Bosh sahifa » Sherlar » Durbek ijodi. «Yusuf va Zulayho» dostoni haqida

Durbek ijodi. «Yusuf va Zulayho» dostoni haqida

by nafisa nafisa

Durbek ijodi. «Yusuf va Zulayho» dostoni haqida

Durbek haqida.

Durbek (14-asr oxiri — Balx — 15-asr boshi) — o‘zbek shoiri. Uning «Yusuf va Zulayho» dostonigina yetib kelgan. Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni 1409 yili yozilgan. Doston asosini Sharqda mashhur Yusuf va Zulayho haqidagi rivoyat tashkil etgan. Sharq adabiyotida sayyor syujetga aylanib ketgan bu mavzu o‘ziga xos uslubda qaytadan (o‘zbek tilida) bayon etilgan.

Durbek o‘zi yashagan davr manzaralarini doston ruhiga singdirib yuborgan. Asarda Balx sh.ning qamal qilinishi, shahar xalqi boshiga tushgan og‘ir fojialar yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Qamal tufayli yuz bergan ochlik, suvsizlik kabi qiyinchiliklarni shahar tashqarisidagi ma’murchilikka qaramaqarshi qo‘ygan. Dostondagi qaxramonlar faoliyati Markaziy Osiyo shahar va qishloqlariga xos tabiat manzaralari, turmush hodisalari, xalq urf-odatlari tasviri orqali aks ettirilgan.

Shoir bosh qahramon Yusufning taqdiri va uning hayotga bo‘lgan munosabatini turli vaziyatlarda tasvirlaydi. Yusufning insoniy fazilatlari uning zehni va zakovati odamlarga, o‘z eliga muxabbatida ko‘zga yaqqol tashlanadi. U behuda qon to‘kmasdan, aql-idrok bilan mamlakatni boshqaruvchi odil shoh darajasiga ko‘tariladi. Durbek xotin-qizlar latofati va zakovatini yangi jixatlar bilan boyitgan, Zulayho timsolida sadoqatli sevgi sohibasi obrazini yarata olgan. «Yusuf va Zulayho» dostonining qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №185), Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.

«Yusuf va Zulayho» dostonidan.

Kitob nazmining ibtidosi

Balx erur dahrg‘a ummul-bilod,
Mazhari islom taqi adlu dod.

Jumla akobirning edi manzili,
Sokin erur anda nabiyu vali.

Bo‘ldi falak gardishidin dori zulm,
Xalqi aning bo‘ldi giriftori zulm.

«Zod» edi tarix yana «he»yu «dol»,
Muddati hijratdin o‘tub mohu sol.

Qal’ai Balx o‘ldi chu darvoza band,
Poyai zulm o‘ldi bag‘oyat baland.

Ayladi qahhor chu izhor qahr,
Bo‘ldi giriftor xaloyiq bashahr.

Hukm bila kirdi ulus ichkari,
Hosili umrin qo‘yubon tashqari.

Shahr chu do‘zax kibi zindon edi,
Tashqari bir ravzai rizvon edi.

Tashqari erdi bori nozu naim,
Shahr ichida erdi azobi alim.

Tashqari erdi bari polizu bog‘,
Shahr ichida erdi base dardu dog‘.

Tashta edi sabzau obi ravon,
Shahr ichida erdi yuz ohu, fig‘on.

Tashta edi ne’mat ila kishtigoh,
Shahr ichida sharbat edi obi choh.

Tashta o‘shal suhbati gulzor edi,
Shahr ichida mehnatu buljor edi.

Tashta edi jumlai ayshu tarab,
Shahr ichida erdi base so‘zu tab.

Xalq bu shahr ichra bazindon edi,
Mehnat o‘tidin bari biryon edi:

Uchar edi ko‘zlaridin naqshi non,
Ko‘z yoshi erdi magar obi ravon.

Barchasi mafluku tehi dast edi,
Barcha uzum hasratidin mast edi.

Barchaning ul toqatidin toq edi,
Barchasi un g‘ussasidin qoq edi.

Barchaning ul joni ba bongi surud,
Der edi shaftoliyu sebu murud.

Barchasi hasrat bila laylu nahor,
Der edilar oluvu obiyu nor.

Ushbu qabol ichra uch oyi tamom
Er edilar g‘ussavu g‘am suhbu shom.

Banda alar birla giriftor edim,
Barchasidin voqif asror edim.

Kulbai ehzon qilib erdim vatan,
Ko‘ngul edi dar g‘amu jon mumtahan.

Goh edim jon bila mashg‘uli zikr;
Gohi edim g‘arqai anduhi fikr.

Gah o‘qur erdim zi kalomi iloh,
Gah kutub ichra qilur erdim nigoh.

Gah boqar erdim zi kitobi qisas,
Gah ichar erdim zi sharobi g‘usas.

Lek qisas ichra vale mayli jon
«Qissai Yusuf»ta edi ul zamon.

Ul edi, ul holda mahbubi dil,
Ul edi, ul qissai matlubi dil.

Bandai bechorag‘a shomu sahar,
«Qissai Yusuf» edi andar nazar,

Nasr edi bu qissa dag‘i forsi,
Edi anga jon ko‘zi nazzorasi.

Bor edi ko‘ngulda burundin bu azm,
Turki tili birlamu qilsam bu nazm.

Ushbu mahalda anga bos magar
Bo‘ldi yana bir necha sohib nazar.

Bandaga dedilar alarkim bu dam,
Bo‘lg‘il o‘shul qavlung‘a sobit qadam.

Qo‘yma talab ustida tab’ingni sust,
Ayla bu azmingni tamomi durust.

Qissai Yusufni tamom ayla nazm,
Turki tili birla qilib azmi jazm.

Qolga(y) oxir safhasida yodgor,Sendin o‘shal qissa, o‘tub ro‘zgor.

Banda o‘shal holda qildim shuru’,
Shukr qilib tangriga aylab ruju’.

Oldim o‘shal lahza davotu qalam,
Safhai qog‘az uza urdum raqam.

Davlati tavfiqni istab mudom,
Tengri taolodin o‘shal subhu shom.

Ushbu mushavvash ko‘ngul ayyomi chand,
Qildi qalam no‘gi, bila so‘zni band.

Erdi chu xotirga musammam bu azm,
Ayladi bu qissani dar silki nazm.

Kimki o‘qusayu bitisa muni,
Fotihaye birla sog‘ing‘ay meni.

Andalib g’azallari va muxammaslar to’plami.

Mag‘rib padshohining qizi Zulayxo degan hazrati Yusufni tushida ko‘rgoni

Bor edi Mag‘ribda shahi nomvar,
Hamrah edi chun anga fathu zafar.

Kofir edi ul, vale odil o‘zi,
Bo‘lmas edi ikki oning bir so‘zi.

Er kishining so‘zi agar bo‘lsa bir
Xoh g‘ani bo‘lsunu xohi faqir.

Erdi oning oti chu Taymus shoh,
Behad anga bor edi xaylu sipoh.

Bir qizi bor erdi mahi xovariy,
Orazig‘a shamsu qamar mushtari.

Yuzi quyosh erdi vale bezavol,
Barcha funun bobida sohib kamol.

Hosili umri edi ul shohning,
Oti Zulayxo edi ul mohning.

Bir kecha Yusufni magar ko‘rdi xob.
Kirdi oning qo‘ynina chun oftob.

Shamsu qamardek topibon ittisol,
Bir-biridin ayladi sebi visol.

Dedi Zulayxoki: — «Ayo gulbadan,
Menga de otingni — nedur? Qaydasan?

Qayda tilay yo‘qlasam oxir seni?
Munda toparsan chu tilasang meni».

Dediki: — «Yusufdur otim, gul uzor,
Men eruram Misr elida shahriyor.

Mehnatu dardu alamu ranju g‘am,
Etgusidur muncha balo dambadam.

Oqibat ul tengri inoyat qilib,
Seni menga, men senga bo‘lg‘um nasib».

Ushbu so‘z ustinda Zulayxo ravon
Seskanib uyg‘ondi magar ul zamon.

Erdi aning og‘zida Yusuf oti,
O‘rtadi boshdin-oyog‘i ishq o‘ti.

Boshdin-oyoq qildi yaqosini chok,
Surtar edi yuzini har dam baxok.

Qildi anosig‘a bu tushdin xabar,
Dedi anosi atosiga magar.

Fikr ichida qoldi alar subhu shom.
Bo‘ldi ochun ayshi alarga harom.

Lek Zulayxo edi bexo‘rdu xob,
Bag‘ri edi ishq o‘tidin kabob.

Yusuf edi zikri aning har nafas,
Bulbul edi bo‘lgon asiri qafas.

Ishq o‘tining shu’lasi o‘rtar jahon,
Kim tutar, ey do‘st, bu o‘tni nihon.

Oqibatul-qissa, chu Taymus shoh,
Dedi erur Misr chu shash moha roh.

Yig‘di ulug‘ beklarini ul zamon,
Dedi qiling Misrg‘a elchi razon.

—«Nomau tahsin bitingiz bu dam,
Misr Azizi ul emish muhtaram,

Nomani ta’zim ila insho qiding,
Vasl madihin dog‘i imlo qiling.

Ya’ni o‘g‘ulluqqa qilurbiz qabul,
Bizning oramizda yurursun rasul.

Misrda uldur chu shahi komgor,
Anga erur yaxshi-yomon ixtiyor».

Garchi ulus hokimi rayyon edi,
Ushbu Aziz oldida hayron edi.

Ganju xazoyin angadur beadad,
Bilki bu rayyong‘a qilur ul madad».

Jumlai beklar yig‘ilib sarbasar
Noma bitidilar to‘la obi zar.

Bitidilar darj qilib sharhi vasl,
Jumla hikoyatni zi far’u zi asl.

Butkarib elchiga berib ul zamon,
Misr sari qildilar elchi ravon.

Ahmadiy asari. «So’zlar munozarasi»asaridan parcha

Baytlar.

Ishq o‘ti har yerdaki ursa alam,
Bilki qilur jumla vujudni adam.
Ishq jon mulkida sulton erur,
Shohu gado anga chu yakson erur.

* * *

Charxi falak necha menga qilsa jabr,
Men qilayin ushbu balo ichra sabr.

* * *

Sabr bila topqasen oxir murod,
G’am yegan odam bo‘lur, albatta shod.

* * *

Sabr bila banda topar komi dil,
Komi dil istar esang, sen sabr qil.

* * *

Kimgakim bor himmat ila e’tiqod,
Oqibat ul amr topar ul murod.

* * *

Oqibatulamr bo‘lur haq zuhur,
Mehnat utub bo‘lgusi fasli surur.

* * *

Gul tilagan xor jafosin chekar,
Kimki asal olsa, arisi tegar.

Barcha o’zbek shoir she’rlari

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar