Bosh sahifa » Sherlar » Poshshoxo’ja hayoti, she’rlari, ruboiy va qit’alari.

Poshshoxo’ja hayoti, she’rlari, ruboiy va qit’alari.

by nafisa nafisa

Poshshoxoja hayoti, she'rlari, ruboiy va qit'alari.

Poshshoxo’ja hayoti.

Poshshoxoja, Poshshoxo‘ja Abdulvahobxoja o‘g‘li, Xoja (1480, Niso — 1547, Buxoro) — shoir, davlat arbobi va yirik ulamo. Otasi — Abdulvahobxoja Sulaymonxoja o‘g‘li o‘z davrining yirik tasavvuf shayxi va shoiri bo‘lgan. Poshshoxoja Niso va Marv madrasalarida tahsil olgan.

Muhammad Shayboniyxon qozoq xonlari ustiga qilingan harbiy yurishdan qaytayotganda Nisoda to‘xtab, Poshshoxojani Durun viloyatiga hokim qilib tayinlaydi (1508 yil). 1510 yili Poshshoxoja Nisoning yangi hokimi Muhammad Solih bilan birgalikda Marv jangiga yetib kelgan. Shayboniyxon o‘limidan so‘ng dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoroga kelib yashagan. Shayboniylardan Muhammad Temur Sulton va Ko‘chkunchixon xizmatlarida bo‘lib (1511—14), Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida jumlat ul-mulk, sadrlik lavozimlarida ishlagan (1515—16). Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni fath etgach (1529 yil), u sadrlikdan shayxulislomlik darajasiga ko‘tarilgan. Keyinchalik Balx hokimi Kistan Qaro Sulton (1544 yili vafot etgan) huzurida sadrlik va shayxulislom vazifasida faoliyat ko‘rsatgan (1534—43). Poshshoxoja 1543 yilda o‘z vazifasidan voz kechib, Buxoroga qaytadi va badiiy ijod bilan shug‘ullanadi.

Poshshoxoja nasr va nazmda adabiy asarlar yaratgan. Muhammad «Xoja» taxallusi bilan ijod qilgan. U Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sultonga atab «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti», 1508—10), Kistan Qaro Sultonga bag‘ishlab «Gulzor» (1538) kabi asarlar yozgan. Bu asarlarda axloqiy-didaktik xususiyatga ega bo‘lgan fikrlarni sharhlash uchun mashhur podshohlar haqidagi turli hikoyat va masallar keltirilgan. Ularda davlatni boshqarish, raiyat bilan munosabat masalalari, insofli va adolatli podshoh obrazi tasvirlangan.

Poshshoxoja ruboiy, g‘azal, qita janrlarida ham ijod qilgan. Jonibek Sultonga atab «Maqsad ul-atvor» (1516—20) dostonini yozgan. O‘zbek va fors tillarida tartib bergan devoni bizgacha yetib kelmagan. Poshshoxojaning o‘g‘li Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» («Do‘stlar yodnomasi») tazkirasida yozilishicha, Poshshoxojaning turkiy gazallariga Bobur yuqori baho bergan.

Poshshoxo’ja qit’alari.

Raiyat erur mevalik yag‘och,
Suv bersang anga, meva berur sanga.
Solur mevasinu bo‘lur barg rez,
Xazon yelidek qilsa anga jafo.

* * *

Oyning har nechakim zoti kasifu tiyradur,
Mehr agar anga nazar solsa bo‘lur badri munir.
Zarradek jismimga ul xurshidvash solsa nazar,
Zarradek jismim bo‘lur xurshid yanglig‘ be nazir.

* * *

Har necha bo‘lsa tikan mujibi tashvishu zarar,
Gul bila birga uzub boshqa tikarlar ani bot.
Garchi tol shoxchasidin meva namudor o‘lmas,
Chun nabot ila qo‘shulsa bo‘lur ul dog‘i nabot.

* * *

Nechakim qadru sharaf topti jahonda jomi jam,
Bo‘lur ul jomi sipehr ollida beshak sarnagun
Qaydakim chibchuq malahni ko‘rsa bo‘lur shohboz,
Lek shahboz ollida bordur malahdin ham zabun.

* * *

Oy desam yuz qatla oydin yaxshiroq yuzi aning,
Shakkar ilan shahddin shirin erur so‘zi aning.
Pir nazarda dushmani badxohni aylar muti’,
Ishvayu noz ila gar boqsa qaro ko‘zi aning.

RUBOIYLAR

Norunj so‘yi bazm ichida mul bo‘lmas,
Har sho‘ra nihol qobili gul bo‘lmas.
Yuz ming yil agar farog‘ ila tutsa maqom,
Hargiz chaman ichra zog‘ bulbul bo‘lmas.

* * *

Soyildin evurma yuz, daxi ihson qil,
Dardiga tabiblar kabi darmon qil.
Olam aro harna mushkile tushsa sanga
Lutf aylayu mushkil ishlarni oson qil.

MASNAVIY

Kimki saning aybingni aytur sanga,
Shafqat ila lutfu karam qil anga.

Do‘stung uldur, ani taxqiq bil,
Harna desa, so‘zini tasdiq qil.

Ulki demas hak so‘zinu yashirur,
Makru hiyal birla qoshingda yurur….

Qilma anga marhamatu iltifot,
Kim yo‘q aning hech ishida sabot.

Rost so‘z ar tab’inga kelsa yomon,
Dema yomonki, erur ul no‘shi jon.

Bu olamdin vafoyi ko‘rmadim hech,
Tiriklikdin safoyi ko‘rmadim hech.

Chu foniydur bu garduni mudavvar,
Ki bo‘lg‘usidur oxir olam abtar.

Bu damkim, bordur umrimda boqiy,
Bo‘loy dedim bu bazm, ahlina soqiy.

Qilib tartib bir necha hikoyat,
Hikoyat ahlidin aylay rivoyat.

Va gar yaxshi, yomon ham bo‘lsa bore,
Ki bizdin so‘ngra bo‘lg‘oy yodgore.

Poshshoxo’ja she’rlari.

«MAQSADUL-ATVOR»DAN NAMUNALAR

NASIHATNOMA

Mustame’ o‘l, har nafas pand ol,
Pandu nasihatni quloqungg‘a sol.
Din tilasang dahrda davlat bila,
Ko‘nglungni shod ayla nasihat bila.
Kimki olur pandu nasihat so‘zin,
Jannati a’lo aro solur o‘zin.
Pandu nasihat bila qilg‘in suluk,
Xohi faqir o‘lg‘ilu xohi muluk…
Qo‘yma ko‘ngul ichra havoyu havas,
Haq ishidin bo‘lma judo bir nafas.
Behudalar majlisida turmag‘il,
Foidasiz so‘zda nafas urmag‘il.
Parvarishi nafs etibon yema osh,
Nafs tilar oshg‘a indurma bosh.
Harnaki haq bersa, rizo bo‘l anga,
Toki xudo lutflar etgoy sanga.
Mol tilamangkim, yo‘q anda vafo,
Mol tilaganlarga tegar ko‘p jafo.
Fisqu fujur ahli bila bo‘lma yor,
Osiyu jofiy ila tutma qaror.
Yaxshi kishilar bila hamroz bo‘l,
Ichkuchilar suhbatida oz bo‘l.
Ilmu adab birla bo‘lu toat et,
Toati haqni o‘zingga odat et.
O‘z gunohingni yod etib, tavba qil,
Bandasan, o‘zungni gunohkor bil.
Olimu zohid bila bo‘l hamnishin,
Fosiqu nodong‘a o‘turma yaqin.
Kishi yomon bo‘lsa kerak yori xub
Kim, bo‘lur oz kunda oning bori xub.
Fayz tobor yaxshi kishidin kishi,
Davlat ila o‘lg‘usidur har ishn…
Nechaknm, olam ichida shohsan,
Shohliq atvoridin ogohsan.
Davlat erur adl ila yesang osh,
Voy, agar zulm ila qilsang maosh.

* * *

Oting erur Jonibek, ey shahriyor,
Xon ila xoqonsanu ham shahriyor.
Toleingga baxt mutobiq erur,
Davlatingga taxt muvofpq erur.
Donishu aqlingda topilmas qusur,
Hashmati mulkungda ko‘runmas futur
Haq sanga ko‘rsatdi inoyat yo‘lin,
Topding oning birla xilofat yo‘lin.
Sidq ila din ishiii bot aylagil,
Din yo‘lin ochmoqqa subot aylagil.
Qani shnjoatda saningdek yana,
Adlu saxovatda sashshgdek kna?
Olg‘ilu ilkingga qilichingni tez,
Dushman arosida qo‘par rustaxez.
Adlu xilofat ishida doim o‘l,
Toat uchun haq qoshida qoim o‘l.
Shukrki, olam ichida shohsan,
Arshi xilofat uza ham mohsan.
Bor bu kun bandada bir arzi hol,
Arz qilay gar sanga bo‘lmas malol.
Tinglaki, din nusrati bu so‘zdadur,
Ikki jahon davlati bu so‘zdadur.
Emdi jahon ichra sag‘iru kibor,
Tortatururlar sanga ko‘p intizor.
Zulmu sitam dinni xarob ayladi,
G‘am o‘ti jonlarni kabob ayladi…
Qolmadi din ahlida bir xonadon,
Zulm bila to‘ldi tamomi jahon.
Er yuzini tutti zalolat bu dam,
Elga kerak bo‘ldi adolat bu dam,
Lutf ila din ochqoli azm aylag‘il,
Sidq ila bu azmni jazm aylag‘il.
Zulmu sitam tushdi bu olam aro,
Oning uchun arz qilurman sango.
Lutf qilu so‘zima solg‘il quloq,
To sanga rahmatdin ochilg‘ay buloq.
Bandaga senu, menu pok e’tiqod,
Dunyo uchun dinni yuborma ba bod.
Eldin agar chiqdi esa xonumon,
Shukrki, din manda erur bu zamon.
Dunyo uchun qo‘ymadim islomni,
Qo‘ymadim o‘zumga bu badnomni.
Din tilabon uyu elimni yiqib,
Sanga yetishdim vatanimdin chiqib.
Dodima yetgilki, bu kun dodxoh —
Men menu sensen bu jahon ichra shoh.
Adl yuzidin manga bergil javob,
Kim sanga bu ishda erur ko‘p savob.
Kufru zalolat elini daf’ qil,
Xalqdin ul qavmni bot raf’ qil.
Kimki g‘azot etsa jahonni olur,
Uqboda ham bog‘i jinonni olur.
Berma bu savdoni ilkingdin ravon,
Emdiki, bordur bu taning ichra jon.
Ushbu tiriklikni g‘animat tuting,
Yaxshi kishilar bila suhbat tuting.
Beklaringiz bila kengosh eting,
Din ishini dahr aro fosh eting.
Necha zamon erdiki, shaybon aro,
Yurur edim xon ila sulton aro.
Istar edim bir shahi sohibqiron,
Ikki ko‘zum to‘rt bo‘lub har qayon.
Ko‘rdum esa davlatu din senda bor,
Xonliq uchun farru jabin senda bor.
Saltanat asbobi erur sanda jam’,
Shahrlar arbobi erur sanda jam’.
Necha sifat bor, ey shahriyor,
Har kishida bo‘lsa bu, xonliq tobor.
Biri bu, odilsanu pok e’tiqod,
Shohki, adl etti topar bot murod.
Biri bahodurliq zrur, bil oni,
Yaxshi sifatdur bu skfat, qil oni…
Ilmg‘a har kishiki hurmat tutar,
Tengri taolo onga hurmat tutar.
Biri bu — ko‘nglungda base dard bor,
Diydai giryonu ruxi zard bor.
Ushbu sifat ayni saodat erur,
Balki maqomoti karomat erur.
Himmatingizni tuting endi baland,
Do‘stg‘a ko‘z bo‘lsunu, dushmanga band.
Lek shaybon ppnda sansan chirog‘,
Balki jahon ichida sansan chirog‘.
Dahrni ravshan qilako‘r adl ila,
Mulkni gulshan qilako‘r adl ila.
Adlu saxovat bila bo‘lsang mudom,
Mulk bo‘lur fath sanga vassalom.
Xojai bechorag‘a solg‘il nazar,
Kim, nazaringdin bo‘lur ul mo‘tabar.
Bor g‘arnbu vatanidpn yiroq,
Tortaturur mehnatu dardn firoq.
Aylasangonp so‘zi bnrla amal,
Mulk aro bo‘lmag‘usidur xalal.
So‘zni dedim emdi duo aylayin,
Sanga duo subhu maso aylayin.
Borib ikki dunyoda bo‘l komron,
Taxti xilofat uza tur jovidon.

Tavsiya etamiz: Alisher Navoiy G’azallari va ruboiylar to’plami

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar