Ustoz va murabbiylar bayramiga atab bolajonlarimiz uchun eng chiroyli o’zbekcha va ruscha she’rlar to’plami.
1-oktabr Ustoz va murabbiylar bayramiga she’rlar.MTT tarbiyalanuvchilari va maktab o’quvchilari uchun ustoz murabbiylar haqida she’rlar.Birinchi muallim haqida she’rlar.
Ustozga tosh otib boʼlmas.
Ilm degan bogʼga -bogʼbon,
Bunday zotni topib boʼlmas,
Otangizdek ulugʼ inson,
Ustozga tosh otib boʼlmas.
Sizni deya zahmat yutgan,
Sizdan nur -u, ziyo, kutgan,
Qoʼlingizga qalam tutgan,
Ustozga tosh otib boʼlmas.
Ustoz borki, bordir dunyo,
Haqiqatdan farqli roʼyo,
Onangizdek mehri daryo,
Ustozga tosh otib boʼlmas.
Suvsiz yerda koʼkarmas gul,
Sayramaydi choʼlda bulbul,
Qalbga ziyo sochguvchi ul,
Ustozga tosh otib boʼlmas.
Ilm deb tun,togni ular,
Mehr -la,har boshni silar,
Sizga faqat oq yoʼl tilar,
Ustozga tosh otib boʼlmas.
Siz olimsiz u tufayli,
Zoʼrga zoʼrlik zamon zayli,
Undan oʼzib keting mayli,
Ustozga tosh otib boʼlmas.
Buyuklikka jazm qiling,
Toʼylar qiling,bazm qiling,
Unga har dam taʼzim qiling,
Ustozga tosh otib boʼlmas.
Ilm degan bogʼga -bogʼbon,
Bunday zotni topib boʼlmas,
Otangizdek ulugʼ inson,
Ustozga tosh otib boʼlmas.
Ustozlar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi.
Birinchi ustoz
Qalam tutib qólimga ilk bor,
Yozuv chizuv òrgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni kóp bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
Óquvchimas sizga góyo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!
Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!
Kóp ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz órgatdiz bizga.
Bolada shóxliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!
Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Kóchada kórganda ôg’il,qizlarim,
Qayta ôqisaydim birinchi Ustoz!
Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
Ôtgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,
Shamshod Safar ótdi yoshliging,
Kóp beg’ubor kóp shóxliging.
Armon bóldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!
Ustoz va murabbiylar kuniga she’rlar 2
С днём учителей!
Дорогие наши педагоги!
В этот праздник – День учителей
-Позабудьте все свои тревоги
И на мир смотрите веселей.
Вы для нас всегда источник света,
И ребята все, как сговорясь,
Вам несут красивые букеты.
И для них сиянье Ваших глаз
Лучшая награда за старанье,
Лучше, чем любая из похвал.
И у них одно желанье:
Только бы доставить радость Вам.
Ради Вашей искренней улыбки
И студент, и каждый ученик,
Вмиг исправит все свои ошибки
И в дальнейшем их не повторит.
Вы для всех несете факел знаний,
Тот, что не погаснет никогда.
Пусть же Ваши сбудутся желанья,
Пусть Ваш дом не навестит беда!
Спасибо
Уже в разгаре осень золотая,
И желтая листва танцует вальс,
Веселый День учителя встречая,
Спешим поздравить в добрый праздник вас!
Желаем вам судьбы подарков щедрых —
Успехов, сил, терпения, побед,
Воспитанников умных и примерных!
Спасибо, что несете знаний свет!
«Учиться, учиться, учиться»,
Как много в словах говориться,
Благородное это призвание,
Давать людям нужные знания.
Профессия учителя
Профессия учителя
Важна была всегда.
Чтобы своё развитие
Мы получали без труда.
И Вас мы поздравляем,
Спасибо говорим.
Всех благ земных желаем
И премий Вам больших.
Pedagogik xodimlariga ustama berish nizomi
Учителъ!
Сегодня отмечаем
Мы праздник всей страной,
Учителям желаем
Удачи неземной,
Пусть солнышко над вами
Сияет круглый год,
Любви, здоровья, счастья
И жизни без хлопот!
Ustozlar.
Siz bergan odob yashar,
Ruhiyatda, tanda ham.
Barchamizga o‘rnaksiz,
Hayot degan fanda ham.
Siz shu qadar fidoyi,
Siz bunchalar jonkuyar.
Shu tufayli Ustoz deb –
El ardoqlar, el suyar.
O‘z kasbiga sodiqlik –
Hayotingiz shiori.
Siz bor – kuchga to‘lgaydur
Ko‘hna O‘zbek diyori.
Ilmingiz ziyosidan –
Qalb ko‘zimiz qamashar.
Bizga munosib xizmat,
Sizga e’zoz yarashar.
Qo‘lga qalam tutqazib,
Dilga surur solgansiz.
Sho‘xlik qilsak ba‘zida
Kuyingansiz, tolgansiz.
“Ustoz – otangdan ulug‘!”
Topib aytilgan so‘z bu.
Siz Vatan kelajagin –
Namoyon etar ko‘zgu!
Siz aytganday, hur Vatan –
Zukko yoshlarga to‘lsin!
Jon, mehribon Ustozlar,
Bayram muborak bo‘lsin!
Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar to’plami
Ustozim
Mehringiz jo’shqin daryo,
Ummonga o’xshar go’yo.
Ravon etdingiz yo’lim,
Ochdim duoga qo’lim!
Doim kulib yuring siz,
Otamdek g’amxo’rim siz.
Volidamdek muqaddas
Azizu mo’tabarsiz.
Saboq berib beminnat
Umid berdingiz har vaqt
Ravzai-jannat poyingiz
Aslo tark etmasin baxt.
Yigit va qiz ta’zim etdik,
Yoshlik she’rini bitdik!
Olg’a qadamlar bosdik!!!
Ustoz.
Shirin so’zdan, nurli yuzdan yorug’ yo’llar,
Chin mehrdan, muruvvatdan obod cho’llar.
Shu zotlarni, shogirtlarin ko’kka yo’llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e’zozlarga,
Boshlar egib, ta’zim aylang ustozlarga!
Qutlab qo’ying.
Umr oʼtar goho shodlik, goh gʼam bilan,
Hayot goʼzal turmushdagi koʼst, kam bilan,
Muallimlar qadr topgan kundir bugun,
Ustozlarni qutlab qoʼying bayram bilan.
Аyting doʼstlar baxt qayrda sotiladi,
Qadr-qimmat mehnat bilan topiladi,
Bugun bayram gʼam daftari yopiladi,
Ustozlarni qutlab qoʼying bayram bilan.
Vatan barcha oʼgʼling yaxshi, qizing yaxshi,
Halol rizqing, bergan halol tuzing yaxshi,
Bayramga boy bahor, yoz -u, kuzing yaxshi,
Ustozlarni qutlab qoʼying bayram bilan.
Oʼtdi qancha suronlarda sinmadi u,
Nohaqligu, roʼyolarga koʼnmadi u,
Xalqim deya, yurtim deya tinmadi u,
Ustozlarni qutlab qoʼying bayram bilan.
Ustozim deb Navoiylar bitgan gʼazal,
Ustoz aziz,ustoz ulugʼ -naqlu azal,
Shogirdlarin farzandidek suygan oʼshal,
Ustozlarni qutlab qoʼying bayram bilan.
Yaratganning marhamati ulugʼ inʼom,
Yashayverar ustoz degan moʼʼtabar nom,
Sovgʼalarning eng afzali shirin kalom,
Ustozlarni qutlab qoʼying bayram bilan.
Dunyo asli kenglarga keng,torlarga tor,
Bu kunlarga yetganlar bor,etmagan bor,
Mehri daryo, qalbi togʼlardek ulugʼvor,
Ustozlarni qutlab qoʼying bayram bilan.
o’qituvchi ustozlarga bayram tabrigi
Ustozim.
Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Ko’plab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan.