Bosh sahifa ยป She'rlar to'plami ยป Ona haqida chiroyli she’rlar

Ona haqida chiroyli she’rlar

by administrator

Etiboringizga Ona haqida sheโ€™rlar ni taqdim etamiz. Ushbu Ona haqida sheโ€™rlar turli internet nashrlardan olingan boโ€™lib, Ona haqida sheโ€™rlar ni oโ€™qib yigโ€™lamaslikning iloji yoโ€™q. Shundan ekan Ona haqida sheโ€™rlar sizlarga yoqadi degan umiddamiz.

Ona haqida she'rlar to'plami

Oโ€™ZBEK ONASI โ€“ Abdulla ORIPOV

Mushtipar ham oโ€™zing, buyuk ham oโ€™zing,
Kuyinchak ham oโ€™zing, kuyuk ham oโ€™zing.
Olamga tatirlik suyuk ham oโ€™zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Oโ€™zbek onasi, Oโ€™zbek onasi.

Seni Toโ€™maris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibikhonim, Nodirai zor,
Payti keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Oโ€™zbek onasi, Oโ€™zbek onasi.

Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yoโ€™ldan qaytilmas,
Sen oโ€™zing Kabamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Oโ€™zbek onasi, Oโ€™zbek onasi.

Boshingdan nimalar oโ€™tmadi akhir,
Vatandek taqdiring boโ€™ldi goh takhir,
Bobur shoh boโ€™lsada, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Oโ€™zbek onasi, Oโ€™zbek onasi.

Gohida balqiding Barchindek toโ€™lib,
Gโ€™oโ€™zadek quriding Tursunoy boโ€™lib,
Timsoling yalovda yulduzdek kulib,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Oโ€™zbek onasi, Oโ€™zbek onasi.

Farzanding quvonsa โ€” sen ham quvonding,
Faqat bolam deding, yashading, yonding,
Nokasi uchrasa, oโ€™rtanding, tonding,
Payt kedi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Oโ€™zbek onasi, Oโ€™zbek onasi.

Kelajak toychogโ€™u toyingizdadir,
Jannat ham, albatta, poyingizdadir,
Vatan-ku Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi, aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Oโ€™zbek onasi, Oโ€™zbek onasi.

Sizga tazim qilib turibman bu payt,
Sizga bakhshidadir eng shohona bayt,
Aziz elu yurtga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Oโ€™zbek onasi, Oโ€™zbek onasi.

VATAN HAQIDA SHEโ€™RLAR

TAVALLO โ€“ TOโ€™RA SULAYMON

TAVALLO - TO'RA SULAYMON

Ona haqida sheโ€™rlarni oโ€™qishda davom eting.

Nelardandir kungil bulib gash,
Ham egilib bu egilmas bosh,
Kuzlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh
Mushtipar bir Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Qaytar bulsam quruq qul ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib ulja, ulovdan,
Qarzga botar bulsam birovdan
Taskin berib Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Birda haqdin, birda nohaqdin,
Jabr kursam bir betavfiqdin.
Ortda tursam qalbi quroqdin,
Qadrim kharob bulsa tuproqdin.
Ohlar urib Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Oga-ini urtasida gapโ€ฆ
Alhol, kelib chiqmish ikhtilof:
Biri izzat, biri mulk talab.
Bu oq sutim, mehrimga khilof, โ€”
Deya shurlik Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Sinalmoqning gali kelganda,
Nohaq maglub bulsam maydonda,
Nomim qolmas bulsa jahonda,
Kim dust-dushman bilinar onda
Ahvolimga Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Hanim bir yon, men bir yon bulsam,
U ustivor, men uryon bulsam,
Bu ham kamday nogiron bulsam โ€”
YOgoch otga yonma-yon bulsam
Oy tutilib, Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Bulsam gumroh, bulsa gunohim,
Vujudimga solmasdin vahm,
Qabul ayla tavallo-ohim,
Darig tutmay mehring, ilohim,
Yiglatmagil mushfiq Onamni,
Volidai Muhtaramamni.

Otalar haqida sheโ€™rlar

SHUHRAT O, ONAโ€ฆ

SHUHRAT O, ONAโ€ฆ

Zulfiyaga

Koโ€™z ochib olamga kelgandan beri
Nelarni koโ€™rmadi bu boshim mening.
Ozmi-koโ€™p tanidim hayotning sirin,
Qirqqa ham etibdi bu yoshim mening.

Yildan-yil orttirdim talay doโ€™stu yor,
Hurmatlab dedilar, ยซdoโ€™stimยป, ยซoโ€™rtogโ€™imยป,
Ulgโ€™aydim: koโ€™ksimga bosh qoโ€™yib dildor,
U dedi: ยซBakhtimsan, suyangan togโ€™im!..ยป

O, ona, hech biri emasdur shirin
ยซBolam!ยป deb bir ogโ€™iz aytgan soโ€™zingdan!
O, ona mehringda quyosh yashirin,
Ne ajab gul unsa har bir izingda!

TOโ€™RTLIK

Dunyoda eng yakhshi, mehribon ona,
Bu mening onamdir, biling, yoronlar!
Ey, oโ€™gโ€™il-qizlarim, boโ€™ling parvona
Onamda qolmasin dardu armonlar!

ONA HAQIDA SHER

ONA HAQIDA SHER

Farzandiga bulib parvona
Tunlar alla aytar:
โ€” Usgin, oppogim.
Onalik zavqiga qona va qona
Yupatar,
Erkalar umr chirogin.
Yiglasa gam chekar,
Shodlanar kulsa,
Diliga payvanddir har bir nafasi.
Bola tez ulgaysa,
Chin odam bulsa โ€”
Shudir onaizor orzu-havasi!
Shu niyat yulida tunlari bedor,
Farzandi mehriga garq bular ayolโ€ฆ
Bola usgan sari sochga qunib qor,
Uzin keksayishin qilmaydi khayol.

Doโ€™stlik haqida sheโ€™rlar

ONA NAVOSI โ€“ Husniddin SHARIPOV

ONA NAVOSI - Husniddin SHARIPOV

Kechalar uzundir, kechalar uzoq,
Goh kuzim ilinmas tong qadar, bolam.
Kungil mavjlariga solganda quloq,
Khayolga ne kelib, ne ketar, bolam.

Farzanddir onaning umriga gultoj,
Dardiga malham-u, bakhtiga yuldosh,
Hech kimni etmasin hech kimga muhtoj,
Minnat yosh joningni ogritar, bolam.

Mayli, ultirmagin tun-kun boshimda,
Etar paydo bulsang tez-tez qoshimda,
Balki rizqing bordir bir kaft oshimda,
Gap-suzni aylasam mukhtasar, bolam.

Goh borsam uyingga uzimdan ortib,
Yayrar nabiralar sakrashib, yurtib,
Kutarsam, qulimdan olmagin tortib,
Menga ham yarashar gunchalar, bolam.

Aziz umring bulib shohona bir bayt,
Qushiqlar ichingdan toshib ketgan payt
Arzingni menga ham tushuntirib ayt,
Qolmayin dardingdan bekhabar, bolam.

Uz inin vatan deb sevarkan turna,
Sen ham har zarrasin kuzga et surma.
Ichmagin, chekmagin, bemahal yurma,
Bulsin bosgan izing bekhatar, bolam.

Khayr-khush qilarmiz bir kunmas-bir kun,
Tonglarim husnini tusganda ham tun,
Bakhtingni kursam bas โ€” mamnunman, mamnun,
Sen borki, bizlar ham mutabar, bolam.

USTOZ VA MURABIYLAR HAQIDA SHEโ€™RLAR

ONAJON โ€“ ABDULLA ORIPOV

ONAJON - ABDULLA ORIPOV

Abudullar Oripov Ona haqida sheโ€™rlar dan

Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga

Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

Qaylargadir yuguraman,
Fig`onimdan chiqar dud.
Yig`lama, deb qo`llarimga
Tutqazarlar so`ng tobut.

Tongda ruhsiz ko`z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.

Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
โ€” Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.

Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.

Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.

Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.

Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.

II

U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.

Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.

O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.

Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?

Yo`qmidi hech o`zga gaping, โ€”
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.

Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O`tkazar-ku tiriklar.

Unutilar g`ussalar ham,
Orzular ham cho`zar bo`y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo`lar to`y.

Balki sening qabring uzra
Ko`karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo`yar,
Sen istagan kelinchak.

Kimdir uning yo`llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.

Balki do`stlar davrasida
Kamim bo`lmas hech qachon.
Lekin seni o`sha damda
Qaydan topay, onajon.

III

Esimdadir, titrar edim โ€”
G`amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko`rdim nogoh
Boshginangning ostida.

Toshday qotdim o`shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
โ€” Shoir o`g`lim, โ€” deding menga
Sekingina qayrilib.

Onajonim, so`ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo`lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.

Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to`larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo`larman.

Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo`lsam ehtimol.

Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko`rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.

Payti kelib to`lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so`ng
Senga tomon, sen tomon.

Balki u kun boshim uzra
Do`stlar bosh ham egadir.
O`sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.

Dilda neki jurโ€™atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo`lsin,
Senga bo`lsin, onajon.

Senga bo`lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo`la.
Xotirangga ushbu sheโ€™rni
Yozdi o`g`ling Abdulla.

SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHEโ€™RLAR

Ona haqida sheโ€™rlar : ONA

Ona haqida she'rlar - ONA

Kimdir savol berdi: โ€” Aytgil, Muhammad,
YOlgiz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga kup yakhshilik aylay, uzing ayt,
Ota onamgami yokhud bolamga?

Rasul javob qildi: โ€” Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
Eng avval onangga yakhshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini uyladim uzoq โ€”
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tugilgan paygambarlar ham.

ONA

Kaba qopqasida turgan ey, posbon,
Avval onalarning ochgin yullarin.
Onalar poyiga tiz chuk ushal on,
Tavof qil, kuzga surt, upgin qullarin.
Hojar onamizning nidosi sabab
Kabada kuz ochgan obi zam-zam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab
Ne-ne paygambarlar, kuzlarida nam.
Qavmimni ranjitib quymayin, ammo
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bagriga faqat beshik jo,
Hayotbakhsh allalar aytgan, muloyim.
Shurlik odamzodning tolei uchun
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora, gunohlardan pok bulgay ochun,
Onalar utinchi topib ijobat.
Kaba qopqasida turgan ey, posbon,
Avval onalarning ochgin yullarin.
Onalar poyiga tiz chuk ushal on
Tavof qil, kuzga surt, upgin qullarin.

ONAMNI ESLABโ€ฆ

Shamol uvillaydi,
Qor, buron toshib,
Tepalik tushiga uzni uradi.

U erda tuproqqa bagrini bosib
Tanho bir sagana mayus turadi.
Qoshiga chiqay deb buzlab yul yurdim,
Kukragimni tildi izgirin, tikan.
โ€ฆNetay, onajonim, qancha odam kurdim,
Sendan yaqin kishim yuq ekanโ€ฆ

ONAMGA โ€“ Zebo MIRZO

ONAMGA - Zebo MIRZO

Oq sochlari oppoq tun uning,
Umri halol ishqqa bayroqdir.
Oh, yuzlari dunyoi dunning
Goโ€™zalidan chiroyliroqdir.
(Boโ€™lolmadim hassasichalik),
Otam dardin koโ€™targan mohim,
Ushoqqina onam koโ€™ngliga
Bir hovuch nur bergil, ilohim!
Oโ€™zi potrab chiqqan chashmaday
Yoningizdan oqdim-u, ketdim.
Oโ€™zgalarga daryo tutdim-u,
Oh, onam-a, sizni unutdim.
Qaldirgโ€™ochlar mendan yakhshiroq,
Bakht toโ€™kadi hur quchogโ€™iga.
Men ham uning tirnogโ€™iman-u,
Arzimayman, lek tirnogโ€™iga!
Ismaloqlar boโ€™yini tarab,
Bahor shoshsa yurgan joyiga,
Rabbim, meni gul qilib yarat,
Hech boโ€™lmasa, uning poyiga!..

ONAM YOZOLMAGAN SHER โ€“ Behzod FAZLIDDIN

Sochlarimda oq gullar,
Kel, ularni ter, bolam.
Yoโ€™lingga mushtogโ€™ yoโ€™llar,
Bolam boโ€™lib ber, bolam.

Koโ€™ksimga oy berkitdim,
Yulduzlarga choy tutdim,
Otangdan ham koโ€™p kutdim,
Bakhtim boโ€™lib ber, bolam.

Titragan sozingni qoโ€™y,
Boโ€™gโ€™iq ovozingni qoโ€™y,
Qalam-qogโ€™ozingni qoโ€™y,
Oโ€™gโ€™lim boโ€™lib ber, bolam.

Yoโ€™l uchun tuqqanmidim,
Gul uchun tuqqanmidim,
Pul uchun tuqqanmidim,
Borim boโ€™lib ber, bolam.

Qaldirgโ€™och singling behol,
Qanotidan khatni ol.
Ishing koโ€™pdir, ehtimol,
Kelmay qoโ€™yaver, bolamโ€ฆ

ONAMGA MARSIYALAR

ONAMGA MARSIYALAR

Ona haqida sheโ€™rlar dan biri.

Bu kun koโ€™rlikmidi yo gโ€™aflatdimi,
Nechun bilmay qoldim, yo ofatdimi,
Haq bizga atagan bir kulfatmidi,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Jonimda bir nima uzilib ketdi,
Yuragim qon bulib ezilib ketdi,
Kuz ungimda olam buzilib ketdi,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Jon olgani kepti Azroil, evohโ€ฆ
Bizlarni gamdan hech etmabsiz ogoh?
Dardingiz tog ekan, demabsiz bir oh,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Kuz uzsam, egilib kelib qoshimga,
Kuldingiz kuzimdan oqqan yoshimgaโ€ฆ
Kuz ochsam, topmadim yana qarshimda,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Dod deb uygonarman tunlari birdan,
Jonimda bir zarra qolmay sabrdan,
YOnma-yon joy olgim kelar qabrdan,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Nechun suzlaringiz durga bitmadim,
Nechun bir opichib hajga eltmadim.
Nechun sizdan oldin gurga yotmadim,

Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Tuymi, aza โ€” yakhshi-yomon kunimda,
Kim turadi endi mening yonimda?
Kim yupanch beradi qiynalganimda?
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Ajalning dastidan qoraydi yuzim,
Olloh, yuragimga Uzing ber tuzim.
Jannatingga quygin onamni, Izim,
Joyingiz jannatda bulsin, onajon!

Siz uchib ketdingiz qaysi dunyoga,
Nechun erga qoldim yolQiz, onajon.
Suzlaringiz istab boqsam samoga,
Butun olam jimjit sassiz, onajon.

Nega uz vaqtinda anglay bilmadim,
Armonli dunyoda qoldim, onajon.
Dardingizni payqab tinglay bilmadim,
Soginib injinib toldim, onajon.
Kamida tuqsonga kirasiz devdim,
Olamda gurkirab yurasiz devdim,
Nevara tuylarin qurasiz, devdim,
Men kimga ishona qoldim, onajon.
Nenga qatiy-qatiy suylab hakimlar,
Kuchli deyishgandi yuragingizni.
Devdimki gapirar uylab hakimlar,
Baquvvat degandim bilagingizni.
Siz bevaqt uchdingiz qay bir dunyoga,
Siz-la ketgan qushlar qaytdi, onajon.
Siz nechun qoldingiz qay bir dunyoda,
Olloh sunggi gapni aytdi, onajon.
Oppoq sochlaringiz oppoq ipaklar,
Behi yuzlaringiz, kipriklaringizโ€ฆ
Oq rumol, sajjoda batis kuylaklar
Daftarlarda qolgan bitiklaringizโ€ฆ
Kungillarda naqshin nafis tabassum,
Ingichka ingichka suzlar ugitlarโ€ฆ
Yiginlarda barin eslashar har zum,
Zotingizdan chiqqan qizlar, yigitlar.
Siz ketgan yoqlardan bizga khabar yuq,
Ammo siz bizlarda yashaysiz hamon.
Sizning okhiratdan mening kunglim tuq
Joyingiz jannatda bulgay, onajon.

Vatan haqida sheโ€™rlar

ONAM โ€“ Marsiya

ONAM - Marsiyaย 

Uldi-ketdi, ey voh, gamguzorim onam,
Qaytib kelmas endi beozorim onam.
Qayga uray endi bu hayrona boshimni,
Bizga tuymay ketdi zori-zorim onam.
Kuz yoshlarimda qolgan foniy hamrohim onam,
Tunlar uyqusiz kuzim, tonglarda rohim onam.
Holi kharoblar yiglar, mehribonim onam,
Bagri kaboblar yiglar, jonu jahonim onam,
Bu gamlarni boshiga tushganlar bilar bir kun,
Siz yuq, huvillab qoldi keng khonadonim onam,
gamlarim kimga suzlay Gamguzorim onam,
Okhir daftarga tukdim dildagi zorim onam.
Qaylardasiz endi qiblagohim onam,
Izlab topolmay qoldim sajdagohim onam,
Izlaringiz akhtarib qabringiz boshidaman,
Qoyalarni titratgay ohu vohim onam,
Tong keldim, oqshom keldim tinglamas zorim onam,
Sizsiz kharidorim yuq, kuhna bozorim onam.
Hijron ezar, suzlashga toqat-imkonim qani,
Suratim tirik faqat, tandagi jonim qani.
Uyim turi bush qoldi, allasiz qoldi beshik,
Maslahatguyim qani, toza vijdonim qani,
Kimlar kechirar endi qilgan gunohim onam,
Qoqilganda suyanchiq, pushti panohim onam.
Ulim shohu gadoga teng ekan bu dunyoda,
Onamni toparmanmi, jahon kezsam piyoda.
Onam ulgani bilan er tuymas-ku, odamlar,
Ulimga ulmi bormi bu vafosiz dunyoda,
Naylayin olis ketdi, olis dargohim onam,
Utarga kupriklar yuq, yullarda chohim onam.
Besh qiz beshta shaharda diydoringiz izlaydur,
Gohi pinhon, gohida oshkora buzlaydur,
Uchoqda yonsa olov, yozilsa gar dasturkhon
Sizning nasibangiz bor, nasibangiz izlaydur
Nabiralar surashsa, ne dey, ustozim onam,
Oh, chalinmay chang bosdi dutoru sozim onam.
YOlgiz ugil, kelin ham qoldilar iztirobda,
Keksa otam gami chekar bizdan ziyod khunobda,
Nabiralar buvisiz, dasturkhonlar duosiz,
lam ham motam ichra nazarimda shu tobda.
Chunki olamda yuqsiz bakhtim-ezozim onam,
Dardim ichimda qoldi yangroq ovozim onam.
Sizni olib ketgan ul ajalni ham el olsin,
Sizga tor bulgan bunday olamni ham sel olsin.
Onasiz utgan umr, umrmikin yoronlar,
Onasiz qolgan garib, u qanday kungil olsin,
Siz yuqsiz jahon ham yuq, bakhtim-tojdorim onam,
Siz yuqsiz, karvon ham yuq, ulug sardorim onam.
Siz yuqsiz, yana kulgay yam-yashil bahorlar ham,
Siz yuqsiz, yana otgay bu sulim saharlar ham.
E voh, kuzim yoshidan suv ichib unar gullar
Kuz yoshim selobiga garq bulib qabrlar ham,
Bir umr oshiqqayman qutlug dargohim onam,
Sherlarim bilan hayot yashar, ollohim onam.
Bir umrga yashaysiz sherlarimning satrida,
Bir umrga yashaysiz gullarimning atrida,
Oqshomlar yoqsam chiroq, nur yoyilsa khonamga
Siz yashaysiz toza qon, yuragimning qatida
Siz ilhomim, gazalim yorug osmonim onam,
Ugil-qizga suzlasam bitmas dostonim onam.

SENI KOโ€™RGIM KELAR, ONAJON

SENI KO'RGIM KELAR, ONAJON

Shodlikdan osmonga etganda boshim
Bir joyga tuplansa dustu qarindoshim.
YO boshimga tushsa biror musibat,
YOki birov aytsa otamga rahmat.
Uchrab qolsa yulda tanish ayollar,
Dildan tilga kuchsa masum khayollar.
Desa: ยซKurinishda magrur bulsa ham,
Yuq edi onangday mushtipar odamยป.
Seni kurgim kelar, onajon.
YOr bilan bog kezsam oydin kechalar,
Kunglimda tugilsa yangi rejalar.
Sirli kuylab oqsa jigalar pastda,
Bakhtimga yulduzlar boqsa havasda โ€”
Shabboda silasa gulning yuzini,
Tinglamoq istayman aytgan suzini.
ยซBolamning buyini kuray deb bir damยป,
Ehtimol gul bulib chiqqansan erdan.
Shu sabab soginch-la bogaman gulga.
Armon faryod qilar uksigan dilda,
Seni kuz oldimga keltirolmay, goh!
Eslolmay yuragim urtanar nogoh.
Qanday bakhtiyordir onasi borlar,
Ular etimlarday chekmas ozorlar.
Uzing ketding menga berib umringni
Soginib asrayman dilda mehringni.
Seni kurgim kelar doim, onajon.

MOTAMSARO ONA

Qachon kutargaysiz ham boshingizni,
Mayus kuzingizda yosh tinar qachon?
Qalbingizda qotgan gam toshingizni
Qachon itqitasiz, munis Onajon!
Oltmish yil burungi usha qora khat
Qaddingiz dol etmish manguga nahot!
Nahot algov-dalgov olovli dahshat
Hamon khayol ichra kezadi, hayhot!
Bilaman, shum urush โ€” jirkanch bu nomni
Bizlar-da yosh esak tortdik jafosin,
Tun buyi kutardik navbatda nonni,
Qahat ham yuqchilik urush balosinโ€ฆ
galaba sadosi keldi bu yoqqa,
Kim qaytdi, qaytmadi jang maydonidan,
Qay uglon bosh quydi uzga tuproqqa,
Faryod eshitildi har khonadondaโ€ฆ
Qancha suvlar oqdi, yuvildi gardlar,
Osuda osmon ham hayot quchogi.
Nahot dilingizdan ketmadi dardlar,
Ayriliq azobi, farzandlar dogi.
Qaddingizni rostlang, magrur, Onajon,
Vatan omonligi โ€” saodat haqqi!
Duoga qul ochib ayting, tinch zamon
Yigitlar bor bulsin, yashashga haqli.
Bugun utmish yodi khotirdan uchmas,
Ham shodlik, ham alam tuygusin tuydim.
Kechiring, volidam, gullarni emas,
Sizning poyingizga shu sherni quydim.

SEVGIM VA ONAM

SEVGIM VA ONAM

Faqat men uygoqman,
Kukda oy uygoq.
Sayyor
Hanuz yonar khonamda chiroqโ€ฆ
Onam uygoq, kukda oy uygoqโ€ฆ
Uyimga yor kuzatdi ilk bor,
Qulim unga uzatdim ilk bor,
Ilk bor dedi: ยซKhayr, surma sochim,
Navbahorim, khayr, qaldirgochimยป.
Olam uzra sochildi qunduz,
Quyosh buldi, guyo har yulduz.
Olov sochar qush yonoqlarim,
Suzga kirmas qul-oyoqlarimโ€ฆ
Argumchoqda uchadi yurak,
Onam akhir uyda jonsarakโ€ฆ
Qush misoli bosardim qadam,
Peshvoz chiqib qoldi-yu onamโ€ฆ
Kuzlarimga tikdi kuzini,
โ€ฆ Aytolmadi biroq, suziniโ€ฆ
โ€” Qizim ukhla, orom ol, dedi,
Shirin tushlar bilan qol, dedi,
O, bagri keng begubor onam,
Ilk sevgimday ulugvor onam!
Uzim qoldim khonamda yakka,
Uyqu qayda, uyqu falakdaโ€ฆ
Onam ukhlar, yonmaydi chiroq
Men uygoqman, kukda oy uygoq.

ONAJONIM

Onajonim,
Kuzlaringizda
Kunning nafaslari bor edi,
Onajonim, yuzlaringizga
Oyning havaslari bor edi.
Onajonim, siz bilan jahon
Behigulday iforli edi.
Tunlar oydin, kunlar shodmon,
Shabadalar dutorli edi.
Tushlarimga kirib chiqasiz
Sochlarimni urib chiqasiz.
Farishtaday boshim uzra goh
Oromimni kurib chiqasiz.
Talpinaman, quchsaydim qani?
Soginchlardan qochsaydim qani?
Kuz yoshlarim gulga aylansa,
Poyingizga sochsaydim qani?
Onajonim!
Jonajonim!

ONA DUOSI

ONA DUOSI

Uglonni harbiyga kuzatayotibโ€ฆ
Odam Ato himmatidan suradim,
Seni jonim pardasiga uradim.
Tulpichaday yulga kirding sen qachon, โ€”
Kamzulchangga jiyda-bodom quradim.
Qizil gulday tarzi bulsin yigitning,
Bilaklari gurzi bulsin yigitning.
Qatorinda nori bulgan khalq ulmas,
Yurt quriqlash farzi bulsin yigitning.
Ol bulsin-a, ol bulsin-a, ol bulsin,
Ot tanlasang โ€” oftob nuri yol bulsin.
Tangrim seni panohinda asrasin,
Peshonangda borsa-kelar fol bulsin.
Boshimdagi olmos jigam, omon kel,
Belimdagi kumush tugam, omon kel.
Kelguningcha qancha toylar ot bular,
Buylaringga jon sadagam, omon kel.
Suqsur bolam, sarhadlarda sergak tur,
Chorloq bolam, dengizlarda chappar ur.
Kaklik bolam, togliklarda sayron yur,
Kiyik bolam, qumliklarda ravon yur.
Tuqaylarda arslon kabi arillab,
Daralarda buron bulgil gurillab.
Qayrugiga sir aytmaydi qulonlar,
Qoplon bulgin, yoving qochsin zirillab.
Sen oh desang, qirqta jonim chiqquday,
Toglarimni qora gurbat yiqquday.
Tovoningga tikan kirsa banogoh,
Menga tegar zambarakning uqiday.
Momo havo himmatidan surayman,
Seni jonim pardasiga urayman.
Arkday bulib, ostonangdan kirib kel,
Yaratgandan har kun shuni surayman.
Men duoguy yullaringga qaraymanโ€ฆ

Ona haqida sheโ€™rlar sizlarga manzur boโ€™lgan boโ€™lsa iltimos boshqa sheโ€™rlarni ham oโ€™qib koโ€™ring.

Boshqa sheโ€™rlar

Agar sizga Ona haqida sheโ€™rlar sheโ€™rlar manzur boโ€™lgan boโ€™lsa oโ€™z fikringizni qoldiring.

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
8 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Temur

Yaxshi sherlar ekan.Rahmat

HASAN

RAHMAT

Asalina

Juda ham chiroyli va manoki sherlar ekanโ˜บ๏ธ

Asalina

๐Ÿ‘๐Ÿฅฐโ˜บ๏ธ๐Ÿ‘

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
8
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x