Bosh sahifa » Tadbir senariysi » 10-Dekabr Madhiya kuniga tadbir ssenariysi.

10-Dekabr Madhiya kuniga tadbir ssenariysi.

by nafisa nafisa

10-Dekabr Madhiya kuniga tadbir ssenariysi.

Madhiya kuniga tadbir ssenariysi.

  1. Davlat Madhiyasi tadbir ssenariysi.
  2. Madhiya kuniga tadbir senariysi

Tadbir 5-“E” va 5-“F” sinflar o’rtasida bellashuv tarzida o’tkaziladi.
Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatiladigan.
Bellashuv shartlari
1.Tanishtirish (guruhlar davlat madhiyasi va davlat ramzlari haqida ma’lumotlar berishadi.Vatanhaqida she’rlar aytiladi.)
2. Savol – javob sharti. (Bundan konsitutsiya moddalari asosida savollar)
3.Erkin mavzu.
4.Krosvord yechish.
5.Bukletlar, ko’rkazmali qurollar tanlovi.

1-boshlovchi: Qo’lingda erk boshda yalov tilingda shudur
Vataning bor, maktab-bog’chang or-nomusing bor.
2-boshlovchi: O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud o’z davlating, qomusing , o’z madhiyang bor.

Solixa. –O’zbekistan Respublika Davlat madhiyasi matni va musiqasi O’zbekiston Respublika madhiyasi 1992-yil 10-dekabrdagi 12-sessiyasida qabul qilingan.

Ziyoda.- O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matnini O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripov yozgan , kuyini esa bastakor Mutavakkil Burxonov bastalagan.

Tavsiya etamiz: Davlat Madhiyasi haqida. Davlat Madhiyasi haqida sara she’rlar.

Jamoa a’zolari: Madhiyani kuylashadi !

1.-boshlovchi:Ey jahon donolari donosi sizga ,salom
Ey zebo-zebolari zebosi sizga salom
Davramizga siz aziz do’stlar
Tilimizda jon kuyar aziz ustozlar.

2-boshlovchi:- Salom so’zin boshlayman,
Cheksiz ehtirom bilan
Hurmat hissi yo’g’rilgan
She’riy bir kalom bilan

1-boshlovchi : Hozir siz ko’rib turgan, milliy qizlar jamoasi

2-boshlovchi: Tadbirimizga xush kelibsiz.

1-boshlovchi:Endigi navbat davlatimiz ramzlari asosida ma’lumotlarga

1-o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’I 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan.

2-o’quvchi:Bayroqdagi moviy rang tiriklik hayot ifodasi bo’lgan mangu osmon va obihayot ramzidir.

3-o’quvchi: Oq rang tinchlik ramzi, xalqimizning oliyjanob va ezgu intilishlari mujassamdir.

4-o’quvchi:Yashil rang esa tabiatning yangilanish ramzi.U qadimdan navqironlik ,umid,shod-u xurramlik timsoli hisoblangan.

5-o’quvchi:Bayroqdagi qizil chiziqlar xalqimiz vujudidagi kuch-g’ayrat va qudrat belgisi.

6-o’quvchi: Yarim oy tasviri xalqimizning islom dini an’analariga sodiqligi bilan bog’liq bo’lib, u yangi hayot, ya’ni mustaqillikni ifoda etadi.

7-o’quvchi: Bayroqdagi o’n ikki yulduz falakdagi o’n ikki burjini bildiradi.

1-o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda qabulgan qilingan.

2-O’quvchi :Gerbning chap tomonida bug’doy boshoqlari , o’ng tomonida esa ochilib turgan g’o’za shoxlari bayrog’imiz tasviri tushurilgan tasma bilan o’ralgan.

3-o’quvchi :Gerb o’rtasida uzoqdagi tog’lar va daryolarga tutash vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turibdi.

4-o’quvchi: Gerbning yuqori qismida sharqda musamman deb ataladigan Qirrali yulduz tasvirlangan. Musammanning ichida yarim oy va yulduz aks etgan.

5-o’quvchi : O’zbekiston fuqarusi bo’lgan har bir inson davlatimiz madhiyasini yoddan bilishi va uning ma’nosini chuqur tushunib, kuylay olishi kerak.

Tavsiya etamiz: Konstitutsiya bayramiga bag’ishlangan qo’shiqlar va slaydlar.

6-o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi konsitutsiya 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.

7-o’quvchi : O’zbekiston konsitutsiyasi “Muqaddima” 6 bo’lim,26 bob, 128 moddadan iborat

1-boshlovchi:Endigi navbat vatan haqidagi she’rlarga.

Jasmina: Ey menga ertaklar so’ylagan zamin
Ergashib izingdan qolmasman sening,
O’zgalar nazdida bog’I eramsan ,
Zida yaprog’iga olmaman sening
Vatan , qayda bo’lmay sen hamrohimsan
Bobolarim yotar sajdagohimsan

Muxlisa: Oftob kelib tushgan bog’laring ko’rkam ,
Yalpizlar yastangan dala-dashtlaring.
Osmonga tutashgan oq terak o’lkam ,
Ko’nglimda o’zgacha sayru gashtlaring .

Gulsevar: Oltin beshik uzra allalar aytib
Hamisha bedorim onai zorim .
Jilg’asi jarangi tongda uyg’otib
Yuragimga kirib kelgan bahorim .
Vatan sen kimsan ?
Oq o’ranib botar sajdagohimsan

Ruxshona : Suyib-suyib nanimga solgan sen chog’ing
Poying o’psam arzur cho’kka tushib tiz.
Sen-ku mangudirsan men bormi-yo’q
Men qaydaman kunimni ko’rardim sensiz
Vatan jonga, jondan yaqinrog’imsan
Qavmim ildiz otar sajdagohimsan

Ziyoda: Alqab meni kuzat, ilhaq meni kut,
Ey bir parcha bulut, ey bir parcha yo’l.
Omon bo’l, sen borki dunyolar unut,
Sening huzuringga eltar barcha yo’l
Vatan, men kelsam ham kelgan yog’imsan,
Ketsam ham asqotar qarorgohimsan.

Tavsiya etamiz: Madhiyamiz – g’ururimiz timsoli haqida insho.

1-boshlovchi: Shu bilan tanishtirish qismimiz o’z nihoyasiga yetdi.

2-boshlovchi: E’tiboringiz uchun rahmat

2-shart: Savol-javob shartida o’quvchilar guruhlari bilan savollarga javob berisahadi.

3-shart: Erkin mavzuda sahna ko’rinishi namoyish etiladi.

O’rtada 5-“E” sinf qizlari ijrosida “O’zbegim” raqsi ijro etiladi.

4-shart : Guruhlar o’zlari tuzgan krosvordlarni bir-birlariga taqdim qilishadi. Hamda krosvordni yechishadi.

5-shart: Guruhlar emblemasi va tayyorlagan ko’rgazmalari baholanadi.

Tavsiya etamiz: 8-dekabr Konstitutsiya kuniga she’rlar, ssenariylar, dars ishlanmalar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar