * *

Bobur g’azallari to’plami 2

Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur,
Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur.

Xali labig’a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab,
Ki Xizr chashmayi hayvong’a rahnamoyedur.

Yarar bu xasta ko‘ngul dardig’a o‘qin yarasi,
Magarki har yarasi yorning davoyedur.

Bahor faslidur-u may havosi boshimda,
Ayoq tut menga, soqiyki, xush havoyedur.

Ul oy raqibg’a bo‘ldi rafiq-u Boburning,
Rafiq-u hamdami hajrinda oh-u voyedur.

* * *

Bobur g’azallari yoqdimi?

Bobur ssenariylar Pdf da

Boshqa ssenariylar to’plami

Manba

Subscribe
Notify of
guest
2 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Inoyat Ismoyilov

Inoyat

nurmuhammad

bobur gazallari

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
2
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top