Opa - singil haqida she'rlar.Onajonlar haqida tabrik she'rlar.
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Opa – singil haqida she’rlar.Onajonlar haqida tabrik she’rlar.

Opa – singil haqida she’rlar.Onajonlar haqida tabrik she’rlar.

Ushbu sahifamiz orqali siz Opa – singil haqida she’rlar.Onajonlar haqida tabrik she’rlar haqida tanishishingiz mumkin.

Opa singil haqida.

Opa - singillar haqida she'rlar.Onajonlar haqida tabrik she'rlar.

Singil haqida she’r.

Kelgin singlim sochingni
Mayda mayda o‘rayman
Husun qo‘shib husninga
O‘zim soching tarayman

Mehringni darig‘ tutma
Menday sodda akangdan
Sening kelishing kutib
Ko‘z uzmayman yo‘lingdan

Mehrim bo‘lakcha senga
Balki buni bilmassan
Yagona singlimliging
Buni hatto sezmassan

Darding ko‘payib ketsa
kelavergin yonimga
O‘zim olay dardingni
Azobing beraqol menga

baxt izlasang gar agar
Izlab kelgin yonimga
O‘zim tutaman baxtni
Sening jajji qo‘linga

Kulishlaring yoqadi
Bir kulib qo‘y menga
Shu tabassumingni
Olib qolay yodimga

Hech ham mag‘zun bo‘lmagin
Yarashmas bu senga
Tabbasuming chiroyli
Yarashar shu senga

Tortinmasdan kelaqol
Sening uying koshonam
Akangni biroz eslab tur
Sog‘inaman yagonam.

Bolalar haqida she’rlar to’plami

Opa – singil haqida.

opa singil

Yonimda doim parvona boʻlgan,
Betob bo‘lsam boshimda turgan.
Koʻz yoshlarim kulgi ortidan sezgan,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Ne boʻlganda ham men tushungan,
Qoʻpolligim ortidan koʻp og‘ringan.
Ketganida juda o‘rni bilingan,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Yuragimning bir parchasi,
Kutaraman uni zardasin,
Hecham ozor koʻrmasin,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Berolmasam-da mehrimni,
Sochib yana zahrimni,
Qoʻllagan doim zehnimni
Jonimning huzuri, jonimdir opam

Birga yig‘lab, birga kulganmiz,
Bir uyda o‘sib-o‘nganmiz,
Doimo bir tarafda turganmiz,
Jonimning huzuri, jonimdir opam.

Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami

Opa meni yo‘qlab keling: Opa haqida sher.

Opa meni yo‘qlab keling,
Yarim ko‘nglim to‘qlab keling.
Sog‘inganman ona mehrin,
Siz onamga o‘hshab keling!

Yurakkinam ketmay nurab,
Jigaringiz xolin so‘rab,
Shoyi ro‘mollarin o‘rab,
Siz onamga o‘hshab keling!

Goh muzlayman toshli tanday,
Erkalatar edi qanday,
Bolam deng bir adashganday,
Siz onamga o‘hshab keling!

Do‘st-yor vafo qilmaganda,
Baxtu omad kulmaganda,
Dunyo yo‘qlab kelmaganda,
Siz onamga o‘hshab keling!

Mirzo to‘kar ko‘zdan qonin,
Gʻanimatdir har bir onim,
Jonim beray opajonim,
Siz onamga o‘hshab keling!

Opa meni yo‘qlab keling,
Yarim ko‘nglim to‘qlab keling.
Sog‘inganman ona mehrin,
Siz onamga o‘hshab keling

Singlim soching tarayman.

Kelgin singlim sochingni,
Mayda mayda o‘rayman,
Husun qo‘shib husninga,
O‘zim soching tarayman.

Mehringni darig‘ tutma,
Menday sodda akangdan,
Sening kelishing kutib,
Ko‘z uzmayman yo‘lingdan.

Mehrim bo‘lakcha senga,
Balki buni bilmassan,
Yagona singlimliging,
Buni hatto sezmassan.

Darding ko‘payib ketsa,
kelavergin yonimga,
O‘zim olay dardingni,
Azobing beraqol menga.

baxt izlasang gar agar,
Izlab kelgin yonimga,
O‘zim tutaman baxtni,
Sening jajji qo‘linga.

Kulishlaring yoqadi,
Bir kulib qo‘y menga,
Shu tabassumingni,
Olib qolay yodimga.

Hech ham mag‘zun bo‘lmagin,
Yarashmas bu senga,
Tabbasuming chiroyli,
Yarashar shu senga.

Tortinmasdan kelaqol,
Sening uying koshonam,
Akangni biroz eslab tur,
Sog‘inaman yagonam.

Ona haqida chiroyli she’rlar

Sabr bersin singillarim

Ota uyida utar umr tushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin singillarim.
Bir kun uchib ketasizlar qushdaygina,
Xudo sizga sabr bersin singillarim.

Kupga kelgan tuyda kungil suramaslar,
Rostu yolgʻon yigʻingizga qaramaslar.
Aka boʻlib xol soʻrashga yaramaslar,
Xudo sizga sabr bersin singillarim.

Siqilsangiz koʻz yosh topgan davlatingiz,
Beshik bilan bular endi suxbatingiz.
Qizil gulday oʻkib ketar qiz paytingiz,
Xudo sizga sabr bersin singillarim.

Bilganimiz oʻzimizga e’tiborlar,
Bir choʻp olib kuymaymiza biz beorlar.
Sigir soqqan ekan xatto paygʻambarlar,
Xudo sizga sabr bersin singillarim.

Zero xalk butun ayol aziz joyda.
Ayol yashamasa millat bor qayda.
Yuribmizda yigitman deb ayol bor joyda,
Xudo sizga sabr bersin singillarim!

Singiljonim

Xovlimizda qolib ketgan izlaringni,
Oq libosda yoshlar toʻkkan koʻzlaringni,
Sogʻinaman har lahzada soʻzlaringni,
Erkalanib aka degan soʻzlaringni.

Qoʻy yigʻlama, yigʻlama mehribonim singlima,
Sen yigʻlasang singiljonim yigʻlar mening koʻnglima,
Bugun shirin orzuyingga yetar boʻlding,
Muhabbatning koʻprigidan oʻtar boʻlding.

Sen onamning erka qizi singlima,
Bagʻrimizdan qushday uchar boʻlding singlima,
Farishtalar boshginangni silaydilar,
Ota onang oq duolar tilaydilar,
Baxtli boʻlgin bir umirga singlima.

8-mart xotin-qizlar bayram ssenariysi

Opajonim, dardlashgani keling

Opajonim, bulut bo’lib sitilib ketdim,
Opa opajonim, yashin bo’lib yiqilib ketdim,
Opajonim, yomg’ir bo’lib to’kilib ketdim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Rangimning rangini eslolmay qoldim,
Tomog’im achishib, yig’lolmay qoldim,
G’aflat bosib sizni yo’qlolmay qoldim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Yostig’imga oylar botsin desangiz,
Kunduz yonimizda yotsin desangiz,
Yostig’imga oylar botsin desangiz,
Yulduz yonimizda yotsin desangiz,

Bir kunim odamday o’tsin desangiz,
Opa, dardlashgani keling bir kecha.
Bir kunim odamday o’tsin desangiz,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Hamma azobimga topasiz chora,
Kelsangiz xorligu zorlik nachora,
Yaxshiyam sizni tuqqan onam bechora,
Otamni eslaylik, keling bir kecha.

Qo’shig’im rayhondir, qo’shiqlarim zarrin,
Bir ko’nglim podshohdir, bir ko’nglim g’arib,
Xudodan so’rovdimmi xofiza bo’lay deb?
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Bolaligimga qaytib, sho’x yel bo’lay men,
Dardlarimni aytib, yengil bo’lay men,
Keling, yana sizga singil bo’lay men,
Opa, dardlashgani keling bir kecha,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Opa, dardlashgani keling bir kecha…

8-mart xotin-qizlar bayram ssenariysi

Sabir bersin singillarim.

Ota uyida o‘tar umr tushdaygina,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.
Bir kun uchib ketasizlar qushdaygina,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.

Ko‘pga kelgan to‘yda ko‘ngil so‘ramaslar,
Rostu yolgʻon yigʻingizga qaramaslar.
Aka boʻlib xol soʻrashga yaramaslar,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.

Siqilsangiz koʻz yosh topgan davlatingiz,
Beshik bilan bo‘lar endi suxbatingiz.
Qizil gulday oʻtib ketar qiz paytingiz,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.

Bilganimiz oʻzimizga e’tiborlar,
Bir choʻp olib kuymaymiza biz beorlar.
Sigir soqqan ekan xatto paygʻambarlar,
Hudo sizga sabr bersin singillarim.

Zero xalq butun ayol aziz joyda.
Ayol yashamasa millat bor qayda.
Yuribmizda yigitman deb ayol bor joyda,
Hudo sizga sabr bersin singillarim!

Singlim.

Akam kelar deb kutgan,
Qo’limga suvlar quygan.
Toza sochiqni tutgan,
Baxtli bo’lgin xon singlim.

Mehribonim deb aytgan,
Mening ko’nglimni olgan.
Mening g’amxo’rim singlim,
Omon bo’lgin jon singlim.

Akam bor deb kerilgan,
Tog’im bor deb kerilgan.
Mehribon aziz singlim,
Taxtli bo’lgin xon singlim.

Yuzingda ko’rmay hech g’am,
Bo’lmagin hech kimdan kam.
Ochilib yurgin doim!
Jigarbandim gul singlim.

Singlimga (singillar uchun sher)

Yugurib ba’zan ish, ba’zan tashvish deb,
Yuribman oʻzimcha dunyo gʻamin yeb.
Bahonam qoʻngʻiroq qilmayin hadeb,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Ertaga soʻrayman ahvolin, holin,
Men uchun tikadi hayotin jonin.
Shunchalar bemehr, toshmanmi zolim,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Koʻz koʻzga tushganda quvongan oʻzi,
Jonimga jon berar har aytar soʻzi.
Eshikka umidvor termular koʻzi,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Ortmaydi roʻzgʻori gʻor tashvishidan
Ba’zan kir qidirar qilgan har ishdan.
Hech boshim chiqmaydi bitmas yumushdan,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Gʻam tilsa bildiradirmas jilmayar mayin,
Oqibat oʻlmoqda netay kun sayin.
U ham bir onadir, unga ham qiyin,
Singlim bir bor holing soʻray olmadim.

Sogʻinchdan koʻzlar ham namlanar yana,
Umr oʻtib bormoqda, ketmoqda mana.
Kutmayin endi bas biror tantana,
Singlim bir bor holing soʻrab boraman.

8-mart xotin-qizlar bayram ssenariysi

Singlimga.

umr oqar daryo ekan bilmabman ham,
bir bora men shuni anglab yetmabman ham.
o’zga uyga ketar bugun singilginam,
ota uyga mehmon ekan singilginam.

Bolalikdan suyanganim singlim edi,
u siz endi men qandayin ko’nikaman,
yuragimning bir parchasi ko’nglim edi,
yor-yor ila ketar bo’ldi singilginam.

Ne ham derdim, baxtli bo’lgin, taxtli bo’lgin,
yangi uyga munosib bir kelin bo’lgin,
sog’intirmay bizni har dam yo’qlab turgin,
eshigimiz doim ochiq kelib turgin.

Kelgusi yil qo’shsha farzand bersin xudo,
Karnay-Surnay ovozida olam aro,
Beshik to’yda Xalqni to’yga chorlab turay,
Nasib Bo’lsa “TOG’A” nomin oqlab yuray.

Qoriya boʼl, muslima singlim!

Senga dunyo boylik kerakmas,
Falon pullik oylik kerakmas,
Senga shuni oʼzi yetar bas.
Qoriya boʼl, muslima singlim!

Buyuk Robbim saxovatiga
Ikki dunyo saodatiga
Erish ham oilang baxtiga
Qoriya boʼl, muslima singlim!

Havas qilar shoxu gado ham,
Qurʼon oʼqib bersang duo ham,
Rozi boʼlar Аlloh sendan ham.
Qoriya boʼl, muslima singlim!

Rahmat senga vojib boʼladi,
Nemat senga vojib boʼladi,
Jannat senga vojib boʼladi.
Qoriya boʼl, muslima singlim!

Qabring nurga toʼldirmoq boʼlsang,
Islom halqin sevdirmoq boʼlsang,
Ortingdan iz qoldirmoq boʼlsang.
Qoriya boʼl, muslima singlim!

Har soʼzingni soʼzlagin oʼylab,
Birov qalbin olmagin tirnab,
Joynamozda sajdalar aylab.
Qoriya boʼl, muslima singlim!

Shirin soʼzla suydiray desan,
Halol luqma yediray desang,
Onangga toj kiydiray desang.
Аvval ering rozi qil singlim!
Qoriya boʼl, muslima singlim!

Opa singil haqida she’rlar

Otajonlar haqida chiroyli she’rlar

manba.

Subscribe
Notify of
guest
3 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Shohsanam

“Kel singlim sochingni mayda mayda oʻrayman” Ajoyib she’r

administrator

rahmat

Tabassum
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
3
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top