Bosh sahifa » Sherlar » Andalib g’azallari va muxammaslar to’plami.

Andalib g’azallari va muxammaslar to’plami.

by nafisa nafisa

Andalib g'azallari va muxammaslar to'plami.

Andalib (Bulbul) (asl ismi Nurmuhammad G‘arib; taxminan 1712—Urganch— 1780) — turkman shoiri. O‘zbek va turkman tilida yozgan. Xiva madrasalarida o‘qigan. Andalib mumtoz adabiyotning g‘azal, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas, musabba, muvashshax va boshqa janrlarida ijod qilgan.

Andalib g’azallari.

Ey rashki pari mehri jamoling ne balo xo‘b,
V-ey nilufaridek qo‘sha xoling ne balo xo‘b.

Fikringda bo‘lib ko‘zlarima jilva namoyon,
Har soatu har lahza xayoling ne balo xo‘b.

La’ling g‘amidin tashladi Xizr obi hayotin,
Kavsar suvidek sofi zuloling ne balo xo‘b.

Ey hur, yuzingning biri oy, birisi kundek,
Bu oyu quyosh uzra hiloling ne balo xo‘b.

Boshdin oyoqingdur ochilon gulshani xo‘biy,
Sar to qadami toza niholing ne balo xo‘b.

O‘ltursa ko‘zing, ikki labing lek berur jon,
Jon baxshlig‘ing xo‘bu qitoling ne balo xo‘b.

Boqsam yuzinga Andaliboso ajab ermas,
Furqatzada bo‘lg‘onga visoling ne balo xo‘b.

Navoiy g’azaliga muxammas.

O‘ngumni tutsa balo Hinddin Hisorg‘acha,
Qaroqchi tutsa yana Qorshudin Xuzorg‘acha,
Suv olsa yo‘limi to Balxdin Buxorg‘acha,
Hirotdin agar o‘t tushsa Sabzavorg‘acha,
Bo‘lay samandaru tortan o‘zumni yorg‘acha.

Jahonda ohim o‘tidin sharora tush-tushdur,
Ki ruq’am har biri elturga nomavar qushdur,
Ko‘rubman oni bu oqshom, o‘ngummu yo tushdur,
Ko‘ngul dog‘i bu o‘t ichra yo‘luqsa ham xushtur,
Ki bo‘lsa hamrahim ul sarvi gul’uzorg‘acha.

Balo sipohi bila dashti g‘amda ot surushub,
Fazoyi mehnat aro bir-birini oxtorushub,
Qaroru toqati sabrim birin-birin urushub,
Junun aro borishib, gohu goh qichqirishib,
Etishsak ikkimiz ul tund shahsuvorg‘acha.

Tanim firoq o‘tidin xastau kuyuk bo‘lsa,
Yo‘limda turlu balolar suruk-suruk bo‘lsa,
Ungumg‘a ne keluri kosh bilguluk bo‘lsa,
Emas chu umr ishi ma’lum, har nechuk bo‘lsa,
O‘zumni yetkurayin yor o‘lon diyorg‘acha.

Fig‘onki, bo‘lmisham o‘z shahri kishvarimda g‘arib
Kishim yo‘q oni janozamg‘a qilg‘ali targ‘ib,
Etushmagay manga shoyad azobdin osib,
Chu ko‘y ichra mozorimg‘a bersalar tartib,
Qadamni qilsa gahi ranja ul mazorg‘acha.

Bu kun sabo bu ko‘han dayr aro topilmassan,
Yo‘ling maxufdurur qaytib emdi kelmassan,
Hama fano yo‘lig‘a bordi, boqiy qolmassan,
Erur bahor g‘animat, may ichki, bilmassan
Ki dahr bog‘ida bo‘lg‘ung yana bahorg‘acha.

Kel, Andalibi balokashg‘a, soqiyo, may ber;
Qilay man oni ichib, joninga duo, may ber;
Xumor xastasidurman, topay shifo, may ber,
Navoiyo, g‘amim o‘lturdi, g‘amzudo, may ber,
Yo‘q ersa boshla mani yori g‘amguzorg‘acha.

Navoiy g’azaliga muxammas.

Faryodkim, man zorni ul gul’uzor o‘lturgusi,
Qatlimg‘a bog‘lab tiyg‘i kiyn, zori nizor o‘lturgusi,
Qoshu ko‘zung, xolu xating begonavor o‘lturgusi,
Bir kun mani ul qotili majnunshior o‘lturgusi,
Usruk chiqib, javlon qilnb, devonavor o‘lturgusi,

Ochmish guli ruxsorini ul qomati navrastakim,
Ikki hiloli qoshlari bir-birina payvastakim,
Gisularina bo‘lmisham ondin beri vobastakim,
Oshiq bo‘lurda bilmadim men notavoni xastakim,
Hajr o‘lsa, g‘am kuydurgusi, vasl o‘lsa, yor o‘lturgusi.

Kirpiklarini o‘qlarin bog‘lab qoshi yosig‘akim,
Bilmon ne deb rahm aylamas man zori shaydosig‘akim,
Ko‘nglum qushin band ayladi zulfi jalisosig‘akim,
Maydon aro, ey ahli din, kirmang tamoshosig‘akim,
Yuz ko‘rmayin ul kofiri chobuksuvor o‘lturgusi.

Jonimg‘a rohat yetkurur la’ling xayoli o‘zgacha,
Uchdi jamoling hajridin uyqu ko‘zimdin bu kecha,
Mumkin emas jon saqlamoq man notavoni tongg‘acha,
La’ling zakoti may tutub tirguzmasang, ey mug‘bacha,
Dayr ichra men dilxastani ranji xumor o‘lturgusi.

Ikki bunogo‘shidagi kokul ochibdur orazin,
Jon rishtasidek mushkbo‘ sunbul ochibdur orazin,
Bu Andalibi zorg‘a bilkull ochibdur orazin,
Derlar Navoiy qatlig‘a gul-gul ochibtur orazin,
Ko‘rguncha oni, voykim, yuz xor-xor o‘lturgusi.

Akmal Piskandiy g’azallari va muxammaslari

Navoiy g’azaliga muxammas.

Ul paridin o‘zgaga telmurmag‘aysan, ey ko‘ngul,
Aylasa javru sitam injilmag‘aysan, ey ko‘ngul,
Muddaiylar ta’nidin tortilmag‘aysan, ey ko‘ngul.
Istasang hajr o‘tig‘a yoqilmag‘aysan, ey ko‘ngul,
Yordin zinhorkim ayrilmag‘aysan, ey ko‘ngul.

Orzu aylarsan hardam ul shakar guftorni,
Qomati sarvu yuzi gul, xoli anbarborni,
Oqibat hijronida o‘lturgusi san zorni,
Vah, ne tole’durki, topmay istab umre yorni,
Chun sani yor istagay topilmag‘aysan, ey ko‘ngul.

Bazm aro ul mahliqodin g‘ayri havro bo‘lmasun,
Balkim ul Layli bilan Shirinu Azro bo‘lmasun,
Furqatida bistaring juz xoru xoro bo‘lmasun,
Buki qon yoshim desangkim oshkoro bo‘lmasun,
Mayl etib yoshlar sori qotilmag‘aysan, ey ko‘ngul.

Fitnalar soldi jahonga ikki kofir ko‘zlari,
Lek jon ta’min berur nutq etsa shirin so‘zlari,
So‘rsalar, de xo‘blarda yo‘qtur ondin ilgari,
Desalar Laylimu ortiq husn aro yo ul pari,
Garchi majnunsan, kerak yongilmag‘aysan, ey ko‘ngul.

Ayladi par qoshlari qavsu kuzah hushingni mahv,
Ul musaffo g‘abg‘abi holi manah hushingni mahv,
Yo saning devonalig‘, yo bu farah hushingni mahv,
Qildi chun soqiy labi tekkoch qadah hushnngni mahv,
To abad zinhorkim oyilmagaysan, ey ko‘ngul.

Istabon bu gulsitonda gul’uzori orazin,
Ko‘zlaring tortib oqordi intizori orazin,
Umring o‘tdi ko‘rmading bir lahza yori orazin,
G‘unchasin g‘amdin vale soqiy bahori orazin,
Ochsa bilmonkim netib ochilmag‘aysan, ey ko‘ngul,

Andalibo, bu mahol andesha birla mohu sol,
Yor vaslin fikr etib ko‘rmak xayolidur xayol,
Dayr piri xizmatida qilmayin kasbu kamol,
Davlati boqiy Navoiydek erur topmoq mahol,
To tamom o‘zlikni foniy qilmag‘aysan, ey ko‘ngul.

Navoiy g’azaliga muxammas.

Xam keturdi qomatim payvasta abro‘ kelmadi,
Xatti mushkafshonu xoli anbarinbo‘ kelmadi,
Ro‘zgorim tiyra qilg‘on ja’di giso‘ kelmadi,
Kecha kelgumdur debon ul sarvu gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Chiqg‘on ermish azmi javlon qilg‘oli ul shahsuvor,
Orazin ko‘rmak erur ikki ko‘zumga iftixor,
Oh naylaykim bo‘lubdur ashk birla pardador,
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘au ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Kelsa ul gul xirmani suhbat tutub qilsam nishot,
Pardai jonimni poyandoz etib qilsam bisot,
Yo‘qsa nomus etti qilmoq men gadog‘a irtibot,
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u, kelmadi.

Ey parilar shohi, bir jurm ila yozg‘urmang meni,
Bu suubatlar bila har yong‘a kezdurmang meni,
Kelmisham ummid ila, navmid etib surmang meni,
Ko‘zlaringdin necha suv kelgay deb o‘lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.

Beli fikri qo‘lg‘a kirmas, og‘zidek bo‘lmay adam,
Tortibon har dam riyozat, istamay dayru haram,
Za’faronzor orazing qon yoshimi qilmay naam,
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam
yo‘lg‘akim, avval qadam ma’shuqa o‘tru kelmadi.

Andalibo, nola aylab beg‘am et ko‘nglung uyin,
Jomi sahbodur dengiz, ko‘z bayram et ko‘nglung uyin,
Etmasun osiyb, hargiz mahkam et ko‘nglung uyin,
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.

Navoiy g’azaliga muxammas.

Har subhu shom telbarab og‘lormen yana
Ul vajhdinki tolibi diydormen yana,
Gah sokini jafo, gah sayyorman yana,
Hayhotkim, birav g‘amidin zormen yana,
Faryodkim, balog‘a giriftormen yana.

Jonimni oldi qoshu ko‘zu oraz uzra mang,
Ko‘nglumni yoqdi shu’lai hijron bedarang,
Ey ahli dil, qachon bo‘lur oshiqta nomu nang,
Og‘zim qurub, damim tutulib sekrasam ne tong,
Kim telba chobukimga jilavdormen yana.

Zorimni kimga desam uchar hush boshidin,
Bir o‘q qadaldi siynama payvasta qoshidin,
Faryoda keldilar hama nolam xaroshidin,
Har kecha bir quyosh g‘amidin g‘ussa toshidin,
Boshdin ayog‘ sipehrdek afgormen yana.

Gah vodiyi junun aro mastona yo‘l tuzub,
Kim telbarab fig‘on ila, gah yova ko‘rguzub,
May ichgali ridog‘a solib, bodani suzub,
Sufii aql savmaasin, shukrkim, buzub,
Dorul-fanoi ishqda xammormen yana.

Tuz, Andalib, «Iroq»u «Hijoz» aylagil fig‘on,
Gohi Nishovuriga tebranar «Isfahon»,
Sharhi g‘amingni aylagil ushshoq aro ayon,
Aql itti, hush ketti, ko‘ngul kuydi, chiqdi jon,
Shukr et, Navsiyoki, sabukbormen yana.

Berdaq hayoti va ijodi. Berdaq tarjimai-holi.

Fuzuliy g’azaliga muxammas.

Toki ko‘rdum chashmi fattoningdadur g‘ammozalar,
Dog‘lar kiydim yuzing sha’nida yuz andozalar,
Rashk kojidin yuziga urdi mahvash g‘ozalar,
Har kitobakim labi la’ling hadisin yozalar,
Rishtai jon birla ishq ahli oni sherozalar.

Mehmonim bo‘lding, ey dilbar, qo‘l urdum kisaga,
Kokuling savdosidin naqdimni bermon nasyaga,
Xoli mushkining qilibdur ro‘zgorimni siyah,(?)
Bu na sirdur sirri ishqing demadim bir kimsaga,
Shahra dushmushman sani sevdum deyub ovozalar.

Oshiq o‘lmang deb nasihatlar ko‘b etti piri ishq,
Naylayinkim jonu ko‘nglum bo‘ldilar tasxiri ishq,
Man o‘lar holatg‘a yetdim yo‘qmudur tadbiri ishq,
Choklar ko‘ksumda sonmangkim ochibdur tiyri ishq,
Ko‘ngluming shahrina mehring kirmaka darvozalar.

Rindlar birla qilib har dam fig‘onu arbada,
Ahli olam bo‘ldilar faryodu nolamdin zada,
Shukrlillah, manzilu ma’vo bo‘lubdur maykada,
Shayxlar mayxonadin yuz do‘ndururlar masjida,
Betariqatlarni ko‘rkim to‘g‘ri yo‘ldin ozalar.

Andaliboso chekib hardam fig‘onu zamzama,
Ul quyoshning orazidin munfaildur mehru mah,
Bir kuni bo‘lg‘ay firoqingning visoli, g‘am yema,
Ey Fuzuliy. yor agar javr etsa andin injima,
Yor javri oshiqa har dam muhabbat tozalar.

Fuzuliy g’azaliga muxammas.

Fig‘onkim, ul labi maygun ichib qonimni qonmazmi?
Hazin jonimg‘a hardam zulmu bedodin oyonmazmi?
Nnib shavq o‘tina boshdin ayog‘ jismim tugonmazmi?
Bani jondin o‘sondurdi, jafodin yor o‘sonmazmi?
Falaklar yondi ohimdin, murodim sham’i yonmazmi?

Bo‘lub ul but niqobafkan, chekarman dardlig‘ shevan,
Falak saqfin qilib ravzan, g‘izom anduh, yerim gulxan,
Ishim nola, tilim alkan, so‘zim bo‘lg‘aymu mustahsan,
G‘amim pinhon dutardim ban, dedilar yora qil ravshan,
Desam ul bevafo, bilman, inonurmu inonmazmi?

Chiqibdur ul mahitobon, jamolidin jahon raxshon,
Quvon, ey ko‘z, go‘nan ey jon, ichingda qolmasun armon,
Alandurma bo‘lub hayron, qilibdur va’dai paymon,
Qamu bemorina jonon davoi dard etar ehson,
Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi?

Ko‘zing pur fitnai jodu, g‘azoli mushk anbarbo‘,
Otorsen o‘q kamon abro‘, qilurman jonimi qobu,
Durur ko‘nglum ango qorshu, borur ashkim bo‘lub jo‘-jo‘
Guli ruxsoringa qorshu, ko‘zumdin qonlu oqar su,
Habibim fasli guldur bu, oxir sular bo‘lonmazmi?

Firoqingda mani bedil, ishim mushkil uza mushkil,
Tuzubsan g‘ayr ila mahfil, yotibman xasta oyu yil,
Sari ko‘ying qilib manzil, murodim bo‘lmadi hosil,
Degildim man sango moil, san etding aqlimi zoil,
Bango ta’n aylayan gofil, sani ko‘rgach o‘tonmazmi?

Chiqib ul nomusulmonim qilurg‘a qasdi iymonim,
Falakda ohi so‘zonim, ko‘zimda ashki g‘altonim,
Ichnmda dardi pinhonim, tabibo, yo‘qmu darmonim,
Shabi hijron yonar jonim, do‘kar qon chashmi giryonim,
Uyotir xalqi afg‘onim, qaro baxtim uyonmazmi?

Jahonda to‘la g‘avg‘odur fig‘oni Andalibodur,
Na yanglig‘ sho‘rish afzodur, tili vasfingda go‘yodur,
Ango ko‘yingda ma’vodur, alimda jomi sahbodur,
Fuzuliy rindi shaydodur, hamisha xalqa rasvodur,
Ko‘ringkim, bu na savdodur, bu savdodan o‘sonma

Ubaydiy g’azaliga muxammas.

Qaysi gulshanning qadingdek sarvu xush raftori bor?
Qaysi gulning ul yuzingdek otashin ruxsori bor?
Qaysi dilbarning saningdek la’li shakkar bori bor?
Shukrkim, mahzun ko‘ngulning sen kibi dildori bor?
Ne g‘ami bor ul kishiningkim seningdek yori bor?

Lablaring shavqida sebu nok terdim olg‘ali,
Istayub bodomu tarbog‘ ichra bordim olg‘ali,
Bog‘bona olma keltur deb buyurdim olg‘ali,
Nori borin bilmadim, shaftolu so‘rdim olg‘ali,
Dediyu: shaftoludin yo‘qtur nasibang, nori bor.

Ohkim, hijron balosi toqatimni qildi toq,
O‘tlug‘ afg‘onim bilan bo‘ldi munavvar nuh ravoq,
Jonu jismimni yoqib, kul qildi shiddatlig‘ firoq,
Tushgali boshim necha ayyom ul guldin yiroq,
G‘uncha yanglig‘ ko‘nglum atrofida yuz ming xori bor.

Ko‘zlaringdek bog‘ aro nargis ko‘zi shahlo degul,
Sarv ozodu sanavbar qomatingga bo‘ldi qul,
Orazingg‘a og‘zin ochib g‘uncha, hayron qoldi gul,
Qaysi bir yaxshiligin mendin so‘rarsan, ey ko‘ngul,
Xo‘bluq asbobida har neki dersen — bori bor.

Ul parilar podshohi masnad uzra o‘lturub,
Bazm tuzmish, may ichib, jomi murassa’ to‘ldurub,
Xizmatida Andaliboso turubdur telmurub,
Bosh qo‘yubdur ostonig‘a Ubaydiy, qul bo‘lub,
Bandadur onga, vale yuz saltanatdin ori bor.

Musamman.

Mubtaloman, ohkim, bir rashki rizvon ollida,
Yuz balo, yuz fitna bor, ul chashmi fatton ollida,
Zor jismim bo‘ldi qon, bu no‘gi mijgon ollida,
Tob tushdi qomatimg‘a zulfi chavgon ollida,
O‘ynasa go‘y etgumen boshimni g‘alton ollida,
Poymol o‘lmoq kerak bu sho‘xi javlon ollida,
Budu nobudum agar teng bo‘ldi jonon ollida,
Zarrai yo‘q, bori tengdur, mehri raxshon ollida.

Tiyra qildi subhim ul xurshidi tobon hajr aro.
Soldi g‘am chohig‘a rashki mohi Kan’on hajr aro,
Olloh-olloh, men kibi yo‘qtur parishon hajr aro,
Ashku ohim bo‘ldi sarsar birla to‘fon hajr aro.
Bu balolardin qutulmoqlik ne imkon hajr aro,
Bahri ashkimdin suv olmish abri nayson hajr aro,
Ko‘zlarimning chashmasi ollida Ummon hajr aro,
Ko‘z biaynih o‘yladurkim chashma Ummon ollida.

Borg‘ali ul mahliqo, vahkim, parishondur dimog‘,
Qong‘a to‘ldi onsizin bazm ichra miynodi ayog‘,
Topmadim hargiz nishonin ko‘-bako‘ aylab so‘rog‘,
Mumkin ermas bu suubatlar bila topmoq farog‘,
Zohir etti la’li yodida ko‘zim qonlig‘ bulog‘,
Lola ochti bog‘, gul ochti bu yanglig‘ qaysi bog‘,
Vasl ichinda do‘zax o‘ti birla qo‘yg‘on toza dog‘,
Otashin guldek gumon qil dogi hijron ollida.

Hajr shomi tinmay o‘tlug‘ ohlar chekdim dalir,
Urtanib kul bo‘ldi oning tobidin mohi munir,
Ko‘zlarim sho‘robasi ollida daryo chun g‘adir,
Biri Jayhuni bashiru biri Sayhuni nazir,
Ber manga husnung zakotin ham gadomen, ham faqir,
Lutf etib ilkim tutub bo‘lsang na bo‘ldi dastgir,
Ey musulmonlar, ne holatdurki ishq etmish asir,
Yuz musulmon xaylini bir nomusulmon ollida.

Ey ajal, jonim olib bergil manga sabru qaror,
Yo‘qsa hijron ilkida qo‘yma meni zoru nizor,
Vasli xurshidin tilab jismim bo‘lubdur zarravor,
Umredur bee’timodu, jong‘a yo‘qtur e’tibor,
Og‘zidek bo‘ldim adam, belini aylab ixtiyor,
Andalibo, ko‘yi jonon sori etsang sen guzor,
Ey Navoiy, jon sabo ollida qilg‘aymen nisor,
Bu gado holin desa, yetganda sulton ollida.

Barcha o’zbek shoir she’rlari

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar