Mundarija
Usmon Nosir sheโrlar toโplami:
YURAK
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga joโr etding.
Koโzimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu koโkrak,
Sevinching toshdi qirgโoqdan,
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Sen, ey sen โ oโynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
Toโlib qayna, toshib oโyna,
Tirikman, kuyla boringni!
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas boโlsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom oโlsam!
Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida>>
YANA SHEโRIMGA
(Sonet)
Sheโrim! Yana oโzing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
Yuragimning dardi โ naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
Oโt boโlurmi ishqi yoโq tanda?
Dardimsanki, sheโrim yaxshisan.
Sen orada koโprik boโlding-da,
Geyne bilan oโrtoq tutindim.
Lermontovdan koโmak oโtindim.
Butun umrim sening boโyningda.
Saharda qon tupursam, mayli.
Men โ Majnunman, sheโrim, sen โ Layli!
Usmon Nosir sheโrlar toโplami:
BOGโIM
O, u qanday fusunkor!
Nur bilan toโlgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Koโnglimda yashnar bahorโฆ
Nur bilan toโlgan butun.
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bogโim:
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bogโim!
Sheโrlarim yangrab qolur โ
Bir umrga oโlmayman!
Hayotimning davomi โ
Kelajagimga homiy,
Oโrnimga bogโbon boโlur โ
Bir umrga oโlmayman!
O, u qanday davomdor!
Nur bilan toโlgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Koโnglimda yashnar bahorโฆ
Nur bilan toโlgan butun.
Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida>>
YURGANMISIZ BIRGA OY BILAN
Yurganmisiz birga oy bilan
Oqshom payti koโm-koโk oโrmonda?
Maysalarga shabnam qoโnganda,
Shunday yaxshi tinch boโlar ekan.
Shitir-shitir oโynar shabboda,
Barglar musiqasi bir shirinโฆ
Havo goโyo tiniq, sof boda โ
Koโngil sezar hayotning sirin.
Men mast boโlib qoldim bu kecha,
Sil oโpkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha
Dilginamni rosa sayratdim.
DENGIZ OYNA KABI
Dengiz oyna kabi yaltirar,
Toโlqinlarga suqim oqadi.
Oqqush mungli-mungli oh urar,
Hazin kuyi dilga yoqadi.
Oโtiraman โ koโnglim osuda,
Boshim uzra barglar shitraydi.
Soyalari limmo-lim suvda
Tanga-tanga boโlib titraydi.
Qanday yaxshi, kechqurun yolgโiz
Yursang, koโngil asti toโymasa,
Oy goโyoki parishonxol qiz,
Sochlarini yozib oโynasaโฆ
DENGIZGA
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Koโnglimda ishqingni olib qaytaman.
Sochimni oโynaydi muzdek shoโx shamol,
Men unga dardimni qanday aytaman?
Kechqurun qirgโoqda aylanib tanho
Sevdim, sevib qoldim toโlqinlaringni.
Oyni choโmiltirgan tinch tunlaringni
Tushimda koโrganda ne qilarman, o?
Oโynagil soโng marta, chayqal, erkalan!
Armonim qolmasin ketar oldimda.
Bagโringda baliqday yuzgan oq yelkan
Bir umr sayr etgay mening yodimdaโฆ
Yaxshi qol, erkin suv! Yaxshi qol, dengiz!
Toโlqinlar, qoโynimga qizday kirdingizโฆ
Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida>>
Usmon Nosir sheโrlar toโplami:
MONOLOG
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim oโpmagan, kim tishlamagan?
Darding yoyday tilib koโksudan,
Kim qalbida qonlar toโkmagan?
Seni yaxshi bilaman, goโzal
Petrarkani oโqiganim bor,
Buyuk Rimning Samfosi azal
Xayolimni oshiqday tortar.
Bilamanki, Tasso bechora
Rohat koโrmay oโtgan bir umr.
Ey,makkora qiz, Leonora,
Nomi qora bilan yozilgur!..
Balki, guldan yaralgan pari,
Tosh koโngilli Biatrichi โ
ยซGadosan!ยป deb qochmasa nari
Dante baxtli boโlardi pichi?!
Balki Hamlet oydin tunlarda
Ofeliyani erkalatardi,
Balki uzun sochini silab
Azongacha ertak aytardi.
Agar xiyonatni bilmasa,
Yozmasa fojia yuragin!
Yoโq, yoโq, shoir! Gar shunday boโlsa
Shekspirning yoโqdir keragi!
Dezdemona, gunohsiz dilbar,
Jigar qonlaringni ichgan kim?
Bilaman โ Otello, bilamanโฆ
Otello haqlimi?.. Shoir jim!..
Jim!.. Ufqdan botar quyoshni
Shart kesilgan boshga oโxshatdim.
Parcha-parcha kuygan shafaqlar
Tirqiragan qonni eslatdi!
Qanday qoโrqinch! Qanday qabohat!
Mumkin emas hech qiynalmasdan!
Aqlidan ozganmi muhabbat?
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
Mumkin emas, ey oliy janob,
Necha yurakni aylab xarob,
Shohona toj kiygan muhabbat,
Mumkin emas! Qanday qabohat,
Ki, odamning oโzinginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
Qiynalaman!.. Yuragimda havr โ
Bu qarshilik! Yon! Gina emas.
Bu qarshilik! Koโring tarixni โ
Parvonadek qanoti kuygan.
Bu qarshilik! Koโring tarixni โ
Umr tepasida musht tuyganโฆ
Qiynalaman vijdon bilan man โ
Mumkin emas qarshi turmasdan
Oโz zimmamga katta ish oldim;
Ehtimolki, tamom qilmasdan โ
Umrim tugar. Ammo boโlmaydi
(Koโnglim oโrniga hech tushmaydi!)
Senga qarshi bosh koโtarmasdan,
Asrlarni yigโlatgan sevgi!
BAGโISHLOV
(ยซNaxshonยป dostonidan)
Bogโlarga namozgar
Salqini tushdi,
Gullar nam bargini
Qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar
Togโlardan pastda,
Loladek qip-qizil
Oโt shafaq oโchdi.
Koโz tutdim
Koโzlarim nigoron boโldi;
O, dilbar,
Simbarim, yuzlari qirmiz.
Kiprigi koโksiga
Soya solgan qiz,
Koโz tutdim,
Yuragim toโla qon boโldi.
Shabboda bolariday
Gulzor uzra shoโx Oy fonarini
Yoqdi โ qiz oqshom, Yasha!
Sen kelding,
Sevgilim, Naxshon,
Suv qizi โ suvsarim,
Kipriklari oโq.
Sen kelding,
Koโnglimga suv kabi okding.
Sen kelding โ
Ruhimda yashash boshlandi,
Sevinchdan koโzlarim
Behol yoshlandi.
Sen kelding,
Sheโrimga chechaklar taqding.
Sen kelding,
Vaโdaga vafodor malak,
Oppoq qoโlingnimi
Siypalab oโpay?
Qora sochingnimi
Siypalab oโray?
Vaโda etayinmi,
Senga deb falak?
Arzirdi
Falakni etsam hadya,
Afsusโฆ
Fazo menga hali qul emas,
Mayliโฆ borimni
Aylay armugโon.
Garchi u
Ajoyib, asl gul emas,
Naxshon, ey yoshligim,
Sevgalim, ma, ol!
Ishqimning eng oliy
Tuhfasi sheโrim.
Oโqi!
Lablaringdan toโyib emgani,
Sheโrimga berkindi
Ataylab mehrim.
Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida>>