Bosh sahifa » Sherlar » Pisandiy hayoti va ijodi.She’rlari va muxammaslari.

Pisandiy hayoti va ijodi.She’rlari va muxammaslari.

by nafisa nafisa

Pisandiy hayoti va ijodi.She'rlari va muxammaslari.

Pisandiy hayoti.

Avazmuhammad Yormuhammad o‘g‘li i.Pisandiy 1816 yilda Qo‘qondagi Mulla Boshmon mahallasida tug‘ilgan. U yoshligidanoq ota kasbi kosibchilik (atlas to‘qish)ni egallaydi, dastlab mahalla domlasida, so‘ng Qo‘qondagi Oxun devon madrasasida ta’lim oladi.

U o‘zbek va fors tojik adabiyoti klassiklarining merosini o‘rgandi va har ikki tilda ijod etdi. Pisandiy ayniqsa tarix yozishda shuhrat qozondi. Pisandiy 1918 yilda, 102 yoshida vafot etadi. Pisandiy o‘zbek demokratik adabiyotidagi hajviy poeziyaning vakili sifatida ham muayyan mavqega egadir.

Pisandiy she’rlari va muxammaslari.

Kajrav falakdin aylay emdi bu kun shikoyat,
Boylar ichida bo‘ldi turfa ajab hikoyat,
Bektur degan noraso badshakl benihoyat,
Boylarga bo‘ldi g.o‘yo qattiq baloyu ofat,
Mundog‘ kishiga kelsun haqdin hazor la’nat.

G‘aflat sharobin ichgan dunyoparast bo‘ldi,
Go‘yoki sajda qildi dunyoga mast bo‘ldi,
Bekturni oshno deb suhbatast bo‘ldi,
Boylarni e’tiqodi chun zeri dast bo‘ldi,
Botinlari buzildi, jo‘sh urdi ko‘p kasofat.

Bir necha mug‘sifatlar yo‘l oldilar xatoga,
Ko‘ngul qo‘yub o‘shandog‘ bedinu bevafoga,
Ko‘r bo‘ldilar adashib joyi chuqur jafoga,
Soldi alar o‘zini bir dardi bedavoga,
Bir-birlarig‘a aylab dunyo uchun adovat.

Farzi xudogo munkir dunyoni qildi pinhon,
Aksi shariat aylab band etdi xayru ehson
Bekturni yaxshi bildi olmoqlig‘ andin ehson,
Bu e’tiqod birlan so‘m berdi necha nodon,
Boshig‘a haq yuborsun har kun hazor la’nat.

Yuz makru hiyla birlan sindi Niyoz ko‘sa,
Muflis qilib o‘zini boylardin ul qutulsa,
Hajga iroda qildi maqsudi chirki ketsa,
Oxir kelib chiqordi tanzilga foyda bo‘lsa,
Bu qilmagan jahonda hech qolmadi kasofat.

Qorun xazinasidek qilsam dedi Qosimboy,
Ochlikda o‘lganidin ichgan edi tezak choy,
Yog‘ ko‘rmagan edi ul tumshug‘lari yilu oy,
Boy ko‘rsatib o‘zini Bekturga surat oroy,
Maqsadga yetmadi ul boshga olib malomat.

Sudxo‘rlig‘ qilay deb so‘m yig‘di hoji Sobir,
Islom elida bo‘lmas mundog‘ o‘ziga jobir,
Bekturga berdi bul ham, ilkiga oldi bir-bir,
Ko‘p e’tiqod qildi dunyo toparga mohir,
Bosdi bu murdasho‘yni dunyoda ko‘p kasofat.

Ko‘p mehnat ila yig‘di dunyoni Abdujabbor,
Go‘yoki tumshug‘idin qarg‘a ilindi nochor,
Eshak bozori qolmay dallolu benavokor,
Ko‘p justujo‘y birlan olamni qildi bezor,
Bekturga jam’ aylab berdi bu besaodat,

Badshaklu, behamiyat Sobir buruni ayyor,
«Shaytonga xalfa tushg‘an» dunyo toparga tayyor,
Bir pulga yuz qasamni ichgan edi bu beor,
Avqot gadoylikda jam’ etti so‘m bisyor,
Bekturni otasidek bildi bu behamiyat.

Johil G‘ulomjoni ul zarsalla, nomi — Afg‘on,
Bori bizoatini topshurdi shodu xandon,
Yori qiyomatim deb Bekturga ahdu paymon,
Yig‘lab kuyub yopushti, yuzidin o‘pdi chandon,
Xeshu taborin etmas bo‘lsa kasal iyodat.

Piri irodatidek Karim oxun yopushti,
Kal kalni tumshug‘idin go‘yo tanib topushti,
Bir nechalarga bo‘ldi kafil aroga tushti,
O‘zi tushub bu o‘tg‘a bir nechalar qovushti,
Bekturni zahrin ichti, yo‘q kecha-kun farog‘at

Bojonboyi xarisho‘r, asli laqabi go‘rxo‘r,
Badbaxtlikda erdi olam elig‘a mashhur,
Boy eshikida ko‘rdum maskan edi anga to‘r,
Tushdi bu choh ichiga go‘yoki beaso ko‘r,
Oxir damida ko‘rdi lavhi qalamda kulfat.

O‘rateppa o‘g‘risidin makkori shoh Qosimboy,
Ko‘nglida makru hiyla har kimga so‘zi bejoy,
Nohaq qasam topilsa, aytur manga bu ko‘k choy,
Dog‘ulidur atosi, ustodi erdi kajpoy,
Bekturga sayd bo‘ldi oxir bu bediyonat.

Boy bo‘ldi Shoh Nosir, avval edi qaroqchi,
Gah mardikor ishlab, gohi juvoza yoqchi,
Hech qilmagan ishi yo‘q, gohi bo‘lub yamoqchi,
Kirdi saroyga, bo‘ldi tertovchiga so‘roqchi,
Bekturni xanjaridin bag‘ri bo‘lur jarohat.

Mehnat-mashaqqat ila Mirboqi boy bo‘ldi,
Ko‘p yoru do‘stlaridin dunyo uchun uzuldi,
Bir don uyida qolmay, sichqonlar ochdin o‘ldi,
Bo‘ryo kigizlari ham sotildi, so‘m bo‘ldi,
Berdi bo‘lub pushaymon Bekturga bu amonat.

G‘aflat bosib tiqildi loyxonaga Nazar ko‘r,
Shaytonsifat takabbur dunyoga bo‘ldi mag‘rur,
Oxir yog‘ib balolar boshida qaynadi sho‘r,
Bo‘ldi bu dard birlan go‘yo oyog‘i nosur,
Bekturni qissasidin el ichra ko‘p xijolat.

Chiqdi falakka dudi jonig‘a o‘t tutoshti,
Urdi xudo xasisni yo‘l to‘g‘ridin adoshti,
Ul tutfurush yig‘lab, afg‘oni haddin oshti,
Mirhojiboy kasal deb eshaklari hangroshti,
Mundin ziyoda bo‘lmas odamdagi qabohat.

Hirsu havo sharori ko‘nglida yondi chun nor,
Ko‘p yig‘ladi, mahobat so‘mlarni qildi tayyor,
Utmay tomog‘idin suv bu ranj qildi bemor,
Quvvat ketib bukuldi qomatlari Mirabror,
Xumdoni do‘zaxiga Bektur solib harorat.

Xoli qilib-ichidin chun otni do‘li,
Ayrildi so‘mlaridin boshida erdi quli,
Loy bo‘ldi ko‘z yoshidin ikki saroyni yo‘li,
Badasl Abdurahmon aslida erdi lo‘li,
So‘m foydasin olurga Bektur qildi suubat.

Haq bermas oz qilsun ul bandasig‘a tavfiq,
Bermas kishiga so‘zni jo‘gi misoli zandlits,
Kim rost so‘zni qilsa, qilmas kishiga tayediq,
Nomiga aks erdi yolg‘onchi Hoji Siddiq,
Bekturni sharbatidin totdi bu beqanoat.

Qallogani ko‘ziga oz pul ko‘rungusi ko‘p,
Shoshib o‘znni urdi domig‘a bo‘ldi ma’yub,
Ahvolini yo‘qotgan odamni o‘lgani xo‘b,
Pul yig‘di to‘y qilay, deb bul sartarosh Ayyub,
Bektur qo‘lidin oldi qilg‘um debon shafoat.

Chakmanfurushlikdin Mardon xurush hildi,
Hech kimni ko‘zga ilmay ko‘p ayshu jo‘sh qildi,
Chumchuq kabi Ziyoboy qarg‘a yurish qildi,
Bekturni sharbatidin bir qatra no‘sh qildi,
Sharmanda bo‘ldi oxir eldin ko‘rub ihonat.

Bepirlarni qilg‘ay shayton hamisha badroy,
Yo‘ldin adashgan elni holig‘a voyu yuz voy!
Shomu saharda tinmay bevaqt qo‘ydi karnoy,
Boylar so‘rashdi: kim?—deb, aydilar: ul Avazboy,
Eshakka no‘xta soldi Bektur qilib dalolat.

Boylarga rostlikdin bul paxtagir bo‘ldi,
Mehnat-mashaqqat ila pishti yag‘ir bo‘ldi,
Avvalda sher erdi, bir lattagir bo‘ldi,
Bekturga Abdurahmon nogah asir bo‘ldi,
Bechora bo‘ldi oxir badkayf purxiyonat.

Lo‘li misoli erdi har ko‘cha-ko‘yda yurgon,
Pul foydasini qistab qarzdorlarga mehmon,
Gohi to‘yib eshakdek, gohida ochdin o‘lgon,
Borini jam’ aylab berdi haris Atojon,
Ayrildi so‘mlaridin Bektur qilib xiyonat.

Sultoni bokaramdin badasllarga in’om,
Qildi amirlarga xizmatni subh ila shom,
Utdi alar, bu qoldi dunyo uchun qo‘yib dom,
Maqsudi ot chiqarsa, boylikda Shoh G‘ulom nom,
Bekturni zahri qildi boshdin-oyoq siroyat…

Hindu sifat topib pul tinmay yurardi har yon,
Do‘konu ko‘chalarda ko‘knorivor mehmon,
Haq aylasun bu shum.ni kelgan baloga qalqoi,
Bo‘ldi bu Abdurahmon boylar ichida shayton,
Bekturni hasratida o‘ldi chekib nadomat.

Bir umrda musofir dunyo qidirdi nodon,
Qorun bilib o‘zini Xayriddin nom afg‘on,
Oxir quturgon itdek har odamini qopgon,
O‘lsa kafan topilmas, tortar mahalla tov©n,
Ketti bu oxiratga bexayru besaxvvat.

Oxir zamon ishidur itlar kefakka to‘ydi,
Kirdi zakunga boylar shar’i sharifi kuydi,
So‘mlarni ko‘tarolmay eshakka yukni qo‘ydi,
Mansurquli inoqni Bektur ko‘zini o‘ydi,
Mundin ziyoda bo‘lmas islom aro qabohat.

Dunyo topib gadolar ko‘p e’tibor bo‘ldi,
Avvalda mo‘r erdi, bir ajdahor bo‘ldi,
Ayrildi so‘mlaridin bir nonga zor bo‘ldi,
Xayriddinxo‘ja oxir el ichra xor bo‘ldi,
Qildi tama’ bu nodon Bekturdin istionat.

Shamsiddinxo‘ja degon dunyoda turfa nodon,
Suratda odam, ammo siyratda misli shayton,
So‘mlar ketib qo‘lidin ko‘zdin oqib qaro qon,
Gohi o‘lub tirilgan hindu sifat berib jon,
Boshig‘a soldi Bektur ro‘zi jazo qiyomat.

To‘fon suyiga o‘xshab oqti ko‘zini yoshi,
So‘mlarni oldi Bektur, hasratda qotti boshi,
Xalq ichra ko‘p tamysho har kunda jon taloshi,
Qo‘rboshilik amalda zahr o‘ldi yegan oshi,
Do‘zaxda ham tuganmas Bektur bilan adovat.

Furqat g’azaliga muxammas.

Nim nigohini raqiblarga nisor aylar ko‘zing,
Bnzni bir ko‘rmoq uchun ko‘p intizor aylar ko‘zing,
Bir boqishda tiyra ko‘nglumni bahor aylar ko‘zing,
May ichibkim g‘amza tig‘in obdor aylar ko‘zing,
Bir qarashda yuz kishini dilfigor aylar ko‘zing.

Zulm behad etgali hazm ayladi andeshasin,
Qo‘lg‘a oldi bexi umrum kesgali g‘am teshasin,
Qatl etarda tutdi ul Hajjoji zolnm peshasin,
Tutmag‘on bo‘lsa g‘azabdin Shohimardon shevasin,
Nega qoshingdin hamoyil zulfiqor aylar ko‘zing.

Ishq elin sehr etgali joduligin ifsho qilib,
Qon to‘kib jon olg‘ali mujgonlarin burro qilib,
Xalq aro sho‘ri qiyomatni solib, g‘avg‘o qilib,
Xoling oshubi habash iqlimini yag‘mo qilib,
Fitnadin toroji mulki Zangbor aylar ko‘zing.

Jumlani devona qilg‘on o‘sma rangli qosh erur,
Kecha-kunduz shum raqiblar mahramu sirdosh erur,
Garchi, ey ohu nigorim, biz qari, sen yosh erur,
Aylamas toqat nigohingga agarchi tosh erur,
Ko‘zguni siymob yanglig‘ beqaror aylar ko‘zing.

Kuydimu o‘ldum, yoronlar, yor istig‘nosidin,
Qatraye tottirmadi hargiz karam daryosidin,
Qutqar emdi bu tiriklikda ajal da’vosidin,
Otibon mujgon o‘qini qoshlarini yosidin,
Voykim, jonu ko‘ngullarni shikor aylar ko‘zing.

To Pisandiy yor o‘lurg‘a jo‘sh qilg‘il dam-badam,
Dod etarmen, ey nigorim, go‘sh qilg‘il dam-badam,
Bizni ham may loyidin behush qilg‘il dam-badam,
Bazm aro gulrang may sun, no‘sh qilg‘il dam-badam,
Furqatiyg‘a bir boqib daf’i xumor aylar ko‘zing.

Tavsiya etamiz: Boshqa adib she’rlari

Hajviyalar.

Sa’dixon qozi haqida hajvya. 

Chiqdi olamga bachchag‘ar qozi,
El aro shuhrati zahar qozi.
Nomini Sa’d deb g‘alat qo‘ygan,
Nahsdan tug‘di, ibni shar qozi.
Ota merosidir sag‘ir moli,
Kimki o‘lsa, anga padar qozi.
Suvchayon yo ilon desam bilmay,
Bilgan aytur, tovonteshar qozn.
Kunduzi masnadi qazo uzra,
Kechasi, ya’ni yo‘lto‘sar qozn.
Boylar sudiga javob hozir,
Kambag‘al hukmini buzar qozi.
Xonavayron necha yetim, tullar,
Dod dastingdan, ey o‘jar qozi!
Qal’acha kafshu oq banoras to‘n,
Hayf zar do‘ppi, kalsar qozi.
Bo‘lsa erdi tariqcha aqling agar,
Topar erding bo‘lak hunar, qozi.
Bu g‘azalni eshit Pisandiydan,
Ablahi dahr, muxtasar qozi.

Muhyi haqida hajviya.

Qur’a ochturmish afandim bir Eron rammolidin,
Qo‘rsa tole nahs chiqmish folbin shashqolidin.
Qancha savlat birla borgan Ushga az ro‘yi tama’,
Bexabar erkanmu mehmon nomai a’molidin?..
Xo‘b qilibdur hurmatini, balli, Ush mingboshisi,
Ko‘p havodis uchratibdur bu safar iqbolidin.
Kunduzi izvoshda sayru kechasi bazmi dutor,
Besaqol yonboshda, bo‘yni chiy qalamning nolidin.
Suhbat ichra alhazar, deb necha odam tong otar,
Chiqqan o‘xshaydir sezib bu bachchag‘ar ahvolidin.
Tun yarimda xonadon bonusi bu hangomani
Eshitib chiqdi, qo‘lida bir aso ko‘k tolidin.
Soldi xo‘p aylantirib boshu beliga onchunon,
Qarg‘adi, so‘kdi bu hojimni burab soqolidin.
Kafshi qolib, bosh yolon qochdi qorong‘u boqqa,
Boshga tekkanni so‘ranglar o‘rigu shaftolidin.
Shoiri sharmanda sendek bo‘lmag‘ay dunyoda hech,
Yo‘q vujudingda asar insof bir misqolidin.
Qayga borsang, ta’na senga, bizga isnoding sening,
Chiqmadik hargiz bu bad noming xunuk ishkolidin.
Nopisand qilgan ishing, ey Muhyi donish ahliga,
Bu g‘azal bir mukchayib qolgan mahalla cholidin.

Tavsiya etamiz: Furqat she’rlar to’plami

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar