Bosh sahifa » Sherlar » Otaniyoz Niyoziy she’riyati. Navoiy g’azaliga muxammasi.

Otaniyoz Niyoziy she’riyati. Navoiy g’azaliga muxammasi.

by nafisa nafisa

Otaniyoz Niyoziy she'riyati. Navoiy g'azaliga muxammasi.

Otaniyoz Niyoziy haqida.

Niyoziy (taxallusi; ismi Otaniyoz Xo‘janiyoz o‘g‘li, 1844 — Shovot tumani — 1928) — shoir, bastakor. Komiljon Otaniyozovning otasi. Xivadagi Arabxon madrasasida o‘qigan.

Arab, fors tillarini o‘rgangan, aruz ilmini puxta egallagan. Xivadagi Abdullaxon madrasasida mudarrislik qilgan (1920). Mumtoz she’riyatning turli janrlarida ijod qilgan. She’rlaridan 3063 baytli devon tuzgan.

Ularda xalq hayotining turli tomonlari aks etgan. Niyoziy Xorazm maqomlari uchun chiziqli nota tizimini yaratishda Komil Xorazmiyta yaqindan yordam bergan. O‘zi ham bir qancha kuylar yaratgan.

Hasan Jabarutiyning «Ajoyib ul-osor» («Ajoyib yodgorliklar») asarining 7—9-daftarlarini arab tilidan forschaga tarjima qilgan .

Tavsiya etamiz: Uvaysiy g’azallari va she’rlari to’plami

Otaniyoz Niyoziy she’riyati.

Mayi mayxonadin man notavonni man’ etar zohid,
Magar fayzi ilohiy borig‘a bu ikkida johid.

Vara’ ahlig‘a jannat ychra bo‘lsun hur ila kavsar,
Manga dayr ichra sahbo evrulub tutg‘ay ani shohid.

Bo‘lur mahbub boshi oldida Majnun ko‘ngul malkub,
Aningdek kim junun ahli bo‘lur mehrob aro sojid.

Jahon shavqi aro behuda istarsan vafo, ey dil,
Bu bozor ichra, bilgil, ul mato’ asru erur kosid.

Hama ishq ahli bo‘lsa muttafiq bardosh bermaslar,
Muhabbat borig‘akim bo‘lmamishlardur manga vorid.

Tarahhum qilmoqin dunyo arusidin tama’ qilmoq,
Xayoledurki zillat mo‘jibi bo‘lg‘ay dag‘i fosid.

Pazar qilmas nisor etmak uchun ma’shuq ayoqig‘a,
Dilu jon birla din naqdin muhayyo qilsa har noqid.

Inoniyatni qo‘y, ey nafs, ayeling tiyra tufroqdur,
Adusiz umr ko‘rsang lojaram bo‘lg‘ung anga oid.

Piyoziy charx zolin aqd qilg‘onlar hama bordi,
Taloq etkil ani bo‘lsang agar o‘z nafsinga o’qid.

* * *

Xonaqoh ichra kirib har kecha g‘avg‘o qildi shayx,
Soda dil bechoralarni asru rasvo qildi shayx,

Chinu yolg‘onin karomat anglag‘on elni murid
Aylabon, so‘fi deb axloqig‘a shaydo qildi shayx.

Garchi fe’li zisht edi, makr aylabon atrofida,
Necha nodonlarni o‘z tavrida paydo qildi shayx.

Har dami faryod etib, bo‘krib, qoqib angushtlarin,
Halqada chindin mashoidliq huvaydo qildi shayx.

Ichkaridin to‘q, xorijdan o‘zni ro‘za deb,
Kizb ila o‘z jonig‘a zulmini amdo qildi shayx.

Dayr pirining irodat birla bo‘lg‘il bandasi
Kim, ulusdin moli dunyoni tamanno qildi shayx.

Istasang xomushlik, dayr ichra kir, ey ahli hush,
Ko‘rki, har dam xonaqoh ichra alolo qildi shayx.

Shukr boriy, ey Niyoziy, man’ etib maydin mani,
Bil oxir sajjodasini rahni sahbo qildi shayx.

* * *

Sitamgar mahvasho, hajringda bag‘rimni kabob etding,
Petay ko‘z mardumi qoni bila oluda ob etding.

Niyozu ajz ila ahvoli zorim arz qilg‘andin,
G‘azabnok o‘lding asruluku nozoso itob etding.

Borurdin ko‘yinga man’ etding, ammo borg‘anim bilgach,
Tuzub zulmu sitam rasmini qattig‘ ijtinob etding…

Tanimni otashi shavqing aro solmoq bila har dam,
Ko‘ngulni dam-badam o‘z manzilida pechtob etding.

Qoshing shaklini mehrob ichra ko‘rmak orzusida,
Muhabbat qasrini ahli vara’g‘a fathi bob etding.

Boshimni o‘ynatib sarxush samanding bostirib o‘tding,
Niyoziyni bu yanglig‘ marhamatdin komyob etding.

* * *

Ey falak, turluk xiyonatlarni izhor aylading,
Bilmadim jurmim na erdi, el aro xor aylading.

Hodisoti dahrdin ranjida aylab xotirim,
Turfa illatlar bila jismimni bemor aylading.

Fosh etib af’oli noshoistami dahr ahlig‘a,
Ijtinob aylarga mandin asru badkor aylading.

Ko‘rsatib bir dilraboni orazi gulgunini,
Ishqnda chandin balolarg‘a giriftor aylading.

Bermayin vaslig‘a yo‘l hargiz aning hijronida
Ko‘zlarim giryon qilib, bag‘rimni afgor aylading

Notavon jonimni tashlab vodiyi furqat aro,
Necha muddat bir ko‘rarga gul yuzin zor aylading

Bir dame ochmay Niyoziyning murodi chehrasin,
Har adovatkim anga olam aro bor aylading.

* * *

Jamolin orzu aylab boqib har yona, har yona,
Ko‘zum kelmish firoqi dardidin giryona, giryona…

Agarchi o‘lmakim bo‘lmish muayyan dardi ishqidin,
Urarman bilmasun deb el qadam mardona, mardona.

Visolin fikr etarman kecha-kunduz tinmayin emdi,
Tahayyur dashtida ovoraman hayrona, hayrona.

Muyassar bo‘lsa umri Nuh yo‘q andin hech parvoyi,
Na dunyo joyi shodi, balki bir g‘amxona, g‘amxona.

Abas manzilgahing ta’miri keldikim ko‘rub bilding,
Hama ma’murlarning bo‘lmoqin vayrona, vayronaT

Vujudi qasridin chiqsun Niyoziy gar farog‘ istar,
Vagarna solg‘usidur xud o‘zin zindona, zindona.

* * *

Ey falak, komimg‘a yurmay zohir etding e’vjoj,
Etmadi sendin zamirim ichra bir dam ibtihoj.

Makr ila dunyo arusig‘a mani domod etib,
Garchi yo‘qdur xohishim o‘rtog‘a solding izdivoj.

Ulki maqsudim edi andinki band aylab mani,
Ko‘rsatursan necha ko‘z tutsam manga yuz ehtiyoj.

Bastalik solding tamomi korima zulm aylabon,
Bir ishimga sahv etib, bermay kushodu infiroj.

Muncha bas ermasmu bir gulchehraning ishqi aro,
Notavon ko‘nglumg‘a solding iztirobu ixtiloj.

Hajrida qilding base bemor, hujjat istasang,
Chehrai zardim bila za’fim qilurman ehtijoj.

Ey Niyoziy, shikva qilma charxi dundinki, qazo —
Dardu g‘amg‘a aylamish jisming xamirin imtizoj.

* * *

Istama, ey dil, vafo bo‘yini gulruxsordin
Kim, havoi andalib imkoni yo‘q gulzordin.

Qil taaqqulkim adam sorig‘a ul ishq ahlidin,
Qaysi biri ketdi ko‘rmay dardu g‘am dildordin.

Gar itoboso nigah bir qatla qilsa asramoq
Qayda mumkin elga jonin ko‘zlari xunxordin.

Muddati umringda osoyish tamanno aylasang,
Ahli dunyodin biri bo‘l balki bu g‘addordin.

Charx zolidin tama’ qilma muruvvat, negakim
Ko‘rmadi dahr ahli bu xislatni ul makkordin.

Xonaqah ahli muhabbat sirrig‘a voqif emas,
Ista oni dayr aro har tun sahar bedordin.

Dam-badam o‘zni jafo chekmakka mu’tod aylagil,
Yuz jafoni ko‘rmagungdur, ey Niyoziy, yordin.

* * *

Istagan bo‘yi vafo bu gumbazi vayronadin,
Tutdi ko‘z go‘yo vafo dahr ichra har jononadin.

Bemuruvvat oshnodin xo‘b erur uzmak ko‘ngul,
(Ixtiyor) etmak abad xushxo‘ylig‘ begonadin.

Jon qushini ishq o‘tig‘a o‘rtamak ta’limini
Ishq elig‘a olmoqi lozim erur parvonadin.

Doimo jomi ajal andog‘ to‘lug‘dur bo‘lmag‘ay,
Xoli hargiz nechalar shurb etsa bu paymonadin.

Mard emas ulkim muhabbat dardidin qildi hazar,
Juz tahammulni ko‘rulmas muddati mardonadin.

Ey Niyoziy, chirki g‘am etma zamirig‘a oning,
Dayr piri birla bo‘lsa chiqmayin mayxonadin.

* * *

Ey ko‘ngul, bilgil g‘animat bazmi vasl ayyomini,
Muddati umrida kim sipqardi.ishrat jomini?!

Bo‘lmadi ishq ahli vuslat birla hargiz komyob,
Qat’ etib to solmayin boshdin vujudi domini.

Charx davridin tama’ qilma farog‘i xotiring,
Kim farog‘at istadi oldi oning oromini.

Kimni ko‘rdingkim muhabbat ahlidin bu dahr aro,
Javidoni aysh ila topqon hamisha komini?

Anglag‘ilkim, ul zamiri pok emasdur ishq aro,
Mahvashi sham’i ruxi asli yorutmas shomini.

Qil hazar, dunyo arusi makr ila har dam sani
Ko‘rsatur rog‘ib qilurg‘a orazi gulfomini.

Ey Niyoziy, qilmasun maftun sani tahsini el,
Sud bilmaslar aning ahli dili ikromini.

Firoqing dardi ahvolim parishon ayladi, ey sho‘x,
Ishimda telba atvorin namoyon ayladi, ey sho‘x.

G‘ami ishqing aro tan kulbasining asl bunyodpn,
Sirishkim selining tug‘yoni vayron ayladi, ey sho‘x.

Jamoling partavi gulshanda nogah munjali bo‘lg‘och,
Ko‘zimning mardumini asru hayron ayladi, ey sho‘x.

Yuzingdin bo‘lg‘onim ayru ko‘ngulg‘a jism uyin go‘yo,
Ajab qattig‘ alamlik baytul ehzon ayladi, ey sho‘x.

Visoling ishtiyoqi necha yillar tiyra kulbamni
Hamono jismi bemorimg‘a zindon ayladi, ey sho‘x.

Xayoli vasling ishq ahlini ko‘ngli ichra har soat
Muhabbatlig‘ tasavvur birla mehmon ayladi, ey sho‘x.

Iiyoziyning gunohi yo‘q edi hajringda kuydirding,
Magar ishqinsni ko‘ngli ichra pinhon ayladi, ey sho‘x.

Tavsiya etamiz: Go’ri Amir yoki Amir Temur maqbarasi tarixi va rasmlari.

* * *

Ko‘ngul tinmay chekar un, ey parizod,
Damodam urg‘aningdin tig‘i bedod.

Firoqing qildi ko‘nglum kulbasini
Muhabbat dashti ichra mehnatobod.

Yoqib hajring o‘ti kul qilea jismim,
G‘amim yo‘q etsa ham bu kulni barbod.

Ajab yo‘q sho‘lai ko‘nglimg‘a tig‘ing
Suyi yetkach qilurdin ohu faryod.

Keturgil ko‘nglinga ashkim suyinkim,
Su yetkach tez bo‘lg‘ay yaxshi fo‘lod.

May ichma, tarki ishq et, dema, ey shayx
Mangadur dayr piridin bu irshod.

G‘aming buzdi Niyoziy xotirini,
Xayoli vasling ammo ayladi shod.

* * *

Lablaringni sharbatidur obi hayvondin alaz,
Obi hayvon demayin kim, bal erur jondin alaz.

Kufri zulming ishq elini komi bo‘ldi nechakim,
Shahdin oning ko‘rmish onlar shahdi imondin alaz..

Ko‘zlaring imosidin lazzat yetar dillarg‘akim,
Ramzig‘a lazzat ramuzi chashmi xo‘bondin alaz.

Dardi ishqingdin o‘lum holig‘a yetganlarg‘adur,
Nutqi jonbaxshing Maseh anfosidir, ondin alaz.

Vasl umidi birla bo‘lg‘an furqating ushshoq aro,
Noumidliqdin yetishgan dog‘i hirmondin alaz.

Zulmati hijronda qolg‘onlarg‘adur jami’ zaxang,
Darhaqiqat yuz tuman sham’i shabistondin alaz..

Xotiringdin mahv qilma bir dame mahbubni,
Ey Niyoziy, yor yodi zikri sultondin alaz.

* * *

Mahvasho, husning guli bir necha kun xandon erur,
Qadrinn bil eskucha bodi xazon mehmon erur.

Bo‘ldi chun farsuda ondin so‘ng pushaymondin ne sud,
Vaqtini tutmoq g‘animat shevai xubon erur.

Oshiqi oshufta holidin tag‘ofil aylamak,
Loyiq ermasdur va lekin xislati jonon erur.

Mast emas vasling mayidin ishq ahli nechakim,
Qismat aylang‘an alarg‘a so‘zishi hijron erur.

Shod erur vasling tamannosi bila mahzun ko‘ngul,
Bo‘lmasa yuz arzi hol olam anga zindon erur.

Furqat ayyomida gar ushshoqinga rahm etmasayag,
Jonlari koshonasida otashi so‘zon erur.

Ey Niyoziy, bu parishon so‘zlaringni tark etib,
Arzaye qnlg‘il, yo‘q ersa mujibi hirmon erur.

* * *

Jahon ayvoni, ey dil, bir kuhan koshona ermishdur,
Umid etmak aning obodini vayrona ermishdur.

Kishikim amniyat sahbosin onda orzu qildi,
Xirad ashobidin bilma oni, devona ermishdur.

Ani kim maskani rohat demasdur ham ko‘ngul bermao,
Erur hush ahlidin, bal oqilu farzona ermishdur.

Barobar anglabon sudu ziyoning, budu nobudin,
Xaloyiq ichra himmat sohibi mardona ermishdur.

Jahon ra’nolaridin bitmagay hargiz ko‘ngul komi,
Nechun kim har biri ishq ahlig‘a begona ermishdur.

Vafo ko‘z tutmadilar ahli dillar dahr sho‘xidin,
Sabab uldur — jafolig‘, bevafo jonona ermishdur.

Niyoziy, dahri dundin ayshu rohat topmog‘ung hargiz
Emas mumkin, buni bil, balki bir g‘amxona ermishdur.

* * *

Nigoro, man netay firdavsi fayzosorni sansiz,
Farodis ichra andoqkim gulu gulzorni sansiz,

Niholi qadding erdi sayrdin bo‘ston aro maqsud,
Vagarna naylagumdur o‘zga xushraftorni sansiz.

Qarorim bo‘lmag‘ay sahroda ham shahr ichra, ey dilbar,
Ne qilg‘um bog‘ni, na bog‘ aro asmorni sansiz.

Tuzardin majlis onda erdi maqsudim sani vasling,
Na yanglig‘ istaram bir sohibi asrorni sansiz.

Agarchi hurvashdur bazm eli bo‘lmish manga ag‘yor
Kim, anda istamasman ko‘zlari xummorni sansiz.

Jahon mahvashlaridin qaysi biridur yeanga matlub —
Dema, ey mahvashim, netkum pari ruxsorni sansiz.

Niyoziy mahv qilmas xotiridin bir dame fikring,
Nechuk mahv aylab istar o‘zga bir dildorni sansiz.

* * *

Muhabbat dashtig‘a rahbarsiz urg‘ondek qadam yolg‘iz,
Ko‘rarman dahri dundin dam-badam zulmu sitam yolg‘iz.

Tarab ishratgahida bo‘lmoqimni orzu aylab,
Dame yo‘q ko‘rmagan man zorg‘a ranju alam yolg‘iz.

Fano bo‘lmay qazoi ishq aro kirgan kishi yanglig‘,
Zamon o‘tmas mani mahzung‘a yetmay dardu g‘am yolg‘iz.

Emasdur xo‘blar sultonini sevmak maning haddim,
Na mumkindur gadog‘a bu sifat urmoqg‘a dam yolg‘iz.

Xiyonat zohir etdi charxi kajraftor har soat,
Qachon bag‘rimni qilmay qon qilur ko‘zlarda nam yolg‘iz.

Etishmay dardu g‘am, ranju alam, zulmu sitam har dam,
Manga oyo yetarmu dahr sho‘xidin karam yolg‘iz.

Niyoziy aylagil a’moli sol(i)h harna mumkindur,
Umid et, ketmagaysan nogahon mulki adam yolg‘iz.

* * *

Dil ahli dilbaridin o‘zga hikoyat etmas,
Har necha zulm yetkach andin shikoyat etmas.

O‘z mahvashidin ayru mahvashlar iltifotin,
Gar ko‘rsa haddin afzun hargiz siroyat etmas

Chin oshiq ul erurkim ma’shuqdin yetushsa
Ranju alam adadsiz shavqin nihoyat etmas.

Har nav’ bo‘lsa qilg‘ay mahbubining rizosin,
O‘zga habiblarining vaslin rioyat etmas.

Ko‘ngli ramida bo‘lmay hijron g‘amin chekardin,
Kuyidin o‘zga yerga aslo hidoyat etmas.

Ushbu riyo marazdur, ey shayx, tarkin etgil,
Yo‘q ersa yor qurbin lutfi iioyat etmas.

Vasl ahli dargahidin quvmang Niyoziynikim,
O‘z holin anglagandur emdi jinoyat etmas.

* * *

Ko‘rubdur kimsa el bedodidin ozor man yanglig‘,
Lagadko‘bi zamondin kim ekan bezor man yanglir.

Falakning zulmidin yo‘qtur manga osuda hol o‘lmoq,.
Kishi bormuki qilsam dardimi izhor man yanglnr,

Etib osibi davron notavon ko‘nglum erur majruh,
Topilmas dil shikasta dahr aro bemor man yanglig‘..

Havodis shahnasi toroj qildi xonumonimni,
Magar ul topmadi yag‘mog‘a faqrosor man yanglig‘.

Na xushdur ulki, ko‘rmay ahli davronning jafosinn,.
Zamon o‘tkarsa bo‘lmay ko‘zlari xunbor man yanglig‘.

Xarob etsa tong ermas ohu zorim ko‘knikim, qildi
Baliyat toshi kimning ko‘ksini afgor man yanglig‘.

Niyoziy oqil ersang qat’ etib eldin maoshingni,
O‘zingni anjumang‘a solmag‘il zinhor man yanglig‘.

Tavsiya etamiz: Devoniy devonlari va g’azallari haqida. Navoiy g’azaliga muxammas.

Navoiy g’azaliga muxammas.

O‘zgalar ko‘yida sinsin paykarim jo aylasa,
Jismim o‘lsun kul yonib gar onda ma’vo aylasa,
Bag‘rim oqsun g‘ayridin so‘zish huvaydo aylasa,
Ko‘nglum o‘rtansun agar g‘ayringg‘a parvo aylasa,
Har ko‘ngul hamkim sening shavqingni paydo aylasa.

G‘ayrini fikr aylasam hajring aro jovid o‘lay,
Qurbating umididin albatta beummid o‘lay.
Furqating zulmoti ichra sohibi ta’bid o‘lay,
Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid o‘lay,
Har kishi hamki sening vasling tamanno aylasa.

Sandin o‘zga yor zikri bir dame bo‘lsa so‘zum,
Dudi hirmondin qarorsun kahrabo yanglig yuzum,
Ahd bog‘lab nafsima ayturman, ey dilbar, o‘zum,
O‘zgalar husnin tamosho aylasa, chiqsin ko‘zum,
O‘zga bir ko‘z ham sening husning tamosho aylasa.

Xotirimg‘a boshqa yodi kelsa xok o‘lsun dilim,
Ham uzulsin g‘ayrig‘a gah xam qilur bo‘lsam belim,
Ham qurub qolsui badanning maddasi bo‘lgan gilim,
G‘ayr zikrin oshkora qilsa lol o‘lsun tilim,
Qaysi bir til hamki, zikring oshkora aylasa.

G‘ayratimdin rashk aro har gul yuzi bir shu’ladur,
Yoqg‘ali ko‘nglumni ham bulbul so‘zi bir shu’ladur,
Harna bo‘ston ichradur balkim o‘zi bir shu’ladur,
Rashkdin jonimg‘a har nargis ko‘zi bir shu’ladur,
Bog‘ aro nogah xirom ul sho‘xi ra’no aylasa.

Orzu bo‘ldi azaldin ko‘ngluma ishqing fani,
Bu jihatdan jismi afgorim badanning maskani,
Say’ birla umrim ichra bir ko‘ra olmay sani,
Oqibat jonimg‘a yetdim, ey xush ulmenkim mani,
Gar qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa.

Bu ajab husni guli aslo xazondin so‘lmag‘ay,
Zulm etib har dam o‘sanmay ko‘ngli hargiz to‘lmag‘ay,
Ushbu gulshandin falak zoli dog‘i gul yulmag‘ay,
Yo‘q og‘izdin nukta aytur mahvashimdek bo‘lmag‘ay,
Gar quyosh har zarrasidin bir Maseho aylasa..

Turfadur majnunligim holimni bilmasdur habib,
Bir nafas bo‘lmas ifoqatdin manga hargiz nasib,
Volalig‘ dashti aro emdi bo‘lubdurman g‘arib,
Kelturing raf’i jununimg‘a parixon, ey tabib
Kim, ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa.

Ko‘rgusidur hodisoti davrning ozorini,
Dahr elidin mushtag‘il bilgay hasadning korini,
Bo‘lg‘ay ahvoli parishon mahv etib azkorini,
Subhdek bir damda gardun qo‘ymag‘ay osorini,
Nogah ahli sidq ko‘ngli mehrin ifsho aylasa.

Zoli dunyo fikrida sarg‘arma, so‘lma nechakim,
Ey Niyoziy, aldanib uzrini qo‘lma nechakim,
Inqiyod aylab aning yuziga kulma nechakim,
Dahr sho‘xig‘a Navoiy sayd bo‘lma nechakim,
Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.

Tavsiya etamiz: Hamza Hakimzoda Niyoziy romanlari va ijodi haqida

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar