Ustoz otangdek ulug’
1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz. Sahna ustozlarni sharaflovchi hikmatli soโzlar, maqollar, hadislardan naโmunalar yozilgan plakatlar, sharlar va turfa gullar, rango-rang bayroqchalar bilan nihoyatda chiroyli bezatiladi.Tadbirga ustozlar, ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif etiladi.Ustoz-muallimlarni ulug โlo vchi “Ustozlar” qoโshigโi ohista taraladi. Tad bir qatnashchilari birin-ketin sahnaga chiqishadi. Bayram boshlovchilar kirish soโzi bilan boshlanadi.
1-boshlovchi:ย Qoโlimizniย ko`ksimizga qoโyib, hurmat ila deymiz:
ย Assalomu – alaykum.
2-boshlovchi:ย Bilim chashmasiniย simirib, ย ehtiromla deymiz:
ย Hamma: Siz bor boโling, muallim!
ย 1-boshlovchi:
Assalomu alaykum ustoz, muallim!
Taโlimning meโmori, zarning zargari,
Muqaddas kasbingiz asrlarga muhr,
Hayotning eng asl noyob gavhari.
Hamma:
Bugungi tantana, bu shodiyona,
Sizga bagโishlanur muallim, mana!
ย Oโquvchilar ijrosida “Muallimim” qoโshigโi kuylanadi. Shundan soโng “Ona va qizaloq” nomli kichik sahnaย kurinishi ย namoyish etiladi.
Sahnada ona va qizaloq oโzaro suhbatlashmoqda.
Qizaloq:ย ย Oyi, oyijon, aytaqoling, Vatan nima?
Ona:Vatan – kindik qoning toโkilgan muqaddas tuproq, seni, sen kabi aziz farzandlarini asraguvchi mehribon quchoq, serquyosh zamin, bolajonim. Sen bu haqda oโrtoqlaringdan ham soโrab ko`rchi, ular qanday fikr bildirishar ekan?
Qizaloq doโstlari oldiga boradi. Ular savolga shunday javob berishadi.
1-oโquvchi:ย Vatan bu – tugilgan makonim.
2-oโquvchi:ย Vatan bu – sizu bizga dahldor zamin.
3-oโquvchi:ย Vatan bu – muqaddas beshigim.
4-oโquvchi:ย Vatan bu – ostonayu eshigim.
5-oโquvchi:ย Vatan bu – onamning aytgan allasi.
6-oโquvchi:ย ย ย ย Vatan bu- padarimning qilgan duosi.
ย Hamma:
Senga fido bolsin jon-tanim,
Oโzbekiston, mening Vatanim!
ย 7-oโquvchi:
Hayot charog`ondir ilm nuridan
Ustoz go`yo ziyo sochg`uvchi Quyosh.
Nomingiz hamisha dillar toโrida
Siz ibrat, iroda, siz sabr- bardosh.
1-oktabr Ustozlar haqida bolalar uchun sheโrlar
ย 8-oโquvchi:
To dunyo bor ekanย bor boโling bardam,
Sermashaqqatย yo`ldaย yengmasinย charchoq.
Otash qalbingiz-la yorug` dirย ย olam,
Ko`ngillarย sizย tutgan qog`ozdekย oppoq.
Hamma:
Aziz ustozlarim , muallimlarim,
Bir umrย sogโinchlik salomim sizga.
Qoโllarim ko`ksimdaย aylagum taโzim,
Cheksizย hurmatย to`la kalomim sizga.
Bolalar ijrosida “Oโzbekistonim” qoโshigโi yangraydi.
ย Qiziar va oโgโil bolalar raqsga tushishadi.
Sahnada yana oโquvchilar.
1-oโquvchi:ย Ustoz yosh qalblarni olam-olam ziyoga yoโllaydigan zot! Ular tufayli biz “Vatan” soโzining teran mazmunini, jozibasini angladik. Eng goโzal tuygโularni, buyuk muhabbatni qalbimizga jo qilgan bu aziz zotlar bizlarni mustaqil Oโzbekistonning haqiqiy farzandlari, barkamol avlodlar boโlib kamol topishimiz, uchun oโz mehri, bor bilimini ayamagan qalbi daryo insonlardir.
2-oโquvchi:
ย Siz, muallim inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.
3-oโquvchi:
Koโklar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.
4-oโquvchi:
Navnihol bogโlarning bogโboni,
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni,
Oโzingiz mehribon ustozlar!
Hamma:
Tasannolar aytamiz ustoz,muallimlarga,
Tashakkur sizga boโlsin, ham zafar yor sizlarga.
ย “Ustozlarim, bor boโling” qoโshig โini kuylashadi.
1- oktabr Ustoz va murabbiylar kuni
(Kichik sahna koโrinishi)
Nuroniy bog`bon siymosidagi bola daraxt koโchatini ekish bilan mashgโul. Yoโl-yoโlakay uning ishini kuzatib kelayotgan bir kishi bogโbonga qarata debdi: Ota, yoshingiz anchaga borib qolibdi, bu nihollar qachon meva beradiyu, siz ularning mevalaridan bahramand boโlasiz? Shunda bogโbon debdi: Bu koโchatlarni faqat oโzim uchun ekkanim yoโq. Ularning mevasini barcha birdek baham koโrsin deyman. Eng muhimi, men ekkan daraxtlar keyingi avlodlarga naf keltirsin, foyda bersin. Haligi kishi oโrinsiz soโzi uchun uyalib bogโbondan kechirim soโrabdi.
Kuz fasli haqida eng yangi sheโrlar.
5-oโquvchi:ย Ha,ustozlarimiz ham xuddi bogโu chamanzorlar bunyod etuvchi beminnat va caxiy boโgbonga oโxshaydilar.
Hamma:
Ustozimiz yaratgan bogโidir bizlar,
Vatan suyanchigโi, togโidir bizlar!
1-boshlovchi:ย Bizlarni kamol topishimizda ustozlarimiz kabi ota-onalarimizning ham oโrni beqiyosdir. Ustoz va ota-ona, ular biz uchun doim parvona.
2-boshlovchi:ย Hazrat Navoiydek ulugโ zot ham munis onalarimizga boโlgan behad hurmatini quyidagicha tarannum etganlar:
Onalarning oyogโi ostidadir,
Ravzai jannatu jinon bogโi.
Ravza bog! visolin istar esang,
Boโl onaning oyogโin tufrogโi.
ย 1-boshlovchi:ย Bobomiz ustozlarni ham koโklarga koโtarib, ulugโlaganlar:
Haq yolida kim senga bir harfย ย oโrgatmish ranj ila,
Aylamak boโlmas ado oning haqqing yuz ganj ila.
1-oโquvchi:
Umr chamanini bilimlar bezar,
Olamda zahmatla topmoqdasiz nom.
Koโngilning tubida tilaklar kezar,
Moโtabar ustozim, sizga ehtirom!
ย 2-oโquvchi:
Olimu fozillar, oqillar boโlmas,
Agarchi dunyoda ustoz boโlmasa.
Aziz avliyolar, shayx, mashoyixlar
Boโlmasdi dunyoda ustoz bolmasa
1-oktabr bayrami uchun ustozlarga bayram tabrigi
ย 3-oโquvchi:Ilk maktabga qadam qoโygan kunimizdan ustozlarimiz koโmagida buyuk bobolarimizni tanidik. Ularning ezgu ishlarini, xizmatlarini oโqib, oโrgandik. (Bobolarimiz timsolida, oโsha davrga xos kiyingan oโquvchilar sekin-asta sahnadan birin-ketin oโtadilar.)
4-oโquvchi:Biz Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Ibn Sino, Mirzo Ulugโbek kabi ulugโ ajdodlarimizningย ย ย munosib avlodlarimiz. Biz Vatanning ertasi, yorqin kelajagi hamda uningย himoyachilarimiz.
Muhtaram Prezidentimiz ham zahmatkash kasb egalari boโlgan ustozlarimiz haqida oโzlarining “Yuksak maโnaviyat – yengilmas kuch” asarida shunday deganlar: “Maktab ulugโ dargoh, ustoz buyuk zot. Inson qalbiga yoโl avvalo taโlim va tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulugโi maktab bolsa, kasblarning ichida eng sharaflisi oโqituvchilik va murabbiylikdir!”
1-oโquvchi :
Ota-ona vujud meโmori boโlsa,
Muallim qalb meโmoridir.
Ustoz qayda bolsa ulugโlik boโlar,
Bilim qayda bolsa, buyuklik boโlar.
Vatan haqida qoโshiq kuylanadi.
2-oโquvchi :
Shoirga dedilar: Siz baxtli inson,
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoirย javob qildi: menda bir armon,
Muallim desalar, meni qaniydi.
3-oโquvchi:
ย Koโksimizda qoโlimiz,
Qilamiz qulluq, taโzim.
Ravon hayot yoโlimiz,
Rahmat, sizga, muallim!
4-oโquvchi:
Qoโlimga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.
Undan-da ulugโroq, buyukroq kim bor,
Hamma: Ustozim, ustozim, sizga ming taโzim!
ย 5-oโquvchi:
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Saxovat nuri bor bu qalbingizda.
Otasiz, onasiz har oโgil-qizga,
Hamma: Ustozim, ustozim, sizga ming taโzim!
6-oโquvchi:
Oโqishni oโrgatib, koโzni ochdingiz,
Ilm sirlarini qalbga sochdingiz.
Otadek ulugโsiz, kelajak sizsiz,
Hamma: Ustozim, ustozim, sizga ming taโzim!
21-oktabr oโzbek tili bayrami uchun ssenariylar
ย Oโquvchilar ustozlarga taโzim qilishadi.
Yuqori sinf oโquvchilaridan biriย (gullar bilan):
ย Ustoz, sizga tutay ajib guldasta,
Guldastaki, chamanzordan topilmas.
Toโfonlarda soโlib qolmas bir pasda,
Bir gโunchaki, xazon uni yopolmas.
Uni ekdim qalbimning eng toโriga,
Unga mehr bilan payvand berdingiz.
Yetaklabon ilm-fanning yoโliga,
Murgโak dilga mehr solib qoโydingiz.
Gullarini ustozlariga taqdim etadi.
Barcha “Barkamol avlod” qoshigโini kuylashadi. Oโquvchilar raqsga tushadilar.
1-boshlovchi:ย Aziz mehmonlar, shuning bilan, bugungi bayram tadbirimiz oโz poyoniga yetdi, Shuni faxr bilan aytamizki, ustoz va murabbiylarimiz doimo qalbimiz ardogโida. Ular bilan bu olam nurafshon, bu hayot boโston.
2-boshlovchi:ย Qadrli ustozlar, shu qisqa fursat ichida sizga boโlgan cheksiz hurmatimizni, mehrimizni oz boโlsada namoyon eta olgan boโlsak, biz naqadar baxtiyormiz.
“Ustozlar” qoโshigโinig davomi yangraydi va tadbir yakunlanadi.
Qoโlimga ilk bora qalamย tutqazgan,
Dildagiย mehriniย payvasta qilgan,
Onamdek mehribon,ustozim bo`lgan,
Sizsiz- muallim, dilkashย muallim !
Ustoz va murabbiylar kuni
Ustoz va murabbiylar kuniga eng chiroyli sheโrlar toโplami
Salom
alik
cgsdjkagfsagfjkgsadjfjas
Salom
great
Ajoyib
Salom Yaxshi senariy
Menga unchalik yoqmadi
Zo`r
Zor๐๐๐๐๐
Umuman qiyinlik joyi yo’q
Zรณr
Salom
Nimaga hamma jim