Bosh sahifa » Sherlar » Shoir Nola haqida. Nola eng sara g’azallari.

Shoir Nola haqida. Nola eng sara g’azallari.

by nafisa nafisa

Shoir Nola haqida. Nola eng sara g'azallari.

Nola eng sara g’azallari.

XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan o‘ratepalik o‘zbek shoirlaridan biri. 1845 yili Rishtonda vafot etgan.

Dahrdin men chekmagan anduhu mehnat qoldimu
Boshim uzra yormag‘an gardundin ofat qoldimu.

Garchi chekdim bazmi vasling ichra ishrat sog‘ari
Hajrdin men yutmagan xunobi hasrat qoldimu.

Bo‘ldi to ko‘nglim saning sultoni ishqing kishvari
Shukrkim, men surmagan olamda davlat qoldimu.

Bog‘a kirding ul qadu yuz birla to sayr etgali
Sarv birlan gulg‘a osori tarovat qoldimu..

Vasl ayyomi ko‘zimdin oqdi qon yosh oncha kim
Ko‘z ochib yuziga boqmoqliqg‘a fursat qoldimu.

Muncha beparvo chiqib olamg‘a solding rustaxez
Husning ayyomida oyinlar salomat qoldimu.

Bexabar zohid o‘zingdin necha toat qilg‘asen
Bo‘lmagan toroji ishqi dinu tillot qoldimu.

Yod etibdur Nolani lutf aylab itlar haylidin
Yodi chirmashgan ko‘ngilda emdi hasrat qoldimu.

AMIRIY G‘AZALIGA NOLANING MUXAMMASI

Etibsen dardi hijron ishtidodidin o‘lar hola,
Tahammul aylagil men telbadek oy husningga vola,
Bo‘lubsen garchi hasrat tig‘idin pargola-pargola,
Hayoli yor etarmen, ey ko‘ngil sen qilma ko‘p nola,
O‘zing insofa kelkim vasl aro hojatmu damola.

O‘zingni bir nafas maxmurliq birla ovut soqiy,
Zamoni mastliq kayfiyatin lutf et, unut soqiy,
Qizardi orazing may tobidin, bir dam sovut soqiy,
Mijozingga magar charm keldi manga tut soqiy,
Labing ya’quti uzra chiqti gavhar o‘xshatub holi.

Kaloming jon berurga mohir o‘ldi, yig‘ladim tinmay,
Ko‘zing qatlim etarga kohir o‘ldi, yig‘ladim tinmay,
Ruhingdin ayru zulfing mohir o‘ldi, yig‘ladim tinmay,
Yuzing davrida xating zohir o‘ldi, yig‘ladim tinmay,
Yog‘in yog‘moq muqarrar bo‘lsa gar oy davrida holi.

O‘zimni xalqdin kuying aro berkitmayin har dam,
Guhardek tishlaring bedodidin og‘ritmayin har dam,
Gulistoni jamoli zavqimu bartinmayin har dam,
Bahori orazingni shavqimudur tinmayin har dam,
Simobi diydalardin qatra-qatra yog‘dirur jola.

Hayoli bo‘ldi muhlik zahri hijron ichra taryokim,
Necha jahd aylasam ul nuqtag‘a tinmas chu idrokim,
Ko‘ngillarni suvaydosimudur ul sho‘x bebokim,
Horo holingmudur yo la’l gulfoming uza tokim,
Chibin qo‘nmishmudur shahd istayub shakar tilayola.

Nechuk mahbun ko‘ngilning xilvatidin zavq yodinkim,
Suya sog‘inur jon birla saqlarmish savodinkim,
Na yanglig‘ kim, keturmish mushk isini bil Xitodin kim,
Eshitdi, hol oroz vasfini bodi sabodinkim,
Qizardi rashkdin dog‘ o‘ldi, tog‘ o‘ldi gulu lola.

Tushub boshimg‘a tosha qullig‘idin davlati savdo,
Xumoning soyai bolidin aylar nola istig‘no,
Tunukun chiqmamish kilkim maning hukm asnadin go‘yo,
Amir ul xat bilan ruxsori vasfin ayladin insho,
Bu so‘z ovoza bo‘ldi Rumdin to mulki Bengola.

Tavsiya etamiz: Amiriy – Amir Umarxon zullisonayn shoir.

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar